Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.01.2001 yildagi 40-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik xalqimizning XX asr so‘ngida qo‘lga kiritgan ulkan tarixiy g‘alabasi ekanini, o‘n yillik mustaqil taraqqiyot hayotimizda alohida bosqich, yangi bir davr bo‘lib qolishini nazarda tutib, qutlug‘ an’anaga aylanib qolgan eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — istiqlol ayyomini keng nishonlash yurtdoshlarimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy tafakkurini yuksaltirishda, oldimizda turgan buyuk maqsadlar sari safarbar qilishda beqiyos ahamiyat kasb etishini, istiqbol rejalarini ana shu haqiqatni chuqur anglash asosida belgilash zaruratini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston davlat mustaqilligining 10 yilligini keng nishonlash bo‘yicha dastur 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora, uyushma va jamg‘armalar mazkur dastur asosida tegishli ma’naviy madaniy, ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va o‘n kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbek milliy davlatchiligi tarixini, uning taraqqiyot bosqichlari hamda ilmiy-nazariy masalalarini o‘rganish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tarkibi 3-ilovaga binoan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar ishchi guruhining asosiy vazifasi etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy davlatchiligimizning ko‘p ming yillik tarixini, mustaqillik yillarida uning negizida tiklangan zamonaviy o‘zbek davlatchiligining o‘ziga xos taraqqiyot tamoyillari, jamiyatimizning pirovard maqsadlarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berish, buyuk ajdodlarimizning dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini, ular yaratgan falsafiy ta’limotlarni o‘rganish va zarur xulosa va saboqlar chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqillik o‘z-o‘zidan kelmaganini, ozodlik yo‘lida ota-bobolarimiz asrlar davomida kurash olib borganini milliy istiqlol g‘oyasi asosida fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar qalbida buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ilmiy-madaniy merosga vorislik va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otish, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish, jamiyatimizda turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini qaror toptirish borasidagi amaliy ishlar mazmunini keng tahlil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqlol sharofati bilan xalqimizning bunyodkorlik salohiyati tom ma’noda yuzaga chiqqanini, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida salmoqli yutuqlarga erishilganini, erkin va farovon hayot barpo etish, barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar Vatanimizning dunyo hamjamiyatidan o‘ziga munosib o‘rin egallashiga xizmat qilishini chuqur asoslab berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA), “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mustaqillikning 10 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng va muntazam ravishda yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jaliklar, jamg‘armalar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 19-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 19-yanvardagi
40-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillikning 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

H. Karomatov ‎

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, komissiya raisi‎
T. Alimov ‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi‎
A. Meliboyev ‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi‎
X. Sultonov ‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi‎
X. Jo‘rayev ‎ Madaniyat ishlari vaziri, komissiya raisi o‘rinbosari‎
K. To‘laganov ‎ Toshkent shahar hokimi, komissiya raisi o‘rinbosari‎
B. Shodiyev ‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bayram va yubiley tadbirlarini o‘tkazish direksiyasi rahbari, komissiya mas’ul kotibi‎
Sh. Abdullayev ‎ Moliya vaziri o‘rinbosar‎i
F. Abdullayev ‎ Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori‎
R. Abdullayev ‎ Kompozitorlar uyushmasi raisi‎
A. Boliyev ‎ Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi mas’ul kotibi‎
M. Bekjonov ‎ “O‘zbekbirlashuv” kompaniyasi raisi‎
E. Boqiboyev “Nuroniy” jamg‘armasi raisi‎
E. Vohidov O‘zbekiston xalq shoiri‎
A. Jabborov “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi rahbari‎
Sh. Jalilov “Mahalla” xayriya jamg‘armasi raisi
R. Jo‘rayev Xalq ta’limi vaziri‎
D. Jahongirova ‎ Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi‎
A. Islomov ‎ Mudofaa vaziri o‘rinbosari‎
Y. Ismatova ‎ “O‘zbekraqs” birlashmasi bosh direktori‎
B. Yo‘ldoshev ‎ Fanlar akademiyasi prezidenti‎
B. Yo‘ldoshev ‎ O‘zbekiston xalq artisti, rejissor‎
A. Ko‘chimov ‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi raisi‎
B. Mahsitov ‎ Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi‎
E. Mustafoyev ‎ Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari‎
M. Muhammad Do‘st ‎ O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori‎
M. Yusuf‎ O‘zbekiston xalq shoiri‎
A. Nazarov ‎ O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, kompozitor‎
F. Nazirov‎ Sog‘liqni saqlash vaziri‎
A. Oripov‎ O‘zbekiston Yozu�chilar uyushmasi raisi‎
O‘. Komilov‎ Davlat bojxona qo‘mitasi raisi‎
B. Parpiyev‎ Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari‎
K. Rasulov ‎ Respublika baynalmilal madaniyat markazi raisi‎
Sh. Minavvarov ‎ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari‎
A. Usmonov ‎ “Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalari bosh muharriri‎
Y. Usmonova ‎ O‘zbekiston xalq artisti
B. Pensov ‎ “O‘zbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi raisi o‘rinbosari‎
R. Fayzullayev ‎ “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi raisi‎
B. Xo‘jayev‎ Davlat soliq qo‘mitasi raisi‎
Y. Sharonov‎ “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi raisi‎
R. Shog‘ulomov‎ Davlat matbuot qo‘mitasi raisi‎
K. Yusupov‎ “Kamolot” jamg‘armasi raisi‎
S. G‘ulomov‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri‎
E. G‘aniyev‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri‎
B. Husanboyev‎ “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
R. Hamidov ‎ Toshkent shahar madaniyat ishlari Bosh boshqarmasi boshlig‘i, rejissor‎

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari‎‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma: tashkiliy qo‘mita tarkibiga kirgan shaxslar boshqa ishga o‘tgan taqdirda ularning o‘rniga tayinlangan shaxs tashkiliy qo‘mitaga bevosita a’zo bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 19-yanvardagi
40-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni
o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Ilmiy-nazariy, amaliy-tashkiliy ishlar‎

T/r

Tadbirning nomi‎

Mas’ul‎

Muddati‎

1.‎

“Mustaqil O‘zbekiston davlati — xalqimizning tarixiy yutug‘idir” mavzuida ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazish. Milliy davlatchiligimizning ko‘p ming yillik tarixini va istiqlol yillarida milliy davlatchiligimizni qayta tiklash jarayonini yoritish.‎

