OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrugʻi
Trikotaj va tikuvchilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 29-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2505]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Trikotaj va tikuvchilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2013-yil 20-avgust,
63-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 20-avgustdagi 63-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Trikotaj va tikuvchilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar trikotaj va tikuvchilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar trikotaj va tikuvchilik ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish boʻyicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi hamda ishchilar va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat tashkilotlari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi hamda kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularning qoʻllanilishi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarining dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar Yengil sanoat korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga (roʻyxat raqami 2445, 2013-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 13-son, 171-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlashi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiyot xizmati koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkaziladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
39. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
40. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
42. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash”ga muvofiq boʻlishi kerak.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
45. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanishi chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
46. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
47. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
48. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
49. Yoz mavsumida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
50. Yoʻlovchilar uchun yoʻlak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m, yon tomonlarida devorcha va toʻsiqlar boʻlishi lozim.
51. Qishki mavsumda binolarning tomlari qordan, karnizlari muzlardan tozalab turilishi zarur.
52. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
53. Hovlidagi hojatxonalar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi, sutkaning qorongʻi paytida esa yoritilishi kerak.
54. Tashkilot joylashgan maydon butun chegara boʻylab toʻsilgan boʻlishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
10-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
55. Ishlab chiqarish bino va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
57. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning mikroiqlimi (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga javob berishi kerak.
58. Muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarining nam xonalarida hamda issiq oʻtkazuvchi pollarida (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
59. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal beruvchi asbob-uskunalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
60. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
61. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan baland boʻlishi kerak.
62. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
63. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari vaqtida halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
64. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
65. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi lozim.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
66. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” ga muvofiq boʻlishi lozim.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
67. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
68. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmaslik lozim.
69. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21 oC, oʻrtacha ogʻir ishda 17 oC va ogʻir ishda 16 oC dan past boʻlmasligi kerak.
70. Xodimlarning isinishi uchun xonalardagi harorat 22 oCdan kam boʻlmasligi kerak.
71. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
72. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
73. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
74. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vositalardan va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
13-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(13-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
75. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
76. Tashkilotlarning ishlab chiqarish oqova suvlari tashqi oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga yetib kelgunga qadar zararli moddalardan tozalanishi kerak.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
77. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi va suv quvurlari boʻlmaganda, maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
78. Ichimlik suvi OʻzDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga javob berishi kerak.
79. Ichimlik suvining harorati 8 oC dan 20 oC gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
80. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
81. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yoʻq boʻlganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
14-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
82. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga mos boʻlishi lozim.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
83. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
84. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar bilan toʻsib qoʻymaslik kerak.
85. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
86. Yoritish vositalari koʻzni qamashtirishidan saqlash uchun choralar koʻrilgan boʻlishi kerak.
87. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
88. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
89. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi lozim.
90. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
91. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
92. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
15-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
93. Tashkilotlarda maishiy va ovqatlanish xonalari hamda tibbiy punktlar boʻlishi kerak. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” hamda SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarni yongʻin xavfsizligi” talablariga muvofiq holda tashkil etilishi lozim.
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
94. Kiyim almashtirish va yuvinish xonalari, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni tashkilotning umumiy kontingent sonini hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
95. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
16-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
96. Tashkilot atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
97. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
98. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan taʼminlanishi va ushbu konteynerlar chiqindilardan boʻshatilgandan soʻng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
17-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
99. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(99-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III bob Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
100. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
101. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanishi lozim:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli meʼyorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi.
102. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm toʻxtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning toʻxtashi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
103. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorugʻlik signallari boʻlishi kerak. Signal elementlari (elektr qoʻngʻiroq va oʻchib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan boʻlib, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada boʻlishi lozim.
104. Liniyani toʻxtagandan soʻng, ovozli va yorugʻlik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi.
105. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
106. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning uskunalari yaroqli boʻlishi, nazorat-oʻlchash asboblari soz va apparatlar blokirovka vositalari mavjud boʻlganda ishga tushirilishi lozim.
107. Barcha tarmoqlarda texnologik jarayon xavfsiz bajarilishi, tashkiliy-texnik chora-tadbirlar koʻrilishi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi lozim.
108. Agregat mexanizmlarining normal ishidagi har qanday buzilishlar undagi barcha mexanizmlarning avtomatik tarzda toʻxtatilishi bilan yakunlanishi zarur.
109. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylari zarur toʻsiqlar, himoya qiluvchi hamda saqlovchi moslama va qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ish joylariga begona shaxslarning kirishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
110. Texnologik jarayon buzilgan hollarda, xodimlarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsiri boʻlmasligi maqsadida buzilish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish uchun ish jarayonini toʻxtatilishi hamda xodimlar ish joylarini tark etishlari lozim.
111. Trikotaj va tikuvchilik ishlab chiqarishi bilan bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan xonalarda yoki bu xonalarda oʻrnatilgan maxsus kameralarda bajarilishi kerak. Xonalarning kirish joylarida “Yongʻindan xavfli!”, “Chekilmasin!”, “Begonalar kirishi taqiqlanadi!” degan xavfsizlik belgilari osib qoʻyilishi lozim.
2-§. Yongʻin va portlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
112. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
113. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
114. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
115. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
116. Yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
117. Portlashning oldini olish uchun uskuna va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
118. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
119. Kollektordan chiqadigan suyuqlik miqdori va inersiya natijasida statik tok hosil boʻlishini hisobga olgan holda kollektor sim orqali yerga ulanishi kerak.
120. Ishlab chiqarish binolariga (omborxona, sex, laboratoriya, uchastka va boshqa) yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
121. Sexlarda (boʻlimlarda, omborxonalarda, ustaxonalarda, laboratoriyalarda va boshqa ish uchastkalarida) yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha, shuningdek yongʻin oʻchirish anjomlarining soz holda boʻlishiga shu boʻlinmalarning boshliqlari yoki boshliq vazifasini bajaruvchi xodimlari masʼuldir.
122. Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan ishlab chiqarish binolari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
123. Yongʻinga qarshi suv havzalari doimo soz holatda va ichidagi suv hajmi yongʻinni oʻchirish uchun yetarli boʻlishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
124. Qoʻlda yasalgan, avtomatika tizimi nosoz boʻlgan yoki yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermaydigan maishiy isitish asboblaridan foydalanish taqiqlanadi.
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
125. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatishda va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi kerak.
(125-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
126. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi kerak.
127. Elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda elektr xavfsizligi boʻyicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan oʻtishi shart.
128. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar yonmaydigan qilib montaj qilinishi lozim.
129. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan va elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
130. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
131. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim.
132. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
133. Tok uzatilmaganligi sababli uskuna toʻxtatilgan hollarda elektr dvigatellar oʻchirilishi kerak.
134. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
135. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
136. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
137. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
138. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va yerga ulangan boʻlishi lozim.
139. Tashkilotning barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim.
140. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi hamda nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
141. Momaqaldiroq vaqtida elektr oʻlchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
4-§. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishda xavfsizlik talablari
142. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-y. 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
143. Omborxonada va yuk saqlash maydonchalarida ogʻir va oʻta ogʻir yuklarni ortish va tushirish hamda harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
144. Omborxonalar havo namligi va haroratini nazorat qiluvchi oʻlchash vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
145. Ombor va yuk saqlash maydonchalari hududiga kirishda harakat yoʻnalishini, yuk ortish va tushirish joyi hamda transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma boʻlishi kerak.
146. Yuk ortish va tushirish ishlari, bunga masʼul boʻlgan xodim rahbarligida bajarilishi lozim.
147. Yuklar javonlar, tagliklar, shtabellar va boshqa moslamalarga taxlanishi lozim. Yuklarning ogʻirligi javonlar, tagliklar, shtabellar va boshqa moslamalarning yuk koʻtarish meʼyoridan ortiq boʻlmasligi lozim.
148. Binolarda mahsulotlarni joylashtirishda oraliq masofa quyidagicha boʻlishi lozim:
bino devoridan 70 sm;
isitish tizimidan 20 — 50 sm;
yoritish tizimidan 50 sm;
poldan 15 — 30 sm.
149. Shtabellar oraligʻidagi masofa quyidagicha boʻlishi lozim:
yashiklar oraligʻi 2 sm;
taglik va konteynerlar oraligʻi 5 — 10 sm.
150. Shtabellarga zarar yetkaziladigan yoki har xil hajmdagi idishlarni, usti sirpanchiq idishlarni, oʻramadagi mahsulot, mustahkamligiga javob bermaydigan paketlarni va yuklarni birga taxlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
151. Yuklarni taxlanishida ularni saqlash, yetkazib berish, ortish va tushirish hamda shtabellarni taqsimlanishida mustahkamligi taʼminlanishi lozim.
152. Shtabellarda yashik va qoplardagi yuklarni joylashtirish vaqtida joylanishini mustahkamlash uchun har ikki qator yashiklardan hamda har besh qator qoplardan keyin toʻsiqlar qoʻyilishi lozim.
153. Yuklarning taxlanish balandligi binoning balandligidan, yer maydonini ogʻirlik koʻtarish qobiliyatidan, mexanik tarzda ishlash jarayonidan, texnologik qoidalar va saqlash sharoitlaridan kelib chiqib belgilanadi. Shtabellarda qoʻl bilan taxlanayotgan yashiklarning ogʻirligi 50 kg gacha, qoplarning ogʻirligi 70 kg gacha boʻlishi hamda uzunligi 2 m dan ortmasligi lozim.
154. Gorizontal holatda (yotiq) taxlanayotgan bochkalarning balandligi uch qatorgacha boʻlishi lozim, qatorlar oraligʻida toʻsiqlar qoʻyish sharti bilan bochkalarni vertikal holatda (tik) taxlanayotganida, ularning balandligi ikki qatordan ortmasligi lozim.
155. Tez yonuvchi suyuqliklar gorizontal va bir qatorda joylashtirilishi lozim.
156. Yuklarni ortish va tushirish hamda tashish qoʻl mehnatida bajarilganda quyidagi xavfsizlik talablariga rioya etish lozim:
qattiq idishdagi (tara), maxsus oʻralmagan yoki idishlarga (tara) joylanmagan yuklarni faqat qoʻlqoplarda tashish;
shishali idishlarni (tara) mustahkam tagliklarga joylashtirish va boʻsh shisha idishlarni (tara) maxsus qutilarda saqlash;
yuklarni faqat shikastlanmagan butun idishlarda (tara) tashish.
157. Yuklarni koʻtarish va yetkazib qoʻyishdan oldin yukning mustahkamligi hamda toʻgʻri bogʻlanganligi tekshirilishi lozim.
158. Katta hajmdagi yuklarni markaziy ogʻirlik nuqtasidan bogʻlash lozim.
159. Konteynerlarni qoʻl bilan bogʻlayotganda xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi maxsus narvonlar va boshqa moslamalardan foydalanish lozim.
160. Uzun hajmga ega boʻlgan yuklarni yetkazib berishda tepasi ochiq va tekis boʻlgan transport vositasi orqali amalga oshirilishi hamda yuklarning nishablik burchagi 3o dan oshmasligi lozim.
161. Qoʻl aravalari yuklarining ogʻirligi 300 kg dan koʻp boʻlganda qoʻl aravalarning oldingi gʻildiraklari boshqariladigan boʻlishi lozim.
162. Qoʻlda boshqariladigan yuk aravalari yengil boshqariladigan, mustahkam va soz boʻlishi lozim.
163. Qoʻlda boshqariladigan aravalarning tezligi 5 km/s dan oshmasligi lozim.
164. Yukning polga nisbatan past nishablikka tushirilishida yuk aravaning orqa tarafida boʻlishi lozim.
165. Yuklarni ortish, tashish va tushirish ishlarining toʻgʻriligiga transport vositasining haydovchisi javobgardir. Yuk ortish va tushirish ishlari boshlanishdan oldin u yukni tekshirib koʻrishi va bu yuklarning transport vositalarining tonnaji hamda oʻlchamlariga muvofiq kelish-kelmasligini tekshirib koʻrish lozim.
166. Haydovchiga zaharli ximikatlarni tashishda yuklarni ortish, tashish va tushirish yuzasidan yoʻl-yoʻriqlar berilishi lozim.
167. Yukni ortish va tushirishdan oldin yuk koʻtaruvchi vositalarning mustahkam va turgʻunligi, arqon, tros va himoya toʻsiqlari holati tekshirilishi lozim.
168. Yuk ortiladigan joy axlat, qor va boshqa narsalardan toza boʻlishi kerak. Agar yuklash va tushirish ishlarida koʻtarish moslamalaridan foydalanilsa, u holda koʻtarilgan yuk ostida ishchilar turmasligi lozim. Yuk ortilayotgan va tushirilayotgan vaqtda haydovchi kabinadan chiqib turishi shart.
