Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun xalqaro standartlarga mos dasturiy ta’minot vositalarini respublikada ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, sifatli, raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish yuzasidan mamlakatimiz ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni kuchaytirish, shuningdek ularning mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ildam siljitishga ko‘maklashish maqsadida:
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur qaror 4-bandining 2-xatboshida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining xodimlarini rag‘batlantirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga yo‘naltiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli farmonining amal qilishi Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilariga, agar ular xonadonlarda ishlovchi (kasanachi) jismoniy shaxslar bilan mehnat shartnomalari tuzadigan bo‘lsalar, tatbiq etilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)
O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda Dasturiy ta’minot vositalari eksporti va importi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutilsin.
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi