Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qaroriga muvofiq hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish samaradorligini baholash uchun taqdim etiladigan axborotlarning sifati va ishonchliligini muntazam oʻrganishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganishlarning sifatli oʻtkazilishini hamda ularning natijalari xolisona baholanishini;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining har biri boʻyicha oʻrganish savolnomalarini ishlab chiqishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirishga doir Hukumat qarorlarida ularning oldiga qoʻyilgan vazifalar va talablarning aks ettirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiyaning oʻrganishlarni sifatli oʻtkazishga doir faoliyati muvofiqlashtirilishini;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etish va rivojlantirishning holati toʻgʻrisida axborot kiritilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 23-aprel,
102-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi 102-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini oʻrganishni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini oʻrganish Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Zarur hollarda, oʻtkaziladigan oʻrganishlarda qatnashishga davlat organlarining, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (keyingi oʻrinlarda AKT deb ataladi) — axborotni yaratish, uzatish, ishlash va boshqarish bilan bogʻliq texnologiyalar;
oʻrganish — AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holatini, shuningdek NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tadbir;
Inspeksiyaning mansabdor shaxsi — oʻrganishni oʻtkazishga Inspeksiya buyrugʻi bilan tayinlanadigan mutaxassis;
NIS.UZ tizimi — AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishning holati toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilish, ishlash va saqlash uchun moʻljallangan idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
4. Ushbu Nizom talablari maxsus maqsaddagi axborot-kommunikatsiya tizimlariga va davlat sirlariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga ega boʻlgan axborotlashtirish obyektlariga tatbiq etilmaydi.
II. Oʻrganishlarni oʻtkazishning maqsadi va vazifalari
5. AKTni joriy etish va rivojlantirishning holatini, NIS.UZ tizimiga taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini aniqlash, shuningdek AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish oʻrganishni oʻtkazishning maqsadi hisoblanadi.
6. Quyidagilar oʻrganishni oʻtkazishning vazifalari hisoblanadi:
AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida samarali joriy etish va rivojlantirishning joriy holatini tahlil qilish va bunga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash;
NIS.UZ tizimiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini aniqlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda AKTni joriy etish va rivojlantirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda koʻmaklashish;
amalga oshirilayotgan loyihalar va koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholashni hisobga olgan holda, AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishni davom ettirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash.
III. Oʻrganishni tashkil etish va oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻrganishni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan oʻrganishlarni oʻtkazish jadvali tasdiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
8. Oʻrganishlarni oʻtkazish jadvali:
AKTni NIS.UZ tizimi orqali davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirish samaradorligini har chorakda oʻtkaziladigan baholash natijalari;
Oldingi tahrirga qarang.
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi takliflari;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)
ilgari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi monitoringi natijalari;
huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining talablari va takliflari asosida shakllantiriladi.
9. Oʻrganishlarni oʻtkazish jadvali har chorakning ikkinchi oyidan boshlab uch oylik davr uchun tuziladi va joriy chorak birinchi oyining 10-kunigacha tasdiqlanadi.
Huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarning, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining talabi va takliflariga koʻra oʻrganishlarni oʻtkazish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻrganishlarni oʻtkazishning tasdiqlangan jadvali (jadvalga oʻzgartirishlar) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Inspeksiyaning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻrganishlarni oʻtkazish jadvaliga rioya etish yuzasidan monitoring Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
11. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar — ularda xizmat guvohnomasi yoki shaxsini (lavozimini) tasdiqlovchi boshqa hujjat mavjud boʻlgan taqdirda oʻrganishga qoʻyiladilar.
12. Oʻrganishlarni oʻtkazish jadvali hamda oʻrganishni oʻtkazishning aniq muddatlari, Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar tarkibi, shuningdek oʻrganishni oʻtkazish savolnomasini nazarda tutuvchi Inspeksiya buyrugʻi oʻrganishni oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
13. Oʻrganishni oʻtkazishning boshlanishi toʻgʻrisidagi xabarnomani Inspeksiya yozma shaklda, oʻn ish kunidan kechikmay davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi.
14. Mutaxassislar va ekspertlar oʻrganishga shartnoma asosida jalb etilgan taqdirda ularni jalb etish boʻyicha xarajatlar Inspeksiya mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar oʻrganish davomida oʻzlariga maʼlum boʻlgan konfidensial axborotni oshkor qilganligi uchun qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
16. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organi rahbariga (rahbar boʻlmagan taqdirda — rasmiy ravishda uning vazifasini bajarayotgan shaxsga) oʻrganishlarni oʻtkazishning tasdiqlangan jadvalidan koʻchirma va Inspeksiya buyrugʻining nusxasi beriladi.
