11.11.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1806-2
1. 18-banddagi “sug‘urta faoliyati, shuningdek sug‘urta faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshiradigan shu’ba korxonalar” degan so‘zlar “sug‘urta faoliyati, sug‘urta faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sug‘urtalovchiga (qayta sug‘urtalovchiga) tegishli bo‘lgan xizmat binolaridan foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan shu’ba korxonalar (shu’ba xo‘jalik jamiyatlari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar “agar qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta faoliyati, sug‘urta faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sug‘urtalovchiga (qayta sug‘urtalovchiga) tegishli bo‘lgan xizmat binolaridan foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan shu’ba korxonalar (shu’ba xo‘jalik jamiyatlari) bundan mustasno” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “, agar qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta faoliyati, sug‘urta faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni, shuningdek mulk huquqi asosida sug‘urtalovchiga (qayta sug‘urtalovchiga) tegishli bo‘lgan xizmat binolaridan foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan shu’ba korxonalar (shu’ba xo‘jalik jamiyatlari) bundan mustasno.” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.