Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.1999 19.04.1991 yildagi 107-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.1999
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidentining “Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklari boʻlgan dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidentining “Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklari boʻlgan dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni keskin koʻpaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish va bozor munosabatlariga kirish davrida dehqonlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. OʻzSSJ Moliya vazirligi (oʻrtoq Murotov) 1991-yilda jumhuriyat Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalarining uyushmasiga qishloqni yangilash jamgʻarmasi mablagʻlaridan bir milliard soʻm, shundan II kvartalda 250 mln soʻm, III kvartalda 250 mln soʻm va IV kvartalda 500 mln soʻm pul ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaga shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga madad jamgʻarmasini tashkil etish uchun ajratiladigan mablagʻlar, birinchi navbatda, oʻz moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar qurilishiga, shuningdek dehqon xoʻjaliklari ehtiyojlarini hisobga olib, ularga qarz berishga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uyushmaning madad jamgʻarmasi mablagʻlari foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha 1-ilovaga muvofiq summalarda taqsimlansin, ulardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) moddiy-texnik bazani yaratish va mustahkamlashga hamda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga xizmat koʻrsatishga — 500 mln soʻm, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston MSSJ va viloyatlar uyushmalari boʻyicha 2-ilovaga muvofiq, kvartallar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) korxonalar va tashkilotlarning oʻz oborot mablagʻlarini tashkil etishga — 200 mln soʻm, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston MSSJ va viloyatlar uyushmalari boʻyicha 3-ilovaga muvofiq, kvartallar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shaxsiy yordamchi xoʻjaligi boʻlgan dehqonlarga qarz berishga — 200 mln soʻm, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston MSSJ va viloyatlar uyushmalari boʻyicha 4-ilovaga muvofiq, kvartallar boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishga madad jamgʻarmasining maqomi va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat uyushmalari madad jamgʻarmasi mablagʻlarini nohiyalar boʻyicha, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ularning miqdoridan kelib chiqib taqsimlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uyushmaga va uning viloyatlar, nohiyalar, qishloqlar, ovullar va posyolkalardagi organlariga madad jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlardan maʼmuriy-boshqaruv xodimlariga haq toʻlashda, asbob-uskunalar, idora buyumlari, xoʻjalik mollari va boshqa narsalarni sotib olishda, shuningdek boshqaruv faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar uchun foydalanish qatʼiy taqiqlansin. Boshqaruv apparatiga haq toʻlash va uni saqlash boʻyicha boshqa xarajatlar shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalarining kirish va aʼzolik badallari hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jumhuriyat uyushmasiga har bir mintaqaning joriy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, madad jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlarni viloyatlar oʻrtasida qayta taqsimlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki (oʻrtoq Ahadov) bankning jumhuriyat, viloyat va nohiya muassasalarida ularning mablagʻlarini hisobga oʻtkazish, saqlash va sarflash uchun uyushmaning, uning viloyat va nohiya muassasalarining hisob-kitob schyotlarini ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, viloyat va nohiya uyushmalari madad jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlarni bevosita shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar oʻrtasida taqsimlovchilar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning egalariga posyolka, qishloq (ovul) Sovetlarining kafolati bilan va aniq bir shaxsning belgilangan tartibdagi kafilligi bilan qarz beriladi. Qarz miqdori oilaning iqtisodiy ahvolini, mehnatga layoqatli oila aʼzosi qancha ekanligini, em-xashak va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlanganligini hamda qarzlarni qaytarish boʻyicha shartnomalarning rasmiylashtirilganligini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy boyliklar, qarz oluvchining yetishtirgan mahsuloti va mol-mulki Oʻzbekiston SSJning amaldagi qonunlarida belgilangan tartibda berilgan qarz boʻyicha garov sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning egalari olingan qarzlarni oʻz vaqtida qaytarishmagan taqdirda qarz qishloq, ovul va posyolka Sovetlarining schyotlaridan muqarrar tartibda undirib olinadi yoki kafillikka oluvchi qarzni toʻlash yuzasidan javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki (oʻrtoq Ahadov) zimmasiga shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga madad jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni, shu jumladan, mazkur qaror bilan tasdiqlangan yoʻnalishlar boʻyicha foydalanishni nazorat qilish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushmaning madad jamgʻarmasidan