O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TIBBIYOT TEXNIKASI ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISHNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va tibbiyot maqsadidagi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va ular bilan davolash-profilaktika muassasalarini, ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konsernining va “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasi muassislarining “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasini “O‘zfarmsanoat” davlat konserni tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari hisoblansin:
tibbiyot muassasalari va aholining zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojini chuqur o‘rganib chiqish va ushbu ehtiyojlarni qondirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va tibbiyot maqsadidagi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish va ular bilan davolash-profilaktika muassasalarini, ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni ta’minlash;
montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini, tibbiyot asbob-uskunalarining texnik servisini amalga oshirish;
sog‘liqni saqlash muassasalarini texnik jihozlash bo‘yicha loyihalarini va texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish;
tibbiyot asbob-uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish muhandis-texnik xodimlar tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
*2-ilova berilmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2004—2006-yillarda respublika tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash va unga texnik servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
ikki oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi va emissiya prospektini xatlovdan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin;
davlatga tegishli aktivlarni boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakili tayinlanishini ta’minlasin;
“O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining davlat aktivlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risidagi shartnoma qoidalari ijrosi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 6-noyabr,
490-son
“O‘ztibtexnika” aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy
tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 21-son, 210-modda;2005-y., 8-9-son, 67-modda; 34-36-son, 264-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)