Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi xodimlarini xizmat turar joylari bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining markaziy apparatiga xizmat safariga yuborilgan va ishga oʻtkazilgan xodimlar uchun munosib turar-joy sharoitlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimiyati va Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining davlat mulki boʻlgan 4 qavatli yotoqxona binosi va unga tutash hududni Davlat soliq qoʻmitasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 15 “a” (keyingi oʻrinlarda — obyekt).
2. Toshkent shahar hokimiyatiga bir hafta muddatda topshirish. Davlat soliq qoʻmitasiga esa ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan obyektni belgilangan tartibda qabul qilish va uni maqsadli foydalanilishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga quyidagilarni taʼminlash yuklatilsin:
Oʻz budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qabul qilingan obyektni rekonstruksiya qilish va zarur texnik jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek tutash hududni obodonlashtirish;
qabul qilingan obyektdan Davlat soliq qoʻmitasi xodimlari uchun xizmat turar-joyi sifatida foydalanish va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun zarur yashash sharoitlarini yaratish.
4. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyuldagi “Toshkent shahri aholisining turar-joy- kommunal sharoitlarini yanada yaxshilash choralari toʻgʻrisida”gi 209-son qarorining 1-ilova 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 24-dekabr,
338-son