169. Chang boʻladigan yuklarni ortish va tashishda haydovchilar va yuk tashuvchilar himoya koʻzoynaklari va respiratorlardan foydalanishlari kerak.
170. Transport vositasi harakati vaqtida yuklar siljimasligi uchun tashishga tayyorlangan yuklar arqonlar bilan bogʻlab mahkamlanishi lozim.
171. Idishga solingan sochiluvchan yuklar hamda kuzov ichida tashiladigan yuklar kuzov va arava bortlaridan chiqib ketmasligi lozim.
172. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotning hajmi mazkur ishni bajaruvchi qurilmaning pasportida keltirilgan oʻlchamlarga muvofiq boʻlishi kerak.
173. Omborxonaning devorlari boʻylab oʻralgan har bir javonda olti taxlamgacha boʻlgan miqdorda xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni saqlash lozim. Taxlamlar oraligʻidagi masofa 0,5 m dan, yon tomon maydonlardagi taxlamlar bilan oraligʻi esa 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
174. Chiqindilarni inventarizatsiya qilish, shuningdek ularning turlari boʻyicha xavflilik darajasini belgilash lozim.
175. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash taqiqlanadi.
176. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
177. Ikkilamchi xom ashyolar tashkilotga infeksiyaga qarshi dorilangan va bogʻlamlarga oʻralgan holda qabul qilinishi kerak.
178. Ikkilamchi xom ashyo bogʻlamlarini yopiq omborxonalarda yoki qattiq qoplamali soyabonli maydonlarda saqlash lozim.
179. Ochiq saqlash maydonlari atrof hududiga nisbatan 0,2 m dan kam boʻlmagan holda baland va 0,5 m dan kam boʻlmagan holda yonmaydigan devor bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
180. Ikkilamchi xom ashyo taxlamlari balandligi 5 m dan va har bir taxlam oʻlchami 0,25 x 0,15 m dan oshmasligi kerak.
181. Quti va qoplardagi yuklar omborxonada agʻanamaydigan va surilib ketmaydigan qilib ustma-ust taxlangan boʻlishi lozim. Qoʻlda taxlanganda uning balandligi 3 m dan, yuk koʻtarish mexanizmi yordamida taxlanganda esa 6 m dan oshmasligi lozim. Eng yuqoridagi qop bilan ship orasidagi masofa kamida 1 m boʻlishi lozim.
182. Chiqindilarni yigʻish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda boʻlishi lozim.
183. Yuk saqlanadigan omborxona va maydonchalar hududining kirish joylarida transport vositalarning harakat yoʻnalishi hamda yuklarni ortish va tushirish joylari koʻrsatilgan sxemalar osib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
184. Kimyoviy moddalar maxsus jihozlangan binoda (omborxonada) kimyoviy taʼsir xususiyatiga koʻra bogʻliqligi boʻyicha alohida joylarda saqlanishi zarur. Omborxonalarda har xil kimyoviy moddalar birgalikda saqlanishi uchun ularning roʻyxati boʻlishi lozim.
185. Har bir kimyoviy modda texnik koʻrsatmalar talablari hisobga olingan holda saqlanishi lozim. Kimyoviy moddalarni ochiq holda (tarada) saqlash taqiqlanadi. Taralarda yozuv, etiketka yoki modda nomi tushirilgan yorliq, texnik talablar koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
186. Kislotalar kislotaga chidamli pol va devorli maxsus binoda yopiq rezervuarda yoki yetkazib beruvchi-zavod tarasida saqlanishi zarur. Kislotalarni yertoʻlalarda saqlash taqiqlanadi.
187. Kislota saqlash xonalarida favqulodda holatda kislota, suv, ohak eritmasi yoki toʻkilgan kislotani neytrallash uchun soda va individual himoya vositalari uchun zaxira idishlar boʻlishi lozim.
188. Kislotali rezervuar va idishlarda “Xavfli kislota” yozuvi va kislota nomi yozilgan boʻlishi lozim.
189. Ushlagichli savatlarga yoki yogʻoch panjarali qutiga qadoqlangan kislotali butilkalarni guruhlari boʻyicha (bir nomdagi) 2 — 4 qator qilib, har bir guruhda 100 donadan koʻp boʻlmagan holda saqlash kerak. Guruhlar orasidagi oʻtish yoʻlagi kengligi 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.
190. Butilkalar xlorli kalsiy eritmasi shimdirilgan material bilan qoplangan boʻlishi kerak.
191. Kislotalarni boshqa kimyoviy moddalar va materiallar bilan birgalikda saqlash taqiqlanadi.
192. Kislotali butilkalar omborga tarada qabul qilinadi. Har bir butilkada kislota nomi, massasi, navi koʻrsatilgan yorliq boʻlishi lozim. Yorligʻi boʻlmagan kislota kimyoviy laboratoriyaga joʻnatiladi.
193. Sianidli birikmalar va kislotalarni birgalikda saqlash taqiqlanadi.
194. Qattiq moddalar bilan toʻldirilgan barabanlarni mexanizatsiyalashgan holda ochish imkoni boʻlmasa, ular maxsus pichoq bilan (konserva pichogʻi tipidagi) ochiladi. Bunda instrumentga zarba berish taqiqlanadi. Xromli karbonat barabanlari mis yoki latun asbob yordamida ochilishi lozim.
195. Kislotalarni chelak yoki bakda tashish taqiqlanadi. Kam miqdordagi kislotani kislotaga chidamli yopiq idishda tashish kerak.
196. Kislota haydash nasoslari masofadan turib qoʻshiladigan boʻlishi hamda nasos xonasining eshigi yopiq boʻlishi lozim. Nasos ishlayotgan vaqtda nasosli xonaga kirish taqiqlanadi.
197. Ochiq havoda koʻchma nasosdan foydalanilgan hollarda, nasos yopiq metall qoplama bilan yopilishi lozim.
198. Kislota, ishqor va ishlov eritmalarini quyishda sifondan foydalanilgan hollarda, u toʻldirilib, suyuqlik vakuum hosil qilish yoki havoni siqish yoʻli bilan soʻrib olinadi. Suyuqlikni ogʻiz bilan soʻrib olish qatʼiyan taqiqlanadi.