O‘zFA, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi‎

2001-yil, avgust‎

2.‎

Qadimiy yodgorligimiz — “Avesto” kitobining 2700 yilligini YUNESKO ishtirokida nishonlash.‎ O‘zFA, Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Xorazm viloyati hokimligi‎

2001-yil, oktyabr‎

3.‎

Termiz shahrining 2500 yillik to‘yini keng nishonlash.‎ O‘zFA, Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Surxondaryo viloyati hokimligi‎

2001-yil, oktyabr‎

4.‎

Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy me’moriy majmuasining ochilishi va yubiley tadbirlarini o‘tkazish. ‎ O‘zFA, Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Navoiy viloyati hokimligi‎

2001-yil, avgust‎

5.‎

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazish.‎ Vazirlar Mahkamasining Bayram va yubiley tadbirlarini o‘t�azish direksiyasi, Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎ 2001-yil, avgust‎

6.‎

Qadimiy musiqa madaniyatimiz va folklor an’analarini jahonga tanituvchi “Sharq taronalari” festivalini, shuningdek festival doirasida YUNESKO ishtirokida “O‘zbek maqomi” xalqaro anjumani o‘tkazish.‎ Madaniyat ishlari vazirligi, Bastakorlar uyushmasi, Samarqand shahar hokimligi‎ 2001-yil, avgust‎

7.‎

“XXI asr: istiqbolimiz timsollari” kitobini chop etish. Kitobda mustaqillik yillarida o‘z iste’dodi, xizmati va intilishlari bilan O‘zbekistonimiz dovrug‘ini olamga yoygan, xalqimiz sha’n-shavkati, obro‘sini yuksaltirishda, dunyoga tanitishda mehnati singan yosh iste’dodlar haqida hikoya qilinadi.‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati, mutasaddi vazirlik va idoralar, ijodiy uyushmalar, Davlat Matbuot qo‘mitasi‎ 2001-yil, iyul‎

8.‎

“Mustaqil O‘zbekistonning 10 yilligiga bag‘ishlov” mavzuida Xalqaro Toshkent ko‘rgazmasini tashkil etish. Unda o‘zbekistonlik va xorijlik rassomlarning tabiat go‘zalligiga, odamlarning ichki dunyosi va nafis tuyg‘ulariga bag‘ishlangan yorqin asarlari namoyish etiladi.‎ Badiiy akademiya, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi‎ 2001-yil, avgust‎

9.‎

Iqtidorli ijodkorlarni ro‘yobga chiqarish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi “O‘zbekiston — Vatanim manim” an’anaviy qo‘shiq bayramini o‘tkazish.‎ Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, ijodiy uyushmalar, hokimliklar‎ 2001-yil, aprel—avgust‎

10.‎

“Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy respublika ko‘rik-tanlovini yakunlash. Mustaqilligimiz bergan bebaho ne’matlarni yorqin bo‘yoqlarda teran ifoda etgan badiiy yetuk asarlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi, mualliflari munosib taqdirla�adi. Eng sara asarlar to‘planib, shu nomda kitob nashr etiladi.‎ Ommaviy axborot vositalari, “O‘zteleradio” kompaniyasi, OAVni demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi, Badiiy akademiya, “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi‎ 2001-yil, avgust‎

11.‎

“Shu aziz Vatan — barchamizniki” mavzuida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining folklor-etnografik ansambllari, hunarmandlar va xalq amaliy san’ati ustalari ishtirokida millatlar va dinlararo ahil-totuvlik sayli, qardoshlik konserti va mushoirasini o‘tkazish. Bu mavzu ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.‎ Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar, Toshkent shahar hokimligi, milliy madaniy markazlar, “Mahalla” jamg‘armasi, Ommaviy axborot vositalari‎ 2001-yil, avgust‎

12.‎

“O‘zbekiston Respublikasi” fotoalbomini chop etish. Unda istiqlol tufayli Vatanimiz, xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘zgarishlar, keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari haqida hikoya qilinadi.‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi‎ 2001-yil, iyul‎

13.‎

“O‘zbek ayolining baxtu iqboli” mavzuida ilmiy nazariy konferensiya o‘tkazish.‎ Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zFA, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Prezident devoni‎ 2001-yil, iyun‎

II. Ma’naviy-madaniy ishlar‎‎

1.

“Istiqlol ilhomlari” to‘plamini nashr etish. To‘plamda Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, tinchlik, ezgulik kabi insoniy tuyg‘ular tarannum etilgan eng sara she’rlar jamlanib, o‘quvchilarga taqdim etiladi.‎ Yozuvchilar uyushmasi, Davlat matbuot qo‘mitasi.‎ 2001-yil, avgust‎

2.‎

“Ozodlik ohanglari” audio-video dasturlarini tayyorlash. Dasturlarga san’at yulduzlari ijrosidagi ona yurt, ozodlik mavzulariga bag‘ishlangan, mumtoz va milliy estrada yo‘nalishida ijro etilgan qo‘shiqlar kiritiladi.‎ Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “O‘zbekkino” davlat aksionerlik kompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi‎ 2001-yil, iyul‎

3.‎

“Men nechun sevaman, O‘zbekistonni” ko‘rik tanlovi. Unda mamlakatimizning 7 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli ijodkorlari vatanparvarlik ruhidagi tasviriy va amaliy san’at asarlari bilan qatnashadilar. Tanlov yakuni bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etiladi.‎ Badiiy akademiya, Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar, hokimliklar‎ 2001-yil, yanvar—avgust

4.‎

“Ona Vatan, senga san’atim, senga ijodim” mavzuida san’at festivali. Festival Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilib, unda folklor-etnografik, havaskorlik jamoalarining konsertlari, tasviriy va amaliy san’at asarlarining ko‘chma ko‘rgazmalari tashkil etiladi. ‎ Badiiy akademiya, Madaniyat ishlari vazirligi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, ijodiy uyushmalar, hokimliklar‎ 2001-yil, yanvar—avgust‎

5.‎

“Istiqlol jilolari” mavzuida taniqli rangtasvir ustalari, iste’dodli yoshlarning mustaqillik yillarida yaratgan tasviriy va amaliy san’at asarlaridan iborat ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Jumladan, O‘zbekiston xalq rassomi R.Ahmedov Toshkent viloyatida, O‘zbekiston xalq rassomi R. Choriyevning Surxondaryo viloyatida, akademik Y. Tursunnazarov Farg‘ona viloyatida ko‘chma ko‘rgazmalar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazishadi.‎ O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, viloyat hokimliklari‎ 2001-yil, may—avgust‎

6.‎

“Qo‘li guldir o‘zbek ayolin” ko‘rgazmasi. Tasviriy va xalq amaliy san’atining turli yo‘nalishlarida samarali mehnat qilib kelayotgan ijodkor ayollarning eng yaxshi asarlari namoyish etiladi. Ko‘rgazma “Onalar va bolalar yili”ga bag‘ishlanadi.‎ Badiiy akademiya, Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar, Xotin-qizlar qo‘mitasi‎ 2001-yil, mart‎

7.‎

“Zargarlik san’ati” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi. Unda mamlakatimizda azaldan mashhur bo‘lgan turli zargarlik maktablarining boy va qadimiy an’analari targ‘ib etiladi, nodir zargarlik asarlarining ko‘rigi, turli davlatlardan kelgan xalq amaliy san’ati ustalarining mahorat bobidagi o‘zaro bellashuvlari o‘tkaziladi.‎ O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, ijodiy uyushmalar‎ 2001-yil, aprel‎

8.‎

“Ofarin” — yilning eng yaxshi ijodkori” respublika tanlovi. Keng jamoatchilikning fikri asosida adabiyot, san’at va jurnalistika sohasida 24 ta nominatsiya bo‘yicha yilning eng faol va iste’dodli ijodkori aniqlanib, rag‘batlantiriladi. G‘oliblar Ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi. ‎ Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “O‘zbekkino” DAK, Badiiy akademiya, Ommaviy axborot vositalari, “O‘zbeknavo”, “O‘zbekraqs”, “O‘zbekteatr” birlashmalari va ijodiy uyushmalar‎ 2001-yil, mart‎

9.‎

“Nihol” hukumat mukofotini tantanali topshirish marosimi. Mukofotga sazovor bo‘lgan iqtidorli yosh san’at yulduzlarini taqdirlash marosimi. Tanlov g‘oliblari matbuotda keng targ‘ib etiladi.‎ Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar, homiylar‎ 2001-yil, avgust‎

10.‎

“Adabiyot va san’at bayramlari” Mamlakatimizning taniqli san’at ustalari, ijodkorlari, olimlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar mehnat jamoalari, o‘quvchi yoshlar, mahalla ahllari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. ‎ O‘zFA, Madaniyat ishlari vazirligi, O‘zFA, ijodiy uyushmalar, hokimliklar, homiylar, Ommaviy axborot vositalari.‎ 2001-yil, aprel—avgust‎

11.‎

“Teatr san’ati kunlari” Teatr jamoalari viloyatlarga gastrol safarlari uyushtirib, uchrashuvlar o‘tkazadi. Jumladan, Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatri “Alisher Navoiy”, “Kunduzsiz kechalar”, “Chimildiq” spektakllarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar sahnalarida namoyish etadi. ‎ Madaniyat ishlari vazirligi “O‘zbekteatr” birlashmasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, hokimliklar‎ 2001-yil, fevral—iyul‎

12.‎

“Kitob bayrami” Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda kitobxonlarning adiblar bilan uchrashuvlari, yangi adabiy asarlarning muhokamalari, mushoiralar o‘tkaziladi. Kitob ko‘rgazmasi va savdosi tashkil etiladi. ‎ Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi, ijodiy uyushmalar, hokimliklar‎ 2001-yil, iyun—iyul‎

13.‎

“Mustaqillik odimlari” kitoblar va suratlar ko‘rgazmasi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda va xorijda O‘zbekiston to‘g‘risida chop etilgan kitoblar, fotoalbomlar, fotosuratlar, bukletlar namoyish etiladi. ‎ Madaniyat ishlari vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Respublika davlat kutubxonasi‎ 2001-yil, iyul—sentyabr‎

14.‎

“Yangi taronalar” milliy estrada qo‘shiq va kuylari tanlovi. Milliy estrada san’atini yanada rivojlantirish, targ‘ib etish, iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ijrochilar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi. Uning g‘oliblari ijodi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilib, mamlakatimiz va xorijdagi madaniy tadbirlarda qatnashish uchun jalb etiladi.‎ Madaniyat ishlari vazirligi “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, hokimliklar‎ 2001-yil, aprel—sentyabr‎

15.‎

“O‘zbekiston odamlari”, “Mustaqillik odimlari” ko‘rgazmalari. O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalarida mamlakatimiz mustaqilligining 10 yilligiga bag‘ishlangan, davlatimizning o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘li, jahon hamjamiyatidagi o‘rni va xalqaro miqyosdagi hamkorligi natijalarini namoyish etadigan ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Ularda madaniyatimiz, adabiyot va san’atimiz, fanimiz yutuqlari keng targ‘ib etiladi.‎ Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, ijodiy uyushmalar‎ 2001-yil, iyun—sentyabr‎

16.‎

“O‘zbekiston: moziy �urdonalari” ekspozitsiyasini tashkil etish. Respublika muzeylarining xazinalaridan joy bo‘lgan eng noyob osori-atiqalar birinchi bor alohida ekspozitsiya tarzida keng jamoatchilikka namoyish qilinadi. Ekspozitsiyaning kataloglari chop etilib, keng miqyosda tarqatiladi.‎ “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi‎ 2001-yil, fevral—sentyabr‎

17.‎

“Fidoyinoma”, “To‘da” badiiy filmlarini yaratish. Filmlarda ma’rifatparvar ajdodlarimizning ozodlik yo‘lida olib borgan kurashlari haqida, bugungi kunda mustaqilligimizga raxna solmoqchi bo‘lgan turli to‘dalarning kirdikorlari xususida ta’sirchan hikoya qilinadi.‎ “O‘zbekkino” davlat aksionerlik kompaniyasi‎ 2001-yil davomida‎

18.‎

“Sarhisob” hujjatli filmlar turkumi. Mustaqillikning 10 yili mobaynida jamiyatimizning turli jabhalarida erishilgan yutuqlar haqida hikoya qiluvchi “Mustaqil yurt qasidasi”, “Quyosh ketmas endi bu yurtdan”, “Farzandlari fidoyi Vatan”, “O‘zbekiston — umumiy uyimiz”, “Kelajak haqida o‘ylar” kabi hujjatli filmlar yaratiladi va kinoteatrlarda, televideniye orqali namoyish etiladi.‎ “O‘zbekkino” davlat aksionerlik kompaniyasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil‎

