O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 26-martdagi PQ-1731-son qarori)
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-sonli “Davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 26-martdagi PQ-1731-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-noyabr,
307-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-noyabrdagi 307-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomning 6-bandiga “so‘mlarda” so‘zidan keyin “xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, xorijiy davlatlar Hukumatlari, boshqa norezidentlar mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha xalqaro tenderlarda qatnashayotganlar bilan esa — kontraktda ko‘rsatilgan valyutada” so‘zlari qo‘shilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 46-son, 603-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)