O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NEFT MAHSULOTLARI BILAN TA’MINLASH TIZIMINI VA ULARNI SOTISHDA HISOB-KITOB QILISH MEXANIZMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
2. 2-ilovaga muvofiq kam quvvatli, past rentabelli neft bazalari va ularning filiallari tugatilsin, ularning mol-mulki “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi balansiga berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda tugatilayotgan neft bazalari va ularning filiallarining bo‘shayotgan mol-mulkidan foydalanish yoki ularni sotish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-oktabrdagi 460-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 192-modda)
5. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi:
bir oy muddatda “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqaviy unitar korxonalarini tugatsin, shuningdek tashkil etilayotgan neft bazalari va kompleks avtoservis punktlarini yuridik shaxs maqomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazsin;
ikki oy muddatda neft bazalari tomonidan neft mahsulotlarini sotish huquqini beruvchi litsenziyalar belgilangan tartibda olinishini hamda neftni qayta ishlash zavodlari va ulgurji iste’molchilar bilan 2003-yilda neft mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzilishini ta’minlasin;
bir oy muddatda “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tugatilayotgan mintaqaviy unitar korxonalari aktivlari va majburiyatlarini “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda uning neft bazalari va kompleks avtoservis punktlari o‘rtasida taqsimlasin;
neft bazalari tuzilmasini va shtat jadvalini tanqidiy baholasin va ular bo‘yicha tegishli normativlarni tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zdavzaxira” bosh boshqarmasi 2003-yilda neft mahsulotlari davlat zaxirasi hajmlari hamda neft mahsulotlari davlat zaxirasi uchun g‘amlab qo‘yiladigan va saqlanadigan neft bazalari va ularning filiallarining aniq ro‘yxati yuzasidan ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. 2008-yil 1-apreldan boshlab barcha iste’molchilar uchun (neftni qayta ishlash zavodlaridan “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi neft bazalariga va davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi uchun qishloq xo‘jaligi iste’molchilariga dizel yonilg‘isi yetkazib berish bundan mustasno) oldindan majburiy haq to‘lashning quyidagi miqdorlari belgilansin:
avtomobil benzini, dizel yonilg‘isi va suyultirilgan gaz uchun — 100 foiz miqdorida;
boshqa neft mahsulotlari uchun — uzil-kesil hisob-kitoblarni 60 kun doirasida amalga oshirgan holda, kamida 50 foiz miqdorida.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 42-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 63-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 870-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son)
10. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 15-dekabrdagi 523-son qaroriga 3-ilova;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni davlat tomonidan nazorat qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 23-dekabrdagi 532-son qaroriga 1-ilovaning II bo‘limi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-may,
225-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Tugatilayotgan kam quvvatli va past rentabelli neft bazalari va ularning filiallari
RO‘YXATI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
1. Qoratov neft bazasi
2. Taxiatosh neft bazasining Xo‘jayli filiali
Andijon viloyati
1. Paxtaobod neft bazasi
2. Asaka neft bazasining Marhamat filiali
3. Gurunchmozor neft bazasining Xonobod filiali
4. Shahrixon neft bazasining Ulug‘nor filiali
5. Andijon neft bazasining Kuyganyor filiali
Buxoro viloyati
1. Buxoro neft bazasining Kogon filiali
Jizzax viloyati
1. Paxtakor neft bazasi
2. Zarbdor neft bazasi
3. Jizzax neft bazasining Zafarobod filiali
4. Do‘stlik neft bazasining Arnasoy filiali
5. Lalmikor neft bazasining Baxmal filiali
Qashqadaryo viloyati
1. Nishon neft bazasi
2. Qamashi neft bazasi
3. Ayritom neft bazasi
4. G‘uzor neft bazasining Dehqonobod filiali
5. Shahrisabz neft bazasining Kitob filiali
Namangan viloyati
1. Chortoq neft bazasi
2. Haqqulobod neft bazasi
3. Namangan neft bazasi
4. Pop neft bazasi
5. To‘raqo‘rg‘on neft bazasining Kosonsoy filiali
Samarqand viloyati
1. Kattaqo‘rg‘on neft bazasi
2. Jomboy neft bazasi
3. Ziyovuddin neft bazasining Zirabuloq filiali
4. Maroqand neft bazasining Oqdaryo filiali
5. Kattaqo‘rg‘on neft bazasining Ishtixon filiali
Surxondaryo viloyati
1. Sariosiyo neft bazasi
2. Sho‘rchi neft bazasi
3. Qumqo‘rg‘on neft bazasining Boysun filiali
4. Sariosiyo neft bazasining Uzun filiali
5. Sho‘rchi neft bazasining Oltinsoy filiali
Toshkent viloyati
1. Qibray neft bazasi
2. Kuchlik neft bazasining Yangibozor filiali
3. Kuchlik neft bazasining Angren filiali
4. Kuchlik neft bazasining Pargos filiali
Farg‘ona viloyati
1. Rapqon neft bazasi
2. Oltiariq neft bazasi
3. Farg‘ona neft bazasining Marg‘ilon filiali
Xorazm viloyati
1. Bog‘ot neft bazasi
2. Shovot neft bazasining Gurlan filiali
3. Hazorasp neft bazasining Tuproqqal’a filiali
4. Urganch neft bazasining Yangiariq filiali
5. Hazorasp neft bazasining Sharlouq filiali
Hammasi: 19 neft bazasi va 26 filial.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-oktabrdagi 460-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 192-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-oktabrdagi 460-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 192-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 9-10-son, 75-modda, 20-son, 192-modda, 24-son, 243-modda; 2004-y., 1-2-son, 15-modda; 2006-y., 41-son, 414-modda, 45-son, 444-modda; 2008-y., 10-11-son, 63-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 09/17/870/0175-son; 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)