O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
“Tijorat banklari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 27-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2527-1]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 23-dekabrdagi 329-V-4-sonli va Moliya vazirligining 2020-yil 15-dekabrdagi 57-sonli “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizom, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2527-4, 03.02.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktabrdagi 329-V va 98-sonli “Tijorat banklari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2527, 2013-yil 19-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 47-son, 622-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 13-iyun,
329-V-1-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 13-iyun,
44-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2014-yil 13-iyundagi 329-V-1 va 44-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Tijorat banklari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “budjetdan tashqari jamg‘armalar” degan so‘zlar “davlat maqsadli jamg‘armalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) nomi va muqaddimadagi “budjetdan tashqari jamg‘armalar” degan so‘zlar “davlat maqsadli jamg‘armalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat maqsadli jamg‘armasi — O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi;
davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi — davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarini kreditlash uchun tijorat banklariga ajratiladigan mablag‘lar;
qarz oluvchilar (qarzdor) — yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlari.”;
v) 7 va 8-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi” degan so‘zlar “Davlat maqsadli jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning to‘rtinchi xatboshisidan “va debitorlik hamda kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-son shakl)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
d) 12-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Banklar qarz oluvchilar tomonidan mikrokredit qaytarilishining ta’minoti sifatida taqdim qilgan mol-mulkni uning xususiyatidan kelib chiqqan holda kreditning qaytarilgan qismiga nisbatan garovdan chiqarish huquqiga ega.”;
e) 15, 18 va 23-bandlardagi “budjetdan tashqari jamg‘arma” degan so‘zlar “davlat maqsadli jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yo) 16, 19, 22 va 28-bandlardagi “Budjetdan tashqari jamg‘arma” degan so‘zlar “Davlat maqsadli jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
j) 17 va 21-bandlardagi “budjetdan tashqari jamg‘arma” va “budjetdan tashqari jamg‘armaning” degan so‘zlar tegishlicha “davlat maqsadli jamg‘armasi” va “davlat maqsadli jamg‘armasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
z) 20 va 32-bandlardagi “budjetdan tashqari jamg‘armaning” degan so‘zlar “davlat maqsadli jamg‘armasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
i) 24-banddagi “budjetdan tashqari jamg‘arma” va “budjetdan tashqari jamg‘armaga” degan so‘zlar tegishlicha “davlat maqsadli jamg‘armasi” va “davlat maqsadli jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
k) 30-banddagi “budjetdan tashqari jamg‘armaning”, “budjetdan tashqari jamg‘arma” va “budjetdan tashqari jamg‘armaga” degan so‘zlar tegishlicha “davlat maqsadli jamg‘armasining”, “davlat maqsadli jamg‘armasi” va “davlat maqsadli jamg‘armasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
l) 31-banddagi “budjetdan tashqari jamg‘armaning” va “budjetdan tashqari jamg‘arma” degan so‘zlar tegishlicha “davlat maqsadli jamg‘armasining” va “davlat maqsadli jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
m) 42-banddan “hamda Meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish jamoat fondi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
3. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2014-yil 13-iyun
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 26-son, 323-modda)