17. Oʻrganish xolisonalik va qonuniylik tamoyillari asosida oʻtkaziladi, u davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ish rejimiga taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
18. Oʻrganishni oʻtkazishda rasmiy veb-saytning qonunchilik talablariga muvofiqligi, davlat interaktiv xizmatlari koʻrsatilishining sifati, axborot tizimlarini, axborot resurslarini va elektron hujjatlar aylanishini joriy etish, axborot xavfsizligini taʼminlash, ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini tashkil etish darajasi, AKTni joriy etish va rivojlantirish uchun masʼul shaxslarning mavjudligi/tayinlanganligi, shuningdek oʻtkazilgan oʻrganishlarning natijalarini (AKTni joriy etish va rivojlantirishning joriy holatini) NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborot bilan taqqoslash yoʻli orqali NIS.UZ tizimiga taqdim etilayotgan axborotning sifati va ishonchliligi masalalari hamda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq uning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar koʻrib chiqiladi.
19. Oʻrganishni oʻtkazish davomida davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. Oʻrganishlarni oʻtkazish muddatlari ularni oʻtkazish jadvalida nazarda tutilgan muddatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
IV. Oʻrganish natijalarini rasmiylashtirish va oʻrganish yakunlari boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar
21. AKTni davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida joriy etish va rivojlantirishni oʻrganish natijalari yozma shaklda, maʼlumotnoma tarzida, ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumotnoma Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar, shuningdek AKTni oʻrganilayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etish va rivojlantirish uchun masʼul shaxslar (keyingi oʻrinlarda masʼul shaxslar deb ataladi) tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Zarurat boʻlganda, oʻrganish natijalari qoʻshma yigʻilishlarda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼul shaxslari, rahbarlari hamda Inspeksiya va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Masʼul shaxslar oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumotnomani imzolashni rad etishganda imzolashni rad etganlik toʻgʻrisida Inspeksiyaning mansabdor shaxslari tomonidan dalolatnoma tuziladi.
22. Maʼlumotnomaning bir nusxasi, shuningdek mavjud boʻlgan taqdirda — rad etish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning nusxasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining rahbariga (rahbar boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini rasmiy ravishda bajaruvchi shaxsga) taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Inspeksiya oʻrganish tugagandan keyin besh ish kuni mobaynida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli xulosani, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organiga esa — ushbu xulosaning nusxasini kiritadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda, oʻrganishlar yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga hamda AKTni joriy etish va yanada rivojlantirishga doir tadbirlar rejalarini (keyingi oʻrinlarda tadbirlar rejalari deb ataladi) ishlab chiqadilar va ikki hafta muddatda tasdiqlaydilar hamda kelgusida ularning bajarilishi monitoringini yuritish uchun Inspeksiyaga taqdim etadilar.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tadbirlar rejalarida nazarda tutilgan muddatlarda inspeksiyaga ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirlar rejalarini bajarish muddatlari asoslangan sabablar mavjud boʻlgan taqdirda, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda uzaytirilishi mumkin.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Inspeksiya taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida tadbirlar rejalarining bajarilishi doimiy monitoringini yuritadi va tahlil qiladi, ularning natijalari boʻyicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli xulosa taqdim etadi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, Inspeksiya tadbirlar rejalari bandlari bajarilganligining ishonchliligini aniqlash uchun monitoring va tahlilni joyiga borgan holda oʻtkazishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tadbirlar rejalari davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz vaqtida yoki sifatli bajarilmagan taqdirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Inspeksiyaning tegishli xulosasi asosida ularga nisbatan tadbirlar rejalarini bajarish boʻyicha kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan koʻrsatmalar bajarilmagan taqdirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oʻz vakolati doirasida tegishli qarorlar qabul qilishi mumkin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
27. Oʻrganishni oʻtkazish davrida NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborotning ishonchsizligi tasdiqlangan yoki aniqlangan taqdirda Inspeksiyaning mansabdor shaxslari tomonidan AKTni joriy etish va rivojlantirish joriy holatining NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborotga nomuvofiqligi toʻgʻrisida uch nusxada dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar, shuningdek masʼul shaxslar tomonidan imzolanadi.
