1-ILOVA
| T/r | Tadbirlar nomi |
Tadbirlarni amalga |
Bajarish muddatlari | Sarf-xarajatlar, mln so‘m (moliyalashtirish manbalari) |
Bajarish uchun mas’ullar |
|
I. Namangan davlat universitetini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, rahbar xodimlarni va professor-o‘qituvchilar | |||||
| 1. |
Namangan davlat universitetini (keyingi o‘rinlarda Universitet deb ataladi) yuqori malakali, zamonaviy talablarga javob beradigan rahbar kadrlar va professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlash. |
1. Universitetning rahbar kadrlari va professor-o‘qituvchilar tarkibining attestatsiyasini tashkil etish va belgilangan tartibda o‘tkazish. |
2013-yil noyabr | | Attestatsiya komissiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan davlat universiteti |
|
2. Kadrlarni tanlash hamda Universitet professor-o‘qituvchilar tarkibining bo‘shaydigan lavozimlarini yosh istiqbolli mutaxassislar va respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturalarining chet tillarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bitiruvchilari bilan to‘ldirish, shuningdek kadrlar zaxirasini shakllantirish va uning tarkibini muntazam ravishda yangilash. |
2013-yil noyabr-dekabr | ||||
|
3. Universitetning rahbar xodimlari uchun ta’lim jarayonini boshqarish muammolari bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil qilish. |
Jadvalga asosan |
Oliy va o‘rta | |||
| 2. |
Respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida Universitetning professor-o‘qituvchilar tarkibi malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish, chet tillarni egallashi, ularning kompyuter savodxonligini oshirish, jumladan Internet tarmog‘idan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va metodik ta’minlash. |
1. Respublikaning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida Universitet professor-o‘qituvchilari tarkibining malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tishining har yilgi aniq rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
noyabr (har yili) |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan davlat universiteti, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalar | |
|
2. Fakultet va kafedralarning ilmiy kengashlarida professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va stajirovka natijalari bo‘yicha muntazam ravishda hisobot-taqdimotlari (prezentatsiyalari)ni o‘tkazib borish, ilg‘or tajribani keng ommalashtirish. |
2013-2014 o‘quv yilidan boshlab muntazam ravishda, jadvalga asosan |
Oliy va o‘rta maxsus | |||
|
3.Respublika markaziy oliy ta’lim muassasalarining yetakchi mutaxassislari, shuningdek xorijiy mutaxassislar ishtirokida muntazam ravishda videoleksiyalar tashkil etish. |
2013-2014 o‘quv yilidan boshlab | ||||
|
4. Toshkent axborot texnologiyalari universitetida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha trenerlar tayyorlash hamda ularning rahbarligida Universitet o‘qituvchilari uchun kurslar o‘tkazilishini ta’minlash. |
2013-yil noyabr — 2014-yil aprel | ||||
|
5. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida amaliy ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha trenerlar tayyorlash hamda universitet o‘qituvchilari uchun ikki bosqichli o‘quv kurslari tashkil etish. |
2013-yil noyabr — 2014-yil aprel | ||||
|
6. Professor-o‘qituvchilar o‘rtasida amaliy chet tili, kompyuter savodxonligi va Internet tarmog‘idan foydalanish bilimlari darajasini aniqlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish. |
2014-yil, iyun |
Namangan | |||
|
7. Xalqaro yetakchi oliy ta’lim muassasalarida (Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti) va xalqaro shartnomalar va memorandumlar, KOICA, MTCP, ITEC, Erasmus Mundus, Tempus, SIU, ISTIC-UNESCO, DAAD dasturlari doirasida xorijiy oliy ta’lim muassasalarida (Buyuk Britaniya, Yaponiya, Singapur va Janubiy Koreya) Universitetning 26 nafar professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2013 — 2015-yillar |
Xalqaro grantlar mablag‘lari |
Namangan davlat universiteti, sherik tashkilotlar | ||
|
II. O‘quv jarayonini tashkil etish va takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajriba asosida zamonaviy ta’lim va | |||||
| 3. |
Ta’lim jarayonining sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, respublikaning yetakchi va xalqaro oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy tajribalar hamda erishilgan yutuqlarni o‘rganish asosida o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish. |
1. Xorijiy va respublikadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida, shu jumladan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida kadrlar tayyorlashning normativ-huquqiy bazasini o‘rganish, o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda tegishli takliflar tayyorlash. |
2013-yil noyabr — 2014-yil iyun | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, xalqaro oliy ta’lim muassasalari, Namangan davlat universiteti | |
|
2. Respublikaning bazaviy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda, amaldagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va dasturlarining mazmunini takomillashtirish, laboratoriya-amaliyot mashg‘ulotlari uchun ajratiladigan soatlar sonini ko‘paytirish. |
2014-yil avgustdan boshlab bosqichma-bosqich |
Oliy va o‘rta maxsus | |||
|
3. Respublika oliy ta’lim va ilmiy muassasalarining yetakchi olimlari, professorlari va o‘qituvchilarini jalb etgan holda doimiy ravishda leksiyalar (videoleksiyalar) turkumlarini tashkil etish. |
Tadbirlar jadvali bo‘yicha |
Oliy va o‘rta maxsus | |||
| 4. |
Multimediy dasturlari o‘qitiladigan kompyuter dasturlari vositalarini joriy etish hisobiga o‘qitish metodlari va texnologiyalarini takomillashtirish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni ta’minlash. |
1. Universitet fanlari bo‘yicha multimediy dasturlari o‘qitiladigan kompyuter dasturlari vositalarini qo‘llagan holda o‘qitishning zamonaviy metodlari va texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha chor�-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirish, universitetning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha kompyuter dasturlari vositalari bazasini shakllantirish. |
2014-yil yanvar | |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
|
2. Barcha fanlar bo‘yicha o‘qitishning interfaol usullarini (keys-stadi, loyiha prezentatsiyalari, guruhlarga bo‘linib komanda usulida ishlash va h. k.) qo‘llagan holda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishni metodik ta’minlash. |
2014-yil yanvar | ||||
| 5. |
Universitet kafedralarining o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-uslubiy faoliyatini ta’lim yo‘nalishlari va fanlariga muvofiq tashkil etishni takomillashtirish, o‘quv jarayonini tizimli ravishda nazorat va monitoring qilinishini tashkil etish. |
1. Kadrlar tayyorlashning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga muvofiq kafedralarning o‘qitiladigan fanlari ro‘yxatini tahlil qilish va maqbullashtirish, ularni 2014-2015 o‘quv yilida joriy etish. |
2013-yil | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan davlat universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti | |
|
2. Ixtisoslashtirilgan kafedralarning professor-o‘qituvchilar tarkibi malakasining muvofiqligini baholashni muntazam ravishda ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, o‘quv rejalari va fanlar dasturlarini yangilash, talabalar bilim darajasini test sinovidan o‘tkazish, ularning natijalarini har bir semestr yakunlari bo‘yicha Universitet kengashida tanqidiy ko‘rib chiqish. |
doimiy ravishda, noyabr | ||||
|
3. Universitet ixtisoslashtirilgan kafedralarining O‘zbekiston milliy universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining tegishli kafedralari hamda respublikaning boshqa yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini doimiy asosda yo‘lga qo‘yish. |
2013-yil noyabr | ||||
|
4. O‘quv mashg‘ulotlari ustidan tizimli nazorat rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shu jumladan talabalarning bilim darajasini tanlov asosida testdan o‘tkazish. |
2013-2014 o‘quv yilidan boshlab | ||||
| 6. |
O‘quv-metodik majmualarni takomillashtirish va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlikni oshirish. |
1. Tegishli fanlar bo‘yicha o‘quv-metodik majmualarni yanada takomillashtirish bo‘yicha mualliflar jamoasini shakllantirish va ular bilan axborot-resurs markazini ta’minlash. |
2013-yil noyabr |
|
Oliy va o‘rta maxsus |
|
2. Universitetning axborot-resurs markazini bazaviy oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda zarur o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2014-yil I chorak | ||||
|
3. O‘quv adabiyotlari va o‘quv-metodik majmualarning elektron bazasini shakllantirish va axborot-resurs bazasidan erkin foydalanishni ta’minlash. |
2014-2015-yillar | ||||
| 7. |
