1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.03.00 Maʼmuriy-hududiy boʻlinish;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Idoralararo doimiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalari Idoralararo komissiyaning ishchi organi etib belgilansin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hokimliklari:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasinlar, bunda mahallalarni tuzish va boʻlishga faqat har yili fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari taʼminotiga tegishli mahalliy budjetlar parametrlarida koʻzda tutiladigan mablagʻlar doirasida ruxsat etilishini nazarda tutsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining hududiy organlari bilan birgalikda 2014-2015-yillarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullar mahallalari chegaralarini belgilash ishlarining tegishli mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Ikramov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida” va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini (keyingi oʻrinlarda mahallalar deb ataladi) tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.01.00 Hudud tarkibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahallalar shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar hududida tashkil etiladi, bunda bir mahalla bir maʼmuriy-hududiy birlik (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) hududi doirasida tashkil etiladi hamda bir mahallaning hududi bir nechta maʼmuriy-hududiy birlik hududida joylashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.07 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00, 02.05.00.00larga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahallalardagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari oʻzlariga qonunchilikda berilgan vakolatlarni tegishli mahalla hududining ushbu Nizomda belgilangan tartibda belgilangan chegaralari doirasida amalga oshiradilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha takliflar shaharcha, qishloq, ovul va shahar mahallasining fuqarolar yigʻinlari kengashlari tomonidan tayyorlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha tadbirlar Nizomga 1-ilovadagi sxemaga, mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha tadbirlar Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish fuqarolar yigʻinlari iltimosnomasi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahallalar hududlarning tarixiy xususiyatlarini, qoidaga koʻra, kamida 400 ta xonadon mavjud aholi punktlarining geografik joylashishini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalar, istisno hollarda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarori bilan 400 tadan kam xonadonlari mavjud borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda hamda harbiy shaharchalarda tashkil etilishi mumkin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarga muvofiq mahallalar tuzish mumkin boʻlmagan taqdirda, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning hududlari, mahallalar tuzmasdan, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning tegishli fuqarolar yigʻinlari tomonidan boshqariladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mahallalarni tuzish, birlashtirish va boʻlish boʻyicha takliflar shaharcha, qishloq, ovul va shahar mahallalarining fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan shaharcha, qishloq, ovul va shahar mahallalarining fuqarolar yigʻiniga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.07 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00, 02.05.00.00larga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish boʻyicha takliflarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi fikrini oʻrganish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan hudud, uning tarixiy va geografik xususiyatlari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin atrofdagi aholi punktlari va mahallalarning joylashishi toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu hududda yashaydigan aholi va oilalar soni toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu hududda joylashgan eng yirik sanoat, transport tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuziladigan, birlashtiriladigan va boʻlinadigan mahallalarning chegaralarini belgilash boʻyicha takliflar toʻgʻrisidagi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha takliflar toʻgʻrisidagi axborotlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shaharcha, qishloq, ovul va shahar mahallalarining fuqarolar yigʻini mahallani tuzish, birlashtirish va boʻlish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib oʻzining qarori bilan ularni maʼqullaydi yoki asoslangan holda rad etadi, zarurat boʻlganda, ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni tavsiya etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda mahallalarni tuzish, birlashtirish va boʻlish boʻyicha takliflar uch kun mobaynida shaharchalar, qishloqlar, ovullar va shaharlar mahallalarining fuqarolar yigʻinlari tomonidan tegishli iltimosnoma bilan tuman, shahar hokimiga yuboriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tegishli tuman (shahar) hokimiga yuborilayotgan iltimosnomaga, ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan axborot bilan birga, quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli shaharcha, qishloq, ovul va shahar mahallalari fuqarolar yigʻinining mahallalarni tuzish, birlashtirish va boʻlish boʻyicha takliflarni maʼqullash toʻgʻrisidagi qarori;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilayotgan, birlashtirilayotgan mahallaga nom berish va faoliyat koʻrsatayotgan mahallalarning nomini oʻzgartirish boʻyicha takliflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla hududining tuman, shahar hokimi bilan oldindan kelishilgan rejasi (mahallalar chegaralarini belgilash va oʻzgartirish) boʻyicha takliflar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman (shahar) hokimi mahallani tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish toʻgʻrisida shaharcha, qishloq, ovul yoki shahar mahallalarining fuqarolar yigʻini tomonidan kiritilgan takliflarni oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqadi hamda axborotnoma tayyorlab, toʻplangan hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyaga (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi hamda sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Daʼvo