Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining qarori, 30.07.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2604
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OʻZBEKISTON NEFT MAHSULOTLARI VA GAZDAN FOYDALANIShNI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 30-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2604]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 25-sentabrdagi 429-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2604-3, 25.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 48-modda) muvofiq Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining bosh direktori A. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k-3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari N. MAXMUDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k-3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2014-yil 7-iyuldagi k-3 va k-1-sonli qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, yuridik va jismoniy shaxslarning (bundan buyon matnda isteʼmolchilar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan gazni hisobga olish priborlari davlat metrologiya tekshiruvidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Isteʼmolchilar tomonidan foydalanilayotgan gazni hisobga olish priborlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy tekshiruvdan — gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazishning amal qilish muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdan tashqari tekshiruvdan — gazni hisobga olish priborlarining tekshiruvdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi plombasi shikastlanganda yoki qayta sozlash ishlarini oʻtkazish zarurati vujudga kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert tekshiruvidan — gazni hisobga olish priborlarining sozligi yoki ularning qoʻllashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari boʻyicha munozarali savollar tugʻilganda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gazni hisobga olish priborlari quyidagi oraliqda davriy tekshiruvdan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar — 4 yilda 1-marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar — 2 yilda 1-marta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanilmagan gazni hisobga olish priborlarining davriy tekshiruvdan oʻtkazish muddatlari oʻtib ketgan taqdirda, ulardan belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish uchun echib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tegishli hududdagi gaz taʼminoti korxonasi gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan oʻtkazishning amal qilish muddati tugashidan oʻttiz kun oldin isteʼmolchini gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan oʻtkazish zarurligi haqida yozma ravishda ogohlantiradi. Tegishli hududdagi gaz taʼminoti korxonasi rahbari gazni hisobga olish priborini davriy tekshiruvdan oʻtkazish zarurligi haqida isteʼmolchilarning oʻz vaqtida ogohlantirilishi uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Isteʼmolchi gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan oʻtkazish uchun uni echishni soʻrab tegishli hududdagi gaz taʼminoti korxonasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Gazni hisobga olish priborlari ekspert tekshiruvidan oʻtkazish uchun tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari, yoxud sudning qarori yoki ajrimiga asosan echib olinishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2017-yil 12-dekabrdagi K-9, A-2-sonli (roʻyxat raqami 2604-1, 21.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2604-2/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish uchun echib olish tegishli hududdagi gaz taʼminoti korxonasining mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tegishli hududdagi gaz taʼminoti korxonasining mutaxassisi ariza berilgandan soʻng, besh ish kuni ichida gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan oʻtkazish uchun isteʼmolchi ishtirokida echib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Gazni hisobga olish priborini echib olish vaqtida tegishli hududdagi gaz taʼminoti korxonasining mutaxassisi isteʼmolchi ishtirokida gazni hisobga olish priborining oʻrnatilgan plombalari butligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Gazni hisobga olish priborining oʻrnatilgan plombalari but boʻlgan taqdirda, gazni hisobga olish pribori echib olinadi va ikki nusxada mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda gazni hisobga olish priborining echib olinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi. Mazkur dalolatnomaning bir nusxasi gazni hisobga olish pribori bilan birga isteʼmolchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Gazni hisobga olish pribori tekshiruvdan oʻtkazish uchun echib olingandan soʻng, tegishli hududdagi gaz taʼminoti korxonasining mutaxassisi isteʼmolchining xohishiga koʻra uni gaz tarmogʻiga gazni hisobga olish priborisiz ulaydi yoki vaqtincha tarmoqdan uzib qoʻyadi. Isteʼmolchining gaz tarmogʻiga ulanganligi yoki ulanmaganligi gazni hisobga olish priborining echib olinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Isteʼmolchi gazni hisobga olish priborisiz gaz tarmogʻiga ulangan taqdirda, foydalanilgan gaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda toʻlov amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan oʻtkazish uchun topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Isteʼmolchi gazni hisobga olish priborini va gazni hisobga olish priborining echib olinganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasini tekshiruvdan oʻtkazish uchun davlat metrologiya xizmati organiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat metrologiya xizmati organi masʼul xodimi gazni hisobga olish pribori topshirilganligini tegishli jurnalga qayd qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Gazni hisobga olish priboridagi tekshiruvdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni (ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, tipi, markasi, raqami va gazni hisobga olish priborining koʻrsatkichi) koʻrish imkoni boʻlmagan taqdirda, davlat metrologiya xizmati organi gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan oʻtkazish uchun qabul qilishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Gazni hisobga olish pribori tekshiruvdan oʻtkazish uchun qabul qilinganda, manfaatdor shaxs va davlat metrologiya xizmati organi oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan oʻtkazish va taʼmirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Gazni hisobga olish pribori davlat metrologiya xizmati organi tomonidan uch kun ichida tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Gazni hisobga olish priborini ekspert tekshiruvidan oʻtkazishda manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan oʻtkazish natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda, gazni hisobga olish pribori foydalanishga yaroqli deb topiladi va davlat metrologiya xizmati organi tomonidan isteʼmolchiga gazni hisobga olish priborining tekshiruvdan oʻtkazilganligi haqida sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Gazni hisobga olish pribori uning hisoblash mexanizmi va sozlash elementiga oʻzgartirish kiritishning oldini olish maqsadida davlat metrologiya xizmati organi tomonidan plombalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan oʻtkazish natijasi salbiy boʻlgan taqdirda, gazni hisobga olish pribori foydalanishga yaroqsiz deb topiladi va shu kunning oʻzida bu haqda davlat metrologiya xizmati organi masʼul xodimi tomonidan isteʼmolchiga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Gazni hisobga olish pribori yaroqsiz deb topilgan taqdirda, isteʼmolchi uni taʼmirlash uchun taʼmirlash tashkilotlariga topshirishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritilgan va tekshiruvdan oʻtkazilgan boshqa gazni hisobga olish priboridan foydalanishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2015-yil 12-martdagi k-3, k-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2604-1, 23.03.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Gazni hisobga olish priborini taʼmirlash tashkiloti tomonidan texnik tekshirishdan oʻtkazish natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi isteʼmolchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat metrologiya xizmati organining masʼul xodimi taʼmirlangan gazni hisobga olish priborlarini taʼmirlash tashkilotining oʻzida tekshiruvdan oʻtkazish uskunasidan foydalangan holda tekshiruvdan oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan oʻtkazishning natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda, shu kunning oʻzida davlat metrologiya xizmati organining masʼul xodimi gazni hisobga olish priborining tekshiruvdan oʻtkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtirib, gazni hisobga olish priborini plombalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tekshiruvdan oʻtkazilgan gazni hisobga olish priborini oʻrnatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Isteʼmolchi tekshiruvdan oʻtkazilgan gazni hisobga olish priborini oʻrnatish uchun tegishli hududdagi gaz taʼminoti korxonasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tegishli hududdagi gaz taʼminoti korxonasi ariza qabul qilingandan soʻng ikki kun ichida gazni hisobga olish priborini oʻrnatib berishi lozim. Tegishli hududdagi gaz taʼminoti korxonasining mutaxassisi gazni hisobga olish priborini oʻrnatishdan oldin uning tekshiruvdan oʻtkazilganligi haqidagi sertifikatning mavjudligi va plombalarining butligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchi tegishli hududdagi gaz taʼminoti korxonasining mutaxassisiga gazni hisobga olish priborining tekshiruvdan oʻtkazilganligi haqidagi sertifikat nusxasini taqdim qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tegishli hududdagi gaz taʼminoti korxonasi mutaxassisi gazni hisobga olish priborini oʻrnatgandan soʻng, isteʼmolchini gaz tarmogʻiga ulash shtutsyerlarini plombalaydi va ikki nusxada mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzadi hamda dalolatnomaning bir nusxasini isteʼmolchiga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Gazni hisobga olish pribori oʻrnatilgandan soʻng, gazni hisobga olish pribori roʻyxatga olinadi va foydalanilgan gaz gazni hisobga olish priborining koʻrsatkichiga muvofiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Gazni hisobga olish priborini tekshiruvdan oʻtkazish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organ yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizom “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻztransgaz” AK va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” MXK raisi Sh. FAYZULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztransgaz” AK Boshqaruv raisi Sh. MAXMUDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 3-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gazni hisobga olish priborining echib olinganligi toʻgʻrisida DALOLATNOMA
Isteʼmolchi raqami ___________
____________________________________________ 201_ yil “____” _____________
(isteʼmolchi F.I.O.)
Men, _____________________________________________________________ vakili
(gaz taʼminoti korxonasi filiali va boʻlimining nomi)
isteʼmolchi ___________________________________________________ ishtirokida
“___” ___________ 201_ yilda isteʼmolchiga tegishli boʻlgan _____________________ ____________________________________________ gazni hisobga olish priborining
��(gazni hisobga olish priborini turi, nomi, ishlab chiqarish joyi, raqami)
echib olinganligi va tekshiruvdan oʻtkazish uchun isteʼmolchining qoʻliga berilganligi haqidagi mazkur dalolatnomani tuzdim.
Gazni hisobga olish priborini koʻrsatkichi ________ m3 ni tashkil qiladi.
Gazni hisobga olish pribori koʻrikdan oʻtkazilganda _____________________________
Gaz tarmogʻiga va gazni hisobga olish priboriga ________________ raqamli plombalar oʻrnatildi.
Gaz taʼminoti korxonasining masʼul xodimi:
____________
_____________________
(imzo)
(F.I.O.)
Dalolatnoma bilan tanishdim: _________________
_____________________
(isteʼmolchining imzosi)
(isteʼmolchining F.I.O.)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 31-son, 387-modda; 2015-y., 12-son, 141-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2604-2/0439-son)