05.12.2013 yildagi 254-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi normalarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasini qoʻllab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiy sudlarning eʼtibori sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ishlar Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) belgilangan qoidalarga qatʼiy rioya etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari asosida koʻrilishiga qaratilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, IPKning 135-moddasida nazarda tutilgan sud buyrugʻi berish boʻyicha talablarning roʻyxati tugal hisoblanadi va u kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi talab IPK 135-moddasining 1-bandiga asosan qoʻyilgan boʻlsa, qarzdor tomonidan soliq qarzining tan olinishi talab etilmaydi.
(2.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 133-moddasining birinchi qismiga muvofiq kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar sovuq va issiq suv taʼminoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish, elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, isitish (issiqlik taʼminoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun toʻlanadigan toʻlovlardan iboratdir.
(2.2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa xizmatlari toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni undirish haqidagi ariza qarzdorlik summasi hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari bilan aniqlangan holdagina sud buyrugʻi tartibida koʻrib chiqilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi talab IPK 135-moddasining 2-bandiga asosan bildirilganda, qarzdor tomonidan qarzdorlikning tan olinishi talab etilmaydi.
(2.2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, IPK 135-moddasining 3-bandiga asosan taqdim etilgan sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizada debitorlik qarzini qarzdorning mol-mulkidan undirish toʻgʻrisida talab qoʻyilishi mumkin emas. Bunday talab bildirilganda, arizani qabul qilish IPK 140-moddasining birinchi qismiga asosan rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 135-moddasining 3-bandiga asosan qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida talab qoʻyilganda, debitorlik qarzini qarzdor tomonidan hujjatlar asosida tan olingan boʻlishi lozim.
(2.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza IPKning 25, 32 – 34, 38-moddalarida nazarda tutilgan sudlovga taalluqlilik va tegishlilikning umumiy qoidalariga amal qilgan holda beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kreditor tomonidan yoki yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan qarzdorga nisbatan berilganda, arizani qabul qilish IPK 140-moddasi birinchi qismiga asosan rad etiladi.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Ariza bilan yuridik shaxsning alohida boʻlinmasi (filiali, vakolatxonasi) yuridik shaxs nomidan ishonchnoma asosida murojaat etsa, sud arizani qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talab qilinayotgan summa (talab qilib olinayotgan mol-mulk) alohida boʻlinma (filial, vakolatxona) foydasiga emas, balki manfaatlari koʻzlanib harakat qilinayotgan yuridik shaxs foydasiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. IPK 136-moddasining birinchi qismi talablariga koʻra sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza iqtisodiy sudga yozma shaklda beriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza axborot tizimi orqali elektron shaklda berilganda arizani yozma shaklda berish haqidagi talabga rioya etilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlarga tushuntirilsinki, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza bilan kreditor yoki uning vakili murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning mazmuni IPK 136-moddasining ikkinchi qismi talablariga mos kelishi lozim, aks holda arizani qabul qilish IPK 141-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytariladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar eʼtiborga olishlari kerakki, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga kreditorning talabini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Soliqlar boʻyicha qarzdorlikni undirishni yuridik shaxslar va fuqarolarning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qarzi borligi toʻgʻrisida soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasidan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov topshiriqnomalari, toʻlov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 149-moddasi ikkinchi qismining 8-bandi hamda Soliq kodeksining 115 va 116-moddalari talabidan kelib chiqib, undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasiga soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani soliq toʻlovchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinishi kerak.
(7.1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni undirish uchun sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga IPKning 138-moddasida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinishi lozim.
(7.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.3. Hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzni undirish uchun sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor bilan tuzilgan shartnomaning asli yoki nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar yetkazilganligi, ishlar bajarilganligi, xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlik tan olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (solishtirish dalolatnomasi, yozishmalar va h. k.)ning asli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.5. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga kreditorning talabini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan taqdirda, ariza IPK 141-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan qaytariladi.
