Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida

ILOVA
Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha

Hujjat 17.11.2014 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. 18-banddagi “sug‘urta faoliyati, shuningdek sug‘urta faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshiradigan sho‘ba korxonalar” degan so‘zlar “sug‘urta faoliyati, sug‘urta faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sug‘urtalovchiga (qayta sug‘urtalovchiga) tegishli bo‘lgan xizmat binolaridan foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sho‘ba korxonalar (sho‘ba xo‘jalik jamiyatlari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar “agar qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta faoliyati, sug‘urta faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sug‘urtalovchiga (qayta sug‘urtalovchiga) tegishli bo‘lgan xizmat binolaridan foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sho‘ba korxonalar (sho‘ba xo‘jalik jamiyatlari) bundan mustasno” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “, agar qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta faoliyati, sug‘urta faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sug‘urtalovchiga (qayta sug‘urtalovchiga) tegishli bo‘lgan xizmat binolaridan foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sho‘ba korxonalar (sho‘ba xo‘jalik jamiyatlari) bundan mustasno.” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi