O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1994-yilda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning mintaqaviy dasturlari to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 15-martdagi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga oid tadbirlar rejasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning mintaqaviy dasturlari ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 1994-yilda hududiy va tarmoqlar miqyoslarida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektlari ro‘yxati 1 — 5 ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga zaruriyat bo‘lganda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning mintaqaviy dasturlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilishga ruxsat etilsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korxonalar, konsernlar, uyushmalar, ittifoqlar mazkur qaror 2-bandining belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 11-iyul,
354-son