Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.03.2018 04.01.2000 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.03.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI INVESTITSIYa DASTURIGA KIRITILGAN LOYIHALARNING AMALGA OShIRILIShI USTIDAN DAVLAT MONITORINGI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika investitsiya dasturini samarali bajarish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalari o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, vazirliklar va idoralarning investitsiya loyihalarini, eng avvalo xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 46-son, 350-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning tashabbusi bo‘lgan investitsiya loyihalari va takliflar yuzasidan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning tashabbusi bo‘lgan investitsiya loyihalari va takliflar yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti tomonidan;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan — doimiy ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha Idoralararo kengash tomonidan ta’minlanadi.
(2-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli qarori tahririda—O‘R QHT, 2009-y., 43-son, 456-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy tuzilmani belgilovchi korxonalarning va iqtisodiyotning boshqa aloqador tarmoqlari va sohalaridagi korxonalarning rivojlanishiga ko‘maklashuvchi ishlab chiqarishlar qurilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika Hukumati kafolati ostida xorijiy sarmoya jalb qilingan obyektlar qurilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan yuqori texnologiyali va ilm-fanni ko‘plab talab qiladigan ishlab chiqarishlarning joriy etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral-xomashyo resurslari va qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlashni, raqobatga bardoshli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan texnologiya jihatidan o‘zaro bog‘liq ishlab chiqarishlarning barpo etilishi (shu jumladan, mahalliylashtirish dasturlari doirasida);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish infratuzilmasiga va ijtimoiy infratuzilmaga investitsiyalar qo‘yilishi amalga oshirilishi ustidan monitoring Idoralararo kengash tomonidan amalga oshiriladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini tanlashning asosiy mezonlari hisoblanadi.
(3-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli qarori tahririda—O‘R QHT, 2009-y., 43-son, 456-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki 2000-yilgi respublika investitsiya dasturini ro‘yobga chiqarishda 3-ilovaga* muvofiq xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik jihatdan muhim loyihalar amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan —O‘R QHT, 2009-y., 43-son, 456-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investitsiya loyihalarining buyurtmachilari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning, shuningdek, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlariga davlat monitoringini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan axborot to‘liq va o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 46-son, 350-modda)