Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.10.2004 yildagi 480-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy gaz eksporti hajmlarini ko‘paytirish va gaz uzatish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shimoliy yo‘nalishda O‘zbekiston tabiiy gazi eksporti hajmlarini ko‘paytirish va respublika gaz uzatish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, quvurlari diametri 1220 mm bo‘lgan ikkinchi tarmoqni qurish yo‘li bilan “0 — 66 km” uchastkasida “Gazli-Nukus” gaz quvurini kengaytirish ishlarini bajarishning qisqa muddatlarini hisobga olgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan ish chizmalariga muvofiq gaz quvurini ayni bir vaqtda loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish hamda loyihani amalda bajarilgan ishlar bo‘yicha moliyalashtirish amalga oshirildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi — bosh buyurtmachi, “ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi — bosh pudratchi va “O‘zLITIneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh loyihachi etib belgilandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni foydalanishga tayyor qilib topshirgan holda qurishni moliyalashtirish “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining o‘z valyuta mablag‘lari hisobiga amalga oshirildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt qurilishi uchun moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish “ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi tomonidan ilovaga* muvofiq amalga oshirildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi va “ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan 2004-yil 25-maydagi 174/17-2004-son kontraktga muvofiq obyektni qurish qiymati 50 529,2 ming AQSh dollarini, shu jumladan qurilish-montaj ishlari qiymati — 10 334,6 ming AQSh dollarini tashkil qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ztransgaz” kompaniyasi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kontraktni amalga oshirish doirasida import qilingan ilovaga muvofiq tovar-moddiy boyliklar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari), shuningdek “ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi “0 — 66 km” uchastkasida “Gazli-Nukus” gaz quvurining ikkinchi tarmog‘ini qurishda amalga oshirilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlari bo‘yicha to‘lov manbalarida daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ZEROMAX L.L.C.” (AQSh) kompaniyasi tomonidan jalb etilgan subpudratchilar funksiyasini bajarishgan “Neftgazmontaj” qo‘shma korxonasi va “Janubiygazqurilish” ochiq aksiyadorlik jamiyati “0 — 66 km” uchastkasida “Gazli-Nukus” gaz quvurining ikkinchi tarmog‘ini qurishda amalga oshirilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 13-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
480-son