14.05.2010 yildagi 05-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari bo‘yicha vakillikka doir qonunchilikni qo‘llashda sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan hamda ushbu qonunchilik normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

1. Sudlarga tushuntirilsinki, fuqarolik protsessida vakillik instituti fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29, 55-moddalarida mustahkamlangan sud orqali himoyalanish va malakali yuridik yordam olish kabi konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudda vakillik taraflar, uchinchi shaxslar, arizachilar subyektiv huquq va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoyasining protsessual kafolati vazifasini bajarishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonun mazmuniga ko‘ra, suddagi vakil — ishonch bildiruvchi shaxs nomidan va uning manfaatlari uchun berilgan vakolat doirasida protsessual harakatlar sodir etadigan hamda huquqlarini amalga oshirishda unga yordam beradigan jismoniy shaxsdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 65-moddasiga muvofiq yuridik shaxslarga tegishli ishlarni har doim ularning rahbarlari yoki vakillari yuritadilar, fuqarolar esa, o‘z ishlarini sudda shaxsan yoki vakil orqali yuritishlari mumkin. Bunda fuqaroning shaxsan ishtiroki uni mazkur ish bo‘yicha vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda vakillikni ikki turga ajratadi — qonuniy, ya’ni majburiy vakillik (FPK 66-moddasi) va shartnoma bo‘yicha, ya’ni ixtiyoriy vakillik (FPK 67-moddasi).
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy vakillik belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan shaxslar huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga daxldor fuqarolik ishlarini sudda ko‘rishda majburiydir. Qonuniy vakillik kelib chiqishi uchun huquq va manfaatlari himoya qilinayotgan shaxs roziligi talab etilmaydi.
(4-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudda vakillik boshqa barcha hollarda shartnomaga asoslangan bo‘ladi va faqat ishonch bildiruvchining bunga xohishi mavjud bo‘lganda yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudda qonuniy vakil sifatida ota-onalar, vasiylar, homiylar va FPK 66-moddasida ko‘rsatilgan boshqa shaxslar ishtirok etadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudda shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil sifatida quyidagilar ishtirok etishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) advokatlar, ya’ni qonunda belgilangan tartibda advokatlik maqomini olgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) to‘g‘ri va yon shajara bo‘yicha qarindoshlar, shuningdek er(xotin) yoki uning qarindoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yuridik shaxslarning xodimlari-mazkur yuridik shaxslar ishlari bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) notijorat tashkilotlar vakolatli vakillari-mazkur tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlar vakolatli vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ishtirokchilardan biri boshqa ishtirokchilarning topshirig‘i bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) jismoniy shaxslar vakili sifatida sud tomonidan ishda qatnashishga ruxsat berilgan boshqa shaxslar, basharti ular vakil sifatida sudda kasb tariqasida (haq evaziga yoki haq olmay) faoliyat olib borishmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy vakillar ham, shartnoma bo‘yicha vakillar ham voyaga yetgan va muomalaga layoqatli bo‘lishlari lozim (FPK 70-moddasi).
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud da’vogarning yoki javobgarning iltimosiga ko‘ra, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart (FPKning 67-moddasi).
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishonch bildiruvchiga qarindosh shaxslar doirasini aniqlashda sud FPK 67-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi va Oila kodeksining 57, 58-moddalariga amal qilishi lozim bo‘lib, ularga ko‘ra quyidagilar qarindoshlar hisoblanadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-ona, bolalar, nevaralar, bobo, buvi, evaralar, katta bobo, katta buvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aka-uka, opa-singillar, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka, opa-singillari, ularning bolalari, bobo, buvilarning aka-uka, opa-singillari, ularning bolalari va h.k.;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘gay aka-uka, opa-singillar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuridik shaxs xodimi deganda, mazkur tashkilotda mehnat shartnomasiga asosan ishlayotgan shaxs tushuniladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudda notijorat tashkilotlar vakolatli vakillari sifatida mazkur notijorat tashkilotlarda mehnat shartnomasiga asosan ishlayotgan va uning shtatida turgan shaxslar bo‘lishi mumkin.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudda vakil sifatida, shuningdek, notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari ham ishtirok etishlari mumkin, basharti boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasi mazkur tashkilotlarga bevosita qonunga binoan berilgan bo‘lsa (masalan, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi, “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunning 27, 33, 45-moddalari va boshqalar)
(8-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat va fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan davlat organlari sudda notijorat tashkilot vakili sifatida emas, balki protsessning boshqa ishtirokchisi-davlat boshqaruv organlari sifatida qatnashadilar (FPK 52, 53-moddalari).
