Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.11.2010 yildagi 272-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻqon va Namangan shaharlarida qurilgan dehqon bozorlari, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlaridan maqsadli va samarali foydalanish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fargʻona va Qoʻqon shaharlarini 2008 — 2012-yillarda rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 5-maydagi PQ-860-son hamda “Namangan shahrini 2009 — 2012-yillarda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi toʻgʻrisida” 2009-yil 6-avgustdagi PQ-1170-son qarorlariga asosan Qoʻqon va Namangan shaharlarida qurilgan dehqon bozorlari, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlaridan maqsadli va samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. OAT “Aloqabank”ning 8 533,5 mln soʻm miqdordagi oʻz mablagʻlari hisobiga Qoʻqon shahrida “Dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatining bino va inshootlari hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi qoshidagi qurilayotgan obyektlar direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tomonidan 9 168,3 mln soʻm miqdordagi bank krediti hisobiga Namangan shahrida “Yashil dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatining bino va inshootlari tasdiqlangan Bosh rejaga binoan qurib bitkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, OAT “Aloqabank” va Direksiyaning Qoʻqon shahridagi “Dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati hududida qurilgan 1 380,0 mln soʻm qiymatdagi hamda Namangan shahridagi “Yashil dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati hududida qurilgan 1 199,6 mln soʻm qiymatdagi mulklar — pavilonlar va muhandislik kommunikatsiya obyektlarni keyinchalik mazkur bozorlar ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritish uchun tegishli ravishda Qoʻqon va Namangan shahar hokimliklari balansiga bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, OAT “Aloqabank” hamda Direksiya mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatilgan mulklarni belgilangan tartibda topshirilishini, Qoʻqon va Namangan shahar hokimliklari ushbu mulklarni oʻz balansiga qabul qilib olinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻqon shahridagi “Dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatining va Namangan shahridagi “Yashil dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatining hududlaridagi OAT “Aloqabank” va Direksiya balansidagi mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatilgan mulklardan tashqari savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan jismoniy va yuridik shaxslarga sotishga yoki lizingga berishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatilgan mulklarni qurish bilan bogʻliq xarajatlar Qoʻqon shahar “Dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati va Namangan shahar “Yashil dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati hududlaridagi OAT “Aloqabank” va Direksiya balansidagi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari qiymatiga qoʻshib hisoblashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Fargʻona viloyati va Namangan viloyati hokimliklari Qoʻqon shahridagi “Dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati va Namangan shahridagi “Yashil dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda bozorlar atrofidagi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlaridan maqsadli va samarali foydalanish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, bozor, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida pul oqimlarini toʻliq hisobga olinishini taʼminlash boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272-son