5-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
199. Tashkilotlarning texnologik jarayonlari mehnatni muhofaza qilish talablariga javob berishi kerak.
200. Qayta oʻrash va tanda tayyorlash jarayoniga qoʻyiladigan talablar:
paxta ipini qayta oʻrash, tandalash va rezina eshish jarayonida ish hududi havo soʻrish va shamollatish tizimi bilan jihozlangan xonada tashkil qilingan boʻlishi;
barcha turdagi oʻramlarni (kalavalar, pochatkalar, babinalar, seksiyali gʻaltaklar, navoylar) tashish mexanizmi va moslamalar yordamida bajarilishi;
bir smenaga yetarli xom ashyo zaxirasi yetarli darajada boʻlishi va stellajlar bilan jihozlangan maxsus joylarda saqlanishi kerak.
201. Parafin (sham) bloklarini tayyorlash jarayoniga qoʻyiladigan talablar:
parafin bloklarini tayyorlash jarayonida ish hududi havo soʻrish va shamollatish tizimi bilan jihozlangan xonada tashkil qilingan boʻlishi;
parafin bloklari qoliplanishi jarayonida sovuq va eritilgan parafin bilan xodimlarni eritilgan parafin sovumaguncha yaqinlashishlarini oldini olishi;
parafin bloklarini tayyorlash jarayonida qoliplarni (formalarni) bir meʼyorda sovushi koʻzda tutilishi lozim.
202. Trikotaj polotnolarni, kuponlarni, paypoq va qoʻlqop mahsulotlarini toʻqish jarayoniga qoʻyiladigan talablar:
trikotaj toʻquv jarayonida ish hududi havo soʻrish va shamollatish tizimi bilan jihozlangan xonada tashkil qilingan boʻlishi;
babinalarni, navoylarni, patronlarni, seksiyali gʻaltaklarni, polotno oʻraladigan valiklarni, tayyor mahsulotlarni, trikotaj polotnolarni, kuponlarni va boshqalarni tashish, shuningdek ularni dastgohlardan tushirish va oʻrnatish koʻtarish-tashish mexanizmlari yoki boshqa moslamalar yordamida bajarilishi;
davra ip oʻtkazuvchi moslamalarni boshqarishda ip oʻtkazuvchi ilgaklar yoki maxsus oʻqchalar qoʻllanilishi lozim.
203. Ignalarni oʻrnatish jarayoniga qoʻyiladigan talablar:
igna oʻrnatish jarayonida ish hududi havo soʻrish va shamollatish tizimi bilan jihozlangan xonada tashkil qilingan boʻlishi;
tigellarda metall eritish va ignalarni oʻrnatish havo soʻrgʻichga ega boʻlgan shkaflarda yoki alohida soʻrgʻich bilan jihozlangan stol ustida bajarilishi lozim.
204. Trikotaj polotnosini oqartirish va boʻyashga tayyorlash jarayoniga qoʻyiladigan talablar:
xom polotnoni nuqsonlarini aniqlash va meʼyoriga yetib borguncha ushlab turish jarayonida ish hududi havo soʻrish va shamollatish tizimi bilan jihozlangan xonada tashkil qilingan boʻlishi;
xom polotnoning nuqsonlarini aniqlash nazorat etuvchi yoki nuqson aniqlovchi uskunalar yordamida, polotnoni stol uzuni boʻyicha yoʻnaltiradigan mexanizm-qurilmalari bilan jihozlangan stollarda amalga oshirilishi;
xom polotnoni meʼyoriga yetkazib saqlash maxsus stellajlarga ega boʻlgan joyda amalga oshirilishi;
polotnolarni stellajlarga taxlash va tushirish koʻtarish-tashish mexanizmlari yordamida amalga oshirilishi lozim.
205. Trikotaj polotnosiga va buyumlarga hoʻl ishlov berish (qaynatish, yuvish, oqartirish va boʻyash) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar:
polotnoni qaynatish, yuvish, oqartirish va boʻyash jarayonida ish hududi havo soʻrish va shamollatish tizimi bilan jihozlangan xonada tashkil qilingan boʻlishi;
qaynatish, oqartirish va boʻyash jarayonlarida qayta ishlov berilgan polotno bilan xodimlarni polotno sovumaguncha yaqinlashishlikni oldini olishi;
polotnoni oqartirish va qaynatish uskunalariga asosiy eritmalarni va suvni temir quvurlar (trubalar) orqali uzatilishi;
eritmalarni tayyorlash va uskunalarga uzatilishi umumiy markazlashtirilgan yoʻl bilan amalga oshirilishi;
asosiy kimyoviy eritmalar qoʻllanish joylariga temir quvurlar orqali uzatilishi;
texnologik jarayonlarda bosim, harorat va boshqa rostlanuvchi parametrlar nazoratini asboblar yordamida, bir meʼyorda ushlab turish esa avtomatik ravishda amalga oshirilishi;
polotnoni uskuna va apparatlarga joylash, qaynatish va oqartirish jarayonidan soʻng chiqarib olish mexanik talovchilar va ajratilgan barabanchalar yordamida yoki boshqa mexanizmlar yordamida bajarilishi;
seksiyali apparatlarning barcha seksiyalariga polotnoni joylash va uni ishlatish uskunani pasportida koʻrsatilgan meʼyorlarga va texnologik rejimlarga muvofiq amalga oshirilishi;
tik qozonlardan foydalanilganda, tag qismi 0,15 m dan kam boʻlmagan, tepa qismiga chiqish uchun 1 m dan kam boʻlmagan ushlagichi (perila) boʻlgan oʻralgan narvonlarga ega boʻlgan maxsus qurilmadan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlatib boʻlingan eritmalar vannadan bevosita oqova suvlarni chiqarib yuborish quduqlariga oqova yoʻli bilan oqizilishi lozim.
(205-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
206. Trikotaj polotnolarini, kuponlarini va buyumlarini sentrifugada siqish jarayoniga qoʻyiladigan talablar:
polotnoni sentrifuga savatlariga joylash va uni chiqarish mexanik taxlovchi va tanlab olingan barabanchalar yoki boshqa mexanik usulda bajarilishi;.
sentrifuga savatiga siqish uchun materialni solib taxlashda, sentrifugani ishga tushirish meʼyorlariga moslash;
sentrifugadan ishlatilgan eritmalarni, sentrifuga yonboshida oqimi past tomonga qaratilgan tarnov orqali oqizilishi lozim.