19.‎

Milliy davlatchilik tarixi, ma’naviy qadriyatlar, istiqlol mavzuida bolalarbop multfilmlar turkumi yaratish.‎ “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil

20.‎

“Istiqlol tongi” respublika tanlovi. Tanlov mamlakatimizning tarixan qisqa muddatda bosib o‘tgan asrlarga tatigulik yo‘li, xalqimizning go‘zal fazilatlari, davrimiz qahramonlarining ichki dunyosi va mentalitetidagi o‘ziga xos yangilanish jarayonlari yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan, milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib etishga xizmat qiladigan asarlarni saralashga va rag‘batlantirishga qaratiladi.‎ Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, “O‘zteleradio”kompaniyasi, Ommaviy axborot vositalarini demokrat�yalashtirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi‎ 2001-yil, yanvar—avgust‎

21.‎

“Ma’naviyat gulistoni” qo‘llanmasini nashr etish. Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushunchalari va tamoyillarini keng ommaga yetkazish va kishilar qalbiga singdirish maqsadida qo‘llanma Sharq adabiyotining eng mumtoz namunalari uslubida tayyorlanadi. U sodda va jozibador tilda bitilgan hikoyatlar, iqtiboslar, rangli bezaklar bilan boyitiladi.‎ Yozuvchilar uyushmasi, Davlat matbuot qo‘mitasi, Ommaviy axborot vositalarini demokratiyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi‎ 2001-yil, avgust‎

22.‎

“Zamonamiz qahramonlari” ocherklar to‘plami. To‘plamda mamlakatimizning taniqli yozuvchi va jurnalistlari qalamiga mansub bugungi kun qahramonlari, jamiyatimizdagi muhim voqealar, islohotlar odimlariga oid badiiy ocherklar jamlanib, o‘quvchilar e’tiboriga havola etiladi.‎ Yozuvchilar uyushmasi, Davlat matbuot qo‘mitasi, Ommaviy axborot vositalarini demokratiyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi‎ 2001-yil, avgust‎

23.‎

“Istiqlol yillari: milliy-diniy qadriyatlarning xalqqa qaytishi” ilmiy-amaliy konferensiyasi. Konferensiya milliy qadriyatlarimizning xalqimizga qaytarilishi, ularni asrab-avaylash va jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qildirish muammolariga bag‘ishlanadi. Konferensiya materiallari asosida ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.‎ Imom Buxoriy xalqaro jamg‘armasi‎ 2001-yil, avgust‎

24.‎

“Istiqlol taronalari” tanlovlari. Komiljon Otaniyozov, Ma’murjon Uzoqov, Hoji Abdullaziz Abdurasulov, Botir Zokirov va boshqa atoqli san’atkorlar nomidagi respublika an’anaviy tanlovlarini o‘tkazish va yosh iste’dodlarni ro‘yobga chiqarish.‎ Madaniyat ishlari vazirligi, hokimliklar, homiylar‎ Yil davomida har oyda bir yoki ikki tadbir o‘tkaziladi‎

25.‎

“Mustaqillik timsoli” sahna asarlari tanlovi. Tanlov doirasila Vatanimiz mustaqilligining 10 yilligiga �ag‘ishlab sahnalashtirilgan eng yaxshi asarlar namoyish etiladi va rag‘batlantiriladi.‎ Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar‎ 2001-yil, avgust‎

26.‎

Uch jildli “O‘zbek milliy raqs san’ati tarixi” kitobini va “Vatan madhi” fotoalbomini nashr etish. Milliy raqs san’atimizning boy tarixi, an’analari, mustaqillik yillaridagi rivoji rangli bezakli kitoblarda yorqi� aks ettiriladi va targ‘ib qilinadi.‎ Madaniyat ishlari vazirligi, ijodiy uyushmalar‎ 2001-yil, avgust‎

27.‎

“XXI asr — sog‘lom avlod asri”, “Istiqlol g‘unchalari”, “Merosimiz vorislari” bolalar ijodiy ko‘rgazmalari. Iqtidorli yoshlarning “Onalar va bolalar yiliga bag‘ishlangan ijod namunalari namoyish etiladi, ularning ustoz san’atkorlar bilan uchrashuvlari tashkil qilinadi va rangli albom chop etiladi.‎ Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, ijodiy uyushmalar‎ 2001-yil, yanvar—aprel‎

III. Ma’rifiy-tarbiyaviy ishlar‎

1.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni ro‘yobga chiqarishning birinchi bosqichi yakunlariga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish‎ O‘zFA, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi ‎ 2001-yil, sentyabr‎

2.‎

“O‘zbekiston fani: o‘tmishi, buguni va kelajagi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish ‎ O‘zFA, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi‎ 2001-yil, iyun‎

3.‎

O‘zbekiston Respublikasi o‘qituvchilari anjumani. Mustaqillik yillarida barkamol avlod tarbiyasi yo‘lida ustoz va murabbiylar mehnatiga munosib baho berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olinadi. ‎ Xalq ta’limi vazirligi‎ 2001-yil, iyun‎

4.‎

Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab, maktab o‘quvchilarining “Olimpiada umidlari” Respublika sport o‘yinlarini o‘tkazish.‎ Xal� ta’limi vazirligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, “Kamolot”‎ 2001-yil, may‎

5.‎

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining “Barkamol avlod” Respublika sport o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, “Kamolot”‎ 2001-yil, aprel—may‎

6.‎

Mustaqillikning 10 yilligiga bag‘ishlab Samarqandda kurash bo‘yicha Birinchi Osiyo chempionatini o‘tkazish.‎ Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi‎ 2001-yil, aprel‎

7.‎

“Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasi asosida o‘quv dasturlari, darsliklar va qo‘llanmalar yaratish.‎ O‘zFA, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi‎ Yil davomida‎

IV. Tashviqot-targ‘ibot ishlari‎

1.‎

“O‘zbek modeli” O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘li. Uning jahon tajribasi bilan uyg‘unligi va xalqaro miqyosda tan olinishi. Samarali natijalari. ‎ Ommaviy axborot vositalari, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Muntazam‎

