Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.01.1992 29.06.1991 yildagi 180-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.01.1992
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini jumhuriyatdan chetga chiqarish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 23-sonli “1992-yilda respublika qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud meva-sabzavot mahsulotlaridan oqilona foydalanish, kolxozlar, sovxozlar, boshqa qishloq xo‘jaligi va tayyorlov tashkilotlarining zarur vositalar hamda resurslarga bo‘lgan birinchi navbatdagi ehtiyojlarini qondirish, yetishtirilgan hosilni sotishda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalariga yordam berish va jumhuriyatning iste’mol bozorini himoya qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, uzum, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot maxsulotlarini jumhuriyatlararo bitimlar va bevosita aloqalar bo‘yicha jumhuriyatdan umumittifoq fondiga yetkazib berish asosan jumhuriyat korxonalari, xo‘jaliklari va aholisi uchun g‘oyat tanqis bo‘lgan oziq-ovqat, xalq iste’moli mollari va ishlab chiqarish-texnika mahsulotlariga almashtirish shartlaridagi shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumittifoq fondi hisobiga maxsus iste’molchilarga yetkazib beriladigan meva-sabzavot mahsulotlari, shuningdek, yalpi yetilish mavsumida tez sotishni talab qiladigan ertagi karam va poliz mahsulotlari (tarvuzlar)ning bir qismi bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zplodoovoshchvinprom” konserni, “O‘zkoopzagottorg” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi bir oy muddat ichida mahsulotlarni oluvchilar bilan ilgari tuzilgan, mollar va moddiy resurslarni muqobil yetkazib berish ko‘zda tutilmagan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqsinlar, bunda chetga chiqariladigan mahsulotlarga almashtirilgan zarur tovarlar, birinchi navbatda, oziq-ovqat mahsulotlari jumhuriyatga keltirilishini ta’minlashni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-bandning birinchi xat boshida ko‘zda tutilgan uzum va yangi mahsulotlarni chetga chiqarish uchun kolxozlarga, sovxozlarga, korxonalarga, tayyorlov va boshqa tashkilotlarga ruxsatnoma Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasining (“Tashgoragroprom” xo‘jaliklari uchun) maxsus komissiyalari tomonidan beriladi. Ruxsatnoma “O‘zplodoovoshchvinprom” va “O‘zkoopzagottorg”ning viloyat bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahsulotlarni chetga chiqarish uchun ruxsatnoma ularni jumhuriyat fondiga yetkazib berishning tasdiqlangan hajmlari, ya’ni yetishtirish hajmlarining kamida 60 foizi albatta bajarilgan taqdirda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasiga umumittifoq fondiga va jumhuriyatlararo bitimlar bo‘yicha mahsulot yetkazib berish qanday bajarilayotganligini nazorat qilish yuklatilsin, bunda ushbu holatda mahsulotlarni sotish shartnomaviy (erkin) narxlar bo‘yicha amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quritilgan sabzavotlar, kishmish va mayiz, meza-sabzavot konservalari, jumladan, pomidor sharbati va vinobop mahsulotlarni (umumittifoq fondiga va jumhuriyatlararo bitimlar bo‘yicha yetkazib berishdan tashqari) chetga chiqarish uchun ruxsatnoma faqat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jumhuriyat komissiyasi tomonidan va ayirboshlash bo‘yicha iqtisodiy jihatdan foydali shartnomalar mavjud bo‘lgandagina beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1991-yil 1-iyuldan boshlab kooperativlar, ijarachilar, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar jumhuriyatdan chetga chiqaradigan uzum, yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlariga boj joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, boj O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 5-apreldagi 89-son va 1991-yil 20-iyuldagi 196-son qaroriga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlariga belgilangan o‘rtacha eng yuqori shartnomaviy narxlarga nisbatan foiz hisobida olinadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-avgustdagi 202-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlab qo‘yilsinki, mazkur bandning