foydalanishga doir barcha bank operatsiyalari faqat naqd pulsiz hisob-kitob qilish yoʻli bilan bajariladi, schyotlarni toʻlash nohiya va viloyat uyushmalarining taqdimnomalari boʻyicha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki muassasalari yuqorida koʻrsatilgan jamgʻarma mablagʻlari maqsadsiz sarflangan har bir hol uchun toʻla javobgardirlar. Madad jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanganlik borasidagi har bir holat Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki muassasalari daromadlari hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga madad jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan har kvartaldagi hisobot belgilangan tartibda bankning nohiya muassasalari tomonidan viloyat boshqarmalariga taqdim etiladi, viloyat boshqarmalari esa uni Jumhuriyat dehqonchilik-sanoat bankiga taqdim etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalari uyushmasining madad jamgʻarmasi mablagʻlari qanday sarflanayotgani toʻgʻrisida har kvartalda Vazirlar Mahkamasiga axborot berib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uyushmaga va uning joylardagi boʻlinmalariga shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ortiqchasini sotib olish va sotishda vositachilik qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Uyushmaning xoʻjalik hisobidagi korxonalari va tashkilotlariga “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliq toʻgʻrisida” Oʻzbekiston SSJ Qonunining 6-moddasi 5-punktining “b” bandida koʻzda tutilgan soliq boʻyicha imtiyozlar berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston SSJ Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmoniga muvofiq belgilab qoʻyilsinki, uyushma xususiy soha uchun moddiy-texnika resurslarining fond saqlovchisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, OʻzSSJ Dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi, Oʻzbekiston SSJ Neft mahsulotlari bilan taʼminlash davlat qoʻmitasi, OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi, OʻzSSJ Savdo vazirligi, OʻzSSJ Don mahsulotlari vazirligi, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzglavlegsnabsbit”, “Oʻzplodoovoshchvinprom” va “Oʻzpishcheprom” konsernlari, “Sortsemovoshch” va “Oʻzagrostroy” birlashmalari OʻzSSJ Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalari uyushmalari uchun alohida satrda tegishli nomenklaturaga muvofiq moddiy-texnika resurslari ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilab qoʻyilsinki, smeta qiymati 100 ming soʻmgacha boʻlgan kichik sexlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa inshootlarni loyihalash va qurish uchun texnika hujjatlarini nohiya uyushmasi, smeta qiymati 500 ming soʻmgacha boʻlganini viloyat uyushmasi, 500 ming soʻmdan ortiq boʻlganini uyushmaning Jumhuriyat kengashi tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Oʻzgiprozem”, “Oʻzgiproselstroy”, “OʻzNIPgradostroitelstva”, “Oʻzgiprovodxoz”, “Oʻzgiproselxozvodosnabjeniye”, “Oʻzmejkolxozproyekt”, “Sredazgiproagropromstroyindustriya”, “Oʻzgiproplodoovoshch” institutlari OʻzSSJ Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalari uyushmasi inshootlarini ustuvor tarzda loyihalashni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻzagrostroy” jumhuriyat davlat-kooperativ birlashmasi OʻzSSJ Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalari uyushmasining buyurtmalari asosida kichik korxonalar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari saqlanadigan bazalar, shuningdek binokorlik materiallari ishlab chiqaradigan korxonalar hamda boshqa inshootlar qurilishini birinchi navbatda amalga oshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki (oʻrtoq Ahadov)ga 1991-1992-yillar uchun kapital mablagʻlar umumiy hajmi doirasida alohida loyihalar va smetalar boʻyicha ishlar hajmini amalda bajarish yuzasidan, uyushmaning ishlab chiqarish inshootlarini qurish maqsadida. istisno tariqasida mablagʻ bilan imtiyozli ravishda taʼminlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishning borishini va muddatlarini, moddiy va pul mablagʻlaridan shartnoma asosida maqsadli foydalanishni nazorat qilishni Jumhuriyat dehqonchilik-sanoat banki muassasalari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Uyushmaga uning Ustaviga muvofiq apparat strukturasini va lavozim okladlarini tasdiqlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. OʻzSSJ Qishloq xoʻjaligi vazirligi (oʻrtoq Islomov) va OʻzSSJ Dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qoʻmitasi 1991-yilda OʻzSSJ Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalari uyushmasiga uning viloyat va nohiya boʻlinmalari uchun 15 ta IJ 21-15 va UAZ-452 avtomashinalari ajratish imkoniyatini koʻrib chiqsinlar. Keyingi yillarda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalari qishloq (ovul) uyushmalariga ana shunday markali mashinalar va bittadan kajavali mototsikl ajratish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi (oʻrtoq Axmetov) rahbariyatga xizmat koʻrsatish uchun uyushmaga shartnoma asosida qoʻshimcha ravishda bitta GAZ-2410 yengil avtomashinasi ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 19-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-apreldagi 107-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishga moddiy yordam berish jamgʻarmasini foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(mln soʻm)‎