Universitetning ichki korporativ tarmog‘i asosida yagona integratsiyalashgan axborot muhitini shakllantirish hamda uzluksiz axborot almashinuvi uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘quv jarayonini audiovizual texnologiyalarning zamonaviy vositalari bilan ta’minlash hamda professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayonida elektron o‘quv materiallaridan foydalanish. |
1. O‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Universitetning infratuzilmasini rivojlantirish va multimediy dasturlari o‘qitiladigan kompyuter dasturlari vositalarini keng joriy qilish uchun shart-sharoitlar (kompyuter sinflari, multimediy vositalari, tarmoq texnologiyalari va boshqalarni) yaratish. |
2014-yil sentabr | |
Oliy va o‘rta maxsus |
|
2. Yagona integratsiyalashgan axborot muhitini shakllantirish, elektron formatda o‘quv-uslubiy, ilmiy, ta’lim resurslari bazasini yaratish. |
2014-yil dekabr | ||||
|
3. Axborot muhitlari resurslaridan, shu jumladan Wi-Fi texnologiyasi yordamidan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish. |
2014-yil dekabr | ||||
| 8. |
Ta’lim, ilmiy muassasalar bazasida, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil etish samaradorligini oshirish. |
1. Talabalarning malakaviy amaliyot o‘tashi tashkil etiladigan tashkilotlar va korxonalar ro‘yxatini Universitet hamda Namangan viloyati hokimligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlash. |
2013-yil noyabr | |
Namangan viloyati |
|
2. Malakaviy amaliyotni samarali tashkil etish bo‘yicha takliflarni tahlil qilish va ishlab chiqish. |
2013-yil noyabr | ||||
|
3. Doimiy sherik bo‘lgan ta’lim, ilmiy muassasalar bazasida, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida ixtisoslashgan kafedralar filiallarini tashkil etish. |
2013-2014 o‘quv yili | ||||
|
4. Talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil etish bo‘yicha reja-jadvalni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2013-2014 o‘quv yilidan boshlab | ||||
| 9. |
Universitetning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan o‘zaro aloqasini takomillashtirish. |
1. Universitet huzuridagi 2 ta akademik litseyda kafedralar filiallari faoliyatini tashkil etish. |
2014-yil sentabr |
Namangan davlat | |
|
2. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quv jarayoniga Universitetning professor-o‘qituvchilar tarkibini jalb etish. |
2014-yil sentabr | ||||
|
3. Universitet huzuridagi akademik litseylarda va hamkorlik qiladigan kasb-hunar kollejlarida talabalarning pedagogik amaliyotini tashkil etish. |
O‘quv jarayoni jadvali bo‘yicha | ||||
|
4. Universitet kafedralarining ilmiy faoliyatiga akademik litseylar va hamkorlik qiladigan kasb-hunar kollejlari pedagoglarini jalb etish. O‘quv-uslubiy, ilmiy materiallarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik ishlarini tashkil etish. |
Doimo | ||||
| 10. |
O‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va kompaniyalar mutaxassislarini jalb qilish. |
Qisqa muddatli dars berish uchun Piza Universiteti (Italiya), Vestminister universiteti (Buyuk Britaniya), Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur), Bredford universiteti (Buyuk Britaniya), Nagoya universiteti (Yaponiya)dan xorijiy mutaxassislar va o‘qituvchilarni, shuningdek respublikaning xalqaro oliy ta’lim muassasalaridan yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish. |
2013 — 2015-yillar | Xalqaro grantlar mablag‘lari hisobiga |
Oliy va o‘rta maxsus |
| 11. |
Universitet bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, potensial ish beruvchilar va mintaqaning iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari bilan korporativ hamkorlikni kengaytirish. |
1. Universitetning potensial ish beruvchilar va mintaqaning iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari bilan korporativ hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2013-yil noyabr | |
Namangan viloyati hokimligi, Namangan davlat universiteti, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
|
2. Universitetda ish beruvchilar (korxonalar, tashkilotlar va muassasalar) bilan birgalikda hududiy bandlikka ko‘maklashish markazlari, potensial ish beruvchilar va mintaqaning iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining bevosita ishtirokida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha samarali qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirlar (Bitiruvchilar kuni, Yutuqlar kuni, Yosh mutaxassis kuni, Bo‘sh o‘rinlar yarmarkasi) tashkil etish va o‘tkazish. |
2013-2014 o‘quv yilidan boshlab | ||||
|