muddati / 03.07.01.00 Muddatlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish boʻyicha taqdim etilgan takliflarni oʻn besh kun muddatda bevosita joyiga chiqib oʻrganadi hamda takliflarni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Daʼvo muddati / 03.07.01.00 Muddatlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlangan xulosani koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga 3 kun muddatda kiritadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari navbatdagi sessiyada Idoralararo komissiyaning xulosasi asosida mahallani tuzish, mahallalarni birlashtirish, mahallani boʻlish (ularning chegaralarini belgilagan va ularga nom bergan yoki ularning nomini oʻzgartirgan holda) va tugatish toʻgʻrisida yoxud ushbu taklifni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mahallani tugatish ushbu hududda yashayotgan fuqarolar boshqa joyga koʻchirilganda, shuningdek mahalla joylashgan shaharcha, qishloq, ovul yoki shahar tugatilganda amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mahallalarning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mahallalar chegaralari ularni tuzishda, birlashtirishda va boʻlishda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mahallalarning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish shaharchalar, qishloqlar, ovullar va shaharlar mahallalarining fuqarolar yigʻinlari iltimosnomalari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mahallalarning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish toʻgʻrisida iltimosnomalar kiritilgunga qadar shaharchalar, qishloqlar, ovullar va shaharlar mahallalari fuqarolar yigʻinlari mahallalarning chegaralarini (mahalla hududini) belgilash va oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni oldindan tuman, shahar hokimi bilan kelishadilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mahalla hududiga tegishli shahar, shaharcha, qishloq va ovul chegaralari doirasidagi yerlar kiritiladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Shahar mahallalari chegaralari, qoidaga koʻra, shaharning turar joy zonalari chegaralari doirasida belgilanadi, bunda shaharlar mahallalari fuqarolar yigʻinlari mahallalar hududiga shaharning boshqa zonalarini, shuningdek yer fondining boshqa toifalari yerlarini kiritish toʻgʻrisida ham iltimos qilishlari mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Yer tuzilishi. Yer tuzish jarayoni. Yer uchastkalari chegarasini oʻrnatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mahallaning chegaralari yuridik va jismoniy shaxslarning egaligida, foydalanishida boʻlgan, ular ijaraga olgan va ularning mulki boʻlgan yer uchastkalari chegaralari, yirik kanallar, kollektorlar, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, shuningdek joyning boshqa tabiiy va sunʼiy obyektlari boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Yer tuzilishi. Yer tuzish jarayoni. Yer uchastkalari chegarasini oʻrnatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mahallalarning chegaralari shaharlar, shaharchalar chizmalarida 1:2000 masshtabda, qishloqlar va ovullar chizmalarida esa — 1:10000 masshtabda aks ettiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Yer tuzilishi. Yer tuzish jarayoni. Yer uchastkalari chegarasini oʻrnatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mahallalar chegaralarini belgilash jarayonida har bir mahalla boʻyicha chegaralar tavsiflanadi. Chegaralar tavsifida ular boʻyicha chegara belgilanadigan koʻchalar, tabiiy va sunʼiy obyektlar nomlari, chegaralar yoʻnalishi keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mahallalar chegaralarining chizmalari va tavsifi tuman, shahar hokimligining topshirigʻi boʻyicha, shaharcha, qishloq, ovul va shahar mahallalari fuqarolar yigʻinlarining iltimosnomalari asosida Davlat kadastrlari palatasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallari tomonidan oʻn besh kun mobaynida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan tayyorlanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Yer tuzilishi. Yer tuzish jarayoni. Yer uchastkalari chegarasini oʻrnatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mahallalarning chegaralari chizmasi qoʻshni mahallalarning fuqarolar yigʻinlari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tuziladigan, birlashtiriladigan yoki boʻlinadigan mahallalarning chegaralar chizilgan va chegaralar tavsiflangan chizmalari ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan tartibda mahallalarni tuzish, birlashtirish va boʻlish toʻgʻrisidagi qarorlar bilan birgalikda xalq deputatlari, tuman, shahar Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.09.00.00 Deputatlar va Senat aʼzolari / 01.09.04.00 Mahalliy xalq deputatlari kengashi deputatining maqomi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mahallalar chegaralarini oʻzgartirish ushbu boʻlim talablari hisobga olingan holda tuman, shahar hokimining taklifi asosida, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining alohida qarori bilan shaharchalar, qishloqlar, ovullar va shaharlar mahallalari fuqarolar yigʻinlari iltimosnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahalla hududiy chegaralari geomaʼlumotlari Adliya vazirligining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimi”ga elektron shaklda kiritiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 586-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2025-y., 09/25/586/0842-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mahallalarga beriladigan nom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallaning eng xarakterli belgilarini aks ettirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallaning nomi ushbu mahalla joylashgan joyning mavjud tizimiga mos boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy aholining fikrini eʼtiborga olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidaga koʻra, uchtadan ortiq boʻlmagan soʻzdan iborat boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy aholining geografik, tarixiy, milliy, etnik, tili bilan bogʻliq xususiyatlarini va mahalliy aholi hayotining boshqa xususiyatlarini hisobga olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalar nomlarining oʻxshashligi yanglishishga olib kelishini, hurmatsizlik mazmunida ega boʻlishini, ushbu nomlarning Oʻzbekiston xalqining tarixi, anʼanalari va madaniyati bilan nomuvofiqligini istisno etishi kerak.
