O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 23-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1553-1]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 9-iyuldagi 185-son “Elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarining faoliyat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1553, 2006-yil 13-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 90-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 6-sentabr,
31/1-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 6-sentabrdagi 31/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 7-banddagi “Tijorat banklari, Valyuta birjasi, Respublika inkassatsiya birlashmasi” degan so‘zlar “tijorat banklari, O‘zbekiston respublika valyuta birjasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Respublika Inkassatsiya xizmati davlat unitar korxonasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 11-banddagi “Valyuta birjasi, Davlat belgisi ishlab chiqarish birlashmasi, Inkassatsiya birlashmasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Respublika Inkassatsiya xizmati davlat unitar korxonasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 13-banddagi “12” raqami “24” raqami bilan almashtirilsin.
4. 18-banddagi “Markaziy bank Axborotlashtirish Bosh markazi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh markazi davlat unitar korxonasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi X. MIRZAXIDOV
2014-yil 6-sentabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 39-son, 493-modda)