O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston SSJ hududidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
1. O‘zbekiston SSJ hududidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorini xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining barcha ijroiya qo‘mitalariga yetkazsinlar va uning bajarilishini doimiy nazoratga olsinlar.
3. Xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qo‘mitalarida shu vaqtgacha ro‘yxatdan o‘tkazilmagan barcha korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, yuridik shaxs huquqlari bilan ta’minlangan filiallar va tarkibiy bo‘linmalar 1991-yilning II-III choraklari davomida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishga majburligi maqsadga muvofiq deb topilsin.
Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan korxonalar (tashkilotlar), filiallar va tarkibiy bo‘linmalarning xo‘jalik faoliyati to‘xtatib qo‘yiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan korxonalar (tashkilotlar)ning, filiallar, tarkibiy bo‘linmalarning daromadlari noqonuniy hisoblanadi va budjetga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston SSJ Vitse prezident Sh. MIRSAIDOV
Toshkent sh.,
1991-yil 12-iyun,
159-son
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-iyundagi 159-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
O‘zbekiston SSJ hududidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1. Mazkur Nizom mulkiy shakllari va qaysi idoraga bo‘ysunishlaridan qat’i nazar, qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston SSJ hududida ishlab chiqarish (xo‘jalik), tijorat va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, yuridik shaxs huquqlari bilan ta’minlangan filiallar va tarkibiy bo‘linmalar (bundan keyin korxonalar deb ataladi)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Ushbu Nizom O‘zbekiston SSJ qonuni bilan boshqa tartib nazarda tutilgan korxonalarga taalluqli emas.
2. Korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish korxona joylashgan xalq deputatlari nohiya, shahar, shahardagi nohiya Sovetining ijroiya qo‘mitasi (bundan keyin ro‘yxatga oluvchi organ deb ataladi)di amalga oshiriladi.
3. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun korxonalar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
a) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza;
b) mulkdorning korxona tashkil etish to‘g‘risidagi qarori (yoki mulkdorlarning ta’sis yig‘ilishi protokoli);
v) ta’sis shartnomasi va ustavning asl nusxalari hamda notarial tasdiqlangan bittadan nusxasi;
g) korxonaning pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat;
d) korxonani ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun belgilangan miqdordagi yig‘imning to‘langanligi to‘g‘risida bankning to‘lov hujjati;
e) savdo va savdo-vositachilik korxonalari yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlardan tashqari o‘zlarida o‘z ustav faoliyatiga muvofiq savdo, omborxona maydonlari va asbob-uskunalar, shu jumladan, chakana savdo korxonalari — nazorat-kassa apparatlari yoki ularni sotib olish yoxud ijaraga olish uchun mablag‘lar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. Korxonalarni joylardagi davlat hokimiyati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi undiriladi. Ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun, shuningdek, korxonalar tugatilganda ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi summasining 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi, bu to‘lov ham mahalliy budjetga o‘tkaziladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
6. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida zarur hujjatlar ilova qilingan ariza olingan paytdan boshlab 30 kundan kechikmay amalga oshiriladi. Korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga olish daftariga kiritish uchun xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qo‘mitasining moliya-soliq organiga o‘n kun muddat ichida yetkaziladi.
Ro‘yxatdan o‘tkaziladigan har bir korxona uchun ro‘yxatga olish daftarida alohida varaq ochiladi, unga ro‘yxat grafasida (1-ilova) nazarda tutilgan ma’lumotlar yoziladi.
7. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan korxonaga ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida order (2-ilova) beriladi.
Xususiy, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining mahalliy hokimliklar tomonidan yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ko‘rsatib o‘tilgan subyektlarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi sifatida qo‘shimcha ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi va vakolatli banklarda valyuta hisobvaraqasi ochishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
8. Korxona vakolatli davlat organlarini o‘zining pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘n kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilmaganlik uchun korxonaning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin bir yil o‘tgach korxona ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ta’sis hujjatlarida ma’lum qilingan ustav jamg‘armasini shakllantirish tugallanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishga majburdir. Ustav jamg‘armasi shakllantirilmagan, biroq belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan, amalda shakllantirilgan miqdorgacha kamaytirilmagan yoki boshqacha tashkiliy-huquqiy shakllarga o‘zgartirilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ korxonalarni tugatish bo‘yicha maxsus komissiyaga korxonaning bundan buyon faoliyat ko‘rsatishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun taqdimnoma kiritadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
9. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, pochta manzili o‘zgarganligi, qayta tashkil etilganligi yoki faoliyatning asosiy turlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registriga kiritish uchun o‘n kun muddatda statistika organlariga xabar qilinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
1-ILOVA
| ______________________________ hududidagi korxonalarning | |||
|
RO‘YXATI | |||
| Ro‘yxatga olish № ________ | Ro‘yxat varag‘i _________________ | ||
| Korxonaning nomi ______________________________________ | |||
| Yuqori tashkilot (korxonani ta’sis etuvchi) nomi_____________ | |||
| ______________________________________________________ | |||
| Ro‘yxatga olingan sana ___________________________________ | |||
| Yozuv № va ro‘yxatga kiritilgan sana | Faoliyat maqsadi | Korxonaning manzilgohi | Tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar |
2-ILOVA
|
KORXONANI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA DAVLAT | |
|
ORDERI _______________ | |
| |
199____ yil “__”_________ |
|
Mazkur order ______________________________________ | |
|
(xalq deputatlari mahalliy Sovetining ijroiya qo‘mitasi) | |
| ______________________________________ da ro‘yxatdan | |
| o‘tgan _________________________________ ga berildi. | |
|
(korxonaning nomi) |
|
| | |
| Ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana |
Ro‘yxat № ____ |
| 199___ yil “__”_______ | |