Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.01.2001 yildagi 46-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yilda sholi ekiladigan maydonlar va yalpi sholi hosili to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, respublika aholisining guruchga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining 2001-yilda sholi ekiladigan maydonlar, sholi yetishtirish va uni davlat resurslariga topshirish hajmlari to‘g‘risidagi taklifiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-maydagi 417-son qaroriga muvofiq Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari xo‘jaliklarida sholi ekishning maqsadga muvofiq emas deb e’tirof etilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2001-yilda sholining yuqori hosilli, ertapishar navlarining qulay agrotexnik muddatlarda ekilishini ta’minlasinlar. Shu bilan birga sholi ekiladigan maydonlar suv bilan kafolatli ta’minlangan tumanlarda joylashtirilsin. Yer resurslaridan samarali foydalanish maqsadida sholini ko‘chat usulida ekish texnologiyasi keng qo‘llansin, buning uchun mavjud maxsus texnika parkidan foydalanilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga 2001-yil hosilidan urug‘lik sholi yetishtirish va “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi korxonalariga yetkazib berish bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq topshiriq belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, urug‘chilik xo‘jaliklari davlat resurslariga tovarbop sholi sotishni faqat urug‘lik sholi g‘amlash topshirig‘i bajarilgandan keyingina amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tovarbop va urug‘lik sholi xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini 2001-yil 1-fevralgacha ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi 2001-yil 1-avgustgacha sholichilik xo‘jaliklariga tovarbop va urug‘lik sholi davlat xaridlari umumiy summasining 50 foizgachasi miqdorida bosqichma-bosqich avans berib turishni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasiga sholichilik xo‘jaliklariga 2001-yil hosili uchun davlat resurslaridagi tovarbop sholidan 19,0 ming tonna urug‘lik berishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda tovar va urug‘lik uchun xarid qilinadigan sholining xarid (shartnomaviy) narxlari bo‘yicha 2001-yil 1-avgustgacha taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 22-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-yanvardagi 46-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yilda sholi ekiladigan maydonlar va sholi yetishtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekin maydoni, ming ga‎ Hosildorlik, ga/ts‎ Yalpi hosil, ming tonna‎ Davlat resurslariga sotish, ming tonna‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 80,0‎ 33,0‎ 264,0‎ 158,4‎
viloyatlar:‎
Surxondaryo‎ 5,0‎ 33,0‎ 16,5‎ 9,9‎
Sirdaryo‎ 6,0‎ 32,0‎ 19,2‎ 11,5‎
Toshkent‎ 9,0‎ 37,8‎ 34,0‎ 20,4‎
Xorazm‎ 25,0‎ 40,0‎ 100,0‎ 60,0‎
Jami:‎ 125,0‎ 34,7‎ 433,7‎ 260,2‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-yanvardagi 46-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil hosilidan urug‘lik sholi yetishtirish va “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi korxonalariga yetkazib berish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ

(tonna)‎

‎‏
Urug‘lik tayyorlash hajmi‎‎ Hammasi‎‏

yuqori reproduksiyalar (elita, I, II reproduksiya) ‎

navdor‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasi‎ 1420‎ 18580‎ 20000‎
viloyatlar:‎
Surxondaryo‎ 100‎ 1150‎ 1250‎
Sirdaryo 140‎ 1610‎ 1750‎
Toshkent‎ 204‎ 2296‎ 2500‎
Xorazm‎ 506‎ 5744‎ 6250‎
Jami:‎ 2370‎ 29380‎ 31750‎