207. Polotno, paypoqlar va qoʻlqop buyumlarini quritish (appretlash, meʼyorlashtirish, kalandrlash) jarayoniga talablar:
polotnoni appretlash jarayoni shunday tashkil qilinishi kerakki, xodimlarni eritmalar bilan va eritma ishlatilgan polotno bilan yaqinlanishi bartaraf etilishi;
polotnoni uskunada quritish va meʼyoriga yetkazish polotnolar yordamida amalga oshirilishi;
harorat, bosim, jarayon oʻtish vaqti va boshqa appretlash, meʼyorlash, quritish va kalandrlash jarayonlarini rostlash parametrlari asboblar yordamida nazorat qilinishi va ularni bir meʼyorda ushlab turish esa avtomatlashtirilgan holda bajarilishi;
issiqlik bilan ishlov berish jarayonida polotnoni va buyumlarni sovish darajasi 40 oC dan yuqori boʻlmasligi;
quritish kamerasi ichida ish olib borishdan oldin kameralarni ichki harorati 30 °C dan yuqori boʻlmasligi;
polotnoga va paypoq buyumlariga issiqlik bilan ishlov berish jarayonida statik elektr zaryadlari bartaraf etilishi koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
208. Trikotaj polotnosiga gul bosish jarayoniga quyiladigan talablar:
polotnolarga gul va rasm bosish ish hududida havoning parametrlarini meʼyorlangan holda taʼminlovchi soʻrish va shamollatish tizimiga ega boʻlgan, alohida ajratilgan xonalarda bajarilishi;
polotnoni zapravka qilish maxsus tasma yoki boshqa usulda va xodimlarga shikast yetkazmagan holda bajarilishi;
polotnoni qurish jarayonida quritish kamerasining ichidagi harorat belgilangan meʼyorda boʻlishi va asboblar yordamida nazorat qilinishi, haroratni meʼyorda ushlab turish esa avtomatik ravishda bajarilishi;
quritish kameralarida ish olib borish uchun uskuna toʻxtatiladi va shamollatiladi, uskuna ishchi organlarini sovushi uchun harorat 30 °C dan yuqori boʻlmasligiga lozim.
209. Boʻyoq va kimyoviy eritmalarni tayyorlash jarayoniga qoʻyiladigan talablar:
boʻyoq, emulsiya va boshqa eritmalarning ish hududi havo soʻrish va shamollatish tizimi bilan jihozlangan xonada tashkil qilinishi va bir biridan ajratilgan maxsus xonalarda tayyorlanishi;
eritma tayyorlash jarayonida uskunalar amaldagi qoidalarga rioya qilingan holda ishlatilishi;
pergidrolni dastlabki eritmasini tayyorlash mexanizmlar orqali bajarilishi;
eritma bilan uskunalarni (barkalarni) taʼminlanishi trubalar orqali bajarilayotganda pergidrolning harorati 30oS dan yuqori boʻlmasligi lozim.
210. Kislota va olovga xavfli suyuqliklarni chelaklarda va boshqa usti ochiq taralarda (idishlarda) tashish man etiladi.
211. Trikotaj polotnosini tuklantirish jarayoniga qoʻyiladigan talablar:
polotnoni tuklantirish jarayoni ish hududidan havoni soʻrish va shamollatish tizimi bilan jihozlangan alohida xonalarda bajarilishi;
polotno rulonlarini (oʻramalarini) tashish, oʻrnatish va tushirish elektrotelfer yoki boshqa koʻtarma-tashish mexanizmi va moslamalar yordamida bajarilishi kerak.
212. Trikotaj mahsulotlarini bichish va tikish jarayonlariga qoʻyiladigan talablar:
trikotaj buyumlarini bichish, tikish va ketlevkalash jarayonlari ish hududida havo parametrlarini meʼyorlovchi soʻrish va shamollatish tizimi bilan jihozlangan xonalarda tashkil qilinishi;
polotno oʻramlarini yoyish stollariga oʻrnatish koʻtarma-tashish mexanizmlari va moslamalari yordamida bajarilishi;
polotnoni stol ustiga yoyish maxsus yoyish uskunalari yordamida bajarilishi va yoyish uskunalarini boshqa stolga koʻchirganda mexanizm yordamida bajarilishi;
lenta qirqish pichoqlarini saqlashda va siljitishda maxsus qutilardan foydalanish;
buyumlarni bichish va tikish jarayonlarida har qaysi ish oʻrinlaridan chiqindilarni yigʻish va chiqarib tashlash koʻzda tutilgan boʻlishi;
stol ustida bichilgan polotno boʻlaklarini boshqa joyga uzatish mexanizmlar yordamida amalga oshirilishi kerak.
213. Trikotaj ishlab chiqarish buyumlariga issiq-nam ishlov berish jarayoniga qoʻyiladigan talablar:
presslash va buyumlarni shakllantirish jarayonlari ish hududida havo parametrlarini meʼyorlovchi soʻrish va shamollatish tizimi bilan jihozlangan xonalarda tashkil qilinishi;
bosim, harorat va boshqa issiq-nam ishlov berish jarayonlarining nazorati asboblar yordamida va bir meʼyorda ushlab turish esa avtomatik tarzda bajarilishi kerak.
214. Tayyor buyumlarning nazorati, tamgʻalash, roʻyxatdan oʻtkazish va oʻrash jarayonlariga qoʻyiladigan talablar:
tayyor buyumlarni nazorat qilish, hisobga olish va tamgʻalash birlashgan (umumiy va alohida) yoritish tizimiga ega boʻlgan stollarda bajarilishi;
tayyor mahsulotni omborga tashish va joylash mexanizmlar yordamida bajarilishi lozim.
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
215. Tashkilotlarda qoʻllanilayotgan barcha uskunalar va dastgohlar umumiy xavfsizlik talablariga javob berishi kerak.
216. Ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan barcha uskuna va dastgohlar montaj (demontaj), sozlash va ishlatish jarayonida xavfsiz boʻlishi kerak.
217. Elektr kuchlanishidan jarohat olishni oldini olish uchun elektr kuchlanishini koʻrsatadigan belgilar osib qoʻyilishi kerak.
218. Ish jarayonida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida saqlovchi moslamalar mustahkam toʻsqich bilan taʼminlanishi kerak.
219. Boʻrtib chiqqan, oʻtkir kesuvchi, tishli oʻtkazgich va barcha xavfli ochiq harakatlanuvchi joylar toʻsilishi kerak.
220. Xodimlarni jarohat olmasliklari va ust boshi kirib ketmasligi uchun saqlovchi moslamalar xavfli joylarni toʻsib turishi va qoʻllanishda qulay boʻlishi kerak.