Masʼul shaxslar dalolatnomani imzolashdan bosh tortishgan taqdirda imzolashni rad etish toʻgʻrisida Inspeksiyaning mansabdor shaxslari tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnomaning bir nusxasi, shuningdek mavjud boʻlgan taqdirda — rad etish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning nusxasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining rahbariga (rahbar boʻlmagan taqdirda — uning vazifasini rasmiy ravishda bajaruvchi shaxsga) taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi bir ish kuni mobaynida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etiladi.
(27-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
28. AKTni joriy etish va rivojlantirish joriy holatining NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan axborotga nomuvofiq ekanligi aniqlangan taqdirda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari dalolatnoma olingan vaqtdan boshlab uch kun muddatda NIS.UZ tizimiga taqdim etilgan ishonchsiz axborotni bartaraf etishi va NIS.UZ tizimidagi axborot tuzatilganligi toʻgʻrisida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini xabardor qilishi shart.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi NIS.UZ tizimiga tuzatish kiritilgandan keyin uch kun muddatda takroriy tahlil oʻtkazadi hamda tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining AKTni joriy etish samaradorligi boʻyicha yangi reyting bahosini aniqlaydi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki kun mobaynida yangi reyting bahosi natijasini Vazirlar Mahkamasi komplekslarining tegishli rahbarlariga kiritadi va uni izoh bilan birga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan NIS.UZ tizimida taqdim etilgan ishonchsiz axborot bartaraf etilmagan taqdirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qonunchilikka muvofiq oʻz vakolati doirasida choralar koʻradi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
V. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda Inspeksiyaning huquq va majburiyatlari
31. Oʻrganish oʻtkazilayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagi huquqlarga ega:
oʻrganish oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi tegishli axborotga ega boʻlish;
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga oʻrganishlarni oʻtkazish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha asoslangan takliflar taqdim etish;
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
mansabdor shaxslardan oʻrganishni oʻtkazish uchun asos hisoblanadigan hujjatlarni, Inspeksiya mansabdor shaxslarining, jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlarning xizmat guvohnomalarini, shuningdek oʻrganish davomida koʻrib chiqiladigan masalalar roʻyxatini koʻrsatishini talab qilish;
oʻrganishlarni oʻtkazish uchun asoslarga ega boʻlmagan shaxslarni oʻrganishni oʻtkazishga qoʻymaslik;
Inspeksiya mansabdor shaxslarining oʻrganish predmetiga taalluqli boʻlmagan masalalar boʻyicha materiallar bilan tanishishini rad etish;
oʻrganishlar tugagandan soʻng Inspeksiyaning mansabdor shaxslardan oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning bir nusxasini olish;
Inspeksiyaning va uning mansabdor shaxslarining oʻrganishlari, xatti- harakatlari va buyruqlari (farmoyishlari) natijalari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish.
32. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagilarga majbur:
Inspeksiyaning mansabdor shaxslari talabiga koʻra oʻrganishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan materiallar va hujjatlarni koʻrsatish, ularni obyektlarga kiritish, ularga oʻz vazifalarini bajarishda koʻmaklashish;
har chorakda AKTni joriy etish va rivojlantirishning holati toʻgʻrisidagi sifatli va ishonchli axborotni NIS.UZ tizimiga kiritish.
33. Inspeksiya va uning mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
oʻtkaziladigan oʻrganishlarda qatnashish uchun davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini belgilangan tartibda jalb etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻrganishni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishni, shuningdek oʻrganish predmeti doirasida tegishli obyektlarga kiritish taʼminlanishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga, buning uchun obyektiv asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, oʻrganishni oʻtkazish muddatini qayta koʻrib chiqish haqida taklif kiritish.
(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Inspeksiya mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasidagi talablari oʻrganilayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
34. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, oʻrganishga jalb etilgan mutaxassislar va ekspertlar quyidagilarga majbur:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻrganishni oʻtkazish huquqi uchun zarur hujjatlarni taqdim etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organining joriy ishlariga toʻsqinlik qilmaslik;
normativ-huquqiy hujjatlarning oshkor qilinmaydigan konfidensial axborot boʻyicha talablariga qatʼiy rioya etish;
oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha yozma shaklda maʼlumotnoma rasmiylashtirish hamda uning bir nusxasini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etish.
VI. Yakunlovchi qoida
35. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu Nizomning norma va talablariga rioya etilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 17-son, 195-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)