Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2011 27.08.2003 yildagi 370-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.08.2011
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunchilik ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ijtimoiy-siyosiy hayotni, davlat tuzilishini, shu jumladan sud-huquq sohasini erkinlashtirish, insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Hukumatining qarorlari ijrosini taʼminlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlari yaratildi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning shartnomaviy-huquqiy ishlari takomillashtirilmoqda, huquqni qoʻllash amaliyotini doimiy tahlil qilish va uning monitoringi hamda amaldagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha asoslangan takliflar berish tizimi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar adliya organlarining faoliyatini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash Adliya vazirligining asosiy va eng muhim vazifasi boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining eng muhim vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish, ular amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlangan insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama rivojlantirish, ularning huquqiy asoslarini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan huquqiy targʻibot boʻyicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarni moddiy-texnikaviy va moliyaviy jihatidan taʼminlash boʻyicha ishlarning samaradorligini oshirish, ularning haqiqiy mustaqilligini taʼminlash, sud hujjatlari va boshqa davlat organlari hujjatlari ijrosini taʼminlashning samarali mexanizmini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariat, advokatura, FHDY organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat koʻrsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va ularning samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqiy taʼminlash samaradorligini oshirishga, tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk egalari, xorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish va roʻyxatga olish jarayonini soddalashtirishga, shartnomaviy intizomni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazishda qonunchilikka rioya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlari bilan birgalikda xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari samarali huquqiy himoya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Insonning huquq va erkinliklarini huquqiy himoya qilish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida 6 kishidan iborat Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa 1-ilovaga muvofiq tegishli boʻlimlar tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildirlar va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga boʻysunadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining tuzilmalari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining namunaviy tuzilmalari 2—6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni 202 kishidan, shu jumladan 151 nafar boshqaruv va 51 nafar xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan iborat etib belgilansin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” va “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi” nashrlari negizida Oʻzbekiston Respublikasining barcha normativ-huquqiy hujjatlarining yagona rasmiy nashri — “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”ni taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻplami” davriy nashr qilinishini, shuningdek uning ochiq obuna yoʻli bilan tarqatilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasining tuzilmasi va Nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga mazkur qaror talabidan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 27-avgustdagi
370-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimlarining shtatdagi xodimlari soni*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bittadan shtatdagi xodimlar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari lavozimlarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi. Qolgan shtatdagi xodimlar soni Oʻzbekiston Respublikasi Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mintaqalar ‎

Shtatdagi xodimlar soni‎

Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahri ‎

3‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari ‎ 2‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 27-avgustdagi
370-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda matnda Vazirlik deb yuritiladi) davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlik tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti, boshqa adliya organlari va muassasalari kiradi (keyingi oʻrinlarda matnda adliya organlari va muassasalari deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Vazirlikka boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik taʼminlash, shuningdek adliya tizimining xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlikka ajratiladigan mablagʻ doirasida davlat budjeti Sudlar, adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 263-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 523-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlik, uning organlari va muassasalari yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qonunchilik ijodkorligi va huquqni qoʻllash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlangan insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama rivojlantirish, ularning huquqiy asoslarini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan huquqiy targʻibot boʻyicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash boʻyicha ishlarning samaradorligini oshirish, ularning haqiqiy mustaqilligini taʼminlash, sud hujjatlari va davlat organlari boshqa hujjatlari ijrosini taʼminlashning samarali mexanizmini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) notariat, advokatura, FHDY organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat koʻrsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va ularning samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish, tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk egalari, xorijiy investorlar va chet el investitsiyalari jalb qilingan korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) xoʻjalik yurituvchi subyektlarga xoʻjalik shartnomalarini tuzishda va ularni bajarishda huquqiy yordam koʻrsatish hamda shartnoma intizomini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) yuridik shaxslar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazishda qonunchilikka rioya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) tegishli davlat organlari bilan birgalikda xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari samarali huquqiy himoya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) adliya organlari va muassasalari tizimiga rahbarlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qonunchilik ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni tayyorlash va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining qonunchilik ijodkorligi masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonun loyihalarini