221. Nam va suvli sexlardagi dastgohlar toʻsqichlari zangga chidamli, poʻlat yoki zangga qarshi qoplamali boʻlishi kerak.
222. Uskuna va dastgohlar oʻzidan oʻzi harakatlanib ketishini oldini oladigan moslamalarga ega boʻlishi, qulay va yengil harakatga tushirish anjomlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
223. Boshqaruv va harakatga keltiruvchi qismlar toʻsqichlardan tashqarida joylanishi va ish jarayonida qulay boʻlishi kerak.
224. Toza havo bilan taʼminlash maqsadida chang, zaharli bugʻ yoki gaz chiqayotgan joylarni berkitib alohida soʻrgʻichlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
225. Dastgohlarning issiqlik oʻtkazilgan yuqori qismlaridan, bugʻ oʻtkazgichlardan ishchilar kuyib qolmasligi uchun issiqlik izolyatsiyasi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
226. Dastgohlarni taʼmirlash yoki sozlash uchun toʻxtatilgan vaqtda “Ulanmasin, odamlar ishlamoqda!” degan ogohlantiruvchi belgilar osib qoʻyilishi lozim. Elektr dvigatellar elektr manbayidan uzilib xavfsizlik choralari koʻrilishi kerak.
227. Chinnidan yasalgan ip va ipak oʻtkazgichlar silliq, butun va mustahkam boʻlishi kerak.
228. Bosim ostida ishlayotgan idishlarning tuzilishi, oʻrnatilishi va ishlatilishi bosim ostida ishlaydigan idishlarni oʻrnatish va xavfsiz ishlatish talablariga mos kelishi zarur.
229. Har bir turdagi uskunalarda xavfsizlikni taʼminlovchi jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
230. Uskuna, dastgohlarni issiq yuzalari, shuningdek bugʻ uzatuvchilarga inson tanasini kuydiruvchi qismlari yaqinlashishini oldini olib, issiqlikni bartaraf etuvchi moslama bilan qoplangan boʻlishi lozim. Agar ishlab chiqarish sharoitini hisobga olgan holda uskuna, dastgohlarni issiq yuzalarini qoplash iloji boʻlmagan holda ularni boshqa kuyishdan saqlovchi moslamalar bilan toʻsish (himoyalovchi panjaralar, temir toʻrlar va boshqalar) kerak. Issiqni bartaraf etish moslamalarining yuzalari harorati 450 S dan oshmasligi kerak.
231. Uskuna, dastgohlar taʼmirlanishga toʻxtatilganda, elektr dvigatellari toksizlantirilib, taʼmirlash paytida oʻzidan-oʻzi ishga tushib ketishini bartaraf etuvchi choralar koʻrish kerak.
2-§. Dastgohlarni joylashtirishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
232. Ish joylarini tashkillashtirish va ishlab chiqarish dastgohlarini joylashtirish talablariga mos boʻlishi kerak.
233. Oʻtirib ishlaydiganlarga ish joyini tashkillashtirish, oʻtiradiganlar va oyoq tagiga qoʻyiladigan panjaralar xavfsizlik talablariga javob berishi lozim.
234. Dastgoh yuqorida 2 m dan ortiq boʻlgan balandlikda joylashgan qismlariga xizmat koʻrsatish uchun statsionar maydoncha va ularga 1 m dan balandlikda ushlagichlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
235. Yongʻin yoki portlov xavfi keltiradigan dastgohlarni ekspluatatsiya qilishda (apal uskunasi, uyutish va boshqalar) ular alohida xonada joylashtirilgan boʻlishi kerak.
236. Asosiy kommunikatsiyalarning joylashishi (havo oʻtuvchi, suv oʻtuvchi va boshqalar) oqova va toʻxtovsiz texnologik jarayonni taʼminlashi kerak.
237. Asosiy kommunikatsiyalar binolarning tomi va yertoʻlasida joylashgan boʻlishi kerak.
238. Kommunikatsiyalarga oʻtish yoʻli xavfsiz boʻlishi va koʻprikchalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
239. Eshishni singdirish apparatlari havo soʻrish va shamollatish uskunalari bilan taʼminlangan xonalarda oʻrnatilishi kerak.
240. Ohorlash, qaynatish va tayyorlash uchun dastgohlar shunday joylanishi kerakki, bu dastgoh bortlarining balandligi poldan 0,9 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
3-§. Dastgohlarga qoʻyiladigan talablar
241. Oʻrovchi uskunalarga qoʻyiladigan talablar:
oʻrash uskunalarini oʻrash vallariga, transportyorlariga, oʻzi toʻxtash valiklariga va elektr dvigatellariga harakat uzatuvchi tizimlari umumiy ishga tushirish tizimiga ajratish futlyarini berkituvchi toʻsqichlar bilan oʻralgan holatda ulanishi;
uskunalarni orqa qismida joylashgan tishli gʻildiraklar va chiqib turgan vallar umumiy toʻsiqlar bilan oʻralib, uskunaga qotirilgan boʻlishi;
oʻrovchi vallarning podshipniklari vallarga ipni oʻrab ketish hollaridan himoyalangan toʻsiqlarga ega boʻlishi;
ip uzatgich tizimidagi chinni detallari tez-tez nazorat ostida boʻlib, yaroqsizlari yaroqlilariga almashtirilib turilishi;
uskunalarda ip oʻralayotgan babina maʼlum bir oʻlchov meʼyoriga yetganda yoki ip uzilganda ogohlantiruvchi lampalarga ega moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi;
uskunani moylash qismlari umumiy markazlashtirilgan tizimda boʻlishi;
uskuna ostida moylangan qismlardan oqib tushgan moylarni yigʻuvchi patnis idishlar boʻlishi lozim.
