Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLIGA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM XIZMATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga muvofiq respublikada zamonaviy, yuksak jahon talablariga javob beradigan tashhis qoʻyish va davolash tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlangan, yuqori malakali vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari bilan taʼminlangan shoshilinch tibbiy yordamning yaxlit tizimi yaratilgan va samarali faoliyat koʻrsatmoqda.
Aholiga shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning sifatini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini, ayniqsa respublika mintaqalarida yanada rivojlantirish, tizimda ishlayotgan kadrlarni ragʻbatlantirishni kuchaytirish, zamonaviy, yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalaridan malakali foydalanishni va ularga servis xizmati koʻrsatishni taʼminlash sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish hozirgi bosqichining ustuvor vazifasi hisoblansin.
Aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirishni amaliy qoʻllab-quvvatlash uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi huzurida budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Quyidagilar:
davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hisobiga tejalgan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining homiylik mablagʻlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
2. Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasining Homiylik kengashi 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
* 2-ilova berilmaydi.
Homiylik kengashiga quyidagi vazifalar yuklansin:
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash boʻyicha vazifalarni amalga oshirishga butun choralar bilan koʻmaklashish;
shoshilinch tibbiy yordam xizmati xodimlarining malakasini oshirishga, xizmatning tibbiyot muhandis-texnik va yordamchi xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirishga koʻmaklashish;
shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal etish uchun manfaatdor davlat va jamoat tuzilmalarini, xalqaro tashkilotlarning, mamlakatimizdagi va xorijiy investorlarning keng jalb etilishini taʼminlash;
shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
4. 2004-yil 1-yanvardan boshlab shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining, shu jumladan muhandis-texnik xodimlarining lavozim maoshlari Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha tarif razryadini oshirish hisobiga 15 foizga oshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan ikki yoki undan koʻp asoslar boʻyicha maoshlarni oshirish huquqiga ega boʻlgan boʻlinmalar va lavozimlar uchun maoshlarni oshirish miqdori 30 foizdan oshmasligi kerak.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2004-yil 1-yanvargacha:
Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi huzurida yuqori malakali muhandis-mutaxassislardan noyob, yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalariga servis xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha 20 kishidan iborat koʻchma xizmat tashkil etsin;
servis xizmati koʻrsatish muhandis-texnik xodimlarini oʻqitish va ularning malakasini oshirish, shu jumladan yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xorijiy firmalarda bevosita tajriba orttirishi boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazidagi, viloyatlar va tumanlar filiallaridagi hamda servis xizmati koʻrsatilishi va taʼmirlanishi kerak boʻlgan tibbiy asbob-uskunalar va texnikalar roʻyxatini tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va tibbiyot asbob-uskunalariga servis xizmati koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan muhandis-texnik xodimlar lavozimlari roʻyxatini;
shoshilinch tibbiy yordam xizmati xodimlari uchun ular ishining tezkorlik va tigʻizlik xarakterini hisobga oluvchi shtat normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2004-2005 oʻquv yilidan boshlab:
tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining davolash fakultetlari talabalarining, tibbiyot kollejlari va oʻrta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish boʻyicha oʻquv yurtlari oʻquvchilarining oʻquv dasturiga shoshilinch tibbiy yordam masalalarini majburiy ravishda chuqur oʻrganishni kiritsin;
“Shoshilinch tibbiy yordam” ixtisosi boʻyicha magistratura ochishni nazarda tutsin;
“Shoshilinch tibbiyot vrachi” mutaxassisiga nisbatan malaka tavsifnomalari va talablarini ishlab chiqsin va uni vrachlik ixtisoslari klassifikatoriga kiritsin;
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti huzurida shoshilinch tibbiy yordam kafedrasini tashkil etsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Shoshilinch tibbiy yordam respublika markaziga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 2003-yilda 50.0 mln soʻm va 2004-yilda 150,0 mln soʻm ajratsin, bu mablagʻlarni budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasiga maqsadli oʻtkazsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda har yili Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti loyihasini tuzishda shoshilinch tibbiy yordam xizmati uchun asbob-uskunalar, anjomlar, tibbiyot buyumlari, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallar xarid qilish xarajatlarining alohida satrda ajratib koʻrsatilishini nazarda tutsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda shoshilinch tibbiy yordam xizmatining viloyatlar, shaharlar va tumanlardagi boʻlinmalarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan, ularni zamonaviy, yuqori texnologiyali tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash, mamlakatimizdagi va chet ellardagi yetakchi klinikalar hamda tibbiyot asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchilar bazasida tibbiy va muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 2-dekabr,
537-son
Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi huzurida, shoshilinch tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy, muhandis-texnik va yordamchi xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash va ular mehnatini ragʻbatlantirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasida islohotlarni amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan.
