Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2017 18.03.2003 yildagi 147-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

SUDLAR VA ADLIYA ORGANLARINI RIVOJLANTIRISh JAMG‘ARMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar adliya organlari va muassasalarining (keyingi o‘rinlarda adliya organlari deb yuritiladi) moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, ular faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek amaldagi Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish, Ijro ishini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 263-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 523-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Sudlari va adliya muassasalarini rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik sudlarini rivojlantirish, Ijro ishini rivojlantirish jamg‘armalari negizida yagona Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, quyidagilar Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha jarimalar va davlat bojlari to‘lashdan davlat budjetiga tushayotgan summalarning 16 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)

xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha davlat bojlari va jarima sanksiyalarini to‘lashdan davlat budjetiga tushayotgan summalarning 12 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(2-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)

FHDYo organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 16 foiz, notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan esa 12 foiz miqdoridagi ajratmalar;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1 maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)

adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hay’atlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti, ramzi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik, yuridik kadrlarni malaka attestatsiyasidan o‘tkazganlik uchun undiriladigan mablag‘larning, shuningdek adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 11-son, 126-modda)

ijro ishi bo‘yicha budjetga undirilgan so‘mmadan 24 foiz miqdoridagi ajratmalar soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzlar undirilishidan tashqari;
(2-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablag‘larning 8 foizi, shuningdek qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-oktabrdagi 290-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 41-42-son, 480-modda)

sud ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yig‘imlarining 80 foizi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hollarda sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlarining depozit hisobiga o‘tkaziladigan ochiq auksionda ishtirok etish uchun kiritilgan zakalatlarning 80 foizi;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)

mol-mulkni sotish yoki baholash bo‘yicha o‘zining shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagan (lozim darajada bajarmagan) birjalar, baholash, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari, boshqa shaxslardan undiriladigan jarimalar va penyalar summasining 80 foizi miqdoridagi ajratmalar.
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-fevraldagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 83-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, umumiy yurisdiksiya sudlari binolarini qurish va ta’mirlash, ularni zarur anjomlar, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy-texnika vositalari bilan ta’minlash Jamg‘armaning birinchi navbatdagi vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘lari shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik sudlarini va adliya organlarini, shu jumladan notariatni, FHDYoni va sud ijrochilarini moddiy-texnik ta’minlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universitetining moddiy-texnika, o‘quv-metodik mustahkamlashga, huquq va davlat qurilishi sohasida tadqiqotlar o‘tkazishga, O‘zbekistonning va xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar tarkibining stajirovkadan o‘tishini tashkil etishga;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-avgustdagi 227-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 453-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar va adliya organlari xodimlariga malaka klasslari, darajalari va muayyan vaqt davomida ishlaganligi uchun ustama va qo‘shimcha haq to‘lashga, ularning malakasini oshirishga, kadrlarni o‘qitishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar va adliya organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal-foydalanish hamda sudlar va adliya organlarining boshqa joriy xarajatlariga;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga va tegishli xarajatlarga;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 318-sonli qaroriga muvofiq oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 520-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar va adliya organlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom va uni boshqarish tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri boshqaradigan Kuzatuvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchi kengash tarkibiga lavozimiga ko‘ra Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi raislari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti direktori va Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘larini to‘plash va sarflashni tezkor boshqarish 4 kishidan iborat tarkibdagi, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasini Ijro etuvchi direktor boshqaradi, u Jamg‘arma Kuzatuvchi kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma ijro etuvchi direktori Jamg‘arma mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi bir oy muddatda Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasini joylashtirilishini va butlanishini, shuningdek Jamg‘arma faoliyatining boshqa tashkiliy-texnik masalalari hal etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri A. Polvon-zoda yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida hisobot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qaroriga 3-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 11-son, 32-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik sudlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida” 1993-yil 4-martdagi 124-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida” 1998-yil 4-martdagi PF-1938-son Farmonining bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlari haqida” 1998-yil 24-apreldagi 177-son qarorining 8-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 17-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 15-avgustdagi 321-son qarorining 5-bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro ishini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 17-oktabrdagi 358-son qarori, 1-band bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi adliya muassasalari va sudlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2003-yil 28-fevraldagi 114-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 20-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147-son