2.‎

“Milliy davlatchilik” Vatanimizda milliy davlatchilikning tiklanishi. Bu davrning o‘ziga xos murakkabliklari haqida turkum maqolalar, ko‘rsatuvlar. ‎ OAV, “O‘zteleradio”. kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A. ‎ Yilning har choragida‎

3.‎

“Ozod va erkin hayot poydevori” Konstitutsiya xalqimiz uchun nafaqat muhim hayotiy qo‘llanma, balki g‘urur-iftixor, shu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, tili, dinidan qat’i nazar, barcha insonlar uchun mustahkam bir himoya vositasi ekani ha�ida. ‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Yil davomida‎

4.‎

“Ona Vatan ramzlari” Mustaqil davlatimiz ramzlari — bayroq, gerb, madhiyaning qabul qilinishi. Buning ma’naviy, ma’rifiy va tarixiy ahamiyati. Milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, ona zaminga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishda tutadigan o‘rni (hayotiy misollar vositasida). OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Yilning har choragida‎

5.‎

“O‘zbekiston bayramlari” Mustaqillik bayrami, Konstitutsiya, Vatan himoyachilari, Ommaviy axborot vositalari xodimlari, O‘qituvchilar va murabbiylar kuni, Navro‘z, Ramazon va Qurbon hayitlari hayotimizga yangicha mazmun baxsh etgani haqida. ‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Bayramlar oldidan jamoatchilik fikrlari asosida ayni shu bayram ahamiyati ko‘rsatib beriladi.‎

6.‎

“Maqsadimiz — tinchlik, bunyodkorlik, hamkorlik” Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning BMT, NATO, EKO, OIK, Qo‘shilmaslik harakati, YUNESKO va boshqa xalqaro siyosiy , iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy-madaniy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikning yo‘lga qo‘yishi. Amaliy natijalar va istiqbol.‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A. Yilning har choragida‎

7.‎

“Mustaqillik — huquq dyemakdir” Mustaqillik tufayli xalqimizning poymol etilgan haq-huquqlari tiklangani, “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” degan bo‘htonlardan, qatag‘onlardan abadul-abad ozod bo‘lgani haqida. ‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Muntazam‎

8.‎

“Farzand — aziz, ona — mo‘tabar” XXI asrning birinchi yili Prezidentimiz tomonidan “Onalar va bolalar yili” deb e’lon qilinishidan ko‘zlangan maqsad. Ona va bola salomatligi — buyuk kelajak kafolatidir. Bu borada qabul qilingan Davlat dasturi va unda belgilangan ko‘lamli ishlarning ahamiyati. E’lon qilingan eng sara asarlarni to‘plab, shu nomda kitob nashr etish. ‎ Davlat matbuot qo‘mitasi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Yil mobaynida‎

9.‎

“Farzandlari barkamol yurt qudratli bo‘ladi” Ta’lim-tarbiya tizimidagi tub islohotlar. “Ta’lim haqida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning samaralari, uning xalqaro miqyosdagi e’tirofi. Barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan strategik maqsad va vazifalar. Ularni bajarish borasida qilingan ishlar. Amaliy natijalar. ‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Yil mobaynida‎

10.‎

“Boqiy qadriyatlar” Millatimiz qiyofasini, xalqaro obro‘-e’tiborini belgilaydigan qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarning hayotga qaytarilishi, bu yo‘lda amalga oshirilgan beqiyos ishlar haqida. ‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Muntazam‎

11.‎

“Ulug‘ ajdodlarimizga ehtirom” Buyuk ajdodlarimiz haqidagi tarixiy haqiqatning tiklanishi. Islom dini xalqimizning ming yillik qadriyati sifatida ulug‘lanishi. O‘tgan ulug‘larning xotirasini e’zozlash borasida qilingan ko‘p-ko‘p xayrli ishlar. Ularning milliy ma’naviyatimizga ko‘rsatgan ta’siri.‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Yilning har choragida‎

12.‎

“Taraqqiyot yo‘llarida” Yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari. Istiqlol davrida, xususan, 2001-yilda bunyod etilgan yangi inshootlar, qo‘shma korxonalar, yo‘l va ko‘priklar, tibbiyot muassasalari haqida. ‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Muntazam. Suratlar. Reportaj va tahliliy maqolalar, ko‘rsatuvlar. ‎

13.‎

“O‘zbekiston — ishonchli hamkor” O‘tgan yillar davomida O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olishi. Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta bozori, xalqaro savdo, xalqaro iqtisodiy hamkorlikning mamlakat taraqqiyotidagi �rni. ‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Yilning ikkinchi choragi va mustaqillik bayrami arafasida‎

14.‎

“XXI asr: ko‘ppartiyaviylik — demokratiya mezoni” Respublikamizdagi siyosiy partiyalarning takomillashib borish jarayoni, jamiyatimizda ko‘ppartiyaviylikning ahamiyati. Fikrlar rang-barangligi jarayonining shakllanishi.‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ 2001-yil davomida‎

15.‎

“Milliy diplomatiya” Mamlakatimizda milliy diplomatiyaning tash�il topishi va shakllanish jarayoni. ‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Yil davomida‎

16.‎

“O‘n yil avval va bugun”
‎Yurtimiz iqtisodiy taraqqiyotining tahlili. Qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar omili, muvaffaqiyatlar siri. MDH davlatlari misolida qiyos. ‎
OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Har chorak yakunida‎

17.‎

“Mamlakatimiz qudrati timsoli” Milliy armiyaning shakllanishi. Vatanimizning bugungi harbiy qudrati. Milliy armiyamizning ustuvor jihatlari. Yuqori malakali ofitsyerlar tayyorlaydigan ilmgohlar. Askarlarimizning mardligi va jasurligini hayotiy misollar asosida tahlil qilish va yoritish. ‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”; “Jahon” A.A.‎ 2001-yilning har oyida‎

18.‎

“Istiqlol bergan imkon” XXI asrda o‘zbek dehqoni, yangicha ishlash va yashash. Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, bu borada erishilgan yutuqlar, tajribalar. ‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Muntazam‎

19.‎

“Ona tilim...” “Davlat tili haqida”gi Qonun. Yangi alifboning joriy etilishi. Bu borada qilingan serqirra va ko‘lamli ishlar. Muammolar. Lotin alifbosiga o‘tishdan maqsad. Yangi alifboning afzalliklari va imkoniyatlari haqida. ‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ 2001-yilning har choragida‎

20.‎

“XXI asr — barkamol avlod asri” Ilm-fan, texnika sohasida o‘z iqtidorini namoyon etgan eng iste’dodli yoshlar. Ularning yurt istiqboli yo‘lida qilayotgan ibratli ilmiy-ijodiy ishlari. Tengdoshlariga va o‘sib kelayotgan yosh avlodga namunali ibratlari haqida. ‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Muntazam‎

21.‎

“O‘zbekiston sporti yulduzlari” Mustaqillik yillarida O‘zbekistonimiz dovrug‘ini dunyoga taratgan sport yulduzlarining yorqin g‘alabalari, Vatan sha’nini himoya etishda ko‘rsatgan matonati va irodasi haqida‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ 2001-yilning har oyida‎

22.‎

“Zulfiya” mukofoti sohiblari Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur mukofotning joylardagi iste’dodli yoshlarni ro‘yobga chiqarish, ularning ijodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash va imkoniyatlarini to‘la namoyon etishida beqiyos ahamiyat kasb etayotgani haqida. ‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ 2001-yil nomzodlar e’lon qilingach va mukofot berilgach.‎

23.‎

“XXI asr — O‘zbekiston asri” O‘zbekistonning yangi asrdagi strategik mo‘ljallari, iqtisodiyotimizda, ijtimoiy hayotimizda ro‘y berayotgan yangiliklar, ilm-fan, sport, san’at sohasidagi yutuqlar tahlil etiladi. ‎ OAV, “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA, “Turkiston-press”, “Jahon” A.A.‎ Muntazam‎

24.‎

“Ozodlikning mashaqqatli yo‘li”. 10 qism.
‎ Mazkur hujjatli-publitsistik filmda 1991-yildan 2001-yilgacha bo‘lgan katta davr qamrab olinadi. ‎
“O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil, avgust‎

25.‎

“Bunyodkorlik”. Teleserial. 4-qism.
‎ Xalqimiz qo‘lga kiritayotgan ulkan muvaffaqiyatlar, bunyodkorlik, jahon hamjamiyati bilan izchil hamkorlik va buning samaralari haqida hikoya qilinadi. ‎
“O‘zteleradio” kompaniyas�‎ 2001-yil, avgust‎

26.‎

“Biz bilgan va bilmagan tarix” Tariximizda chuqur iz qoldirgan shaxs, voqea, inshootlar, shularning vositasida moddiy-ma’naviy qadriyatlarimizning asl tarixi tahlili, haqqoniy o‘tmishni anglash, bugungi tinch va osoyishta hayotni ulug‘lash. ‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil, muntazam‎

27.‎

“Dunyo sharaflagan o‘g‘lonlarmiz”. 2-qism.
‎Mazkur film yurtimiz mustaqillikka erishgach, sportning tom ma’noda yangi bosqichga ko‘tarilishi. Bu sohaga Prezident Islom Karimovning e’tibori va g‘amxo‘rliklari. Mamlakatimiz sportchilarining Olimpiya va jahon sport musobaqalarida qo‘lga kiritayotgan ulkan muvaffaqiyatlari haqida. ‎
“O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil may—iyun‎

28.‎

“Buyuk ajdodlarimiz”. 10 qismli film.
‎O‘zbek xalqining dunyo ilm-fani va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasi. Qadim yurtimiz ko‘plab qomusiy olimlar yetishib chiqqan muqaddas zamin ekanligi. Mustaqillikning o‘tgan o‘n yilida Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Imom Termiziylar singari ko‘plab ulug‘ ajdodlarimizning tavallud to‘ylarini dunyo miqyosida keng nishonlanishi, ularning boy merosini o‘qib-o‘rganish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida. ‎
“O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil may—iyun‎

29.‎

“Prezident farzandlari”. 5 qismli film.
‎ Ushbu filmda “Umid”, “Ulug‘bek” jamg‘armalari yo‘llanmalari bilan xorijda bilim olib qaytgan yoshlarning bugungi faoliyati haqida hikoya qilinadi. Film “Umid”, “Ulug‘bek” jamg‘armalari bilan hamkorlikda yaratiladi. ‎
“O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil, iyul‎

30.‎

“Islom Karimov — O‘zbekistonning birinchi Prezidenti”.
‎ Mazkur filmda Prezident Islom Karimovning Vatan mustaqilligini qo‘lga kiritish, uni mustahkamlash va buyuk kelajak yaratish yo‘lidagi tengsiz xizmatlari haqida hikoya qilinadi. ‎
“O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil, avgust‎

31.‎

“Sharq darvozasi” Mustaqillik yillarida yurtimizda mangulikka daxldor ulkan ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi. O‘zbekistonimiz jahon hamjamiyatidan o‘ziga xos va o‘ziga mos o‘rin egalladi. Ushbu film shu haqda hikoya qiladi. ‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil, avgust‎

32.‎

“O‘zbekiston askarlari” Film Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlayotgan qurolli kuchlarimiz, ularning jasorati va mardligiga bag‘ishlangan. ‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil, mart‎

33.‎

“Mahalla” “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” asarida mahallaning hayotimizda tutgan o‘rniga yuksak baho berilgan. Shundan kelib chiqib, mazkur filmda mahallalarimizdagi yangicha an’analar haqida hikoya qilinadi. ‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil, aprel‎

34.‎

“Bag‘rikenglik”.
‎Ushbu filmda mamlakatimizdagi turli diniy konfessiyalarning faoliyati, tinchlik-totuvlik yo‘lidagi sa’y-harakatlari haqida hikoya qilinadi. ‎
“O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil, muntazam‎

35.‎

“Tiklanish yillari”. Radiofilm.
‎Mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarida 10 yil davomidagi rivojlanish va o‘zgarishlar, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, odamlar ongida mulkdorlik hissini shakllanishi haqida hikoya qilinadi. ‎
“O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil, muntazam‎

36.‎

“Buyuk muqaddimadan buyuk yangilanish sari” Radiofilm. Milliy istiqlol mafkurasi haqida.‎ “O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil, har oyda bir marta‎

37.‎

“Dilimdasan, Vatanim” Radiofilm.
‎Mamlakatimiz yoshlari hayotidagi beqiyos o‘zgarishlar, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar. Shuningdek, xalqaro sport musobaqalarida katta muvaffaqiyatlarga erishayotgan sportchilarimiz haqida hikoya qiladi. ‎
“O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yilning har oyida‎

