Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 01.08.1991 yildagi PF-233-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ZBEKISTON SSRDA XIZMAT KO‘RSATGAN PILLACHI” FAXRIY UNVONINI TA’SIS ETISH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillachilik xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri ekanini e’tiborga olib hamda tarmoq ishchilari va mutaxassislarining O‘zbekiston SSR iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasini rag‘batlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvoni ta’sis etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvoni to‘g‘risidagi Nizom va ushbu faxriy unvonning ko‘krakka taqiladigan nishoni tavsifi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvoni ta’sis etilishi munosabati bilan O‘zbekiston SSR davlat mukofotlari to‘g‘risidagi Nizomga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-moddaning “B” bo‘limidagi “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan paxtakor” so‘zlaridan so‘ng “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan pillachi” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan paxtakor” bo‘limidan so‘ng quyidagi mazmunidagi bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan pillachi” kolxozchilarga, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarining ishchilari, mutaxassislariga, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining xodimlariga, shuningdek pillachilikni rivojlantirishda xizmatlari bo‘lgan hamda shu tarmoqda kamida 20 yil benuqson ishlagan kishilarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 1-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-233-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ZBEKISTON SSRDA XIZMAT KO‘RSATGAN PILLACHI” FAXRIY UNVONI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan pillachi” kolxozchilarga, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarining ishchilari, mutaxassislariga, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining xodimlariga, shuningdek pillachilikni rivojlantirishda xizmatlari bo‘lgan hamda shu tarmoqda kamida 20 yil benuqson ishlagan kishilarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvoni O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining, O‘zbekiston SSR Qishloq xo‘jaligi vazirligining, O‘zbekiston Kompartiyasi Qoraqalpog‘iston ASSR Respublika komiteti va viloyat komitetlarining, Qoraqalpog‘iston ASSR Oliy Kengashi bilan Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashining, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Sovetlari komitetlarining taqdimiga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi tavsiyanoma, odatda, faxriy unvonga taqdim etilayotgan kishi ishlayotgan jamoalarda ma’muriyat tomonidan jamoat tashkilotlari bilan birgalikda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar, rayon partiya tashkilotlari, xalq deputatlari shahar va rayon Sovetlarining ijroiya komitetlari ham tavsiyanoma berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvoni berilgan kishilarga guvohnoma va belgilangan namunadagi ko‘krak nishoni topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvonining egalari huquq va imtiyozlar jihatidan “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan kishilarga tenglashtiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvonining ko‘krak nishoni ko‘krakning o‘ng tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan pillachi” guvohnomasi va ko‘krak nishoni tantanali va keng oshkoralik muhitida O‘zbekiston SSR Prezidenti nomidan topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston SSR Prezidentigina “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvonidan mahrum etishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 9-son, 210-modda)