07.07.2004 yildagi PF-3453-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.06.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON SAVDO-SANOAT PALATASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, biznes-muhitni takomillashtirish, respublika tadbirkorlarining xorijiy sheriklar bilan ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini taʼminlash uchun yangi korxonalarni tashkil etish, mavjud ishlab chiqarishlarni texnik qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun respublikaga chet el sarmoyasini keng jalb etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tadbirkorlik tuzilmalari, kichik biznes subyektlari va xususiy korxonalar vakillari, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasining Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini qayta tuzish va uning asosida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada tadbirkorlikning, eng avvalo kichik va xususiy biznesning jadal rivojlanishiga, haqiqiy mulkdorlarning keng qatlami shakllanishiga, xususiy sektorning mamlakatimiz iqtisodiy hayotidagi roli va ahamiyatini tubdan oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tadbirkorlariga xorijiy sheriklar va sarmoyadorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishda, mamlakatimiz tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan eksport mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishda, shuningdek, qoʻshma korxonalar tashkil etish, eng avvalo kichik va xususiy korxonalarni texnik jihozlash va qayta jihozlash uchun respublikaga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa mamlakatlar savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlarning jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, Oʻzbekiston tadbirkorlari delegatsiyalarining amaliy tashriflarini tashkil etish va respublikaga xorijiy tadbirkorlarni taklif qilish, respublikada va chet ellarda tadbirkorlarning xalqaro biznes-anjumanlari, ishbilarmonlar mahsulotlarining savdo-sanoat koʻrgazmalari va yarmarkalarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga keng turda xizmat koʻrsatish, jumladan, axborot taʼminoti va maslahat yordami berish, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va investitsiya imkoniyatlari, shuningdek, boʻlajak sheriklar va zamonaviy texnologiyalarni xarid qilish imkoniyatlariga oid axborotni oʻz ichiga olgan biznes-kataloglar nashr etilishini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, biznes yuritishga oid xalqaro meʼyorlar va amaliyotni respublikada joriy etish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish borasidagi huquqiy va iqtisodiy sharoitlarni yaxshilashga yoʻnaltirilgan qonunchilikni takomillashtirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini, jumladan, roʻyxatga olish, mahsulotini sertifikatlash va litsenziya berish, shuningdek, ishlarini sudlarda koʻrib chiqish masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatiga oid taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, tadbirkorlarni oʻqitish va malakasini oshirishni tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz tadbirkorlik faoliyati subyektlarini, shu jumladan mikrofirmalar, kichik va xususiy korxonalar yakka tartibdagi tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan hududiy tuzilmalari bilan birgalikda yagona tizimni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun zarur hollarda respublika tumanlari va shaharlarida filiallar tuzish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan imzolangan shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasiga har tomonlama, jumladan, xorijdagi diplomatiya vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari, ular boʻlmagan hollarda esa — tegishli masʼul xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorligini tashkil etishni taʼminlash orqali Palataning zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda, boshqa mamlakatlar savdo-sanoat palatalari, xorijiy sarmoyadorlar va sheriklar bilan amaliy aloqalar oʻrnatishda, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini sotish uchun chet el bozorlarini oʻrganish va oʻzlashtirishda yordam bersin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 7-iyundagi PF-3617-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 23-24-son, 165-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda Palataning qator xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalarini ochish va ularning rahbarlariga diplomatik xodim maqomini berish maqsadga muvofiqligi xususidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz tadbirkorlari — Savdo-sanoat palatasi aʼzolarini mintaqaviy eksport va tranzit tovarlar (ish va xizmatlar) savdo oqimida faol ishtirok etishga jalb qilish borasidagi hamkorlik ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy tuzilmalariga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tadbirkorlik subyektlari — Palata aʼzolarining qonuniy huquq va manfaatlarini kamsituvchi xatti-harakatlari va qarorlari yuzasidan sudlarga daʼvo arizasi bilan murojaat etish huquqi berilsin. Bunda ular davlat bojlarini toʻlashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga “Oʻzbekiston Respublikasining Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish, Palataning taʼsis syezdini oʻtkazish, Palata Ustavini qabul qilishga oid tashkiliy masalalarni hal qilishda koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy ichida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi ishtirokida Hukumatning Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlashga doir qarorini ishlab chiqib, qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 12-martdagi “Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-1407-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgarishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3453-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 313-modda, 2005-y., 23-24-son, 165-modda, 37-38-son, 282-modda; 2017-y., 33-son, 833-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/18/5371/0852-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)