Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2016 05.05.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2580
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari to‘g‘risida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 5-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2580]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 1-fevraldagi 2, 111-sonli “Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari to‘g‘risida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2580-1, 03.02.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari to‘g‘risida namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri N. YO‘LDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 28-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 28-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
va Iqtisodiyot vazirligining
2014-yil 28-apreldagi
4, 68-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari to‘g‘risida namunaviy nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-sonli “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandiga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari faoliyatining yagona tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaharlar (tumanlar) hokimliklari huzurida tegishli shahar (tuman) hokimliklariga va adliya organlariga hisob beradigan tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya shahar (tuman) hokimligi tuzilmasiga kiradi va yuridik shaxs hisoblanmaydi, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lmaydi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga va boshqa shaxslar bilan o‘z nomidan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishishiga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik va jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) Inspeksiyaga quyidagi masalalar bo‘yicha murojaat etishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bir vaqtda ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektiga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joylarni noturar joy binolar toifasiga o‘tkazish va noturar joy binolarni turar joy binolar toifasiga o‘tkazish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Inspeksiyaga avval ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari (ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan va rasmiylashtirmagan), xabardor qilish tartibida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar adliya boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari murojaat etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun avval Inspeksiyaga murojaat etganidan qat’i nazar, zarurat yuzasidan tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun murojaat etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda Inspeksiyaga tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan shaxslar murojaat etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Inspeksiyaga shahar (tuman) hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi. Inspeksiya xodimlari ham shahar (tuman) hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshlig‘i va xodimlari davlat xizmatchilari hisoblanadi va mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha hokimlikning tegishli mustaqil bo‘limlari xodimlariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Inspeksiya xodimlarining mansab yo‘riqnomalari shahar (tuman) hokimi tomonidan tasdiqlanadi, ularda Inspeksiya xodimlarining funksiyalari, vazifalari va shaxsiy javobgarligi belgilanadi. Inspeksiya boshlig‘i Inspeksiya ishining samarali tashkil etilishi uchun shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Inspeksiya quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bittadan uchtagacha shtat birligi doirasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish bo‘yicha bo‘lim (mutaxassis);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkitadan beshtagacha shtat birligi doirasida ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha bo‘lim (sektor);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkitadan to‘rttagacha shtat birligi doirasida vakolatli organlarda yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni kelishish bo‘yicha bo‘lim (sektor).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiyaning shtat jadvali tegishli shahar (tuman) hokimi tomonidan tegishli bo‘limlarning (sektorlarning) ish hajmiga qarab shtat birliklari doirasida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha Inspeksiyadan farq qiluvchi qo‘shimcha tuzilmalar tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining hujjatlarini qabul qilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda hujjatlarni va zarur bo‘lgan asoslarni ekspertizadan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz bilan ta’minlash, energiya bilan ta’minlash, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, issiqlik bilan ta’minlash, telefon aloqasi tarmoqlari) ulanish uchun texnik shartlarni, turar joylarni noturar joy binolar toifasiga o‘tkazish, noturar joy binolarni turar joy binolar toifasiga o‘tkazish, obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadni ta’mirlashni) kelishish uchun ularning vakolatlari doirasida majburiy tartibda kelishiladigan va ruxsat olinadigan tegishli tashkilotlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni hisobga olgan holda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, reyestrni yuritish, shuningdek, ularni soliq va statistika organlarida hisobga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchiga barcha