Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 16.04.2007 yildagi PQ-624-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada-2007” sport musobaqalarini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi muhitini yanada mustahkamlash, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlarni yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarning irodasi, o‘z kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini, mardlik va vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, musobaqalar munosabati bilan o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar samarasini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasining “Universiada-2007” sport musobaqalarining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichini 2007-yil iyun oyining uchinchi o‘n kunligida “Yoshlik” talabalar shaharchasi, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti sport majmualarida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Universiada-2007” sport musobaqalarini Toshkent shahrida o‘tkazish dasturi (1-ilova*) va tashkiliy qo‘mita tarkibi (2-ilova*) tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkiliy qo‘mita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 kun muddatda “Universiada-2007” sport musobaqalarini o‘tkazish uchun tegishli sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqib, uning moliyaviy manbalarini belgilashda mazkur musobaqalarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar davlat budjeti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan qoplanishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Universiada-2007” sport musobaqalari xarajatlarining bir qismi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishiga ruxsat berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning “Universiada-2007” sport musobaqalarini o‘tkazishga homiylik qilish haqidagi takliflari ma’qullansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Universiada-2007” sport musobaqalari uchun qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan sport inshootlaridagi qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish maqsadida pudratchi tashkilotlarning aniq ish hajmlari va ularni bajarish muddatlarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha tadbirlar, jumladan, musobaqalar o‘tkaziladigan sport inshootlarining xalqaro talablar darajasida tayyorlanishi va zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlanishi hamda tadbirlar o‘tadigan joylarni obodonlashtirish ishlarini joriy yilning 15-iyuniga qadar tugatishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda “Universiada-2007” sport musobaqalarining tantanali ochilish va yopilish marosimlari yuksak saviyada o‘tishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchi talabalarni musobaqalar o‘tkaziladigan maskanlar va yashash joylariga olib boradigan yo‘nalishlarni belgilab, shu yo‘nalishlar bo‘yicha ta’mirlash-obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan birgalikda sportchi talabalarni belgilangan manzillarga yetkazish uchun texnik ko‘rikdan o‘tgan transport vositalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar ko‘chalarini “Universiada-2007” sport musobaqalarini targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘rgazmali vositalar bilan bezatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent temir yo‘l vokzalida sportchi talabalarni tantanali kutib olish va kuzatishni tashkil etish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi musobaqalar ishtirokchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, musobaqalar davrida tez tibbiy xizmat ko‘rsatish, dam olish va ovqatlanish joylarida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishini alohida nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyurtmasiga muvofiq, musobaqalar ishtirokchilari yo‘l xarajatlari uchun imtiyozli to‘lov tariflarini qo‘llashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublika “Vatanparvar” tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar, Toshkent viloyati hokimliklari, Sog‘liqni saqlash hamda Ichki ishlar vazirliklari bilan birgalikda “Quyosh fizikasi” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida universiada mash’alasini yoqish va uni Toshkent shahriga yetkazish bilan bog‘liq barcha tashkiliy-xavfsizlik tadbirlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tegishli vakolatli tashkilotlar bilan birgaliqda, “Universiada-2007” musobaqalari davomida tadbirlar o‘tadigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Universiada-2007” musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-624-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 4-son, 210-modda)