2. Quyidagilar:
davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hisobiga tejalgan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining homiylik mablagʻlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari hisoblanadi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarishni shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Homiylik kengashi amalga oshiradi.
4. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) boʻlinmalarining, uning viloyatlardagi filiallarining, markaziy tuman shifoxonalari va markaziy shahar shifoxonalari huzuridagi boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda, ularni zamonaviy tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlashda;
yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va tibbiyot asbob-uskunalariga servis xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash koʻchma xizmatini tashkil etishda;
mamlakatimizdagi va chet ellardagi yetakchi tibbiyot markazlarida hamda yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda oʻqitishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yoʻli bilan tibbiyot xodimlari va muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirishda;
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining tibbiy, muhandis-texnik va yordamchi xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashda va ular mehnatini ragʻbatlantirishda;
shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish va koʻrsatishning ustuvor vazifalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni ragʻbatlantirishda;
kadrlar potensialini, aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatida ishlaydigan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishda;
shoshilinch tibbiy yordam xizmati faoliyatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan, Homiylik kengashi bilan kelishilgan boshqa tadbirlarda foydalaniladi.
5. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari budjetga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
6. Fond mablagʻlaridan foydalanish daromadlar va xarajatlarning har yilgi smetasini tuzish orqali amalga oshiriladi, ushbu smeta Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktorining taqdimnomasiga koʻra Homiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz direktori qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda Jamgʻarma faoliyatining tezkor tahlilini va buxgalteriya hisobini, shuningdek hisobot maʼlumotlari va balans hisob-kitoblarining ishonchliligini taʼminlaydi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Homiylik kengashini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan rais boshqaradi.
Jamgʻarmaning Homiylik kengashi:
Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga butun choralar bilan koʻmaklashadi;
shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal etish uchun manfaatdor davlat va jamoat tuzilmalarini, xalqaro tashkilotlarni, mamlakatimizdagi va xorijiy investorlarni keng jalb etishni taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma faoliyati, uning qonunchilikka va ushbu Nizomga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining har yilgi smetasini tasdiqlaydi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
oʻz majlislarida Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktorining Jamgʻarma ishlarining ahvoli va uning mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning yillik moliyaviy hisobotini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni qonunchilikka muvofiq hal qiladi.
(7-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning Homiylik kengashi Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktorining Jamgʻarmaning maqsadi va vazifalariga, amaldagi qonunchilikka zid boʻlgan qarorlarini bajarishni toʻxtatib turish yoki bekor qilish huquqiga ega.
(7-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Jamgʻarmaning Homiylik kengashi majlislari muntazam ravishda, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Majlis agar unda Jamgʻarma Homiylik kengashi aʼzolarining kamida 2/3 qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha qaror Jamgʻarma Homiylik kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Homiylik kengashi majlisi protokoli Homiylik kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
9. Jamgʻarma mablagʻlarining jamgʻarilishi va tasdiqlangan smeta doirasida sarflanishi masalalari boʻyicha tezkor, joriy boshqaruv Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Markaz direktori Jamgʻarma mablagʻlaridan xarajatlarning tasdiqlangan smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda maqsadli va samarali foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
10. Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktori quyidagilarga majbur:
Jamgʻarma Homiylik kengashining koʻrib chiqishi uchun materiallarni tayyorlashni taʼminlash;
Homiylik kengashi qarorlarini Shoshilinch tibbiy yordam respublika markaziga, uning filiallari va boʻlimlariga yetkazish;
Homiylik kengashi qarorlarini oʻz vaqtida bajarish, Jamgʻarmaning ajratilgan mablagʻlaridan foydalanishni nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish;
Homiylik kengashi majlislarida koʻrib chiqish uchun Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetalari loyihalarini tayyorlash;
Homiylik kengashi majlislarida Jamgʻarma ishlarining ahvoli va mablagʻlarining harakati toʻgʻrisida hisobot berish;
Homiylik kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha yillik va choraklik moliya hisobotlarini taqdim etish.
11. Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktori quyidagi huquqlarga ega:
Homiylik kengashida koʻrib chiqish uchun Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni shakllantirish va kiritish;
Homiylik kengashi qarorlari asosida shoshilinch tibbiy yordam xizmatining tibbiy, muhandis-texnik va yordamchi xodimlari ish haqini Jamgʻarmada toʻplangan mablagʻlar hisobiga 100 foizgacha koʻpaytirish.
12. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot har chorakda Jamgʻarmaning Homiylik kengashida koʻrib chiqiladi va Homiylik kengashi raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 23-son, 232-modda; 2005-y., 51-son, 380-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)