ruxsat beruvchi hujjatlar bilan uning tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitoblari bilan ta’minlashda adliya organlari bilan birgalikda ish olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilishni boshlash uchun dastlabki ruxsat beruvchi (loyiha) hujjatlarini tayyorlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyni ekspluatatsiyaga qabul qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Inspeksiya yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun shu jumladan, ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun, shuningdek tugatilishi munosabati bilan davlat reyestridan chiqarish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini soliq va statistika organlarida hisobga qo‘yishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika kodlari va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini ko‘rsatgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek Inspeksiya tomonidan tasdiqlangan muhr va shtamp eskizini tadbirkorlik subyektlariga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning har choragida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va hisobda turgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari sonini soliq va statistika organlari bilan solishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarda va foydalanish tashkilotlarida loyihalashdan oldingi ruxsat beruvchi (boshlang‘ich ruxsatnomalar) hujjatlarni, shuningdek, obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiyalashga zarur bo‘lgan muhandislik kommunikatsiyalariga (gaz bilan ta’minlash, energiya bilan ta’minlash, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, issiqlik bilan ta’minlash, telefon aloqasi tarmoqlari) ulanish uchun texnik shartlar, arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiyalashga tegishli ruxsatnomalarni olishni ta’minlash, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadni ta’mirlashni) kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joylarni noturar joy toifasiga, shuningdek noturar joylarni turar joy toifasiga o‘tkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni operativ rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bir darcha” tamoyili bo‘yicha vakolatli organlarda yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish va loyihalarni kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan tashkil qilinayotgan tadbirkorlik subyektlarini Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
franshizing to‘g‘risidagi shartnomalar (ularni tuzishni, ularga muhim o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar yoki bekor qilish)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jurnalini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning firma nomini elektron talabnoma asosida Internet tarmog‘i orqali firma nomlarining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida zaxiraga olishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Inspeksiyaga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestrini yuritish, shuningdek ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarni yuklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Inspeksiyaning majburiyatlarini ariza beruvchining zimmasiga yuklash qat’iyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq arizalar va hujjatlarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun hujjatlarni topshirish ariza beruvchi tomonidan o‘z yashash joyidagi Inspeksiyaga kelgan holda, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ–357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tushgan arizalar va unga ilova qilingan hujjatlar tuman (shahar) hokimlik devonxonasi tomonidan qabul qilinadi. Bunda, devonxona xodimi arizaning ikkinchi nusxasiga imzo qo‘yadi va unga qabul qilib olingan hujjatlarni hamda o‘z familiyasi, ismi va otasining ismini, shuningdek ular qabul qilib olingan sanani qayd qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Devonxona xodimi ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlarni to‘liq ish kuni mobaynida qabul qilib olishi shart. Hujjatlarni qabul qilib olishda taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish yoki boshqacha tarzda tekshirish, shuningdek hujjatlar yo‘qligi (etishmasligi) tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra hujjatlarni qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shu jumladan, o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, davlat reyestridan chiqarish, shuningdek ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish to‘g‘risida tushgan arizalar mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi kitobda ro‘yxatga olinadi va shahar (tuman) hokimligi devonxonasining ro‘yxatdan o‘tkazish shtampi qo‘yiladi. Kitob ip o‘tkazib bog‘langan, raqamlangan va tuman (shahar) hokimligining gerbli muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimligi devonxonasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan arizani Inspeksiyaga qabul qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Devonxonada kompyuter va tegishli dasturiy ta’minot mavjud bo‘lgan taqdirda kelib tushgan arizalarning kompyuterda qo‘shimcha hisobini yuritishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar tegishli kitobda ro‘yxatga olingandan so‘ng devonxona ularni Inspeksiyaning o‘ziga belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun 15 daqiqa mobaynida beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror davlat reyestriga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Bunda, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rasmiylashtirish