‎‏
Hammasi‎‏

‎‎Shu jumladan

II kv.‎ III kv.‎ IV kv.‎

Moddiy-texnik bazani yaratish va mustahkamlash hamda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga xizmat koʻrsatish‎

500‎ 125‎ 125‎ 250‎

Uyushma korxonalari va tashkilotlarining oʻz oborot mablagʻlarini shakllantirish ‎

200‎ 50‎ 50‎ 100‎

Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalariga imtiyozli shartlar bilan qarz berish ‎

200‎ 50‎ 50‎ 100‎

Jumhuriyat uyushmasining rezerv jamgʻarmasi‎

100‎ 25‎ 25‎ 50‎

JAMI‎

1000‎ 250‎ 250‎ 500‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-apreldagi 107-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishga moddiy yordam berish jamgʻarmasini shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning moddiy-texnika bazasini yaratish va mustahkamlash hamda ularga xizmat koʻrsatish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(mln soʻm)‎

‎‏
Hammasi‎‏

Shu jumladan‎‎

II kv.‎

III kv.‎ IV kv.‎
Qoraqalpogʻiston MSSJ‎ 38‎ 9‎ 10‎ 19‎

viloyatlar:‎

Andijon‎ 55‎ 14‎ 13‎ 28‎
Buxoro ‎ 42‎ 10‎ 11‎ 21‎
Jizzax‎ 22‎ 5‎ 6‎ 11‎
Qashqadaryo‎ 40‎ 10‎ 10‎ 20‎
Namangan‎ 45‎ 12‎ 11‎ 22‎
Samarqand‎ 61‎ 15‎ 15‎ 31‎
Surxondaryo‎ 40‎ 10‎ 10‎ 20‎
Sirdaryo‎ 14‎ 4‎ 3‎ 7‎
Toshkent‎ 50‎ 12‎ 13‎ 25‎
Fargʻona‎ 69‎ 18‎ 17‎ 34‎
Xorazm‎ 24‎ 6‎ 6‎ 12‎
OʻzSSJ boʻyicha jami‎ 500‎ 125‎ 125‎ 250‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-apreldagi 107-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishga moddiy yordam berish jamgʻarmasini korxonalar va tashkilotlarning oʻz oborot mablagʻlarini shakllantirish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(mln soʻm)‎

‎‏
Hammasi‎‏

Shu jumladan‎‎

II kv.‎

III kv.‎ IV kv.‎
Qoraqalpogʻiston MSSJ‎ 15 4 3 8

viloyatlar:‎

Andijon‎ 22 5 6 11
Buxoro ‎ 17 4 4‎ 9‎
Jizzax‎ 9 2 3‎ 4‎
Qashqadaryo‎ 16 4 4 8
Namangan‎ 18 5 4 9
Samarqand‎ 24 6 6 12
Surxondaryo‎ 16 4 4 8
Sirdaryo‎ 6 1 2 3
Toshkent‎ 20 5 5 10
Fargʻona‎ 28 7 7 14
Xorazm‎ 9 3 2 4
OʻzSSJ boʻyicha jami‎ 200 50 50 100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-apreldagi 107-sonli qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishga moddiy yordam berish jamgʻarmasini shaxsiy yordamchi xoʻjaliklari boʻlgan dehqonlarga imtiyozli shartlar boʻyicha qarz berish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(mln soʻm)‎