242. Eshish uskunalariga qoʻyiladigan talablar:
uskunaning old va orqa qismiga joylashgan ip taxlovchi va urchuqlarga harakat uzatuvchi va ishga tushiruvchi uskunalar eshiklari qulflangan va ishonchli toʻsiqlar bilan jihozlangan boʻlishi;
uskunani har ikki tomonida urchuqlarni birinchi va ikkinchi yarusini harakatga keltiruvchi remenlari yengil tushirish toʻsiqlari bilan jihozlangan boʻlishi;
uskunani bosh va orqa harakat uzatuvchi ishchi organlari markazlashgan yogʻlovchi tizimga ega boʻlishi;
urchuqlar maxsus yogʻ ushlab turuvchi vannochkalarga, remenlarga yogʻ tegishidan himoyalovchi moslamalarga ega boʻlishi;
eshuvchi uskunalarga amortizatsiyali tayanchlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
243. Seksiyali tanda tayyorlash uskunalariga qoʻyiladigan talablar:
uskunaning ishga tushiruvchi uskunasi va tormozlash shkivi alohida toʻsiqlar bilan yopilgan boʻlishi.
uskunada ipi uzilganda tezlik bilan toʻxtatuvchi tormozga ega boʻlishi;
uskuna tandaning uzunligi oʻlchov meʼyoriga yetganda yoki ip uzilganda xabar beruvchi signalizatsiyaga ega boʻlishi;
uzilgan ip uchini topishni yengillashtirish maqsadida uskunada alohida yoritqich oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
244. Tasmali tanda tayyorlash uskunasiga qoʻyiladigan talablar:
uskunani harakat uzatuvchi qismi mustaqil toʻsiqqa ega boʻlishi;.
tasma oʻrovchi baraban tezlik bilan toʻxtatuvchi tormozga ega boʻlishi;
uzilgan ip uchini topishni yengillashtirish maqsadida uskuna orqaga qaytish mexanizmiga ega boʻlishi;
uskuna tandaning belgilangan uzunlikda tayyorlangani yoki ip uzilganligi haqida xabar beruvchi signalizatsiyaga ega boʻlishi kerak.
245. Doirasimon ikkifon-turli toʻquv (vyazalniy) uskunalarga qoʻyiladigan talablar:
uskunalarni harakatga keltiruvchi uzatmalari (zanjirli, ponasimon remenli va tishli) mutloq berkitiladigan qobiqlar bilan jihozlangan boʻlishi;
polotnoni aylanma tortib oʻrash mexanizmi eshikli temir toʻr bilan oʻralib ishga tushirish qurilmasi bilan blokirovka qilingan boʻlishi;
uskunalarda ip uzilganda, ip tortilib qolganda, ignalar sinib qolganda yoki polotnoda teshik paydo boʻlganda, xabar beruvchi lampalarga ega boʻlgan avtomatik ravishda toʻxtatish mexanizmiga ega boʻlishi;
ignali silindr bilan aylanadigan uskunalarda polotno va ignachalarni nazorat qilish uchun uskuna korpusiga qotirilgan qoʻshimcha yoritqich boʻlishi;
ignali silindr bilan aylanadigan uskunalarning jakkard barabanchalari silindr tomonga qaragan kesimli qopqoqchalar bilan toʻsilgan boʻlishi;
harakatlanmaydigan ignali silindrga ega boʻlgan uskunalarni boshqarish mexanizmi dasturlashtiruvchi barabanda silindrning qulfli tizimiga va himoyalovchi moslamaga ega boʻlishi va ishga tushirish qurilmasiga biriktirilgan boʻlishi;
uskunani moylash qismlari umumiy markazlashtirilgan tizimda ulangan boʻlishi kerak.
246. Toʻqish (vyazalniy) uskunalariga, yarimavtomatlar va avtomatlarga qoʻyiladigan talablar:
remenli uzatmalar va uskunani ishga tushirish elektromagnit muftalari mutloq berk yoki tushiriladigan yopiqlarga ega boʻlishi;
uskunaning barcha tishli va zanjirli aylanuvchi uzatmalari, ochiq aylanadigan qismlari (vallarning uchlari, qotiruvchi boltlar, yoʻnaltiruvchi yulduzchalar, xrapoviklar va boshqalar) toʻsqichlar bilan toʻsilgan boʻlishi;
uskunalarda igna ushlovchi moslamani (igolnitsani) yoritish parametrlarini taʼminlovchi alohida yoritqich oʻrnatilgan boʻlishi;
uskunalarda ip uzilganda, tugunlar paydo boʻlganda, polotno yirtilganda va igna ushlovchida igna singanda xabar beruvchi lampaga ega boʻlgan avtomatik ravishda toʻxtatish mexanizmiga ega boʻlishi kerak.
247. Tanda toʻqish uskunalariga qoʻyiladigan talablar:
elektrodvigateldan uskunaning bosh (ekssentrik) valiga harakat uzatuvchi ponasimon remenli uzatma qutisimon toʻsiq bilan toʻsilib uskuna tanasiga qotirilgan boʻlishi;
uskunani bosh validan zanjirli baraban valiga harakat beruvchi chervyakli uzatma qattiq qoplama bilan toʻsilgan boʻlishi;
tandani majburiy uzatish mexanizmining zanjirli uzatmasi mustahkam toʻsilgan boʻlishi;
polotnoni tortish va oʻrash mexanizmining uzatmalari qoplama bilan toʻsilgan boʻlishi;
rasm chiqaruvchi disklar toʻla-toʻkis boʻshatish imkoniga ega boʻlgan qoplama bilan toʻsilgan boʻlishi;
uskunada barcha asosiy mexanizmlarni yogʻlanish markazlashgan yogʻlash tizimiga ega boʻlishi;
uskuna ostida moylangan qismlardan oqib tushgan moylarni yigʻuvchi patnis idishlar boʻlishi;
ignachalar joylashgan moslamalarni yoritish uchun uskunada qoʻshimcha yoritqich oʻrnatilishi kerak.