uchun tuman (shahar) hokimining qarorini chiqarish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan hollarda ushbu rad etish Inspeksiya boshlig‘i tomonidan imzolanadigan rad etish sabablari aniq ko‘rsatilgan tegishli xat bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan hollarda tadbirkorlik subyektiga barcha taqdim etilgan hujjatlar qaytarib beriladi. Bunda, javob xati (rad etish to‘g‘risidagi xat)ning nusxasiga ariza beruvchi xatni olganligi to‘g‘risidagi yozuvni yozib qo‘yadi (shaxsan topshirilganda) yoki unga pochta aloqa bo‘limining kvitansiyasi (pochta orqali jo‘natilganda) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganda davlat boji qonun hujjatlariga muvofiq qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Inspeksiyada quyidagi tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestrlari yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning davlat reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklarining davlat reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat reyestrlari rasmiy hujjatlar hisoblanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi. Reyestrlar ip o‘tkazib tikiladi, raqamlanadi va tegishli hokimlikning gerbli muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Kompyutyerlar va tegishli dasturiy ta’minot mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlariga oid ma’lumotlarning elektron bazasini yuritishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni hisobga olish va berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Inspeksiya va shahar (tuman) soliq organlari hamda statistika organlari o‘rtasida tezkor hamkorlik qilish maqsadida hisobga olishni amalga oshirishda zarur bo‘lgan tegishli ma’lumotlarni (davlat reyestridan ma’lumotlar, berilgan STIR va statistika kodlari to‘g‘risida ma’lumotlar) ayirboshlash odatda ushbu ma’lumotlarni yuqorida ko‘rsatilgan organlarning mas’ul xodimlari tomonidan tegishli kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tezkor ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lganda qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan axborotlarni elektron pochta orqali ayirboshlashga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Shahar (tuman)lar hokimlari soliq organlari va statistika organlari tomonidan tegishli axborotlarni ayirboshlashda tezkor o‘zaro hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha zarur tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘rishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Inspeksiya tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Hisobga qo‘yish bo‘yicha hujjatlar aylanishini hisobga olish jurnali hamda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha hujjatlar aylanishini hisobga olish jurnali yuritiladi. Ushbu jurnallar ip bilan tikilgan, raqamlangan va tegishli shahar (tuman) hokimligining gerbli muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ro‘yxatga olish va ruxsat berish bo‘yicha zarur bo‘lgan tartibotlar tugagandan so‘ng Inspeksiya qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tadbirkorlik subyektlariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli hujjatlarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlariga to‘lov asosida Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma, shuningdek ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi guvohnoma Inspeksiya boshlig‘i tomonidan imzolanadi va tegishli tuman (shahar) hokimligining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhr va shtamp eskizini tasdiqlashda Inspeksiya muhr va shtamplarni hisobga olish daftariga tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Inspeksiya ro‘yxatdan o‘tkazilgan har bir tadbirkorlik subyekti bo‘yicha quyidagi hujjatlar tikib qo‘yiladigan alohida jild yuritadi: davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; ariza va unga ilova qilingan hujjatlar; ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda tadbirkorlik subyektini tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar; statistika organlarining Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi yozma bildirishnomalari; tadbirkorlik subyektlarining pochta manzili o‘zgarganligi haqidagi va yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyat joyi va turi o‘zgarganligi haqidagi yozma bildirishnomalari; Davlat reyestrida ko‘rsatilgan tadbirkorlik subyekti to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ham ariza berilgan holda tegishli hujjatlarga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish to‘g‘risida guvohnomaning nusxasi va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlar qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jildlar Inspeksiyada reyestr (tartib) raqami bo‘yicha saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Inspeksiyaga kelib tushadigan boshqa hujjatlar (yozishmalar) bo‘yicha ish yuritish belgilangan tartibda hokim tomonidan tasdiqlangan nomenklaturaga muvofiq olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Inspeksiya faoliyatini moliyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Inspeksiya faoliyatni moliyalash uchun tuman (shahar) hokimligiga xizmat ko‘rsatuvchi bankda quyidagi maxsus hisob raqamlar ochiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyatini moliyalash uchun hokimlikning maxsus hisob raqami (bundan buyon matnda Inspeksiyani moliyalash bo‘yicha hisob raqam deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun maxsus hisob