‎‏
Hammasi‎‏

Shu jumladan‎‎

II kv.‎

III kv.‎ IV kv.‎
Qoraqalpogʻiston MSSJ‎ 15 4 3 8

viloyatlar:‎

Andijon‎ 22 5 6 11
Buxoro ‎ 17 4 4 9
Jizzax‎ 9 2 3 4
Qashqadaryo‎ 16 4 4 8
Namangan‎ 18 5 4 9
Samarqand‎ 24 6 6 12
Surxondaryo‎ 16 4 4 8
Sirdaryo‎ 6 1 2 3
Toshkent‎ 20 5 5 10
Fargʻona‎ 28 7 7 14
Xorazm‎ 9 3 2 4
OʻzSSJ boʻyicha jami‎ 200 50 50 100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-apreldagi 107-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishga madad jamgʻarmasi va undan foydalanish maqomi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidentining Farmoniga muvofiq Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalari uyushmasiga shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishga yordam berish jamgʻarmasini tashkil etish uchun ajratilgan 1 milliard soʻm pul quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Uyushmalarning moddiy-texnika bazasini tashkil etish va mustahkamlashga hamda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga xizmat koʻrsatishga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan mablagʻlardan moddiy-texnika resurslarini sotib olishda, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar yetishtirayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarni, binokorlik materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar mahsulotini sotishda foydalaniladigan omborxonalar, boshqa obyektlar (magazinlar va doʻkonlar)ni loyihalash va qurishda, dehqon xoʻjaliklariga agrotexnika va zooveterinariya xizmatini tashkil etishda, shuningdek qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xomashyosini qayta ishlovchi, mahsulotlar uchun idishbop materiallarni va boshqalarni ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalar qurishda va tashkil etishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Korxonalar va tashkilotlarning oʻz oborot mablagʻlarini tashkil etishga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma qayta ishlovchi korxonalar, mahsulot bilan taʼminlash-sotish, tayyorlov, savdo, avtotransport, qurilish va boshqa tashkilotlarning ishlashi uchun zarur boʻlgan eng kam ishlab chiqarish resurslari va xomashyolarni gʻamlab qoʻyish maqsadida ularga oʻz oborot mablagʻlarini tashkil etish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalariga imtiyozli shartlarda qarz berishga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzlar oilaning iqtisodiy ahvoli, oilada mehnatga layoqatli aʼzolarning soni, yer uchastkasining hajmi, em-xashak va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlanganligi, shuningdek, xoʻjalikning ehtiyojlari hisobga olingan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz shartnomasi tuziladi va unda aniq bir shaxsning belgilangan tartibdagi kafilligi, xalq deputatlari qishloq (ovul), posyolka Sovetining kafolati va qarz oluvchining qarzni qaytarish, foizlarni toʻlash boʻyicha majburiyati, obyektni qurish muddatlari hamda ishlab chiqarish va daromad olish hajmlarini hisobga olgan holda qarzdan foydalanish, Oʻzbekiston SSJ qonunlariga muvofiq boyliklarni garovga qoʻyish boʻyicha majburiyati nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa muddatli qarzlar tuproqning unumdorligini oshirish, yerlarni rejalashtirish, sugʻorish uchun suv yetkazib berish boʻyicha joriy ishlab chiqarish xarajatlarini amalga oshirish, urugʻlik, koʻchatlar, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, yonilgʻi-moylash, idishbop materiallarni, em-xashak va ishlab chiqarishni tashkil etish uchun, boshqa resurslar sotib olish uchun 12 oygacha boʻlgan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq muddatli qarz imtiyozli shartlarda ssuda olingandan keyingi ikkinchi yildan boshlab qarzni uza boshlash sharti bilan mol va parranda xarid qilish hamda asalari oilasi sotib olish uchun 3 yilgacha muddatga; ssuda olingandan keyin toʻrtinchi yildan boshlab qarzni uza boshlash sharti bilan ishlab chiqarish obyektlari qurish, kengaytirish va qayta qurish, asosiy fondlarni tashkil etish (sotib olish) va remont qilish uchun 10 yilgacha muddatga; ssuda olingandan keyin uchinchi yildan boshlab qarzni uza boshlash sharti bilan qishloq xoʻjaligi texnikasi, transport vositalari va uskunalari sotib olish uchun 7 yilgacha muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beriladigan ssuda shaxsiy yordamchi xoʻjalik egasining bankda ochiladigan hisob-kitob schyotiga oʻtkaziladi. Tovar-material boyliklar sotib olish va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar hisob-kitob cheklari bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalarining hisob-kitob schyotlaridagi pul qoldiqlari boʻyicha shartnoma asosida foizlar qoʻshiladi. Foizlar qoʻshish har kvartalda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻzbekiston Jumhuriyat tijorat-aksionerlik dehqonchilik-sanoat bankini taʼsis etishga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma mablagʻlardan oqilona foydalanish maqsadida Oʻzbekiston jumhuriyat tijorat-aksionerlik dehqonchilik-sanoat bankining taʼsischisi boʻladi, tijorat asosida uning depozit schyotlariga vaqtincha boʻsh mablagʻlarni qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik faoliyati jarayonida uyushmada xoʻjalik hisobidagi daromad tashkil etiladi, undan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalariga moddiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirish muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar, vatanimiz va chet el tajribasini oʻrganish va umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joylarning, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning eng yaxshi holati va samarali yuritilishi, yakka tartibdagi uy-joylarning eng yaxshi loyihalari boʻyicha tanlovlar tashkil qilish, targʻibot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida nazorat va boshqa funksiyalarni bajarganlik uchun Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat bankiga va boshqa tashkilotlarga komission mukofotlar berish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaga hamda uning viloyatlar, nohiyalar, qishloqlar, ovullar va posyolkalardagi boʻlinmalariga ajratiladigan madad jamgʻarmasi mablagʻlaridan maʼmuriy-boshqaruv xodimlariga haq toʻlash, uskunalar, shuningdek boshqaruv faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar uchun foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklatilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun qishloq (ovul), posyolka, nohiya (shahar), Qoraqalpogʻiston jumhuriyat va viloyat uyushmalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq (ovul) va posyolka uyushmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning moddiy-texnika resurslariga, qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatib oʻtilgan materiallarni oʻz xulosalari bilan nohiya (shahar) uyushmasiga taqdim etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz olish uchun shartnomani rasmiylashtirishda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalariga yordam koʻrsatadilar, shuningdek ssudaning oʻz vaqtida qaytarilishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nohiya (shahar) uyushmalari olingan materialni umumlashtirib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston jumhuriyat, viloyat uyushmalariga qarzlar va moddiy-texnika resurslari ajratish toʻgʻrisida buyurtma beradilar, ularni sotib olish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarga ehtiyojni aniqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlarning oʻz oborot mablagʻlariga ehtiyojining taqdim etilgan hisob-kitoblarini tekshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalarining olingan qarzlarni oʻz vaqtida qaytarishlarini nazorat qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
smeta qiymati 100 ming soʻmgacha boʻlgan obyektlarni loyihalash va qurish boʻyicha texnikaviy hujjatlarni koʻrib chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston MSSJ uyushmasi va viloyat uyushmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika resurslari va qarz olishga boʻlgan ehtiyoj haqida nohiya (shahar) uyushmalaridan olingan materiallarni (talabnomalarni) koʻrib chiqadilar va umumlashtiradilar hamda ularni jumhuriyat uyushmasiga taqdim etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nohiya (shahar) uyushmalarining hisob-kitoblarini tekshiradilar va Qoraqalpogʻiston MSSJ (viloyatlar) boʻyicha jumhuriyat uyushmasiga yuboriladigan oʻz oborot mablagʻlariga boʻlgan umumiy ehtiyojni aniqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
smeta qiymati 500 ming soʻmgacha boʻlgan obyektlarni loyihalash va qurish boʻyicha texnikaviy hujjatlarni koʻrib chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalarining jumhuriyat uyushmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston jumhuriyat va viloyatlar uyushmalarining moddiy-texnika resurslari, qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzlar olish, ishlab chiqarish-texnika yoʻnalishidagi obyektlarni loyihalash va qurish uchun berilgan talabnomalarini koʻrib chiqadi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qancha xoʻjalik borligi va ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishga yordam berish jamgʻarmasi mablagʻlarini foydalanish yoʻnalishlari va viloyatlar boʻyicha taqsimlaydi va zaruriyat boʻlganda qayta taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
smeta qiymati 500 ming soʻmdan ortiq boʻlgan obyektlarni loyihalash va qurish boʻyicha texnikaviy hujjatlarni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirishga yordam berish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni nazorat qilish Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom shartlariga rioya etilishini nazorat qilish OʻzSSJ Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalari uyushmasi zimmasiga yuklatiladi.