Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga va “Oʻzdehqonchilik-sanoatbank”ka kredit resurslari ajratish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi Farmoniga muvofiq hamda ish haqi va pensiyalarning milliy valyutada oldindan toʻlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kafolati bilan ikki oy muddatga 304,2 mlrd soʻm-kupon miqdorida foizsiz kredit;
“Oʻzdehqonchiliksanoatbank”ka qishloq xoʻjaligi korxonalarida ishlayotganlarning mehnatiga haq toʻlash uchun 1994-yil 1-dekabrdan boshlab qaytarish muddati bilan 220 mlrd soʻm-kupon miqdorida imtiyozli (50 foizlik yillik foydasi bilan) kredit resurslari ajratish tavsiya qilinsin.
2. “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” ajratilgan kredit resurslarining ikki tomonlama garov shartnomalari asosida qatʼiy maqsadlar uchun berilishini taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-iyun,
312-son