3. Talabalarning malakaviy amaliyotlarini kelgusida bitiruvchilarning ish bilan bandligini ta’minlaydigan korxonalarda o‘tkazishni tashkil etish, bitiruv malakaviy ish va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bazasini ish beruvchilarning buyurtmalari yoxud ulardagi ishlab chiqarish-texnologik muammolarni o‘rganish natijalari bo‘yicha takliflari asosida shakllantirish. |
2014-yil aprel-may, o‘quv jarayoni rejasiga muvofiq | ||||
|
4. 2-kursdan boshlab talabalar o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini tegishli ish beruvchi tashkilotlar va muassasalar bazasida o‘tkazilishini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish. |
2013-2014 o‘quv yilidan boshlab | ||||
|
III. Universitetning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, zarur yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, | |||||
| 12. |
Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, respublika muassasalari, tashkilotlari va yetakchi xorijiy mamlakatlarning ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. |
1. Universitet bazasida ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini (“Biotexnologiya”, “Fizik-kimyoviy tadqiqotlar”) tashkil etish, shuningdek yetakchi ekspertlarni jalb qilgan holda ularni zamonaviy asbob-uskunalar va priborlar bilan jihozlash. |
2013 — 2015-yillar | Xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar mablag‘lari va grantlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Namangan davlat universiteti, yetakchi oliy ta’lim muassasalari, tegishli tashkilotlar |
|
2. Tegishli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida yuqorida sanab o‘tilgan laboratoriyalarning yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirishni tashkil etish. |
2013-2014 o‘quv yilidan boshlab, jadval asosida | ||||
|
3. O‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar asosida respublikadagi ilmiy-ishlab chiqarish muassasalari hamda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ilmiy markazlari bilan hamkorlikni tashkil etish. |
2014-2015-yillar |
Namangan | |||
|
4. Davlat ilmiy-texnika dasturlari, xorijiy grantlar, mintaqaviy korxonalar buyurtmalari bo‘yicha xo‘jalik shartnomalari hamda ularda o‘qituvchilarning ishtiroki darajasini o‘rtacha 2 baravarga ko‘paytirish doirasida ilmiy loyihalarni va tadqiqotlarni bajarishga professor-pedagog kadrlarni, iqtidorli talabalarni keng jalb etish. |
| ||||
| 13. |
Mintaqaning iqtisodiyot tarmoqlari haqiqiy ehtiyojlarini o‘rganish asosida ilmiy-tadqiqot ishlari mavzularini kengaytirish. |
1. “Namanganmash” OAJ, “Nestle” OAJ, “Namanganvino” OAJ, “Karbonam” MChJ va boshqa korxonalar takliflarini hisobga olgan holda mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish bo‘yicha tadqiqotlarni kelgusida olib borish uchun ushbu muammolar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot mavzularining ma’lumotlar bazasini yaratish. |
2013-yil noyabr-dekabr | Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari va xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, Namangan davlat universiteti |
|
2. Yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda yosh olimlar va tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va stajirovka o‘tashi uchun chet el grantlarini jalb etish. |
har yili | ||||
|
14. |
Universitetning magistrlari va katta ilmiy xodimlari-izlanuvchilarini maqsadli tayyorlash dasturini amalga oshirish. |
1. Magistratura talabalari va katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar tomonidan yakka tartibdagi ish rejasiga asosan tadqiqot ishlarini o‘z vaqtida bajarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. |
2013-2014 o‘quv yilidan boshlab jadval asosida |
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari |
Oliy va o‘rta maxsus |
|
2. Magistratura talabalari va katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar uchun, taniqli olimlarni jalb etgan holda, seminarlar va maqsadli kurslar tashkil etish. |
2013-2014 o‘quv yilidan boshlab |
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | |||
|
3. Ixtisoslashgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida magistratura talabalarining ilmiy faoliyatini tashkil etish. |
2013-2014 o‘quv yilidan boshlab |
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari | |||
|
4. Respublikaning yetakchi markaziy oliy ta’lim muassasalarida — O‘zbekiston milliy universitetida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida, shuningdek Fanlar akademiyasining soha ilmiy-tadqiqot institutlarida 16 nafar magistrlar, 2 nafar katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar tayyorlash. Bu 2016-yilga borib, hozirgi vaqtda universitetda ta’lim olayotgan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarni hisobga olgan holda, ilmiy darajalilarni 41 foizdan 45 foizgacha ko‘paytirish imkonini beradi. |
2014 — 2016-yillar | ||||
| IV. Ma’naviy-ma’rifiy va sport-tarbiyaviy ishlar hamda talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish tizimi sifatini ta’minlash | |||||
| 15. |
Ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarning shakl va usullarini yanada takomillashtirish. |
1. Universitet negizida “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari, shakllari, usullari va vositalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish. |
2014-yil may | 4,0 Budjet mablag‘i hisobiga |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Namangan davlat universiteti, “Kamolot” YOIH viloyat bo‘limi, “Mahalla” fondi |
|
2. Talabalar barcha kontingentini qamrab olgan holda “Axborot guruhi”, “Notiqlar”, “Munozara” muloqot klublari va “Ibn Sino” salomatlik ma’rifat maskani faoliyatini tashkil etish. |
2013-2014 o‘quv yilida, maxsus reja asosida |
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga | |||
|
3. Talabalar uchun “Vatanparvarlik o‘lka tarixini o‘rganishdan boshlanadi” (tarixiy joylarga), “Ajdodlar xotirasi yodimizda” (muqaddas qadamjolarga), “O‘zbekiston — jannatmakon diyor” (teatr, muzeylar va ko‘rgazmalarga), “Bunyodkorlik yo‘lida” (mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlarga) kabi mavzularda sayohatlar uyushtirish. |
“Ma’naviyat kuni” tadbirlari doirasida (har oyda bir marta) | ||||
|
4. Talabalar o‘rtasida “Yosh ijodkorlar ijodida vatanparvarlik talqini” mavzusida ijodiy ishlar, “O‘zbekiston — umumiy uyimiz” mavzusida referatlar tanlovlarini o‘tkazish. | |||||
| 16. |
“Umumiy va pedagogik madaniyat — jamoada sog‘lom muhit garovi” mavzusida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Talabalar, ota-onalar, ustoz-murabbiylar, davlat hamda jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda “Ma’naviyat kuni”, “Ochiq eshiklar kuni”, “Ota-onalar kuni”, “Birinchi kurs talabasi maktabi” tadbirlarini o‘tkazish. |
2013 — 2015-yillarda, maxsus reja asosida | Namangan davlat universiteti, Namangan viloyati hokimligi, “Mahalla” fondi | |
|
2. Talabalar o‘rtasida muntazam ravishda ta’lim-tarbiya jarayonining darajasi va sifati haqida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, ular natijalari asosida tadbirlar ishlab chiqish. | |||||
|
3. “Oliy ta’lim muassasalarida odob-axloq qoidalari”ning mazmun-mohiyati haqida talabalar o‘rtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | |||||
|
4. “O‘quv dargohimizni ma’naviyat va ma’rifat maskaniga aylantirishda mening hissam” shiori ostida Universitet hududida “Tozalik va obodonlashtirish oyligi”ni tashkil etish. | |||||
| 17. |
Jamiyatning barqaror taraqqiyotiga zid bo‘lgan turli yot g‘oyalar, mafkuraviy va ma’naviy tahdidlar tarqalishining oldini olishga doir ishlar sifatini oshirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni va mustaqil O‘zbekistonning yutuqlarini aholi o‘rtasida targ‘ib qilish. |
1. Talabalarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini oshirish tadbirlarini o‘tkazish. | 2013-yil noyabr | Namangan viloyati hokimligi, Namangan davlat universiteti (ichki ishlar boshqarmasi, prokuratura va sud organlari bilan birgalikda) Namangan davlat universiteti, “Mahalla” fondi, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Kamolot” YOIH | |
| 2. “Mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlik — jamiyatimizning barqaror taraqqiyoti garovidir” mavzusida har bir akademik guruhda ochiq muloqot o‘tkazish. | 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab | ||||
|
3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida universitetning professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan jamiyatimizda erishilayotgan yutuqlarni yoritishga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etish. |
2014-yil may | ||||
|
4. “Oila — mahalla — oliy ta’lim muassasasi” mavzusini aholi o‘rtasida targ‘ibot qilish uchun viloyatning 11 ta tumanida tadbirlarni amalga oshirish. |
2014-yil yanvar — sentabr | ||||
|
5. Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, ta’lim olayotgan yoshlardan iborat “Yosh posbonlar” guruhlarini shakllantirish va ularning 82 ta “Mahalla posboni” tuzilmasi bilan hamkorlik qilish qo‘shma rejasini ishlab chiqish. |
2013-2014 o‘quv yili mobaynida | ||||