(7.5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.6. Agar qonunda yoxud shartnomada nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya qilinishi belgilangan boʻlsa, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga ushbu tartibga rioya qilinganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak. Bunday dalillar ilova qilinmagan taqdirda, ariza IPK 141-moddasi birinchi qismining 6-bandiga asosan qaytariladi.
(7.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, qonun hujjatlari talabiga koʻra notarial tasdiqlanishi va (yoki) davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart boʻlgan bitimlar asosida vujudga kelgan qarzdorlikni undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish boʻyicha sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga ushbu talablarga rioya etilganligini tasdiqlovchi dalillar, davlat xaridlari bilan bogʻliq shartnomalar boʻyicha xarid qilish tartib-taomiliga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim, aks holda sud buyrugʻini berish IPK 144-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan rad etiladi. Ushbu tartib gʻaznachilikdan roʻyxatdan oʻtkazish majburiy boʻlgan shartnomalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. IPKning 137-moddasiga muvofiq arizachi (kreditor) sud buyrugʻini berish toʻgʻrisida ariza berganida qarzdorga arizaning koʻchirma nusxasini topshirishi shart. Qarzdor — yuridik shaxsga sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning koʻchirma nusxasi topshirilganligining dalili boʻlib, uning rahbari yoki xodimining muhr (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) yoki shtamp bilan tasdiqlangan imzosi, qarzdor — fuqaroga esa uning shaxsiy imzosi hisoblanadi. Ushbu tartibga rioya qilinmagan taqdirda, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza IPK 141-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan arizachi (kreditor)ga qaytariladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. IPK 139-moddasining birinchi qismiga koʻra sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza uchun sudga daʼvo arizasi bilan umumiy tartibda murojaat qilinganda nizolashilayotgan summa asosida hisoblab chiqilgan stavkaning ellik foizi miqdorida davlat boji toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga asosan iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan shaxslar sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizalar boʻyicha ham davlat bojini toʻlashdan ozod etiladilar.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.1. IPK 139-moddasining ikkinchi qismiga koʻra sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi toʻlagan davlat boji undiruvchi tomonidan qarzdorga umumiy tartibda daʼvo arizasi berilganda toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji hisobiga oʻtkaziladi.
(10.1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, davlat bojini qaytarish masalasi kreditorning arizasiga asosan hal etiladi. Bunday holda sud kreditorning daʼvo bilan umumiy tartibda murojaat qilgan yoki qilmaganligini aniqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kreditor tomonidan umumiy tartibda daʼvo arizasi taqdim etilgan boʻlsa, davlat boji toʻlanishi lozim boʻlgan boj hisobiga oʻtkaziladi, aks holda toʻlangan davlat boji qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.2. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasi yigirma oltinchi qismining mazmuniga koʻra sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda, kreditor tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi. Kreditor tomonidan sudga umumiy tartibda daʼvo arizasi berilgan taqdirda, u toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji hisobiga olinadi, murojaat qilinmagan taqdirda esa, toʻlangan davlat boji boʻyicha xarajat uning zimmasida qoldiriladi.
(10.2.-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.3. Sudlar inobatga olishlari lozimki, kreditor tomonidan oldindan davlat boji toʻlanmasdan taqdim etilgan ariza boʻyicha berilgan sud buyrugʻi bekor qilinganda, qarzdordan undirilgan davlat boji uning arizasiga asosan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.4. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etilganda, ariza IPK 141-moddasi birinchi qismining 5, 6 va 7-bandlariga asosan qaytarilganda, shuningdek sud buyrugʻini berish IPK 144-moddasining birinchi qismiga asosan rad etilganda, kreditor tomonidan toʻlangan davlat boji qarzdorga nisbatan umumiy tartibda kreditor tomonidan daʼvo taqdim etilganda toʻlanishi lozim boʻlgan boj hisobiga oʻtkaziladi.
(10.4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kreditor sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilmagan boʻlsa, davlat boji faqat Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasida nazarda tutilgan hollarda qaytariladi.