tayyorlashning zarurligi masalalari boʻyicha oldindan kelishishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari boʻyicha va oʻz tashabbusiga koʻra qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi loyihalarni ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonun loyihalarini tayyorlash masalalari boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini yuridik ekspertizadan oʻtkazadi va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi yuzasidan xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish, huquqiy tartibga solishning tizimga solinishini va yaxlitligini taʼminlash toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdim qiladi, qonun hujjatlarini kodekslashtirish boʻyicha ishlarni olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, ularning Kengashlari, qoʻmitalari va komissiyalari bilan doimiy amaliy aloqada boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) idoraviy norma ijodkorligi sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy majburiy tusdagi normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish, shuningdek ularni qoʻllash boʻyicha ishlarini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning holati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilib turadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunchilikni tizimlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini davlat hisobiga olish va qonun hujjatlarini turkumlash ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari bankini (fondini) shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tarmoq qonunchiligining umumhuquqiy klassifikatorini rivojlantirilishni amalga oshiradi, normativ-huquqiy hujjatlarga klassifikator asosida kodlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini belgilaydi va ularga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni qoʻllash amaliyoti masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalari boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Konstitutsiyada va qonunlarda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasida qonun hujjatlarini doimiy ravishda tahlil qiladi va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tajribani oʻrganadi va xalqaro-huquqiy normalarning Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlaridagi ijrosi boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquq va erkinliklari sohasida aholining huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatda inson huquqlarini hurmat qilish gʻoyasini targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasida qonun hujjatlariga rioya qilishning holatini oʻrganadi va umumlashtiradi hamda uni yaxshilash yuzasidan tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda advokatlik tuzilmalarining rolini kuchaytirishga, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga hamda ularning huquqiy asoslari mustahkamlanishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari boʻyicha, shu jumladan inson huquq va erkinliklariga rioya qilinishi monitoringi sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻz konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilishi toʻgʻrisidagi murojaatlari xolisona va har tomonlama koʻrib chiqishini taʼminlaydi, ular boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) davlat organlarining huquqiy targʻibot ishlarini muvofiqlashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy targʻibot va huquqiy taʼlimning ahvolini tahlil qiladi, ularni yaxshilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni oshirishga, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlar aholi oʻrtasida targʻib qilinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq sohasida taʼlim ishlari metodik jihatdan taʼminlanishini tashkil etadi, huquqiy tarbiya va taʼlimning zamonaviy shakllarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta maxsus hamda kasb-hunar oʻquv yurtlarining talabalari va oʻquvchilari uchun yuridik darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamlari, shuningdek, ilmiy-ommabop va boshqa yuridik adabiyotlar nashr etish rejalarini ishlab chiqadi va nashr etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatni huquqiy axborot bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari va muassasalari uchun huquqiy axborotni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari va muassasalarini zarur qonunchilik materiallari bilan taʼminlash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini yaratish va saqlashni tashkil qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning ulardan belgilangan tartibda foydalanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy axborotlar davlatlararo almashinishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kodekslar va qonun hujjatlari toʻplamlarini, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilishning rasmiy manbai hisoblangan “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” rasmiy nashr etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning normativ-huquqiy hujjatlarni nashr etish, qonun hujjatlari maʼlumotlarining elektron bazasini yaratish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va tarqatish, qonun hujjatlari maʼlumotlarining elektron bazasini yaratish qoidalarini belgilaydi, ularning ijro etilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash, shuningdek sud hujjatlari va boshqa davlat organlari hujjatlari ijrosini taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularni moliyalashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarning binolarini qurish va taʼmirlashga, sudlarning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga ajratilgan mablagʻlar samarali oʻzlashtirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar va sud jarayonlarining xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarning faoliyatini taʼminlash, ularning amaldagi mustaqilligini mustahkamlash masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa davlat organlari hujjatlari ijrosini taʼminlashning samarali mexanizmlarini yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) huquqiy xizmat koʻrsatishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatga olish faoliyatini tashkil etish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini taʼsis etadi va tugatadi;
(7-bandning 5-kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning 5-kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat notarial idoralari davlat reyestrini yuritadi;
(7-bandning 5-kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 175-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajor notarius faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi, Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
(7-bandning 5-kichik bandi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosining va ular muhri koʻchirmasining haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa funksiyalarni bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariuslar tomonidan xizmat majburiyatlarining, shu jumladan notarial ish yurituv qoidalarining bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazorat olib boradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarni, notarial harakatlar, tasdiqlovchi yozuvlar va guvohnomalarni roʻyxatga olish reyestrlari shaklini tasdiqlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
