O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklaridan kompyuterlar va ularning jihozlarining Xalq bankiga o‘tkazilishi to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xalq banki bo‘limlarini ko‘p tarmoqli bankka aylantirish, joylarda aholiga qulay bank xizmati turlarini ko‘paytirish va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari o‘z ehtiyojlaridan ortiqcha bo‘lgan kompyuterlari va ularning jihozlarini o‘z balanslaridan Xalq banki balansiga bepul o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari kompyuterlari va ularning jihozlarini o‘z balanslaridan Xalq banki balansiga bir oy muddatda belgilangan tartibda ilovadagi ro‘yxat bo‘yicha bepul o‘tkazishni ta’minlasinlar.
3. Tijorat banklarining bepul berilgan kompyuterlari va ularning jihozlarining balansi qoldiq qiymatini o‘z xarajatlari hisobidan qoplashga ruxsat berilsin va bu xarajat soliq to‘lanadigan bazani aniqlashda hisobga olinsin.
4. Bepul olingan kompyuterlar va ularning jihozlarining qiymati Xalq bankida soliq obyekti bo‘lib hisoblanmasin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-may,
234-son
Banklar tomonidan Xalq bankiga beriladigan kompyuterlar va boshqa jihozlar
RO‘YXATI
| | Markaziy bank | O‘zmilliy bank | Paxta bank | O‘zsanoat qurilish bank |
O‘ztadbirkor bank | O‘zsavdogar bank | G‘alla bank | Turon bank |
Jami |
| Tizimli bloklar shu jumladan: |
105 | 48 | 25 | 101 | 59 | 2 | 3 | 17 | 360 |
| RS 286 | 49 | 48 | 15 | 101 | 4 | — | 1 | 13 | 231 |
| RS 386 | 46 | — | 10 | — | 55 | — | 2 | 4 | 117 |
| RS 486 SX-25/4 |
10 | — | — | — | — | 2 | — | — | 12 |
| Monitor | 105 | 48 | 25 | 101 | 59 | 2 | 3 | 17 | 360 |
| Klaviatura | 105 | 48 | 25 | 101 | 59 | 2 | 3 | 17 | 360 |
| MOUSE | 38 | — | — | — | — | 2 | — | — | 40 |
| Printer | 105 | 21 | 25 | 84 | 59 | 2 | 3 | 15 | 314 |