(10.4.-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan boʻlsa, ariza IPK 141-moddasi birinchi qismining 5-bandiga mos holda qaytariladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sudlar inobatga olishlari kerakki, agar sud buyrugʻi berilgunga qadar kreditordan sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish yoki talabdan voz kechish haqida ariza berilgan boʻlsa, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza IPK 141-moddasi birinchi qismining 7-bandiga asosan qaytariladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning qaytarilganligi kreditorning sudga bunday ariza bilan qayta murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Mazkur ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. IPK 142-moddasining birinchi qismiga koʻra, qarzdor unga sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning koʻchirma nusxasi topshirilgan paytdan boshlab oʻn kunlik muddatda sudga kreditor talablariga qarshi eʼtirozlarini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 142-moddasida qarzdor eʼtirozining shakli va mazmuniga nisbatan muayyan talablar belgilanmaganligi sababli u erkin shaklda bayon etilishi mumkin. Biroq eʼtirozda arizadagi talabga munosabat bildirilgan boʻlishi kerak. Eʼtiroz sudga elektron hujjat tarzida ham yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishi lozimki, IPK 142-moddasining birinchi qismida belgilangan oʻn kunlik muddat sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning nusxasi qarzdorga topshirilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar arizaning nusxasi topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatda bunday sana koʻrsatilmagan boʻlsa, oʻn kunlik muddat ushbu ariza sudga kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 143-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, sud buyrugʻi kreditor tomonidan arizaning koʻchirma nusxasi qarzdorga topshirilgan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, agar sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza yozma fikrni taqdim etish uchun berilgan oʻn kunlik muddat oʻtganidan keyin sudga kelib tushgan boʻlsa, sud buyrugʻi ariza sudga kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori IPK 142-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga muvofiq sud buyrugʻi, agar qarzdor arizadagi talab bilan rozi boʻlsa, ariza nusxasi qarzdorga berilgan kundan oʻn kunlik muddat oʻtmasdan ham berilishi mumkinligiga qaratilsin. Bunday holatda sud buyrugʻi qarzdorning arizadagi talabga yozma roziligi kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan beriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. IPK 143-moddasining birinchi qismiga koʻra sudya sud buyrugʻini ishni sudda muhokama qilmasdan, qarzdor va undiruvchini chaqirmasdan hamda ularning tushuntirishlarini eshitmasdan beradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan sudlar sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlarni puxta oʻrganishlari, ularning qonun hujjatlari talablariga toʻliq javob berishini aniqlashlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.1. IPK 144-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, agar qarzdor bildirilgan talabga rozi boʻlmasa, huquq toʻgʻrisidagi mavjud nizo taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib boʻlmaydi deb hisoblansa, sudya sud buyrugʻini berishni rad etadi. Sud buyrugʻini berishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Mazkur ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
(15.1-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar sud buyrugʻi berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda kreditorning oʻsha talab boʻyicha umumiy tartibda daʼvo taqdim etish huquqi mavjudligini tushuntirishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) yoxud taftish tartibidagi shikoyat (protest) IPKning 34, 35 va 36-boblariga muvofiq koʻrib chiqiladi. Ajrim apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan taqdirda, ish hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga yuboriladi.