(7-bandning 5-kichik bandi toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 175-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatga olishni tashkil qiladi, FHDY organlari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va ularni nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY organlarini tashkil qiladi, qayta tashkil qiladi va tugatadi, ularning ishini tekshiradi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY va notariat idoralari xodimlari tomonidan fuqarolarga huquqiy xizmat koʻrsatish darajasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish blankalari namunalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY organlarini va Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi konsullik muassasalarini qatʼiy hisobdagi gerbli guvohnomalar blankalari bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariat va FHDY organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ushbu organlar uchun koʻrsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat notarial idoralarining notariuslari tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar, FHDY organlari tomonidan jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan pulli xizmatlar roʻyxatlarini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar koʻrsatilganligi uchun, shuningdek notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlar dublikatlari, roʻyxatlardan koʻchirmalar, maʼlumotnomalar va arxiv hujjatlarining nusxalari berilganligi uchun toʻlovlar miqdorlarini tasdiqlaydi;
(7-bandning 5-kichik bandi oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) advokatura va yuridik xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlarning respublika jamoat birlashmasi bilan birgalikda malaka komissiyalari vakolatlarini va ular faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlarning respublika jamoat birlashmasi bilan birgalikda advokatlarning Oliy malaka komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlarga litsenziyalar berishni va advokatlik byurolari, hayʼatlari va firmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, hayʼatlari va firmalarining reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik byurolari, hayʼatlari, firmalari va advokatlarning Oliy malaka komissiyasining faoliyatiga metodik yordam koʻrsatadi va koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlarning ijobiy ish tajribasini oʻrganadi va ommalashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlar malakasini oshirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlarning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq taʼqiblar, asossiz cheklashlar va tajovuzlardan advokatlarni himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga, advokatlik etikasi qoidalariga rioya qilinishi, shuningdek advokatlarning kasbiy tayyorgarligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik byurolari, hayʼatlari va firmalarining adliya organlariga statistika hisoboti taqdim qilish shakllarini tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda huquqiy ishlarni muvofiqlashtiradi, ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy ishlarni yoʻlga qoʻyish amaliyotini tekshiradi va tahlil qiladi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yuridik xizmatlarining ishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ijobiy ish tajribasini yoyish, yuridik maslahatchilarning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi, ularni attestatsiyadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish, tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk egalarining, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy taʼminot samaradorligini oshirishga va tadbirkorlikni rivojlantirishga, tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk egalarining, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan tashkil etilayotgan va faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tartibga solish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha barcha qonun hujjatlariga va normativ-huquqiy hujjatlarga qatʼiy rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, kichik korxonalarni, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
(7-bandning oltinchi kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar oʻtkazayotgan tekshirishlarning qonuniyligi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik va maʼmuriy ishlar materiallarini belgilangan tartibda oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga noqonuniy holatlarini tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirgan holda aniqlaydi, oʻrganadi va monitoringni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining, shu jumladan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi holatlari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqadi, koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida ularni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) shartnomaviy-huquqiy munosabatlar sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga xoʻjalik shartnomalarini tuzishda va bajarishda huquqiy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma intizomini takomillashtirish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqadi va kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarni va eng avvalo, ularning mansabdor shaxslarini shartnoma intizomini buzganlik uchun javobgarlikka tortish boʻyicha belgilangan choralar qoʻllanilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining shartnoma intizomiga rioya etish yuzasidan javobgarligini oshirish ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan jamoat birlashmalari (diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar)ni, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, koʻrsatib oʻtilgan vakolatxonalar va filiallarning xorijiy davlatlar fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolarini akkreditatsiyadan oʻtkazadi;
(7-band 8-kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik va sugʻurta tashkilotlarini, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarni, birjalar, bozorlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishda qonuniylikka rioya qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslarning davlat reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar tomonidan taʼsis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va oʻz ustav fondlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirmagan korxonalarni tugatish boʻyicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatni moliyalashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan davlat mablagʻlarini ular oʻrtasida taqsimlaydi;
(7-bandning 8-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 343-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 334-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini samarali huquqiy himoya qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish boʻyicha takliflarni kelishadi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash va bajarishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash, tuzish va bajarish haqida belgilangan tartibda takliflar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tomonlardan biri hisoblanadigan xalqaro-huquqiy hujjatlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida tuzilgan qarz va kredit shartnomalari boʻyicha yuridik xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlatlarning tegishli organlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro-huquqiy axborot masalalari boʻyicha maʼlumotlar bankini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston Respublikasi va uning fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar sudlarida tomonlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan nizolar koʻrib chiqilayotganda vakillik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va eks-Prezidentining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini huquqiy, shu jumladan sudda himoya qilishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi, ularni Toshkent davlat yuridik institutida, Toshkent yuridik kollejida, Toshkent davlat yuridik instituti huzuridagi akademik litseyda va Vazirlik tizimining boshqa oʻquv yurtlarida tayyorlash ishlarini tashkil etadi va rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi, huquqshunoslar oʻrtasida kadrlar siyosatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari va muassasalarining kadrlar zaxirasini yaratadi, kadrlarni tayyorlashni tashkil etadi, tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda joy-joyiga qoʻyishda qatnashadi, ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning murojaatlarini koʻrib chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari va muassasalari xodimlarining noqonuniy harakatlari ustidan fuqarolarning shikoyat va arizalarini koʻrib chiqadi, ushbu masalalar boʻyicha shikoyatlar har tomonlama xolisona koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikning buzilishi holatlari yuzasidan tushgan shikoyatlarni zarur hollarda joylarda mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar bilan birgalikda tekshirib, adolatli qarorlar qabul qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari va muassasalarining shikoyat va arizalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatini oʻrganadi va bu boradagi ishlarni umumlashtiradi, shu yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) huquqiy statistika sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa organlardan olingan huquqiy statistika maʼlumotlarini umumlashtiradi va tahlil qiladi, ushbu masalalar boʻyicha statistika hisoboti yuritish va tahlil qilishga metodik rahbarlikni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari va muassasalarida statistika hisoboti va birlamchi hisobga olish hujjatlari shakllarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatura faoliyati toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarini toʻplaydi va oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik holati dalolatnomalarini va notarial harakatlarni roʻyxatga olishni, shuningdek adliya organlari va muassasalari faoliyatining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha statistikani yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari hisobini roʻyxatdan oʻtkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshiradi.
(7-bandining oʻn ikkinchi kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-oktabrdagi 235-sonli qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 44-45-son, 443-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik taʼminlash va moliyalashtirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik taʼminlashni tashkil etadi, adliya organlari, davlat notarial idoralari, FHDY boʻlimlari, sud ijrochilari boʻlimlari va boshqa adliya muassasalari binolarini kapital qurish va taʼmirlash choralarini koʻradi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari va muassasalarini belgilangan tartibda moliyaviy taʼminlashni amalga oshiradi, adliya tizimida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari va muassasalarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) sud-ekspert, ilmiy va taʼlim muassasalarini rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy fanlarni rivojlantirish choralarini koʻradi, sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot, ekspertlik ishlarini tashkil etadi;
(7-bandning 14-kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 15-dekabrdagi 299-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 50-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat sud-ekspert muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga ilmiy-metodik rahbarlik qiladi, shuningdek Sud ekspertizasi muammolari boʻyicha kengashni boshqaradi;
(7-bandning 14-kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 15-dekabrdagi 299-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 50-son, 474-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini tashkiliy taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
(7-bandning 14-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 15-dekabrdagi 299-sonli qaroriga muvofiq toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 50-son, 474-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent yuridik kolleji va boshqa adliya muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi.
(7-bandning 14-kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-noyabrdagi 528-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 226-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻziga boʻysunuvchi respublika organlari va hududiy organlar orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslardan belgilangan tartibda zarur maʼlumotlar, hujjatlar va materiallarni, inson huquq va erkinliklariga rioya qilish sohasida tahliliy, statistika materiallari va boshqa materiallarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari koʻrib chiqishi uchun qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash masalalari boʻyicha metodik koʻrsatmalarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, ilmiy muassasalar, oʻquv yurtlari va boshqa tashkilotlardan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha xulosalar olish hamda koʻrsatib oʻtilgan organlar va tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda ushbu loyihalarni tayyorlash boʻyicha komissiyalar (ishchi guruhlari) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, eʼlon qilish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish boʻyicha belgilangan tartibga ular tomonidan rioya qilinishi, shuningdek ularning qoʻllanilishi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarga davlat roʻyxatidan oʻtmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish toʻgʻrisida, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish, shuningdek tegishli organlar oldiga bunda aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini belgilangan tartibda davlat reyestridan chiqarish yoxud ularning (toʻliq yoki qisman) amal qilishini toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish muddatini koʻrsatgan holda ularni qabul qilish zarurligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, yoxud ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalari toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishi boʻyicha ishlarning holatini oʻrganish. Oʻrganish natijalari boʻyicha tegishli organlar rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalari zarur darajada qoʻllanilishi toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarmaganlik (lozim darajada bajarmaganlik) holatlari yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan organlarning rahbarlariga aniqlangan qonun hujjatlari buzilishini va uning sabablari hamda unga koʻmaklashuvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek insonning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash chora-tadbirlarini koʻrish toʻgʻrisida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) xorijiy davlatlarning sudlarida Oʻzbekiston Respublikasining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor huquqiy nizolar boʻyicha daʼvogar va javobgarning vakili sifatida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) huquqiy, shu jumladan, sud masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va eks-Prezidentining vakili sifatida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) tegishli organlarga sudyalar va sud apparati mehnat sharoitlarini yaxshilash, moddiy va ijtimoiy taʼminlash yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) advokatlarga berilgan litsenziyalarning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatib turish va toʻxtatish;
(9-bandning 15-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) advokatlar malaka komissiyalariga advokatlarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) advokatlik byurolari, hayʼatlari va firmalariga aniqlangan qonun hujjatlari buzilishini bartaraf qilish toʻgʻrisida koʻrsatmalar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda huquqiy ishlar holatini, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini tekshirish, ulardan amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etishlarini talab qilish, koʻrsatilgan organlarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish, qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish yoki ularning aybi bilan davlatga yoki korxona, muassasa va tashkilotga yetkazilgan moddiy zararni undirish toʻgʻrisidagi masala bilan yuqori turuvchi organlarga yoki sudga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) xizmat majburiyatlarini qoʻpol ravishda buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan yuridik xizmat xodimlariga berilgan attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni javobgarlikka tortishning asosliligini zarur hujjatlar, shu jumladan jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik va maʼmuriy ishlar materiallari bilan tanishish yoʻli bilan oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) tadbirkorlarning “ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlarini koʻrib chiqish barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan tadbirkorlar, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar huquqlariga rioya etish boʻyicha qonun hujjatlari ogʻishmay bajarilishini tekshirish. Koʻrsatib oʻtilgan organlar va tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan:
(9-bandning 21-kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 80-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 117-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan qonun hujjatlari buzishlarini, qonun buzilishining sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) Konstitutsiyada va qonunlarda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari, tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari mansabdor shaxslar tomonidan buzilishi holatlari aniqlanganda, shuningdek adliya organlarining qonuniy talablari mansabdor shaxslar tomonidan bajarilmaganda aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani tegishli organlar oldiga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shu jumladan nazorat organlari va litsenziyalovchi organlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar huquqlarini buzuvchi qarorlarini, shuningdek ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) toʻxtatib qoʻyish;
(9-bandning 23-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 80-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 117-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik va maʼmuriy ishlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzuvchi sud hujjatlarini davlat boji toʻlamasdan qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida sud instansiyalariga taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) tadbirkorlar va xususiy mulk egalari huquqlariga rioya qilish boʻyicha qonun hujjatlarining buzilishi mumkin emasligi toʻgʻrisida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) fuqarolarning, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida murojaatlarni tekshirish uchun tegishli mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) xoʻjalik shartnomalari bajarilishi jarayonini nazorat qilish, shartnoma intizomi buzilgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi va sudlarda daʼvo qoʻzgʻashlari, shuningdek shartnoma majburiyatlarini bajarilmaganligi (lozim darajada bajarilmaganligi) natijasida yetkazilgan zararni qoplashlari yuzasidan belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan tegishli taqdimnomalar kiritish; taqdimnomada bayon qilingan talablar belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda vakolatli organlar yoki sudlar oldiga shartnoma intizomini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) adliya organlarida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlariga amal qilishini tekshirish, ulardan kerakli hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etishlarini talab qilish, koʻrsatib oʻtilgan yuridik shaxslarning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish, taʼsis hujjatlarini va amaldagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun mansabdor shaxslarni belgilangan javobgarlikka tortish, shuningdek, ularning aybi bilan davlatga yoki korxonaga yetkazilgan moddiy zararni undirish uchun yuqori turuvchi organlarga yoki sudga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiyalarning ustavlarida nazarda tutilgan faoliyatni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatib turish yoki toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