birinchi xat boshida ko‘rsatilgan uzum, yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini chetga chiqarish uchun nohiya ijroiya qo‘mitasining (Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlarning markazlarida shahar ijroiya qo‘mitasining) komissiyalari tomonidan berilgan ruxsatnomalar va boj to‘langanligi haqidagi hujjat: kooperativlar uchun bank xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limining to‘lov hujjati; ijarachilar, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar va boshka fuqarolar uchun jamg‘arma bankining kvitansiyasi asos bo‘lib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zSSJ Davlat statistika ko‘mitasi bir hafta muddat ichida jumhuriyatdan chetga chiqariladigan meva-sabzazot mahsulotlari hajmi to‘g‘risida natura va qiymat tarzidagi statistik hisobotni ishlab chiqsin va joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, meva-sabzavot mahsulotlarini jumhuriyatdan chetga chiqarish to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotlar belgilangan shakllarda va muddatlarda statistika idoralariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperativlar bo‘yicha — O‘zbekistok dehqonchilik-sanoat banki va O‘zbekiston sanoat qurilishi bankining ularga xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar bo‘yicha — O‘zbekiston jamg‘armalar bankining bo‘limlari tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zSSJ Moliya vazirligi bir hafta muddat ichida meva-sabzavot mahsulotlarini jumhuriyatdan chetga chiqarish bo‘yicha bojlarni hisoblab chiqsin va to‘lash tartibini soliq idoralariga ma’lum qilsin hamda daromadlar bo‘yicha hisobotlarga tegishli o‘zgartishlar kiritsin, bunda bojning Qoraqalpog‘iston MSSJ, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga o‘tkazilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘rta Osiyo temir yo‘li boshqarmasi, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, O‘zSSJ Avtomobil transporti vazirligi meva-sabzavot mahsulotlarini jumhuriyatdan chetga chiqarish uchun kolxozlarga, sovxozlarga, tayyorlov tashkilotlariga, kooperativlarga, ijarachilarga, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalariga va boshqa fuqarolarga transport vositalari berishda mazkur qarorning 3 va 4-bandlariga qat’iy amal qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zSSJ Ichki ishlar vazirligi meva-sabzazot mahsulotlarini transportning barcha turlarida jumhuriyatdan chetga chiqarishning ushbu qaror bilan belgilangan tartibini ta’minlash ustidan uzluksiz nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma va soliqni to‘laganlik haqidagi kvitansiya bo‘lmagan taqdirda meva-sabzavot mahsulotlarini chetga chiqarish takiqlanadi, ular egasiga qaytariladi yoki uning roziligi bilan, shartnomaviy narxlarda “O‘zkoopzagottorg”ning tayyorlov tashkilotlari tomonidan qabul qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqallog‘iston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari, nohiya ijroiya qo‘mitalari va O‘zbekiston SSJ Ichki ishlar vazirligi idoralari meva-sabzavot mahsulotlarining jumhuriyat ichida qarshiliksiz tashilishini va Toshkent shahriga yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Rais I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 29-iyundagi 180-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kooperativlar, ijarachilar, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar tomonidan jumhuriyatdan chetga chiqariladigan uzum, yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavotga solinadigan boj
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STAVKALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(1991-yil 1-iyuldan joriy qilinadi)

Davrlar‎

Bojning o‘rtacha eng yuqori shartnomaviy narxga nisbatan foiz hisobidagi stavkalari‎
I davr — yanvar—aprel‎ 60 ‎
II davr — may-iyun‎ 30‎
III davr — iyul—‎sentyabr 20‎
IV davr — oktyabr—dekabr‎ 30‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma: Bojning ko‘rsatilgan stavkalari 5 tonnagacha bo‘lgan maxsulotni bir galgi chetga chiqarishda belgilanadi; maxsulot miqdori 5,1 dan 10 tonnagacha bo‘lganda boj stavkalari 1,5 baravar, 10 tonnadan ko‘p bo‘lganda 2 baravar oshadi.