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
18-martdagi 147-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) sudlar, adliya organlari va muassasalari (keyingi o‘rinlarda adliya organlari deb yuritiladi) moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, shuningdek ular faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 263-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 523-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma mablag‘lari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha jarimalar va davlat bojlari to‘lashdan davlat budjetiga tushayotgan summalarning 16 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha davlat bojlari va jarima sanksiyalarini to‘lashdan davlat budjetiga tushayotgan summalarning 12 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(2-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDYo organlari tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan 16 foiz, notariuslar tomonidan undiriladigan davlat boji summalaridan esa 12 foiz miqdoridagi ajratmalar;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1 maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hay’atlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti, ramzi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik, yuridik kadrlarni malaka attestatsiyasidan o‘tkazganlik uchun undiriladigan mablag‘larning, shuningdek adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 11-son, 126-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro ishi bo‘yicha budjetga undirilgan summadan 24 foiz miqdoridagi ajratmalar soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzlar undirilishidan tashqari;
(2-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablag‘larning 8 foizi, shuningdek qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-oktabrdagi 290-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 41-42-son, 480-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yig‘imlarining 80 foizi:
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hollarda sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlarining depozit hisobiga o‘tkaziladigan ochiq auksionda ishtirok etish uchun kiritilgan zakalatlarning 80 foizi;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni sotish yoki baholash bo‘yicha o‘zining shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagan (lozim darajada bajarmagan) birjalar, baholash, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari, boshqa shaxslardan undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi miqdoridagi ajratmalar va penyalar.
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 27-fevraldagi 52-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 83-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umumiy yurisdiksiya sudlari binolarini qurish va ta’mirlash, ularni zarur anjomlar, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy-texnika vositalari bilan ta’minlash Jamg‘armaning birinchi navbatdagi vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamg‘arma mablag‘lari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sudlar va adliya organlari binolari va xonalarini qurish, ta’mirlash va jihozlashga, ularni zarur anjomlar, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy-texnika vositalari bilan ta’minlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sudlar va adliya organlari texnika vositalariga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sudyalarga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan tashqari) malaka klasslari hamda muayyan yil ishlaganligi uchun ustamalar va qo‘shimcha haq to‘lashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) adliya organlari xodimlariga daraja klasslari hamda muayyan yil ishlaganligi uchun ustamalar va qo‘shimcha haq to‘lashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sudlar va adliya organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga va ijtimoiy muhofaza qilishga (uy-joy qurish, sanatoriya-kurort va tibbiy xizmat ko‘rsatish, maoshlarga ustamalar va qo‘shimcha haq belgilash, moddiy yordam ko‘rsatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d¹) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, umumiy yurisdiksiya sudlari (harbiy sudlardan tashqari) va xo‘jalik sudlari sudyalari tomonidan belgilangan tartibda uy-joyni ijaraga olishga (ijarada turishga), uy-joy sotib olishga dastlabki badalni to‘lashga;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qaroriga asosan “d1” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 506-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kadrlar malakasini oshirishga, ularni o‘qitishga, tegishli adabiyotlar va matbaa nashrlari bilan ta’minlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e-1) O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini yuritish, texnik jihatdan saqlab turish va modernizatsiya qilish tadbirlarini moliyalashtirish;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 340-son qaroriga muvofiq “e-1” kichik bandi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 576-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) sudlarning (sudyalardan tashqari) va adliya organlarining qo‘shimcha xodimlari ta’minotiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) sudyalarni va adliya organlari xodimlarini formali kiyim-boshlar bilan ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z1) “kommunal-foydalanish hamda sudlar va adliya organlarining boshqa joriy xarajatlariga;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan “z1” kichik bandi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Jamg‘arma zaxirasini yaratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i1) Toshkent davlat yuridik universitetining moddiy-texnika, o‘quv-metodik mustahkamlashga, huquq va davlat qurilishi sohasida tadqiqotlar o‘tkazishga, O‘zbekistonning va xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar tarkibining stajirovkadan o‘tishini tashkil etishga.