Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.11.2008 yildagi 251-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shisha idishlar ishlab chiqarish zavodi qurilishini tugallash va foydalanishga topshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon standartlariga javob beradigan shisha idishlar ishlab chiqarishni ta’minlash, mana shu asosda raqobatbardoshli meva-sabzavot va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, tarmoqning eksport salohiyatini kengaytirish, shuningdek shisha idishlar zavodi qurilishini tugallash va foydalanishga topshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zvinosanoat-xolding” XKning “Asl Oyna” OAJ (Toshkent shahri) ustav fondining 80 foizi miqdoridagi o‘ziga tegishli aksiyalarini xaridor tomonidan quyidagilar bo‘yicha investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan “Mehnat” (Toshkent viloyati) agrofirmasi MChJga nominal qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga* muvofiq jadvalga binoan shisha idishlar zavodi qurilishini tugallash va uni 2009-yil avgust oyida foydalanishga topshirish uchun 6,8 mlrd so‘m mablag‘ni investitsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilga borib sifatli shisha idish ishlab chiqarish hajmini bir yilda 124,6 mln shisha idishga, tayyor mahsulot eksportini — ishlab chiqarish hajmining 50 foizigacha yetkazish va 190 ta ish o‘rni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 3-ilovalarga* muvofiq jadvallarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti va “O‘zvinosanoat-xolding” XKning qarzi qaytarilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asl Oyna” OAJning 21,9 mln yevro summasidagi kredit bo‘yicha va 2,95 mln yevro summasidagi hisoblangan foizlar bo‘yicha majburiyatlarini 10 yil muddatga restrukturizatsiya qilsin, kredit restrukturizatsiya qilingan paytda hosil bo‘lgan muddati o‘tkazib yuborilgan asosiy qarzga foizlar hisoblanmaydigan 3 yillik imtiyozli davr ham shu jumlaga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy bankka bo‘lajak to‘lovlarning yetishmayotgan qismi bo‘yicha shakllangan zaxira hisobiga haq to‘lanishini ta’minlasin, keyinchalik ular 2-ilovaga* muvofiq jadvalga binoan “Mehnat” agrofirmasi MChJ tomonidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, “Mehnat” agrofirmasi MChJ uchun “Asl Oyna” OAJdan sotib olinadigan aksiyalarga mulkchilik huquqi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shisha idishlar zavodi uchun investitsiyalar kiritilgandan, 1-ilovadagi jadvalga muvofiq uni qurish hamda sanoat yo‘li bilan ishga tushirish amalga oshirilgandan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti bo‘yicha barcha to‘lovlar 2-ilovaga muvofiq to‘langandan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zvinosanoat-xolding” Xolding kompaniyasining qarzi 3-ilovaga muvofiq uzilgandan keyin boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 20-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251-son