Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.1992 08.12.1990 yildagi PF-108-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.1992
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON SSJ DAVLAT REJA QO‘MITASINI O‘ZBEKISTON SSJ IQTISODIYOT QO‘MITASIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 13-fevraldagi PF-343-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash komitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston SSJ Mustaqilligi to‘g‘risida e’lon qilingan Deklaratsiya asosida davlat ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy siyosatini shakllantirish, jamoat ishlab chiqarishini o‘stirish resurslari va manbalaridan samarali foydalanish hamda aholi farovonligini yaxshilash yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ko‘rsatma asosidagi rejalashtirishdan xalq xo‘jaligini rivojlantirishni boshqarishning iqtisodiy shakllariga izchil o‘tishni ta’minlash maqsadida hamda boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida zamonaviy boshqaruv va ishlab chiqarish tuzilmalarini tashkil etishning o‘sib borayotgan ahamiyatini e’tiborga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston SSJ Davlat reja qo‘mitasi negizida O‘zbekiston SSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston SSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jumhuriyatning tabiiy va mehnat resurslarini, ilmiy-texnikaviy hamda ishlab chiqarish imkoniyatini hisobga olib, uni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan taxminlarini ishlab chiqish hamda joriy ko‘rsatkichlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jumhuriyatning bozor munosabatlariga o‘tish siyosatini shakllantirish va uning dasturlari ro‘yobga chiqarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— asosiy xo‘jalik, tabiiy-moddiy, moliyaviy va boshqa balanslarni tuzish, katta xo‘jalik, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy muammolarni hal etishga oid umumjumhuriyat dasturlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— boshqa jumhuriyatlar va mintaqalar bilan o‘zaro samarali ishlab-chiqarish-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xo‘jalik mexanizmini, xalq xo‘jaligini rivojlantirish jarayoniga iqtisodiy ta’sir vositalari va usullarini takomillashtirish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, umumiqtisodiy kompleks rahbari o‘rtoq B.S. Hamidov bir oy muddat ichida O‘zbekiston SSJ Iqtisodiyot qo‘mitasini malakali kadrlar bilan muttasil butlasin va uning samarali ishlashini ta’minlasin; O‘zbekiston SSJ Iqtisodiyot qo‘mitasi qaramog‘idagi tashkilotlarni hisobga olib, uning to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasining tasdiqlashi uchun taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1990-yil 8-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-108-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 1-2-son, 20-modda)