38.‎

“O‘zbekiston iftixorlari”. Radiofilm.
‎Mustaqillik yillarida o‘zbek sportchilarining xalqaro maydonlarda erishgan yutuqlari, o‘zbek kurashining jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi, Sidney olimpiadasidagi g‘alabalar haqida. ‎
“O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil, iyul‎

39.‎

“O‘zbekiston XXI asrda”.
‎Mazkur radiofilmda O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati, Parlament, qonunchilik, shuningdek mamlakatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan ulug‘vor ishlarga alohida urg‘u beriladi. ‎
“O‘zteleradio” kompaniyasi‎ 2001-yil, iyul—avgust‎

40.‎

“O‘zbekiston — jahon hamjamiyatida” Mazkur kitobda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan o‘ziga xos va o‘ziga mos o‘rni hamda nufuzi haqida fikr yuritiladi. ‎ Davlat Matbuot qo‘mitasi, “O‘zbekiston” nashriyoti‎ 2001-yil

41.‎

“Kuchli davlatdan — kuchli jamiyat sari”.
‎Risolada xalqimiz tanlagan yo‘l, bu borada qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar va to‘plangan tajribalar haqida fikr yuritiladi. ‎
Davlat Matbuot qo‘mitasi, “O‘zbekiston” nashriyoti‎ 2001-yil‎

42.‎

“Komil inson –— millat kelajagi”.
‎Mazkur kitob xalqimizning komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish borasidagi asriy orzusining ro‘yobga chiqarish yo‘lida yaratilgan keng ko‘lamli imkoniyatlar, shart-sharoitlar. Bugungi yosh avlod buyuk kelajagimizning yaratuvchilari degan g‘oyaning voqelikka aylanib borayotgani haqida. ‎
Davlat Matbuot qo‘mitasi, “O‘zbekiston” nashriyoti‎ 2001-yil‎

43.‎

“Istiqlolning zalvorli odimlari” rukni ostida “Barkamol avlod”, “Fidoyilik — hayot mazmuni”, “Vatan himoyasi — muqaddas burch”, “Mafkuraviy immunitet”, “Millatlararo munosabatlar”, “O‘zbekiston — mintaqada tinchlik himoyachisi” kabi muhim hayotiy mavzularga bag‘ishlangan risolalar chop etiladi.‎ Davlat Matbuot qo‘mitasi, “O‘zbekiston” nashriyoti‎ 2001-yil‎

44.‎

N. G‘afforli, A. Kasayev. “Islohotlarning o‘zbek modeli:tinchlik va barqarorlik — taraqqiyot omili”. Ushbu risolada o‘zbek modelining dunyoviy e’tirofi, uning o‘ziga xosligi va demokratik tamoyillarga asoslanganligi chuqur tahlil etilgan.‎ Davlat Matbuot qo‘mitasi, “O‘zbekiston” nashriyoti‎ 2001-yil‎

45.‎

Mustaqillikning 10 yilligiga bag‘ishlab rangli plakatlar to‘plamini nashr etish. Mamlakatimizda keyingi o‘n yilda iqtisodiyot, fan-texnika, ta’lim-tarbiya, madaniyat, sport va boshqa sohalarda erishilgan katta muvaffaqiyatlar rangli suratlar orqali hikoya qilinadi. ‎ Davlat Matbuot qo‘mitasi, “O‘zbekiston” nashriyoti‎ 2001-yil

46.‎

“Istiqlol solnomasi”.
‎Mazkur kitobda mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida 1991-yil avgustidan 2000-yil fevraligacha bo‘lgan davr ichida ro‘y bergan eng muhim voqealar atroflicha tahlil etilgan. ‎
Davlat Matbuot qo‘mitasi, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti‎ 2001-yil‎

47.‎

“Yangilanishdan — buyuk o‘zgarish sari”.
‎Inson va jamiyat bor ekan, ezgu g‘oyalarning ziddiyati bo‘lgan zulm va zo‘ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bo‘lishga urinadi. Lekin ular odamzodning adolat, tinchlik va birodarlik, taraqqiyot va farovonlik g‘oyalariga tayanib, oliy maqsadlar sari intilishini aslo to‘xtata olmaydi. Risola jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi oliy maqsad sari intilish haqida. ‎
Davlat Matbuot qo‘mitasi, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti‎ 2001-yil‎

48.‎

“O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti”.
‎Ushbu risola BMT, uning asosiy organlari, mustaqil O‘zbekistonning BMTda tutgan o‘rni haqida o‘quvchiga qimmatli ma’lumot beradi. ‎
Davlat Matbuot qo‘mitasi, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti‎ 2001-yil‎

49‎.

“O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi”. 1 va 2 - jildlar. Mustaqillikka erishgach, chop etilayotgan 12 jildli O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasining mazkur ji�dlarida ozodlik uchun kurashgan tarixiy siymolar, ta’lim, fan-texnika taraqqiyoti, yurt farovonligiga munosib hissa qo‘shgan fidoyi yurtdoshlarimiz, qadimiy shaharlarimiz to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar jamlangan. ‎ “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti‎ 2001-yil‎

50.‎

“Bolalar ensiklopediyasi”.
‎Onalar va bolalar yili munosabati bilan tayyorlangan ushbu kitobdan bolalarimiz dunyoqarashini shakllantirish, tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladigan muhim va qimmatli ma’lumotlar o‘rin olgan. ‎
“O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti‎ 2001-yil‎

51.‎

“Respublika Uzbekistan” ma’lumotnoma-to‘plam. Ushbu kitob mustaqillik yillarida ta’lim, fan-texnika, madaniyat, sanoat va boshqa sohalarda qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar haqida o‘quvchiga yetarlicha tasavvur beradi.‎ “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti‎ 2001-yil‎

52.‎

“Oilaning oltin shahodatnomasi”.
‎Oila — jamiyat asosi. Uning poydevori mustahkam bo‘lishi sog‘lom farzandning dunyoga kelishiga bevosita bog‘liq. Risola shu haqda. ‎
Davlat Matbuot qo‘mitasi, “Yozuvchi” nashriyoti‎ 2001-yil

