16.09.2013 yildagi 252-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Rux zavodini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-oktabrdagi “Ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1623-son qaroriga muvofiq va oʻz xomashyo resurslari bazasidan yanada samarali foydalanish hisobiga raqobatbardosh rux mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy kapital qoʻyilmalari qiymati 25,7 mln. AQSH dollari ekvivalentida, asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini hisobga olgan holda, “Rux zavodini rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari va 2014-yilning IV choragida ishga tushirilishi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Rux zavodini rekonstruksiya qilish” loyihasini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Olmaliq KMK” OAJning 9,3 mln. AQSH doll. ekvivalentidagi oʻz mablagʻlari, shu jumladan, maxsus investitsiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarni hisobga olgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ipoteka-bank” ATIB tomonidan 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 6,0 foiz stavka bilan 16,4 mln. AQSH doll. miqdorida ajratiladigan kredit.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Olmaliq KMK” OAJ qarz oluvchi va ijro etuvchi organ, loyihani amalga oshirish, jalb qilingan kreditdan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb qilingan kreditni soʻndirish va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Olmaliq KMK” OAJning oʻz mablagʻlari hisobidan, shu jumladan, maxsus investitsiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Olmaliq KMK” AJga loyihani amalga oshirish doirasida, istisno tartibda, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini oʻz kuchlari bilan bajarish, zarurat yuzaga kelganda- subpudrat ishlariga ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj tashkilotlari va respublikaning boshqa tashkilotlari toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar asosida jalb qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish qoʻmitasi belgilangan tartibda “Rux zavodini rekonstruksiya qilish” loyihasining loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin va loyihani amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Olmaliq KMK” OAJ buyurtmalari boʻyicha koʻrsatilgan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy davlatlar mutaxassislariga belgilangan tartibda kirish vizalarini, konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda, rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Olmaliq KMK” OAJ buyurtmalari boʻyicha koʻrsatilgan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy davlatlar mutaxassislarni belgilangan tartibda vaqtincha roʻyxatga qoʻyish va uning amal qilish muddatini ularning vaqtinchalik yashash joyi manzili boʻyicha uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Olmaliq KMK” OAJ buyurtmalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga malakali xorijiy davlatlar mutaxassislarini jalb qilish uchun ruxsatnomalar belgilangan tartibda berilishini (muddatini uzaytirilishini) taʼminlasin, hamda koʻrsatilgan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy davlatlar mutaxassislariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi berilganligi toʻgʻrisida tasdiqnomalar berish (uzaytirish)ni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252-son