raqam (bundan buyon matnda xarajatlarni qoplash bo‘yicha hisob raqam deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Inspeksiyani moliyalash bo‘yicha hisob raqam mablag‘lari davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tushadigan davlat bojining bir qismi hisobiga shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Inspeksiya faoliyatini moliyalash bo‘yicha hisob raqamga tushgan mablag‘lar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish, vakolatli organlarda dastlabki ruxsat beruvchi tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, Inspeksiyaning mehnatga haq to‘lash fondini shakllantirish, bank hisob raqamiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bank xizmatlariga haq to‘lash, shuningdek Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni amalga oshirishni moliyalashga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablag‘lardan ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish tegishli shahar (tuman) hokimligining moliya-xo‘jalik bo‘linmasi tomonidan shahar (tuman) hokimligining moliya bo‘limi bilan birgalikda tushadigan davlat bojlari prognozi va rejalashtirilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda ishlab chiqilgan yillik smeta bo‘yicha amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasi va shtat jadvali shahar (tuman) hokimi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli moliya bo‘limi bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojlaridan tushgan tushumlarning sarflanmagan qismi shahar (tuman) hokimining qarori bo‘yicha yilning oxirida sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar (tuman) hokimligining buxgalteriyasi har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Inspeksiyani moliyalash bo‘yicha hisob raqam mablag‘larining sarflanishi to‘g‘risidagi hisobotni tegishli moliya bo‘limlariga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun vakolatli organlarning xizmatiga haq to‘lash faqat Inspeksiya orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojlari va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to‘lovlar ariza beruvchi tomonidan alohida to‘lov hujjatlari bilan amalga oshiriladi. To‘lov hujjatlarida ruxsat beruvchi hujjatlar alohida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlariga beriladigan Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitoblariga haq to‘lash hamda ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan tegishli summalarni to‘lash xarajatlarni qoplash bo‘yicha hisob raqamlar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ruxsat beruvchi tartibotlarni amalga oshirishda Inspeksiya tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan to‘lovlarni talab qilinishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli vakolatli organlar tomonidan ruxsat beruvchi hujjatlarni berish rad etilgan hollarda ariza beruvchi tomonidan to‘langan mablag‘lar unga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Vakolatli organlar xizmatlariga to‘lanadigan haqlarni ushbu organlarning hisob raqamlariga o‘tkazish Inspeksiya tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng yoki ularni rasmiylashtirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning turli bosqichlarida ushbu hujjatlarni rasmiylashtirishdan bosh tortish va to‘langan mablag‘larini qaytarilishini talab qilish huquqiga ega. Ushbu holatlarda ariza beruvchining mablag‘lari tegishli ariza asosida u berilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Inspeksiyalarda ariza beruvchilarga tanishish qulay bo‘lgan joylarda davlat bojlari miqdorlari, shuningdek vakolatli organlarning ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlariga to‘lanadigan haq miqdori to‘g‘risida ma’lumotlar osib qo‘yilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Xarajatlarni qoplash bo‘yicha hisob raqamning mablag‘laridan tegishli maqsadlar uchun foydalanish Inspeksiya boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatlarni qoplash bo‘yicha hisob raqamning mablag‘larini boshqa maqsadlar uchun ishlatish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xarajatlarni qoplash bo‘yicha hisob raqamga tushgan mablag‘larni va ularni sarflanishini hisobga olib berish uchun Inspeksiyada mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha mablag‘lar sarflanishini hisobga olish jurnali yuritiladi. Ushbu jurnal raqamlangan, ip bilan tikilgan va shahar (tuman) hokimining gerbli muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Jurnal Inspeksiyaning mas’ul xodimi tomonidan to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Xarajatlarni qoplash bo‘yicha hisob raqam mablag‘larini sarflanishi bo‘yicha ichki nazorat shahar (tuman) hokimligining buxgalteriyasi tomonidan har chorakda kelib tushgan va sarflangan mablag‘larni bank hisob raqamidan olingan ko‘chirma bilan taqqoslash yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan nazorat adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini buzgan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini buzish oqibatida tadbirkorlik subyektlariga va ularning ta’sischilariga yetkazilgan zarar aybdor shaxslar tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 25-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi
tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
inspeksiyalari to‘g‘risida namunaviy nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KITOBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
___________ viloyat ___________ tuman (shahar) hokimligi
T/r‎ Ariza beruvchining F.I.O.