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. FPK 45-moddasiga ko‘ra, protsessda bir necha da’vogar yoki javobgar, shuningdek uchinchi shaxslar qatnashganda, vakillik boshqa ishtirokchilar topshirig‘iga binoan sherik ishtirokchilardan biri tomonidan, basharti ulardan hech birining manfaatlari bir-biriga zid bo‘lmasa, amalga oshirilishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakillarning ishga kirishishi masalasi sudya tomonidan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash paytida hal etilib, bu haqda FPK 204-moddasiga muvofiq chiqarilgan ajrimda ko‘rsatiladi. Agar vakilni ishga kiritish to‘g‘risidagi iltimosnoma sud majlisida bildirilgan bo‘lsa, masala ishda qatnashuvchi boshqa shaxslar fikri eshitilgandan so‘ng bayonnomada qayd etiladigan ajrim chiqarish yo‘li bilan hal etiladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ijozat berish (qatnashishini rad etish) to‘g‘risidagi ajrim ustidan, u ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaganligi sababli shikoyat qilish mumkin emas.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qonuniy vakillar ishga kirishishi uchun huquq beruvchi hujjatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiy yoki homiyni, merosni boshqaruvchini tayinlash to‘g‘risida qarorlar.
(12-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillar ishga kirishishi uchun huquq beruvchi hujjatlar bo‘lib FPK 68-moddasiga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomalar hisoblanadi, advokatlar, yuridik shaxs rahbari bundan mustasno.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma bo‘yicha ayrim vakillar ishga kirishishiga ijozat berilishi uchun qonun sudga, ishonchnomadan tashqari, yana boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qiladi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonch bildiruvchining qarindoshlari uchun — ishonch bildiruvchi va vakil orasida qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning rahbari uchun — uning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning xodimlari va notijorat tashkilotlar vakolatli vakillari uchun — ularning ushbu tashkilotda ishlashini tasdiqlovchi hujjat (buyruq, mehnat daftarchasidan ko‘chirma va h.k.).
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokat ishga kirishishi uchun advokatlik guvohnomasi va advokatlar tuzilmasi tomonidan berilgan order taqdim etilishi kifoya bo‘lib, u advokatga yuridik yordam so‘rab murojaat etgan shaxs manfaatlarini sudda himoya qilish huquqini (FPK 69-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari) beradi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlarga tushuntirilsinki, ishga kirishish uchun huquq beruvchi hujjatlar shartnoma bo‘yicha vakillarga protsess ishtirokchisining faqat FPK 40-moddasining birinchi qismida belgilangan umumiy huquqlarini berib, ular: ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxalar ko‘chirish, raddiya berish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arizalar berish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni sudda ko‘rish davomida tug‘iladigan hamma masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tiroz bildirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar FPKda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ayrim protsessual harakatlarni sodir etish uchun qonun maxsus vakolatlar mavjud bo‘lishini talab etib, shartnoma bo‘yicha vakil, shu jumladan advokat bu harakatlarni faqat ulardan har biri qonunga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnomada qayd etilgan holdagina sodir etishga haqlidir. FPK 69-moddasiga ko‘ra, bunday huquqlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
da’vo talablaridan butunlay yoki qisman voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
da’vo asosi yoki predmetini o‘zgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
da’vo miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
da’vogar talablarini tan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuv bitimi tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjati ustidan shikoyat berish;
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro varaqasini undiruvga qaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizalarni imzolash;
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undirilgan mol-mulk yoki pulni olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati ustav bilan tartibga solinadigan yuridik shaxslar rahbarlari uchun ham maxsus vakolatlari borligi to‘g‘risida hujjat taqdim etishi talab etiladi, basharti ustavda tegishli huquqlarni amalga oshirish korporativ boshqaruv organlari (umumiy yig‘ilish yoki boshqaruv) vakolatiga tegishli bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, qonuniy vakillar, shartnoma bo‘yicha vakillardan farqli ravishda, FPK 69-moddasida ko‘rsatilgan barcha protsessual harakatlarni maxsus vakolat olmagan holda mustaqil sodir etishga haqlidirlar.
(15-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari fuqarolik ishlari bo‘yicha vakillik haqidagi protsessual qonun normalarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur huquqiy institutning to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan choralar ko‘rishi lozim.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi V. NAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 14-may,

05-son