O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ULGURJI SAVDO KORXONALARINI RIVOJLANTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-avgustdagi 375-sonli “Iste’mol tovarlari yarmarka savdosini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ichki iste’mol bozorini yanada to‘laroq to‘ldirish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlarning respublika mintaqaviy bozorlariga kirib borishiga ko‘maklashish, ulgurji savdo korxonalarining hududlar bo‘yicha bir tekis joylashtirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbeksavdo” va “O‘zbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalarining yangidan tashkil etilayotgan va moddiy-texnika bazasiga ega hamda ustav fondi miqdori belgilangan tartibga muvofiq bo‘lgan, moliyaviy jihatdan barqaror mavjud ulgurji savdo korxonalari negizida respublikada ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlarining ulgurji savdo tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Quyidagilar ulgurji savdo korxonalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
hududida ulgurji savdo korxonasi faoliyat ko‘rsatayotgan mintaqaning iste’mol bozori konyunkturasini o‘rganish hamda sanoat korxonalariga tegishli assortimentda, sifatda va o‘rab-joylangan tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berish;
xarid talabi xususiyatidan, mintaqaning muayyan assortimentdagi tovarlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda iste’mol bozorini xalq iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish hamda aholini ular bilan hududlar bo‘yicha bir tekis ta’minlash dasturini shakllantirish;
iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan shartnomalar tuzish va turlarni kelishib olish, tovarlarni o‘z omborlariga o‘z vaqtida tashib keltirish, chakana savdo tarmog‘i korxonalarini tovarlar bilan bir maromda ta’minlash uchun keng va barqaror assortimentdagi tovarlarning zarur zaxiralarini yaratish;
ulgurji savdoga keladigan iste’mol tovarlari sifati ustidan chakana savdo tarmog‘iga past sifatli tovarlarning kirib kelishi imkoniyatini bartaraf etuvchi nazoratni tashkil etish;
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, chakana savdo korxonalariga, shuningdek kichik, o‘rta biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tuzilgan shartnomalar hamda o‘zaro hisob-kitoblarning naqd pulsiz shakli asosida iste’mol tovarlarini ulgurji sotishni amalga oshirish;
chakana savdo korxonalariga savdoni rivojlantirishda ko‘maklashish, ular uchun tovarlarni omborlardan tanlab olish va xarid qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
ulgurji yarmarkalarning iste’mol tovarlarini keyingi yil uchun sotish ishlarida qatnashish va tegishli mintaqaning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlar xarid qilish, respublika mintaqalarida xalq iste’mol tovarlari savdosi bo‘yicha mavsumiy yarmarkalar tashkil etish yuzasidan shartnomalar tuzish.
4. “O‘zbeksavdo” va “O‘zbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalari ulgurji savdo korxonalariga iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar bilan oqilona, uzoq muddatli xo‘jalik aloqalari o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar ishlab chiqarish sohasida marketing tadqiqotlari o‘tkazsinlar, ular asosida sanoat korxonalariga aholi ko‘plab talab qiladigan tovarlar ishlab chiqarish to‘g‘risida asoslangan takliflar bersinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi “O‘zbeksavdo” va “O‘zbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyalari tizimlarida tashkil etilayotgan ulgurji bazalarning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun Kompleksga kiruvchi tarmoqlarning bo‘sh mablag‘lari hisobiga resurslar qidirib topsin.
6. “O‘zbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasining “Qoraqalpoqtutinu” va “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalaridan 2-ilovada ko‘rsatilgan ulgurji bazalar aksiyalarining ularga tegishli paketlarini belgilangan tartibda kompaniyaga berishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-iyuldagi 249-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandi 2003-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 4-fevral,
62-son
“O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi ulgurji bazalari
TUZILMASI
* Toshkent viloyati va Toshkent shahri chakana savdo korxonalariga xizmat ko‘rsatadi.
“O‘zbekbirlashuv” aksiyadorlik kompaniyasi ulgurji bazalari
TUZILMASI
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 3-son, 22-modda)