Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.07.2010 yildagi 152-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va mikromoliyalashtirishni rivojlantirish. 2-faza” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ularni kreditlashni kengaytirish hisobiga jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mikromoliyalashtirishni yanada rag‘batlantirish, shuningdek tijorat banklarining kredit resurslarini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashi 2010-yil 21-aprelda O‘zbekiston Respublikasiga “Kichik va mikromoliyalashtirishni rivojlantirish. 2-faza” loyihasini amalga oshirish uchun qaytarish muddati 20 yil, shu jumladan imtiyozli davri besh yil bo‘lgan 50 mln AQSh dollari miqdorida qarz berish, shuningdek loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklari, mikromoliyalashtirish tashkilotlari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining salohiyatini oshirishga texnikaviy ko‘maklashish maqsadida 600 ming AQSh dollari miqdorida grant berishni ma’qullaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi Qarz bitimi, shuningdek Osiyo taraqqiyot banki bilan loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari — “Agrobank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki, “Xamkor bank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki va “Ipak yo‘li” ochiq aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki o‘rtasidagi loyiha bitimlari 2010-yil 1-mayda imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan loyiha amalga oshirilishi hamda loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari faoliyati muvofiqlashtirilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklari loyihaning tegishli komponentlarini amalga oshirish bo‘yicha agentlar, Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablag‘lari va grantidan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul hisoblanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablag‘lari tijorat banklari tomonidan keyinchalik xorijiy va milliy valyutada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek mikromoliyalashtirish tashkilotlariga kreditlar (subqarzlar) berish uchun loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklariga qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlar asosida qayta moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qaytarish, shuningdek qarz bo‘yicha foizlar va vositachilik haqi to‘lash loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari bir qarz oluvchiga 20 ming AQSh dollari miqdorida yoki O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi ekvivalentda kreditlar (subqarzlar) beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatib o‘tilgan loyiha doirasida jalb qilingan subqarzlar hisobiga mikromoliyalashtirish tashkilotlari tomonidan beriladigan mikrokreditlar va mikroqarzlar ekvivalentda 1 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklariga Osiyo taraqqiyot bankining qarzini berish jadvali 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qaytarish hamda qarz bo‘yicha foizlar va vositachilik haqi to‘lash jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi 1-ilovaga muvofiq tijorat banklari bilan qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlarni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi qarz bitimi, O‘zbekiston Respublikasi bilan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari o‘rtasidagi qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlar yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152-son