53.‎

“Men nechun sevaman O‘zbekistonni”.
‎Lotin alifbosida chop etilayotgan bu kitobdan A.Oripovning ona Vatanga muhabbat ruhi bilan sug‘orilgan, istiqlol g‘oyalari tarannum etilgan she’rlari o‘rin olgan. ‎
Davlat Matbuot qo‘mitasi, “Yozuvchi” nashriyoti‎ 2001-yil‎

54.‎

“Istiqlolning buyuk qudrati nimada?”.
‎Kitob O‘zbekistonning mustaqillikka erishishida Prezident Islom Karimovning buyuk xizmatlari, ilgari surgan g‘oyalarining jahon siyosatshunosligida tutgan o‘rni haqida. ‎
Davlat Matbuot qo‘mitasi, “Cho‘lpon” nashriyoti‎ 2001-yil‎

55.‎

“Huquqiy davlat nima?”.
‎Kitobda huquqiy davlat asoslari nimalardan iborat ekanligi mustaqil O‘zbekistonimizning keyingi o‘n yillik taraqqiyot yo‘li misolida tahlil etilgan. ‎
Davlat Matbuot qo‘mitasi, “Cho‘lpon” nashriyoti‎ 2001-yil‎

56.‎

“O‘zbekiston Qahramonlari”. Turkum. “O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvoniga sazovor bo‘lgan bir guruh hamyurtlarimiz, ularning Vatan mustaqilligini mustahkamlash hamda adabiyot-san’at rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, el-yurt farovonligi yo‘lidagi fidoyiliklari haqida. ‎ Davlat Matbuot qo‘mitasi, “Cho‘lpon” nashriyoti‎ 2001-yil‎

57.‎

“Sog‘lom avlod — millat tayanchi”, “Oila kutubxonasi” turkumida chop etilayotgan ushbu kitobda yigit-qizlarning balog‘at yoshi, oila qurish va sog‘lom farzand ko‘rish kabi muhim hayotiy masalalar ilmiy jihatdan chuqur tahlil etilgan. ‎ Davlat Matbuot qo‘mitasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti‎ 2001-yil‎

58.‎

“Shaharlarimiz mustaqillik yillarida”.
‎ Kitobda mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi 120 dan ortiq shaharlarda ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, shaharlarimizning tubdan o‘zgargani, ilm-fan va madaniyat maskaniga aylanib borayotgani haqida fikr yuritiladi. ‎
Davlat Matbuot qo‘mitasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti‎ 2001-yil‎

59.‎

“Milliy kurashimiz dovrug‘i”.
‎Kitobda o‘zbek milliy kurashining dunyoda yuksak obro‘-e’tibor topgani, Prezident Islom Karimovning bu boradagi ulkan xizmatlari, dunyo xalqlarining milliy kurashimizga bo‘lgan ixlos-ehtiromi kurash bo‘yicha jahon chempionlarining hikoyalari asosida tadqiq etiladi. ‎
Davlat Matbuot qo‘mitasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti‎ 2001-yil‎

60.‎

“Mustaqil O‘zbekiston”. O‘zbek, rus va ingliz tillarida. Ushbu risolada O‘zbekiston — ulkan imkoniyatlar mamlakati ekani, mamlakatimizning tabiiy-iqlim sharoitlari, demografik xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, uning jahon miqyosida mavqe-e’tibori oshib borayotgani yoritilgan.‎ Davlat Matbuot qo‘mitasi, “Mehnat” nashriyoti‎ 2001-yil‎

61.‎

“Nihol” mukofotining sovrindorlari”.
‎Ushbu kitob Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Nihol” mukofotining ma’naviy hayotimizda ulkan voqea bo‘lgani, shu mukofot bilan taqdirlangan navqiron iste’dodlar haqida. ‎
“Ijod dunyosi” nashriyot uyi‎ 2001-yil‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 19-yanvardagi
40-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbek milliy davlatchiligi tarixining ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T. Risqiyev‎ Prezidentning Davlat maslahatchisi‎
X. Sultonov ‎ Prezidentning Davlat maslahatchisi
Z. Husnidinov ‎ Prezidentning Davlat maslahatchisi‎
D. Alimova ‎ Fanlar akademiyasi Tarix instituti‎ direktori, tarix fanlari doktori, ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari
A. Azizxo‘jayev‎ Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi rektori ‎
A. Ahmedov ‎ Markaziy Osiyo tadqiqotlari‎ xalqaro instituti direktori, Tarixchilar jamiyati raisi, tarix fanlar doktori
A. Boliyev Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” kengashi mas’ul kotibi ‎
O. Bo‘riyev‎ Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi ‎
B. Valixo‘jayev ‎ Samarqand Davlat universiteti professori, akademik ‎
E. Vohidov ‎ O‘zbekiston xalq shoiri‎
X. Davron‎ O‘zbekiston xalq shoiri‎
N. Jo‘rayev‎ Oliy Majlisning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi ‎
A. Juzjoniy ‎ Toshkent-Islom universiteti kafedra mudiri ‎
Z. Islomov‎ Toshkent Islom universiteti tadqiqot markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi ‎
A. Ikromov‎ YUNESKOning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha milliy komissiyasi mas’ul kotibi ‎
N. Ibrohimov ‎ Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti rektori ‎
M. Is’hoqov‎ Fanlar akademiyasi Tarix institutining bo‘lim boshlig‘i, tarix fanlari doktori ‎
N. Komilov‎ Filologiya fanlari doktori, professor ‎
N. Karimov‎ Ma’rifatparvarlar jamiyati raisi, filologiya fanlari doktori ‎
E. Mustafoyev ‎ Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari ‎
T. Mirzayev‎ Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti direktori, filologiya fanlari doktori ‎
M. Yusuf‎ O‘zbekiston xalq shoiri‎
Q. Nazarov‎ O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati raisi ‎
E. Rtveladze ‎ San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim mudiri, akademik ‎
F. Sulaymonova ‎ Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori ‎
A. Sa’dullayev ‎ Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi, akademik ‎
N. Toshev‎ Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi ‎
A. Umarov‎ Prezident devoni mas’ul xodimi
M. Xayrullayev Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori ‎
T. Shirinov‎ Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori, tarix fanlari doktori ‎
V. Yagodin ‎ Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi tarix, arxeologiya va etnografiya instituti direktori ‎
T. Qo‘ziyev‎ Badiiy akademiya raisi‎
A. Hakimov‎ Badiiy akademiya bosh ilmiy kotibi, san’atshunoslik fanlari doktori ‎