Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.04.1997 yildagi 185-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yilning II choragida naqd pul emissiyasi darajasi ko‘rsatkichlari va kassa rejasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul muomalasini mustahkamlash va naqd pullarning aylanishini tezlashtirish, shuningdek barcha darajalardagi rahbarlar va mansabdor shaxslarning mamlakat mintaqalarida naqd pul muomalasining ahvoli uchun mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda 1997-yilning II choragida naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasi prognozlariga va kassa rejasiga 1-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari naqd pul mablag‘lari emissiyasi darajasi prognozlari va kassa rejalari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, “O‘zmaishiyxizmatuyushma”, “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi, Aloqa vazirligi, Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa vazirliklar va idoralar hokimliklar bilan birgalikda bozorni zarur xalq iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish va xizmatlar sohasini kengaytirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlari mazkur bandning amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ustav faoliyatida aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirish nazarda tutilgan korxonalarni nazorat-kassa apparatlari mavjud bo‘lgan va ular korxona joylashgan joydagi soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirdagina davlat ro‘yxatidan o‘tkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatishda kvitansiyalar to‘ldiradigan, chiptalar, talonlar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar beradigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va jismoniy shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllaridan majburiy tartibda foydalansinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi nazorat-kassa apparatlarini qo‘llamasdan tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish hamda tasdiqlangan shakldagi kvitansiyalar yoki boshqa hujjatlar berish bilan bog‘liq savdo qoidalari buzilgan hollarda sotuvchi bilan birgalikda tegishli tashkilotning rahbarini ham qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F. M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185-son