Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.1992 13.02.1992 yildagi PF-343-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.1992
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TARAQQIYOT ISTIQBOLINI BELGILASh KOMITETINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 5-avgustdagi PF-449-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat komitetini tashkil qilish toʻgʻrisida” gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari va istiqbollarini belgilash, bozor munosabatlarini shakllantirishga doir iqtisodiy islohotlarni faol amalga oshirish, mulkchilikning barcha shakllariga mansub korxonalar va tashkilotlarning respublika iqtisodiy mustaqilligiga erishishga, jahon iqtisodiy tizimiga qoʻshilishga va shu asosda xalq farovonligini oshirishga qaratilgan bahamjihat harakatlarini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiyot komiteti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash komiteti tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash komiteti zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining konsepsiyalarini, qisqa muddatli va istiqboldagi rejalarni, katta iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy muammolarni hal qilish, tabiiy, mehnat zaxiralaridan, vujudga keltirilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish borasidagi respublika va mintaqalarga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisining moddiy farovonligini oshirish, uning eng nochor tabaqalari ijtimoiy muhofazasini mustahkamlashga oid takliflarni asoslab berish, xalqning turmush darajasini oshirish, mehnatda faollik va tadbirkorlik imkoniyatlarini kuchaytirish, iqtisodiy ahvolni sogʻlomlashtirish yoʻllarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning bozor munosabatlariga oʻtishida asosiy qoidalar va yoʻnalishlarni shakllantirish, bozor tarmoqlari majmuini vujudga keltirish, tadbirkorlik va raqobatchilik rivojlantirilishini ragʻbatlantirish, xoʻjalik mexanizmini, boshqaruv shakllari va usullarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xoʻjaligi tuzilmasini qayta qurishga va mablagʻ sarflash siyosatini shakllantirishga, tayyor mahsulotni, xalq isteʼmol mollarini ishlab chiqaradigan korxonalarni ustun darajada rivojlantirishga, Qoraqalpogʻiston Respublikasini, respublika viloyatlari, shaharlari va rayonlarini kompleks ravishda taraqqiy ettirishga, ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balans hisob-kitoblarini takomillashtirish va xalq xoʻjaligining istiqbolli natura-qiymat balanslarini tuzish asosida tarkib topgan umumiqtisodiy, tarmoqlararo va hududiy nomutanosibliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chuqur ilmiy-tadqiqotlarning, ilgʻor texnologiyaning, ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning raqobat qilish qobiliyatini taʼminlaydigan xalq xoʻjaligining ilm-fanga asoslangan tarmoqlari ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirish borasidagi takliflarni asoslab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, oʻzaro manfaatli tashqi iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirish, chet el mablagʻlaridan samarali foydalanish, eksport-import ishlarini davlat yoʻli bilan tartibga solish va ragʻbatlantirish vositasini takomillashtirish sohasidagi yoʻnalishlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shu narsa belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash komiteti oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar vazirliklarning, idoralar konsernlar, uyushmalar, korxonalar (birlashmalar), muassasalar va tashkilotlarning, mahalliy boshqaruv organlarining, mansabdor shaxslar va fuqarolarning bajarishlari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash komiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi, komitetning nizomi va tuzilmasini tasdiqlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekiston SSRning Davlat reja komitetini Oʻzbekiston SSR Iqtisodiyot komitetiga aylantirish toʻgʻrisida” 1990-yil 8-dekabrdagi Farmon oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 13-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-343-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 198-modda; 1992-y., 10-son, 405-modda)