(15.1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, sud buyrugʻining mazmuni IPK 145-moddasining birinchi qismi talablariga mos kelishi, shuningdek unda qarzdordan undiruvchi foydasiga undirilishi lozim boʻlgan sud xarajatlarining summasi ham koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 143-moddasiga muvofiq sud buyrugʻi ikkita asl nusxada imzolanadi, ulardan biri ishda qoladi, boshqasi sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi va undiruvchiga beriladi (yuboriladi). Qarzdorga sud buyrugʻining koʻchirma nusxasi yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor va undiruvchining elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda, sud buyrugʻi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sud buyrugʻi apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarida va yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrilmaydi. Shu munosabat bilan sud buyrugʻi ustidan berilgan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatini qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismining 2-bandi, 291-moddasi birinchi qismining 2-bandi, 316-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan, sud buyrugʻini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish esa, IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar shikoyat yoki ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) yoxud taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoki 296-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoxud 324²-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan, yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha esa, ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sud buyrugʻi ijro hujjati kuchiga ega boʻlganligi sababli uni ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash va dublikatini berish, uning ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirish, shuningdek qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalalarni hal etishda sudlar IPKning 340 – 344-moddalariga amal qilishlari lozim.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sudlar IPK 135-moddasining 1-bandiga asosan berilgan sud buyrugʻi ijrosini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish haqidagi masalani hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning qaysi turlari, summalari hamda ularning toʻlovi qanday muddatga kechiktirilganligi va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etilganligini aniqlashlari kerak.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. IPK 147-moddasining birinchi qismiga koʻra, agar qarzdor uzrli sabab bilan oʻz vaqtida kreditorning talabiga qarshi eʼtiroz bildirish imkoniyatiga ega boʻlmagan boʻlsa, sud buyrugʻining koʻchirma nusxasi olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda oʻsha sudga sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berishga haqli. Sud bunday holda buyruqni bekor qilishga haqli, shundan keyin kreditorning talabi daʼvo ishini yuritish tartibida koʻrilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari lozimki, huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud buyrugʻi chiqarilgan shaxslar uchun sud buyrugʻini bekor qilish uchun ariza berishning oʻn kunlik muddati ularga sud buyrugʻi chiqarilganligi maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuniga nisbatan IPKda muayyan talablar belgilanmagan. Shundan kelib chiqib, ariza erkin shaklda bayon etilishi mumkin, ammo unda sud buyrugʻini bekor qilish sabablari koʻrsatilgan, shuningdek unga ushbu sabablarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza sudga elektron hujjat tarzida ham yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza belgilangan muddat oʻtganidan keyin taqdim etilgan boʻlib, muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berilmagan boʻlsa, bu holat uni qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza IPK 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan muddat oʻtkazib yuborilgan holda berilgan boʻlsa va muddat oʻtkazilishining sabablari iltimosnoma asosida uzrli deb topilsa, sudya muddatni tiklab, sud buyrugʻini bekor qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKda oʻtkazilgan muddatni tiklashning uzrli sabablari roʻyxati koʻrsatilmaganligi bois, sudlar muddatni tiklash masalasini hal etishda iltimosnomada keltirilgan sabablarni oʻrganib, ularga oʻz ichki ishonchlari asosida baho berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 147-moddasining uchinchi qismiga muvofiq sud buyrugʻini bekor qilish haqidagi yoki bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay sud muhokamasisiz, kreditor va qarzdor chaqirtirilmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda kreditorga daʼvo ishini yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(20-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) yoxud taftish tartibidagi shikoyat (protest) IPKning 34, 35 va 36-boblariga muvofiq koʻrib chiqiladi. Ajrim apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan taqdirda, birinchi instansiya sudi tomonidan berilgan sud buyrugʻi ham bekor qilinishi lozim.
(20-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sudlar eʼtiborga olishlari kerakki, IPK 140-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish, IPK 141-moddasi birinchi qismining 1 — 6-bandlari boʻyicha sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish, shuningdek IPK 144-moddasi birinchi qismining 2-bandi boʻyicha sud buyrugʻi berishni rad etish haqidagi masala ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi va natijasi boʻyicha ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 141-moddasi birinchi qismining 7-bandiga asosan sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish va IPK 144-moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga asosan sud buyrugʻi berishni rad etish tegishincha sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish va sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga eʼtiroz kelib tushgandan keyingi kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sudlarga tushuntirilsinki, sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan ajrimlar chiqarilgandan keyin besh kunlik muddatda taraflarga yuboriladi yoki ularga tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzili mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya M. IZRAILBEKOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254-son