| 18. |
Jismoniy tarbiya va sport targ‘iboti orqali yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish, universitet talaba yoshlari orasidan qizlarni sport bilan shug‘ullanishga jalb etish tadbirlarini amalga oshirish. |
1. Universitet talabalari uchun inson salomatligini asrashga oid milliy qadriyatlar va an’analarni, milliy sportni aks ettiruvchi “Sog‘lom turmush tarzi va jismoniy tarbiya” mavzusida bukletlar chiqarish. |
2013-yil | 2,5 Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga |
Viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Namangan davlat universiteti |
|
2. Mashhur sportchilar, “Talabalar universiadasi” sport musobaqalari sovrindorlari, sportni rivojlantirish sohasidagi xizmat ko‘rsatgan arboblar bilan talabalar uchrashuvini tashkil qilish. |
“Ma’naviyat kuni” tadbirlari doirasida (har oyda bir marta) | ||||
|
3. Qizlar uchun 13 ta sport seksiyasi-to‘garaklarida ishlash uchun malakali ayol trenerlarni jalb etish. |
2013-yil noyabr |
5,0 | |||
|
4. Talaba-sportchi qizlar o‘rtasida sport musobaqalari, marafonlar va festivallar tashkil etish va o‘tkazish. |
2014-yil mart |
Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga | |||
| 19. |
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning metodik ta’minotini mustahkamlash. |
1. Universitetni ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishli metodik materiallar, ko‘rgazmali vositalar va adabiyotlar bilan ta’minlash. |
2013-yil noyabr | | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan davlat universiteti, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi |
| 2. Universitet radiouzelini ishga tushirish va uni fakultetlar bilan yagona tarmoqqa ulash, Universitetning veb-saytini ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tahliliy materiallar bilan ta’minlash. | 2013-yil noyabr-dekabr | ||||
| 20. |
Universitet “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalarining faoliyat samaradorligini oshirish hamda ularni zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash. |
1. “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalarini Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar asosida jihozlash. |
2013-yil noyabr | 5,0 Universitetning budjetdan tashqari mablag‘i hisobiga |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan davlat universiteti, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi |
|
2. Xonalarning ko‘rgazmali va targ‘ibot vositalari, ilmiy va badiiy adabiyotlar, CD va DVD disklarga yozilgan filmlar bilan moddiy va metodik ta’minotini yaxshilash. |
2013-yil noyabr |
2,0 | |||
|
3. Xonalarni markaziy gazeta va jurnallarga obuna qilish, ular bilan muntazam ta’minlash, shuningdek axborot-resurs markazi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid adabiyotlar ko‘rgazmasini o‘tkazish, ularni o‘rganish monitoringini olib borish. |
2013-2014 o‘quv yili davomida muntazam ravishda |
3,0 | |||
| 21. |
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. |
1. Universitetning 6 ta ijodiy-badiiy, 24 ta kasbiy, 13 ta sport seksiyalari, klublari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularda talabalarni maksimal qamrab olish, mazkur tadbirlar bilan talaba yoshlarning qamrab olinishini 35 foizdan 60 foizgacha yetkazish. |
2013-yil dekabr | 25,0 OO‘MTV huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan davlat universiteti, “Kamolot” YOIH |
|
2. Madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun Universitet majlislar zalini zarur anjomlar bilan jihozlash va ta’minlash. |
2013-yil dekabr | ||||
|
3. “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi ko‘magida “Fotosuratlar muzeyi” tashkil etish, ijodkor talaba yoshlar uchun — “Kelajak press”, til o‘rganish bo‘yicha — “Kelajak Lingvo” klubi faoliyatini takomillashtirish. |
2013-yil dekabr | ||||
|
4. Talaba yoshlarning intilishlari, izlanishlari va tashabbuslarini, “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” tamoyilini ro‘yobga chiqarishda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning energiyasiga, bilimlariga va salohiyatiga tayangan holda “Kamolot” YOIH turli yoshlar tadbirlarini o‘tkazish. |
2013-2014 o‘quv yili | ||||
|
5. Talabalarning yozgi ta’tillari davrida fanlardan qo‘shimcha konsultatsiyalar o‘tkazish, xorijiy tillarni o‘rganish, kompyuter kurslari tashkil qilish, sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish. |
| ||||
| 22. |
Talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli va samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. |
