05.06.2014 yildagi 144-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Doʻrmon” milliy bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatidagi Doʻrmon posyolkasi bogʻ hududining tabiiy-ekologik, ilmiy, madaniy va estetik qimmatga ega boʻlgan noyob, qimmatli oʻsimlik navlarini saqlash, koʻpaytirish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining Toshkent viloyatidagi Qibray tumanining Doʻrmon posyolkasi bogʻ hududi negizida 32,4 gektar maydonga ega boʻlgan “Doʻrmon” milliy bogʻini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Doʻrmon” milliy bogʻi qoʻriqlanadigan tabiiy hudud toifasiga kiradi, alohida ilmiy, ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega boʻlgan davlat mulki hisoblanadi va davlat tomonidan qoʻriqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Doʻrmon” milliy bogʻi hududida undan foydalanish maqsadiga zid boʻlgan hamda uning oʻsimlik obyektlarini saqlashga, koʻpaytirishga va tiklashga xavf soladigan har qanday faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Doʻrmon” milliy bogʻi yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga, shuningdek u yerda sanoat, xoʻjalik obyektlari, uy-joylar va boshqa obyektlar qurilishini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi (Milliy bogʻ ehtiyojlari uchun moʻljallanganlari bundan mustasno);
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Doʻrmon” milliy bogʻi yer uchastkalari yer soligʻiga tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “Doʻrmon” milliy bogʻini Qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastriga belgilangan tartibda kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻn kun muddatda “Doʻrmon” milliy bogʻi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent viloyati hokimligi tashkil etilayotgan “Doʻrmon” milliy bogʻi uchun Qibray tumanida qoʻshimcha ravishda 4,0 gektar yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat obyektlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha Ixtisoslashtirilgan boshqarmasi tarkibida, yuridik shaxs tashkil etmasdan, “Doʻrmon” milliy bogʻi direksiyasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaning Ixtisoslashtirilgan boshqarma xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida tashkil etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar “Doʻrmon” milliy bogʻi direksiyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy bogʻni taʼminlash, undan foydalanish va uni saqlash, shuningdek bogʻni qoʻriqlash boʻyicha ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy-maʼrifiy, estetik va ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun Milliy bogʻning tabiiy kompleksini saqlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dov-daraxtlarni saqlash (parvarish qilish), ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish, Milliy bogʻ hududini qimmatli oʻsimliklar navlari bilan yanada koʻkalamzorlashtirish chora-tadbirlarini bajarish boʻyicha kompleks agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalashni, sunʼiy sugʻorish tizimlarining, nasos stansiyalarining, quduqlarning hamda Milliy bogʻdagi boshqa muhandislik tarmoqlari sanitariya va texnikaviy holatining zarur darajada boʻlishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Doʻrmon” milliy bogʻi direksiyasining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 7 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, “Doʻrmon” milliy bogʻi direksiyasi faoliyatini moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili obodonlashtirishga ajratiladigan mablagʻlar doirasida Toshkent shahrining mahalliy budjeti mablagʻlari hisobiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya ehsonlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat obyektlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha Ixtisoslashtirilgan boshqarmasi “Doʻrmon” milliy bogʻi taʼminoti uchun zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilda “Doʻrmon” milliy bogʻi direksiyasi uchun ixtisoslashtirilgan avtotransport hamda 2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha kichik mexanizatsiya vositalari sotib olishga zarur mablagʻlar ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Doʻrmon” milliy bogʻining tashqi yoritish vositalariga va favvorasiga Toshkent shahar hokimligining tegishli foydalanish tashkilotlari tomonidan xizmat koʻrsatishning amaldagi tartibini saqlab qolsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Doʻrmon” milliy bogʻi direksiyasining malakali agronomlar, muhandis-texnik va ishlab chiqarish xodimlari bilan butlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya xodimlarining tutash hududdagi mavjud maʼmuriy va ishlab chiqarish binolarida joylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Doʻrmon” milliy bogʻini zamonaviy mexanizatsiya vositalari bilan jihozlash va hududning muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishni davom ettirish yoʻli bilan samarali boshqarish tadbirlari kompleksi amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli organlar bilan birgalikda “Doʻrmon” milliy bogʻi obyektlaridan foydalanishda belgilangan xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda, Milliy bogʻ hududiga kirish rejimi toʻgʻrisidagi nizom ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻsimlik va hayvonot olami genofondi instituti bilan birgalikda, mahalliy tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, xoʻjalik yuritishni ilmiy asoslangan tarzda tashkil etish va yuritish yoʻli bilan “Doʻrmon” milliy bogʻi oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maqsadli va samarali, shuningdek tabiatni muhofaza qilish, ekologiya-maʼrifiy va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish yuzasidan oʻzaro hamkorlikni tizimli asosda amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 5-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144-son

Vazirlar Mahkamasining
2014-yil 5-iyundagi 144-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Doʻrmon” milliy bogʻi direksiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2014-yil 5-iyundagi 144-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Doʻrmon” milliy bogʻi direksiyasi uchun Toshkent shahar hokimligi tomonidan xarid qilinadigan ixtisoslashtirilgan avtotransport va kichik mexanizatsiya vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r‎ Mashina va mexanizmlar nomi‎ Soni (ta)‎
1.‎ Maysa oʻrish mashinasi (gazonokosilka)‎ 4‎
2.‎ Oʻziyurar maysa oʻrish mashinasi (gazonokosilka)‎ 2‎
3.‎ Trimmer‎ 2‎
4.‎ Purkagich (100 l)‎ 2‎
5.‎ Koʻtarib yuriladigan purkagich‎ 1‎
6.‎ Avtobus ‎ 2‎
7.‎ Suv sepadigan mashina (qor tozalash uskunalari bilan)‎ 2‎
8.‎ Avtominora ‎ 1‎
9.‎ “Damas”avtomobili‎ 1‎
10.‎ Axlat tashish mashinasi‎ 2‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 285-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)