O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRINING
buyrug‘i
Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 7-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2581]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 10-yanvardagi 1-sonli “Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3497, 19.02.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 39-son, 507-modda) muvofiq buyuraman:
1. Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 23-aprel,
7-son
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2014-yil 23-apreldagi 7-sonli buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari
RO‘YXATI
1. Qon va uning tarkibiy qismlarini tayyorlash va ularga qayta ishlov berish bilan bog‘liq kasblar.
2. Qon va uning tarkibiy qismlari, sperma va ko‘krak sutini qabul qilish bilan bog‘liq kasblar.
3. Gemotransfuziya bilan bog‘liq kasblar.
4. Quyidagi tibbiy muolajalar bilan bog‘liq kasblar:
inyeksiyalar;
dializ;
veneseksiya;
kateterizatsiya.
5. Kosmetik va plastik operatsiyalar bilan bog‘liq kasblar.
6. Stomotologik muolajalar bilan bog‘liq kasblar.
7. Tug‘ruq bilan bog‘liq kasblar.
8. Abort va boshqa ginekologik operatsiyalar bilan bog‘liq kasblar.
9. Soch va soqol olish, pirsing, manikyur, pedikyur hamda tatuaj bilan bog‘liq kasblar.
10. Mazkur Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2014-yil 23-aprel
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2014-yil 23-aprel
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 19-son, 219-modda)