O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
“Ovozi tojik” gazetasining 70 yilligi to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Ovozi tojik” gazetasining O‘zbekiston xalqining ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini, O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari o‘rtasidagi qardoshlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash ishiga katta hissa qo‘shib kelayotganligini inobatga olib va tashkil etilganligiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
1. “Ovozi tojik” gazetasining 70 yillik yubileyi tadbirlarini 1994-yil sentyabr oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkazish ma’qul topilsin.
2. “Ovozi tojik” gazetasining yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaniig tarkibi 1-ilovaga binoan tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita 10 kun muddat ichida gazeta yubileyini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar rejasini tuzsin hamda uni amalga oshirishni ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Ovozi tojik” gazetasining 70 yilligini nishonlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar uchun 2-ilovaga muvofiq Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘ ajratsin.
4. Davlat matbuot qo‘mitasi, Davlat teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmalari, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni, O‘zbekiston Respublikasi Matbuotni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armasi, Oliy Kengash Kotibiyati va Vazirlar Mahkamasining tegishli bo‘limlari joylarda mushtariylar bilan ijodiy uchrashuvlar, adabiy kechalar o‘tkazilishini, “Ovozi tojik” gazetasining yubileyiga bag‘ishlab radio va televideniyeda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil etilishini, boshqa ommaviy axborot vositalarida maqolalar berib borilishini ta’minlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-avgust,
431-son
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-avgust,
431-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-avgustdagi 431-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Ovozi tojik” gazetasining 70 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasining tarkibi
| Saidqosimov S.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, rais |
| Shodimetov Y.Sh. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limining mudiri, rais o‘rinbosari |
| Miralimov M.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Kotibiyati Matbuot va axborot bo‘limining mudiri, rais o‘rinbosari |
| Niyozov Sh. | — | “Ovozi tojik” gazetasining bosh muharriri, rais o‘rinbosari |
|
Tashkiliy qo‘mita a’zolari: | ||
| Abdullayev Sh.Y. | — | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari |
| Vohidov E. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Oshkoralik masalalari qo‘mitasining raisi |
| Esenboyev Z.I. | — | O‘zbekiston Respublikasi matbuotni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘arma raisi |
| Jalilov Sh.I. | — | Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari |
| Jamol Kamol | — | O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi |
| In’omxo‘jayev S. | — | Toshkentdagi “Armug‘on” firmasining direktori , “Ovozi tojik” gazetasining homiysi |
| Kabirov L.B. | — | O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi boshqaruvining raisi |
| Mo‘minov T.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirining o‘rinbosari |
| Nosirov A. | — | Samarqand shahar hokimi |
| Obidjonov B. | — | So‘x tumani hokimi |
| Toshmatov A. | — | “Chirchiqtara” korxonasining direktori, “Ovozi tojik” gazetasining homiysi |
| Sharofiddinov H. | — | Surxondaryo viloyat Kasaba uyushmalari Kengashi raisi, “Ovozi tojik” gazetasining homiysi |
| Shog‘ulomov I.Sh. | — | “Sharq” nashriyot matbaa-konsernining bosh direktori |
| Shog‘ulomov R.Sh. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasining raisi |
| Qurbonov S. | — | Toshkent shahar tojik milliy markazining raisi |
| Hakimov Z.A. | — | O‘zbekiston Davlat teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-avgustdagi 431-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Ovozi tojik” gazetasining 70 yilligini o‘tkazish xarajatlari
SMETASI
| 1. | “Sharq” nashriyot-matbaa konserni majlislar zalining ijara haqi | — | 1000 so‘m |
| 2. | Taklif qog‘ozlari va bloknotlar tayyorlash | — | 1500 so‘m |
| 3. | Redaksiya xodimlarini viloyatlarga gazetxonlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlarga safarga yuborish | — | 990 so‘m |
| 4. | Yubileyga bag‘ishlab foto-ko‘rgazma tashkil etish | — | 500 so‘m |
| 5. | Gazeta veteranlari, faollari va matbaachilar uchun qabul marosimi o‘tkazish | — | 10000 so‘m |
| | Jami | | 13.990 so‘m |