18.04.2014 yildagi 97-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
 LexUZ sharhi
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Qurilish-pudrat tashkilotlarini Reyestrga kiritish va undan chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qarori bilan tashkil etilgan Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha Ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
a) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
28. Qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda va (yoki) ushbu Nizomning 26-bandi talablari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda hududiy ishchi organ arizani ko‘rib chiqish uchun qabul qilishni rad etishga haqlidir.
40. Qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan Reyestrga kiritishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish ushbu Nizomning 21-bandiga muvofiq barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza olingan kundan boshlab 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

(chiquvchi raqam va sana ko‘rsatilgan
holda qurilish-pudrat tashkilotining
blankasida)

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi

ARIZA ________________________________________________________________________ (qurilish-pudrat tashkilotining to‘liq nomi)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga asosan bizning tashkilotimizni Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritishni iltimos qilamiz.

Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

1.

Ariza beruvchining ma’lumotnoma varag‘i____varaq

2.

Doimiy ishlovchi xodimlar borligi va ularning malakasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mutaxassisligi, ma’lumoti, mehnat staji va soni ko‘rsatiladi

____varaq

3.

O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi, shu jumladan binolar va inshootlar, qurilish texnikasi, mashinalar va mexanizmlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

____varaq

4.

Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash buyurtmachisining xulosalari (fikr-mulohazalari) bilan tasdiqlangan loyiha hujjatlariga va tuzilgan pudrat shartnomalariga muvofiq bajariladigan qurilish-montaj ishlarining belgilangan muddatlarga va sifat bo‘yicha talablarga rioya qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

____varaq

5.

Sifatni boshqarish tizimi va ichki ishlab chiqarish nazorati to‘g‘risidagi ma’lumotlar

____varaq

6.

Qurilish-pudrat tashkilotining tashkiliy tuzilmasi

____varaq

7.

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil tarkibiy bo‘linmalar ro‘yxati (mavjud bo‘lganda).

____varaq

Shuningdek Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tanishganligimizni tasdiqlaymiz va taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlikni o‘z zimmamizga olamiz.

____________________________________________________________

(tashkilotning rahbari)

(imzo)

(F.I.O.)

M.O‘.