1. Talabalar turar joylarida axborot-resurs markazi filiali va kompyuter zallari faoliyatini tashkil etish, dam olish xonasi va maishiy markazlar tashkil etish uchun joy ajratish. |
2014-yil fevral | 20,0 OO‘MTV huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan viloyati hokimligi |
|
2. Talabalar turar joylarini to‘la qamrab oluvchi Wi-Fi aloqa hududini tashkil qilish. |
2014-yil may | ||||
| V. Universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘quv auditoriyalari, laboratoriya xonalarini zamonaviy o‘qitish vositalari, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash | |||||
| 23. |
Universitetning o‘quv-laboratoriya korpuslarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash. |
1. Amalda foydalanib kelinayotgan eskirgan o‘quv laboratoriyalari uskunalarini yangilash va ta’mirlash. |
2013-yil | OO‘MTV huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi, xalqaro tashkilotlarning texnik ko‘magi, grantlar va homiylar mablag‘lari |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, Namangan davlat universiteti |
|
2. Universitetning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha jami 29 ta, shu jumladan, “Fizika” bo‘yicha — 9 ta, “Kimyo” bo‘yicha — 9 ta, “Biologiya” bo‘yicha — 3 ta, “Geografiya va ekologiya” bo‘yicha — 3 ta o‘quv laboratoriyalari tashkil etish. |
2014-yil | ||||
|
3. 9 ta xorijiy tillar kabinetlari tashkil etish, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya anjomlari, ta’limning texnik vositalari va uskunalar bilan jihozlash. |
2014-yil | ||||
|
4. O‘quv-metodik va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi elektron mahsulotlar yaratish uchun Axborot texnologiyalari markazida 2 ta multimedia studiyalarini tashkil etish. |
2014-2015-yillar |
75,0 |
Davlat aloqa qo‘mitasi | ||
|
5. Universitetning kompyuter texnikasi bilan jihozlanganlik darajasini belgilangan normativlarga (100 nafar talaba hisobiga 15 ta kompyuter) yetkazish. |
2013 — 2015-yillar |
600 |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi | ||
|
24. |
Universitetning axborot-resurs markazi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. |
1. Namangan shahar, Uychi ko‘chasi, 316-uy manzilida joylashgan 2 qavatli oshxona binosini rekonstruksiya qilish va unda Universitetning zamonaviy axborot-resurs markazini joylashtirish. |
2014-yil |
Loyiha-qidiruv |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan viloyati hokimligi |
|
2. Namangan shahar, Boburshoh ko‘chasi, 81-uy manzilida joylashgan talabalar turar joyi binosi tarkibidagi yordamchi binoni rekonstruksiya qilish va unda Universitetning zamonaviy axborot-resurs markazini va maishiy xizmat markazini joylashtirish. |
2014-yil |
Investitsiya dasturi doirasida kapital qo‘yilmalar | |||
|
25. |
Talabalar turar joylarini rekonstruksiya qilish hamda ularni zarur mebel va inventarlar bilan jihozlash. |
Namangan shahar, Boburshoh ko‘chasi, 81-uy manzilida joylashgan talabalar turar joyining 3 ta binosini rekonstruksiya qilish va zarur inventarlar bilan jihozlash. |
2014-yil |
Investitsiya dasturi doirasida kapital qo‘yilmalar |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan viloyati hokimligi |
2-ILOVA
|
Ikramov A.I. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Komissiya raisi | |
|
2. |
Xodiyev B.Y. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Komissiya raisining o‘rinbosari |
|
3. |
Boltaboyev M.R. |
— |
Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri |
|
4. |
Murodov O.B. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari |
|
5. |
Alimuxamedov B.B. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
6. |
Kuranboyev K.K. |
— |
Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari |
|
7. |
Ismailov B.M. |
— |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori |
|
8. |
Shermatov Sh.X. |
— |
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari |
|
9. |
Qo‘chqorov J.A. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari |
|
10. |
Toxirov B.B. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining boshqarma boshlig‘i |
|
11. |
Jalolov H.S. |
— |
Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari |
|
12. |
Po‘latov M.E. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining boshqarma boshlig‘i |
|
13. |
Xakimov X.I. |
— |
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori |
|
14. |
Sodiqov B.O. |
— |
Toshkent davlat texnika universitetining kadrlar bo‘limi boshlig‘i, Komissiya kotibi |