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-avgustdagi 227-sonli qaroriga asosan “i1” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 34-son, 453-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) sudlar va adliya organlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘lari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali ajratish yo‘li bilan Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi faoliyatini moliyalashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni va u bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi. Notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni va u bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(4-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 318-sonli qaroriga muvofiq o‘n uchinchi—o‘n beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 520-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istisno hollarda Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-dekabrdagi 308-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 50-51-son, 536-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 2-bandi oltinchi va yettinchi xatboshida ko‘rsatilgan manbalar bo‘yicha Sud departamenti organlari tomonidan undirilgan mablag‘larning bir qismi bilan bir qatorda, Jamg‘armaga kelib tushgan ijro yig‘imlari, sud ijrochilari tomonidan undirilgan jarima summalari, shuningdek birjalar, baholash, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlari va o‘zga shaxslar tomonidan mol-mulkni baholash yoki sotishda zimmasiga olingan shartnoma majburiyatlarni bajarmaganlik (lozim darajada bajarmaganlik) uchun jarima va penyalar Sud departamentining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sud ijrochilarini moddiy rag‘batlantirish, shuningdek sud ijrochilari faoliyatini va majburiy ijro etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
(4-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari budjetga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlar va adliya organlari xodimlarini qo‘shimcha ko‘paytirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish sudlarni va adliya organlarini rivojlantirish dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash orqali amalga oshiriladi, ushbu dasturlar har yili mablag‘lar va buyurtmanomalar tushishi prognozi asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda sudlar va adliya organlari binolari va xonalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, jihozlash muddatlari va hajmlari; ularni jihozlar, transport vositalari, kompyuterlar va boshqa zamonaviy tashkiliy-texnika vositalari bilan ta’minlash, shuningdek sudlar va adliya organlarini rivojlantirish bo‘yicha boshqa tadbirlar nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish dasturi, ularni mablag‘ bilan ta’minlash hajmlari hamda Jamg‘armaning zaxiraga qo‘yiladigan har yilgi qismi miqdori Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan amalga oshiriladi, unga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri rahbarlik qiladi, u Jamg‘arma Kuzatuvchi kengashining raisi hisoblanadi. Kuzatuvchi kengash tarkibiga lavozimiga ko‘ra Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi raislari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti direktori hamda Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi har chorakda kamida bir marta majlis o‘tkazadi. Zarur hollarda Jamg‘arma Kuzatuvchi kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi majlisi unda Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha qaror Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Jamg‘arma Kuzatuvchi kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamg‘arma mablag‘lari to‘planishi va sarflanishini tezkor boshqarish Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasiga Ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi, u Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning Ijro etuvchi direktori Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanomalarni yig‘ish va Kuzatuvchi kengash tomonidan ko‘rib chiqish uchun materiallarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchi kengash qarorlarini sudlar va adliya organlariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchi kengash qarorlarini o‘z vaqtida ijro etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning ajratilgan mablag‘laridan foydalanilishini nazorat qilish va uning monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchi kengashga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi bo‘yicha hisobot taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda mablag‘lar ajratishga tushgan buyurtmanomalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undirilgan va Jamg‘armaga o‘tkaziladigan pul mablag‘larining amalda tushgan summasi bo‘yicha tegishli tashkilotlardan axborotlar va statistika ma’lumotlarini so‘rab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning ajratilgan mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda moliyalashtirishni to‘xtatib turish, keyinchalik ushbu masalani Kuzatuvchi kengashga ko‘rib chiqish uchun kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijro etuvchi direksiya o‘z Nizomiga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi to‘g‘risidagi Nizom Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamg‘armadan mablag‘lar ajratish yuzasidan buyurtmanomalar Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi) tomonidan Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasiga tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasi tushgan buyurtmanomalarni umumlashtiradi va ularni ko‘rib chiqish uchun Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi direksiya Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi qarorlari bo‘yicha mablag‘larni yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan idoralarga qabul qilingan qarorga muvofiq foydalanish uchun o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi va Departament Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashiga Jamg‘armaning ajratilgan mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobot har chorakda Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamg‘arma mablag‘larini to‘plash va ulardan foydalanish tartibi Jamg‘armaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
18-martdagi 147-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 5-6-son, 54-modda; 22-son, 223-modda; 2007-y., 45-son, 451-modda, 50-51-son, 523-modda; 2008-y., 42-son, 420-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda, 50-51-son, 536-modda, 52-son, 576-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda, 22-son, 175-modda, 44-45-son, 385-modda, 52-son, 520-modda; 2012-y., 8-9-son, 83-modda, 15-son, 170-modda, 41-42-son, 480-modda, 44-son, 506-modda; 2013-y., 2-son, 16-modda, 34-son, 453-modda, 52-son, 690-modda; 2014-y., 11-son, 126-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda)