11.06.2003 yildagi 261-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Markazlashtirilgan kapital quyilmalar hisobiga roʻyobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda shartnomaviy joriy narxlarga oʻtish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda bozor munosabatlarini rivojlantirish, qurilishda narxlarni shakllantirish mexanizmini takomillashtirish, investitsiya jarayoni barcha qatnashchilarining pirovard natijalar, investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligi uchun javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi 2003-yil yakunlari boʻyicha mazkur nizomlarga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishida narxlarning sunʼiy ravishda oshib ketishiga yoʻl qoʻymagan holda ularning shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, qurilishning titul roʻyxati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi moliyaviy yilda kapital qoʻyilmalar hajmlari va ularni sarflash yoʻnalishlari koʻrsatilgan, qurilishning ikkinchi va keyingi yillari uchun ular aniqlashtirilgan holda qurilishning barcha davriga tuziladi hamda investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini aks ettiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishlarning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan aniq roʻyxati, oʻtkazilgan tanlov savdolari (tenderlar) va tuzilgan shartnomalar shartlari asosida qurilishning har bir yakka tartibdagi obyekti boʻyicha investor (buyurtmachi) tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt qurilishining unda tasdiqlangan qiymati doirasida kreditlash uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obyektlar qurilishi uchun joriy narxlarni asoslangan holda belgilash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Narxlarni shakllantirish mintaqaviy markazlariga ularning soʻrovlariga koʻra mintaqalar boʻyicha “qurilish” tarmogʻida oʻrtacha ish haqining vujudga kelgan miqdorlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilashga doir chora-tadbirlar dasturini uch oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin hamda ayrimlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261-son

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 11-iyundagi
261-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM

1. Mazkur Nizom markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qoʻyilmalari) hisobiga qurilayotgan qurilish obyektlarining shartnomaviy joriy narxlardagi qiymatini aniqlash tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Obyekt qurilishi boʻyicha ishlar va xizmatlarning joriy narxlardagi shartnomaviy qiymati tanlov savdolari (tender) natijalari boʻyicha shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tanlov savdolari (tender)ni tashkil etish va oʻtkazish maqsadida obyekt qurilishi qiymati resurslarga xarajatlarni prognozlashtirilayotgan joriy narxlar va tariflarda kalkulyatsiya qilishga asoslangan resurs usuli boʻyicha hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangidan qurilayotgan, markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital mablagʻlari) hisobiga moliyalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha bazaviy narxlardagi smeta hujjatlari tuzilmaydi, resurslar smetalari chiqarish tartibi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obyekt qurilishining mazkur Nizomga muvofiq buyurtmachi tomonidan aniqlangan boshlangʻich qiymati tanlov savdolari (tenderlar) oʻtkazishda yoʻnalish hisoblanadi va pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzish uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlov savdolari boshlangʻich qiymatni oshkor qilmasdan oʻtkazilgan taqdirda u tanlov savdolari (tender)ning ikkinchi bosqichigacha maxfiy axborot hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tanlov savdolari (tender)da ishtirok etayotgan pudratchi tashkilotlar tanlov taklifi narxini mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan tartibda va pudrat ishlari bozori konyunkturasidan, shu jumladan ish haqiga xarajatlarni aniqlash imkoniyatidan, korxonada shakllangan mehnatga haq toʻlash shartlari va shaklidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda aniqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgorning tanlov taklifi (oferta)da koʻrsatilgan narxi maxfiy axborot hisoblanadi va tanlov savdolari (tender)ning ikkinchi bosqichigacha oshkor qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Obyekt qurilishi boshlangʻich qiymatini va talabgor narxini belgilangan davrgacha oshkor etishda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Obyekt qurilishining shartnomaviy joriy narxi talabgorlarning tanlovdagi narx boʻyicha takliflaridan maqbul narxni tanlash asosida, buyurtmachining boshlangʻich narxini va tanlov hujjatlari shartlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Resurs usuli”ni qoʻllashda fizik koʻrsatkichlardagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar nomlari va miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ mehnat sarfi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar nomlari va miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xarajatlar va sarflar aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Resurs usuli” boʻyicha obyektning joriy narxlardagi qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S=(So+Sm+Szp+Sem+Pp+Pz+Sr) x KR, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So — asbob-uskunalarga, mebel va inventarga xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sm — qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarga xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Szp — ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar hisobga olingan holda asosiy ish haqiga xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sem — mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pp — boshqa xarajatlar va pudratchining xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pz — boshqa xarajatlar va buyurtmachining xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sr — obyektlar qurilishini sugʻurta qilish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kr — navbatdagi yilda qurilishda narx oʻsishining prognozlashtirilayotgan indeksidan kelib chiqib aniqlanadigan tavakkalchilik koeffitsiyenti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Asbob-uskunalar, mebel va inventarga xarajatlar transport xarajatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqaruvchi korxonalar (yetkazib beruvchilar)ning narxlari qoʻllanilgan holda spetsifikatsiyalar asosida yoki narxlar monitoringi asosida shakllantiriladigan maʼlumotlar banki boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarga xarajatlar mazkur mintaqada shakllangan birlikka oʻrtacha narxlar qoʻllanilgan holda tender hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladigan Yigʻma resurs hisob-kitobiga muvofiq amaldagi koʻrsatkichlar asosida quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sm=Sm1+Sm2+Sm3+...+ Smn, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sm1, Sm2, Sm3, Smn — qurilish materiallari va konstruksiyalarning ayrim turlari qiymati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cmp = N x Ssr, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N — obyekt qurilishi uchun talab qilinadigan qurilish materiali (buyum, konstruksiya)ning alohida turi miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ssr – qurilish materiali (buyum, konstruksiya) birligiga oʻrtacha narx.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har xil qurilish materiallari (buyumlar, konstruksiyalar)ning oʻrtacha qiymati tayyorlovchi zavodlarning ulgurji sotish narxlari, qurilish materiallari birjalari va yarmarkalaridagi narxlar, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan chiqariladigan kataloglar, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining narx belgilash boʻyicha mintaqaviy markazlari maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik normalariga muvofiq belgilangan qurilish materiallari (buyumlar, konstruksiyalar) narxlari tayyorlovchi zavodlarning ulgurji narxlarini, idishlarga xarajatlarni, transport xarajatlarini, taʼminot-sotish tashkilotlarining ustama narxlarini oʻz ichiga oladi.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport xarajatlarini “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan Yuklarni qurilish uchun tashishga hisob-kitob joriy narxlarini aniqlash boʻyicha metodik tavsiyalar asosida hisoblab chiqish tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ish haqi xarajatlari obyektning normativ mehnat sarfini bir kishi-soatning joriy qiymatiga (soʻmlarda) va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar miqdorini hisobga oluvchi koeffitsiyentga koʻpaytirish yoʻli bilan quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Szp=T x Sch Kss, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T – tender hujjatlari tarkibida yoki ishga tushirilgan obyektlarga oʻxshash kishi-soatlarda aniqlanadigan obyekt qurilishining normativ mehnat sarfi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sch — ishchilarning oʻrtacha soatlik ish haqi, obyekt qurilishi qiymatini hisoblab chiqishda mintaqa boʻyicha quruvchilarning oʻrtacha statistik oylik ish haqi darajasidan kelib chiqib hisoblab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kss — ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar miqdorini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrtacha soatlik ish haqi quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sch = Zms: F, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zms — oldingi 12 oy uchun statistika maʼlumotlari asosida bir oy uchun hisoblab chiqilgan mintaqa boʻyicha quruvchilarning oʻrtacha yillik ish haqi, oyiga soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F — Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi maʼlumotlari boʻyicha soatlarda ish vaqtining oʻrtacha oylik fondi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Obyekt qurilishi qiymatini aniqlashda mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari qiymati joriy narxlarda quyidagi formula boʻyicha qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sem = EM x Spr, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EM — mashina va mexanizmlardan foydalanishning soatlardagi hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spr — mashina va mexanizmlardan foydalanishning soat/soʻmlardagi joriy narxlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina va mexanizmlardan foydalanishning joriy narxlarini “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining metodik tavsiyalari asosida aniqlash tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Pudratchining boshqa xarajatlari (Pp) zarur foydadan, shu jumladan pudrat ishlari (xizmatlar) bozori konyunkturasidan kelib chiqib shakllantiriladigan majburiy toʻlovlar va ajratmalardan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 226-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 222-modda; )
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Buyurtmachining boshqa xarajatlari va sarflari (Pz) loyiha-qidiruv ishlari, ekspertiza, tanlov savdolari (tender) oʻtkazish, texnik nazorat xarajatlaridan, obyekt qurilishi bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Buyurtmachi obyekt qurilishi qiymati tarkibida obyekt qurilishini tashkil etish, unga xizmat koʻrsatish, kuzatib borish, qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilib olish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni ham hisobga olishi kerak.
(18-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 226-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 222-modda; )
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Buyurtmachining boshqa xarajatlari obyekt qurilishi qiymatini shakllantirishda belgilangan miqdorlarda obyektning shartnomaviy qiymatiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qoʻyilmalari) hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishining boshlangʻich narxlari shakllantirilishi boʻyicha doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Obyekt qurilishi muddati bir kalendar yildan ortiq boʻlganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga shartnomaviy narx Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 11-iyundagi
261-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom tanlov savdolari (tender) natijasida joriy narxlarda tuzilgan pudrat shartnomalari (kontrakt) boʻyicha markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qoʻyilmalari) hisobiga qurilayotgan qurilish obyektlarining ikkinchi va keyingi yillar uchun shartnomaviy joriy narxlarini aniqlashtirish tartibini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tanlov savdolari (tender) natijalari boʻyicha tuzilgan obyektning qurilishini amalga oshirish pudrat shartnomasiga (kontraktga), ish hajmlari bosqichlar va bajarish muddatlari boʻyicha boʻlingan holda, ishlarni amalga oshirish jadvali ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har yili hisobot yili tugashi bilan buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot bilan birgalikda prognoz qilinayotgan yil va keyingi yillar uchun bajarilayotgan ishlarning (xizmatlarning) kontrakt boʻyicha qoldiq qiymati aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishning titul roʻyxatini shakllantirish va kapital qoʻyilmalarning obyektlar boʻyicha limitlarini aniqlash mazkur Nizomga muvofiq shartnomalarda belgilangan obyekt qurilishining davom etish muddatlari va qiymatiga qatʼiy muvofiq boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi va keyingi yillar uchun qurilishning titul roʻyxatlariga oʻzgartirishlar pudrat shartnomasi (kontrakt) asosida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Narx omillari boʻyicha indeksatsiya qilinishi lozim boʻlgan ikkinchi yil uchun pudrat ishlari (xizmatlar) qiymati buyurtmachilar va pudratchi tashkilotlar tomonidan quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O2 = (C — O1 — Pp — H1) x K1 bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O2 – ikkinchi yil uchun pudrat ishlari qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C – tanlov savdolari (tender) natijasida aniqlangan obyektning joriy narxlardagi qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O1 – ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq qurilishning birinchi yilidagi pudrat ishlari hajmining joriy narxlardagi qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pp – ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq keyingi yillar uchun ishlar qiymati;

N1 – buyurtmachining oldindan berilgan avansi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K1 – pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan vaqtda belgilangan obyekt qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladigan obyekt qurilishining ikkinchi yili uchun shartnomaviy narx oʻzgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narx omillari boʻyicha indeksatsiya qilinishi lozim boʻlgan uchinchi yil uchun pudrat ishlari (xizmatlar) qiymati buyurtmachilar va pudratchi tashkilotlar tomonidan quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O3 = (S — O1 — O2 — Pp — N2) x K2 bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O3 – uchinchi yil uchun pudrat ishlari qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C – obyektning tanlov savdolari (tender) natijalari boʻyicha aniqlangan joriy narxlardagi qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O1 va O2 – ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq qurilishning birinchi va ikkinchi yillari uchun pudrat ishlari hajmining joriy narxlardagi qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pp – ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq keyingi yillar uchun ishlar qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N2 – qurilishning ikkinchi yilida buyurtmachining oldindan berilgan avansi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K2 – pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan vaqtda belgilangan obyektning qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladigan obyekt qurilishining uchinchi yili uchun shartnomaviy narx oʻzgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishning keyingi yillari uchun obyekt qurilish qiymati ham shu tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. K koeffitsiyentni — qurilishning ikkinchi yili (va keyingi yillari) uchun shartnomaviy narx oʻzgarishini aniqlash buyurtmachi va pudratchi bilan birgalikda quyidagi asosiy narx shakllantiruvchi komponentlar asosida aniqlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mehnat xarajatlari (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻzgarishi);
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elektr energiyasi (“Oʻzbekenergo” kompaniyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yonilgʻi-moylash materiallari (“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) metall (“Oʻzmetkombinat” birlashmasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sement (sement zavodlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qum (zavod-karyerlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yigʻma temir-beton buyumlari (tayyorlovchi zavodlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yogʻoch-taxta materiallar (birja narxlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) gʻisht (tayyorlovchi zavodlar) va boshqa komponentlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda komponentlar va asosiy qurilish materiallarining turlari har bir muayyan obyekt boʻyicha, pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan paytdagi obyektni qurish qiymatining kamida 70 foizini tashkil etadigan asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarni hisobga olgan holda tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomga muvofiq aniqlangan pudrat ishlari (xizmatlar) qiymati ushbu qurilish obyekti boʻyicha tanlov savdolari (tender) oʻtkazgan tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi obyektlar markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qoʻyilmalari) hisobiga qurilganda ikkinchi yilga (va keyingi yillarga) qurilishning shartnomaviy joriy narxi aniqlashtirilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Nizomga rioya etilishi va obyekt qurilishining keyingi yillari uchun shartnomaviy narxlar toʻgʻri aniqlanishi uchun javobgarlik qonunchilikka muvofiq pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzgan buyurtmachi bilan pudratchi tashkilotlar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro hisob-kitob qilishda narxni shakllantiruvchi asosiy omillar va boshqa hisoblab chiqiladigan koʻrsatkichlar asossiz qoʻllanilishi natijasida ikkinchi yilga va keyingi yillarga obyektlar qurilishi qiymati oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda oshirib yuborilgan summa qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjetida tiklanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 11-iyundagi
261-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga 8-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) “Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar” 1.5-kichik boʻlimiga quyidagi mazmundagi 1.5.10-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1.5.10. Obyektlarni davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga qurishda qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish bilan bogʻliq xarajatlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni davlat mablagʻlari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 12-son, 70-modda) I boʻlimiga quyidagi mazmundagi 6-1-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6-1. Obyektlarni davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sugʻurta qilish xarajatlarini obyekt qurilishining umumiy qiymatiga kiritgan holda amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur band birinchi xatboshining amal qilishi ular boʻyicha shartnomalar (kontraktlar) tanlov savdolari (tenderlar) natijalariga koʻra tuzilgan qurilish obyektlariga tatbiq etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorga 4-ilova (Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom)ning 15-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 11-son, 88-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)