‎yoki nomi‎
Ariza tushgan sana, devonxonaning ro‘yxatga oluvchi shtampi raqami (indeksi)‎ Arizaning maqsadi (davlat ro‘yxatidan o‘tish, ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar)‎ Arizani Inspeksiyaga berilganligi to‘g‘risidagi belgi, olganligi to‘g‘risida Inspeksiya xodimining imzosi‎ Bajarilganligi to‘g‘risida ma’lumot‎ Chiquvchi hujjatlarning raqami va sanasi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi
tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
inspeksiyalari to‘g‘risida namunaviy nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga qo‘yish bo‘yicha hujjatlar aylanishini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_____________ viloyati __________ tumani (shahri) hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
‎inspeksiyasi

T/r‎‏‎ Tadbirkorlik subyektining nomi‎‏ ‎‎‎ ‎‎
Statistika organi tomonidan ma’lumot olingan sana‎ Statistika organi mas’ul xodimining F.I.O. va imzosi‎ Soliq organi tomonidan ma’lumot olingan sana‎ Soliq organi mas’ul xodimining F.I.O. va imzosi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi
tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
inspeksiyalari to‘g‘risida namunaviy nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha hujjatlar aylanishini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎_____________ viloyati __________ tumani (shahri) hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
‎inspeksiyasi

T/r‎‏‎‏
Tadbirkorlik subyektining yoki ta’sischisining nomi ‎‏ Obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadni ta’mirlashga) ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish ‎‎

Texnik shartlar uchun hujjatlarni rasmiylashtirish ‎‎

Tuman (shahar) gaziga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) suv kanaliga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) elektr tarmog‘iga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) issiqlik tarmog‘iga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik Shartlarni olish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) aloqasiga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Jadvalning davomi

Obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, bino va
‎inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga (fasadni ta’mirlashga)
‎ ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish ‎‎
Turar joylarni noturar joylarga aylantirishga ruxsat beruvchi
‎hujjatlarni rasmiylashtirish ‎‎
Ruxsatnomani rasmiylashtirish‎‎‎ Binoni, ‎inshootni
‎ro‘yxatga olish ‎‎‎
Loyiha oldi
‎hujjatlarni rasmiylashtirish ‎‎‎
Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasining tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat
‎korxonalari bilan kelishish ‎‎‎
Hokim qarorini olish ‎‎‎ Binoni, inshootni
‎ro‘yxatga olish ‎‎‎
Arxitektura va qurilish bo‘limiga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ xodimining F.I.O. va imzosi ‎ Ruxsat- noma olish yoki rad etish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Hokim qarorini olish sanasi, Yergeodez-
‎ka‎dastr davlat qo‘mita- sining tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi xodimi F.I.O. va imzosi ‎
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘ri- sidagi guvoh- nomani olish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Arxitektura va qurilish bo‘limiga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Loyiha oldi hujjatlarni olish yoki rad etish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Kelishish uchun hujjatlarni olish sanasi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mita- sining tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Kelishilgan hujjatlarni berish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Hujjatlarni tuman (shahar) hokimligiga berish, hokimlik mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Hokim qarorini berish yoki rad etish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Hokim qarorini olish sanasi, Yergeodez-
‎kadastr davlat qo‘mita- sining tegishli hududiy xizmati xodimi- ning F.I.O. va imzosi ‎
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani olish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Jadvalning davomi

‎‎Turar joylarni noturar joylarga aylantirishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish
‎‎‎Texnik shartlar uchun hujjatlarni rasmiylashtirish ‎‎Loyiha oldi hujjatlarni rasmiylashtirish
Tuman (shahar) gaziga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) suv kanaliga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) elektr tarmog‘iga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) issiqlik tarmog‘iga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Tuman (shahar) aloqasiga buyurtmano-ma berish sanasi, ushbu organ mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Texnik shartlarni olish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Arxitektura va qurilish bo‘limiga buyurtmanoma berish sanasi, ushbu organ xodimi F.I.O. va imzosi ‎ Loyiha oldi hujjatlarni olish sanasi, inspeksiya mas’ul xodimi F.I.O. va imzosi ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi
tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
inspeksiyalari to‘g‘risida namunaviy nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha mablag‘lar sarflanishini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_____________ viloyati __________ tumani (shahri) hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
‎inspeksiyasi‎‎

T/r‎‏‎ Ariza beruvchining F.I.O. yoki nomi ‎‏‎ Tushum‎‎ Xarajat‎‎
Ariza sanasi va raqami (devon- xonani ro‘yxatga oluvchi shtampi bo‘yicha) ‎ To‘lovni belgilanishi ‎ To‘lov hujjatining rekvizitlari ‎ To‘lov summasi ‎ To‘lovni belgila- nishi* Oluvchi‎ To‘lov hujjatining rekvizitlari ‎ To‘lov summasi ‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Agar qaytarilsa, ushbu ustunda belgilangan to‘lov sifatida “qaytarish” yozuvi yozib qo‘yiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 19-son, 217-modda)