(9-bandning 28-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 343-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 334-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-1) Xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli boʻlmagan) notijorat tashkilotlar vakolatxonalari va filiallarining xodimlarini, ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari buzilgan hollarda akkreditatsiyadan mahrum qilish;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-son qaroriga muvofiq 28-1-kichik band bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) oʻz vakolatlari doirasida xorijiy davlatlar organlari va xalqaro tashkilotlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30) barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlardan huquqiy statistikani tashkil etish va yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) davlat, yuridik va jismoniy shaxslar manfaatlarini koʻzlab sudlarga davlat boji toʻlamasdan arizalar va daʼvolar bilan murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) adliya organlari va muassasalari faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tegishli boʻlinmalar tashkil etish, ularni qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek, ularning ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlikning Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi, Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi va ularning joylardagi boʻlimlarining xodimlari oʻz vakolati doirasida nazoratni amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish uchun xizmat guvohnomasini koʻrsatib tegishlicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning, ularning hududiy va tarkibiy boʻlinmalarining, korxona va tashkilotlarning tobeligidan, mansubligidan qatʼi nazar, hududlariga va binolariga kirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish uchun zarur boʻladigan qarorlar, farmoyishlar, yoʻriqnomalar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni talab qilib olishga, tadbirkorlar, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar huquqiga rioya qilish boʻyicha qonuniylikning ahvoli, shuningdek uni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatib oʻtilgan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarini chaqirishga, ulardan tadbirkorlarning, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari rioya qilinishi boʻyicha qonun hujjatlarining buzilishi yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlik oʻz vakolati doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, notariuslar, advokatlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik, zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlik qonunchilik ijodkorligi sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash va oʻziga yuklangan boshqa vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Adliya vaziri boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan besh nafar oʻrinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yakkaboshchilik asosida Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Vazirlik faoliyatining alohida qismlari hamda unga boʻysunuvchi organlar va muassasalarning ishi uchun oʻz oʻrinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Vazirlik tarkibiy va hududiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa oʻziga qarashli organlar va muassasalarning nizom (ustav)larini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) xodimlar belgilangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Vazirlik markaziy apparatining, shuningdek adliya organlari va muassasalarining xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) respublika notariat va FHDY muassasalari tizimini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) tegishli davlat organlariga adliya organlari va muassasalarini tashkil etish hamda ularning xodimlari sonini belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Vazirlik markaziy apparati, adliya organlari va muassasalari xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, uning hududiy boʻlinmalari rahbarlarini, shuningdek Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa oʻziga qarashli organlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) adliya organlari va muassasalari xodimlariga belgilangan tartibda martaba darajalari beradi, adliya organlari va muassasalari xodimlariga oliy martaba darajalari berish uchun ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) adliya organlari va muassasalarining xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, Vazirlik tizimining alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini faxriy unvonlar berishga va Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Adliya organlari va muassasalarining, shu jumladan Vazirlik tizimidagi ilmiy muassasalar va oʻquv yurtlari xodimlariga egallab turgan lavozimiga va ish stajiga muvofiq maxsus darajali unvonlar hamda martaba darajalari beriladi va belgilangan xizmat muddati uchun ustama haqi toʻlab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Martaba darajalari berish va undan mahrum etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik faoliyatining qonunchilik ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishni davom ettirish, ularning amalga oshirilishini taʼminlash, insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishni taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama rivojlantirish, huquqiy targʻibot boʻyicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, tadbirkorlikni huquqiy taʼminlash va rivojlantirish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shartnoma intizomini mustahkamlash, huquqshunos kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Adliya vazirligi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda rais paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 27-avgustdagi
370-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAShKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-noyabrdagi 528-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 226-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 27-avgustdagi
370-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 27-avgustdagi
370-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 175-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 27-avgustdagi
370-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining namunaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 22-son, 175-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 27-avgustdagi
370-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 11-son, 32-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi, 5-bandining ikkinchi xatboshi, 6-bandi, shuningdek ushbu qarorga 1 va 2-ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy apparati tarkibida iqtisodiy islohot boʻyicha qonunchilik va normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 24-yanvardagi 27-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 3-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Garov toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1994-yil 1-fevraldagi 50-son qarorining 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 2-son, 8-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish va uning apparati tuzilmasidagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida” 1995-yil 27-apreldagi 152-son qarorining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 4-son, 16-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida Fuqarolarning qonunchilikning buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish boshqarmasini tuzish toʻgʻrisida” 1997-yil 10-iyuldagi 345-son qarorining 6-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda, 22-son, 226-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 17-son, 199-modda, 29-son, 334-modda; 2007-y., 50-51-son, 523-modda; 2008-y., 44-45-son, 443-modda; 2010-y., 22-son, 175-modda, 23-son, 183-modda, 50-son, 474-modda; 2011-y., 7-8-son, 65-modda, 12-13-son, 117-modda)