(32-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mahallalarga ayrim odamlarning, ijtimoiy-siyosiy arboblarning nomlarini berishga, qoidaga koʻra, yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarga Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning nomi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 101-moddasida belgilangan tartibda beriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bir tuman, shahar doirasidagi, tarkibida tumanlar mavjud boʻlgan shahar yoki aholi punkti doirasidagi bir nechta turdosh geografik obyektga aynan bir xil nom berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mahallalar nomlarini oʻzgartirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim mahallalarning tarixiy nomlarini tiklash zarur boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar mahalla geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmagan abbreviatura, raqam yoki soʻz birikmasi bilan belgilangan boʻlsa;
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarga Oʻzbekistonning tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning nomlarini berish zarur boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir tuman, shahar doirasidagi, tarkibida tumanlar mavjud boʻlgan shahar yoki aholi punkti doirasidagi mahallalarning nomlari bir xil boʻlganda.
(35-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla ikki va undan ortiq mahallaga boʻlinganda ulardan birida qonunchilikka zid boʻlmagan holda boʻlingan mahallaning nomi saqlanib qolishi mumkin.
(35-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish shaharcha, qishloq, ovul va shahar mahallalari fuqarolar yigʻinlarining iltimosnomasi va tumanlar, shaharlar hokimlarining taklifi boʻyicha xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari tomonidan, tarkibida tumanlar mavjud boʻlgan shaharlarda esa tumanlar hokimlari kiritgan takliflarga koʻra xalq deputatlari shaharlar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi, “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 101-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tuman, shahar hokimi besh kun mobaynida shaharcha, qishloq, ovul va shahar mahallalari fuqarolar yigʻinlarining mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini takliflar tayyorlash uchun koʻrib chiqadi va tegishli hujjatlar bilan birgalikda ularni geografik obyektlariga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tegishli tuman, shahar komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda tuman, shahar komissiyasi deb ataladi) kiritadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tuman, shahar komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi, keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasiga kiritish uchun takliflar tayyorlaydi hamda ularni tuman, shahar hokimiga yuboradi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlashda tuman, shahar komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarning Oʻzbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari va merosi bilan bogʻliq nomlari muhofaza qilinishini, ular asossiz ravishda qayta nomlanishining oldi olinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalar nomining oʻzgartirilishiga va ularga Oʻzbekiston xalqining milliy anʼanalari va mentalitetiga yot boʻlgan nomlar berilishiga yoʻl qoʻyilmasligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirishda mahalliychilik, oshna-ogʻaynigarchilik, xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish istisno etilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tuman, shahar hokimi tuman, shahar komissiyasi tomonidan tayyorlangan mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifni geografik obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyasi deb ataladi) kiritadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarning har tomonlama oʻrganilishini tashkil etadi, shundan soʻng ularni geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga topshiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasi amalga oshirilgan ishlarning yakunlariga koʻra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tuman, shahar hokimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyasining xulosasiga muvofiq mahallalarning nomlari va ular nomining oʻzgartirilishi boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va ularni koʻrib chiqish uchun xalq deputatlari tegishli tuman, shahar Kengashiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi navbatdagi sessiyada tuman, shahar hokimining taklifini koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tuman, shahar hokimi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestriga kiritish uchun mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni yuboradi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirishda amalga oshiriladigan tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Fuqarolar yigʻini kengashi
Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va fuqarolar yigʻini muhokamasiga kiritadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Fuqarolar yigʻini
1. Kiritilgan takliflarni koʻrib chiqadi, oʻz qarori bilan ularni maʼqullaydi yoki asosli ravishda rad etadi, zarurat boʻlganda ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni taklif etadi.
2. Tegishli tuman (shahar) hokimiga mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha toʻplangan materiallarni ilova qilgan holda iltimosnoma yuboradi.
