20.09.2013 yildagi 261-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida turistik infratuzilmaning qoʻshimcha obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida turizm sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini, infratuzilmasi va turizm sohasini rivojlantirish, obodonchilikni va aholi suv taʼminotini tubdan yaxshilash boʻyicha kompleks dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida” 2012-yil 25-oktabrdagi F–3921-son farmoyishi bilan tuzilgan Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkining 1-ilovaga* muvofiq boʻsh turgan obyektlarini investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch shahri, Oʻzbekiston koʻchasi manzilida joylashgan, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining “Urganchtransgaz” shuʼba korxonasiga tegishli boʻlgan sobiq “Bolalar dunyosi” doʻkoni binosini baholash tashkiloti tomonidan aniqlangan 970,42 mln soʻm miqdoridagi qiymat boʻyicha, 275,0 mln soʻm miqdoridagi dastlabki toʻlovni toʻlagan va qolgan summani choraklar boʻyicha teng ulushlarda taqsimlab 5 yilda boʻlib-boʻlib toʻlagan holda “Infinbank” xususiy ochiq aksiyadorlik tijorat bankiga uning Xorazm viloyatidagi filialini tashkil etish uchun sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaga* muvofiq yangi turizm obyektlarini 2013—2015-yillar davrida Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturiga kiritish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlar jahon standartlariga muvofiq boʻlgan, kamida uch yulduzli mehmonxona darajasida munosib xizmat koʻrsatish sifatiga ega boʻlgan zamonaviy mehmonxonalar, shuningdek ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat mulki obyektlari bazasida xizmatlar sohasining boshqa obyektlarini barpo etish boʻyicha investitsiya majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sobiq “Bolalar dunyosi” doʻkonining binosini sotishdan tushgan mablagʻlar summasi 275,0 mln soʻmini binoning balans qiymatini qoplash uchun “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining “Urganchtransgaz” shuʼba korxonasiga va 695,42 mln soʻmini xayriya tarzida — Xiva tumanida joylashgan va Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi doirasida buziladigan koʻchmas mulk obyektlarini buzish xarajatlarini qoplash uchun Xorazm viloyati hokimligining maxsus hisob raqamiga yoʻnaltirish yoʻli bilan taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Kengashlar uyi” binosini (Xiva shahri, Markaz koʻchasi, 1-uy manzilida) va FHDY binosini (Urganch shahri, Xonqa koʻchasi, N.Kubro nomidagi bogʻ hududi manzilida) sotishdan tushgan mablagʻlarni Xiva tumanida joylashgan va Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi doirasida buziladigan koʻchmas mulk obyektlarini buzish xarajatlarini qoplash uchun Xorazm viloyati hokimligining maxsus hisob raqamiga oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi balansda saqlovchilar hamda “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda investitsiya majburiyatlari toʻliq hajmda bajarilgandan keyin, obyektga mulk egasi huquqini berish sharti bilan investitsiyalar kiritish jadvalini tasdiqlagan holda investorlar bilan ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat mulki obyektlari boʻyicha tegishli oldi-sotdi shartnomalarini tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xorazm viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchilar bilan birgalikda – ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat mulki obyektlarining investorlarga berilishi-qabul qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda — ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat mulki obyektlariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda — taʼmirlash-qurilish ishlarini amalga oshirish uchun investorlarga zarur boʻlgan ruxsatnoma va loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda — Urganch shahri FHDYsining yangi bino qurilishi tugallangunga qadar foydalanilmayotgan davlat mulki binosida vaqtincha joylashtirilishini (ijara toʻlovisiz) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi “Urganchtransgaz” shuʼba korxonasi tomonidan “Infinbank” xususiy ochiq aksiyadorlik tijorat banki bilan sobiq “Bolalar dunyosi” doʻkoni binosining oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining Urganch shahri, Yangi Urganch koʻchasi, 18-uy manzilida joylashgan maʼmuriy binosini Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasiga tekin berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali joriy yilning sentabr oyi oxirigacha ushbu qarorning 7-bandida koʻrsatilgan koʻchmas mulkni belgilangan tartibda topshirsin, Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi balansga qabul qilsin va undan maqsadli foydalanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi Xorazm viloyati hokimligi hamda tanlab olingan investorlar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorga ilovalarda koʻrsatilgan barpo etiladigan mehmonxonalarni zamonaviy energiya samaradorligi yuqori boʻlgan isitish tizimlari va energiyani tejaydigan bugʻqozonlari bilan jihozlash boʻyicha asoslangan takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 20-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 512-modda)