5 kun muddatda
3-bosqich
Tuman (shahar) hokimi
1. Fuqarolar yigʻinining taklifi bilan birgalikda mahallaning chegaralarini aks ettirgan va tavsiflangan holda mahallaning hududi chizmalarini tayyorlash boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallariga topshiriq yuboradi.
2. Fuqarolar yigʻini tomonidan taqdim etilgan mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha iltimosnomani koʻrib chiqadi va axborotnoma tayyorlaydi.
3. Axborotnomani toʻplangan hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyaga (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) taqdim etadi.
15 kun muddatda
4-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali
1. Mahallaning chegaralarini aks ettirgan va tavsiflagan holda, mahalla hududi chizmasini tayyorlaydi hamda qoʻshni mahallalarning fuqarolar yigʻinlari bilan kelishadi.
2. Mahalla hududining tayyorlangan chizmasini mahallalarning chegaralarini aks ettirgan va tavsiflagan holda tuman (shahar) hokimiga yuboradi
3. Mahalla hududiy chegaralari geomaʼlumotlarini Adliya vazirligining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimi”ga kiritadi.
15 kun muddatda
5-bosqich
Idoralararo komissiya
1. Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha taqdim etilgan takliflarni bevosita joyiga chiqib oʻrganadi.
15 kun muddatda
2. Takliflarni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik toʻgʻrisida xulosa tuzadi.
3. Tayyorlangan xulosani koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritadi.
3 kun muddatda
6-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi
Navbatdagi sessiyada Idoralararo komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish yoki ushbu taklifni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasi chaqirilishiga qarab
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-sentabrdagi 586-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2025-y., 09/25/586/0842-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalariga nom berish va ularning nomini oʻzgartirishda amalga oshiriladigan tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Fuqarolar yigʻini kengashi
Mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va fuqarolar yigʻini muhokamasiga kiritadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Fuqarolar yigʻini
1. Kiritilgan takliflarni koʻrib chiqadi, oʻz qarori bilan ularni maʼqullaydi yoki asosli ravishda rad etadi, zarurat boʻlganda ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni taklif etadi.
2. Tegishli tuman (shahar) hokimiga mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha toʻplangan materiallarni ilova qilgan holda iltimosnoma yuboradi.
5 kun muddatda
3-bosqich
Tuman (shahar) hokimi
1. Fuqarolar yigʻini tomonidan taqdim etilgan mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha iltimosnomani koʻrib chiqadi.
2. Takliflar tayyorlash uchun geografik obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tegishli tuman, shahar komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) komissiyasi) zarur hujjatlar bilan fuqarolar yigʻinining iltimosnomasini yuboradi.
5 kun muddatda
4-bosqich
Tuman (shahar) komissiyasi
Taqdim etilgan hujjatlarni, ularning geografik obyektlarga nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi va oʻz taklifini tuman (shahar) hokimiga yuboradi.
15 kun muddatda
5-bosqich
Tuman (shahar) hokimi
Tuman (shahar) komissiyasi tomonidan taqdim etilgan taklifni nom berish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahar komissiyasiga kiritadi.
5 kun muddatda
6-bosqich
Nom berish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahar komissiyasi
Tayyorlangan materiallarning geografik obyektlarga nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan har tomonlama oʻrganib chiqishni tashkil etadi va tuman (shahar) hokimiga tegishli xulosani yuboradi.
15 kun muddatda
7-bosqich
Tuman (shahar) hokimi
Mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha tayyorlangan hujjatlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritadi.
5 kun muddatda
8-bosqich
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi
Navbatdagi sessiyada tuman (shahar) hokimi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish yoki ushbu taklifni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasi chaqirilishiga qarab
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Idoralararo doimiy komissiyalarning namunaviy tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — komissiya raisi
2.
lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmasi boshligʻi
3.
lavozimiga koʻra
—
Hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi
4.
lavozimiga koʻra
—
Hududiy kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshligʻi
5.
lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qOʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi
6.
lavozimiga koʻra
—
Hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi
7.
lavozimiga koʻra
—
Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi
8.
lavozimiga koʻra
—
Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi
9.
lavozimiga koʻra
—
Soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi
10.
lavozimiga koʻra
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi boshligʻi
11.
lavozimiga koʻra
—
Ichki ishlar (bosh) boshqarmasi boshligʻi
12.
lavozimiga koʻra
—
Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi
13.
lavozimiga koʻra
—
Hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 107-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2019-y., 09/19/302/2924-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 17.08.2023-y., 09/23/386/0622-son; 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son; 18.09.2025-y., 09/25/586/0842-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)