248. Kotton uskunalariga qoʻyiladigan talablar:
ishga tushirish mexanizmi uzatmalari umumiy qoplama bilan toʻsilib uskuna tanasiga qotirilgan boʻlishi;
vallarning chetida joylashgan tishli gʻildiraklar va sapfalari toʻsilgan boʻlishi;
uskunani yon tomonida joylashgan reyka va shtangalar skoba bilan toʻsilgan boʻlishi;
uskunani aylanib pasayish plitkalari va taroqlari oʻchirilgan holatda burchakli toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi;
ishga tushirish valining qoʻshuvchi muftalari temir qoplama bilan toʻsilgan boʻlishi;
uskunani kulir mexanizmi toʻsilgan boʻlishi;
ishchi ustiga yuk tushib ketmasligi uchun yuk koʻtarish mexanizmining yuqori gʻildiragi tirgak (vilka)ga ega boʻlishi;
koton uskunasi ishlab boʻlgan yogʻlarni yigʻish uchun maxsus idish ustiga oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
249. Paypoq va qoʻlqop doirasimon toʻquv (vyazalniy) avtouskunalariga qoʻyiladigan talablar:
elektrodvigateldan uskuna bosh valiga harakat uzatuvchi ponasimon remenli uzatma qutisimon toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi;
avtomatning boshqaruvchi va harakat beruvchi mexanizmlarining tishli uzatmalari umumiy qoplama bilan toʻsilishi;
ikki silindrli avtomatlarda silindrni harakatga keltiruvchi tik vali berk toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi;
tovar qabul qiluvchi mexanizm avtomatlarining savati gʻilof bilan toʻsilgan boʻlishi;
avtomatlarni boshqarish barabanlari rangsiz ekran bilan berkitilgan boʻlishi;
programmalik elektr boshqarish stansiyasi atroflari oʻralib mustahkam zulfli eshikcha bilan taʼminlangan boʻlishi;
oʻzi bort chiqaruvchi qurilmaning konussimon tishli uzatmasi toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi;
bir silindrli avtomatlar ochiq holda mukammal ip taxlovchi halqaga ega boʻlgan qurilma bilan jihozlangan boʻlishi;
avtomatlarni barcha asosiy mexanizmlarini yogʻlash markazlashtirilgan usulda bajarilishi;
avtomatlarda maksimal kuchlanishni spiralga uzatish faqat ipni qirqish paytiga toʻgʻri kelishi;
avtomatlarda ipni kuydirish (qirqish) transformatori elektr apparatlari joylashgan shkafda birga oʻrnatilgan boʻlishi;
avtomatlar ip uzilganda, ip qisilib tortilganda va igna singanda xabar beruvchi yoritqich bilan jihozlangan va avtomat ravishda toʻxtatish mexanizmiga ega boʻlishi;
avtomatlarda singan ignachalarni yigʻish joyi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
250. Mexanik ravishda ishlaydigan jgut barkalari va apparatlariga qoʻyiladigan talablar:
jgut barkalar va apparatlarning atrofi yopilgan boʻlib, ichida yigʻilgan bugʻlarni bartaraf etish uchun alohida havo soʻrgich qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi;
barkalarni berkitish eshiklari mustahkam osilgan va toʻsilgan protivoveslarga (porsang) ega boʻlib yengil koʻtarilib tushirilishi;
mexanik barkalar va apparatlar vannalaridan suyuqlik toshib ketmasligi uchun ortiqcha suyuqlik va eritmalarni oqizish tarnovlari mavjud boʻlishi;
mexanik barkalar va apparatlarni ishga tushiruvchi uzatmalari mustahkam toʻsilgan boʻlishi;
boshqaruv apparatlari, elektrodvigatellar, avtomat priborlari va elektr blokirovkalarni bajarilishi agressiv muhitga chidamli boʻlishi;
boʻyash apparatlari va baraban seksiyalari zulfli moslamalarga ega boʻlishi kerak.
251. Sentrifugalarga qoʻyiladigan talablar:
sentrifuga qopqogʻining vazni 4 kg dan ortiq boʻlmay ushlagich mexanizmi koʻtarishga qulay boʻlib, ochiq holatda qopqoqni ushlab turuvchi (fiksatsiya) tirkagachga ega boʻlishi;
sentrifuganing qopqogʻi ochiq holatda oʻz-oʻzidan ishga tushib ketmasligi uchun blokirovkasiga ega boʻlishi;
sentrifuga tebranish tezligi meʼyordan oshib ketganda elektr quvvatini oʻchirish moslamasiga ega boʻlishi;
sentrifuga elektrodvigateli tokdan oʻchirilganda savatni toʻxtatish moslamasi (tormoz) bilan jihozlangan boʻlishi;
ishga tushirish uzatmalari toʻsilgan boʻlishi;
sentrifuga maxsus stendlarda sinovdan oʻtgan boʻlishi kerak.
252. Quritish-kengaytirish uskunalariga qoʻyiladigan talablar:
polotnoni kirish hududida igna oʻrnatilgan zanjirlar uchastkasi toʻsilgan boʻlishi;
quritish kameralarining polotnosi kirib chiqish joylari, xonaga issiq havo chiqib ketmasligi uchun berkitilgan boʻlishi;
polotnoni ignali zanjirga kirish joyida “STOP” knopkasi oʻrnatilgan boʻlishi;
barcha remenli, zanjirli va tishli uzatmalar toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi;
quritish kameralarining yon tomonlarida kameraning yuqori joylashgan qismlariga xizmat koʻrsatish uchun narvonlarni oʻrnatadigan tayanch prutoklar oʻrnatilishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
253. Quritish va stabilizatsiyalash uskunalariga qoʻyiladigan talablar:
plyusovka vannalari oʻralgan boʻlib, alohida havo soʻrgich qurilmalari yordamida yigʻilgan par havo aralashmalari bartaraf etilishi;
plyusovkalarni siquvchi vallari, kalandr ogʻizlari vallar orasiga xodimlarning qoʻllari kirib ketishidan ogohlantirish moslamalariga ega boʻlishi;
quritish va stabilizatsiyalash kameralari yigʻilgan zaharli gazlarni chiqarib tashlash uchun alohida soʻrish va shamollatish moslamasi bilan jihozlangan boʻlishi;
quritish va stabilizatsiyalash kameralarining eshiklari uskunani ishga tushirish moslamasi bilan blokirovka qilingan boʻlishi;
kameralarning devorlari, polotnoni kirish va chiqish joylari xonaga issiq havo chiqarmaydigan toʻsiqqa ega boʻlishi;
zanjir qulflarning (tutgichlari) yuzalari uskunadan ochiq holatda toʻsiqlar bilan berkitilgan boʻlishi;
quritish va stabilizatsiyalash uskunalarining kameralarini yon tomonlarida narvon qoʻyib yuqori joylashgan kamera qismlarini taʼmirlash, nazorat qilish uchun tayanch prutoklari oʻrnatish koʻzda tutilishi kerak.
254. Polotnoga foto bosma usuli bilan gul bosish uskunalariga qoʻyiladigan talablar:
bir tizimdagi uskuna va moslamalarni ishga tushirish yagona boshqarish pultidan, toʻxtatish esa “STOP” knopkasi orqali har bir ishchi joyidan bajarilishi;
tortish vallarini oldidagi yoyish qurilmasi qirgʻoq va gazlamani yoyish moslamasiga ega boʻlishi;
tortish vallarni siquvchi joylari xodimlarning qoʻllari vallar orasiga kirib ketmasligi uchun ogohlantiruvchi moslamaga ega boʻlishi;
quritish kameralari germetik yopiq boʻlib, kameradan zaharli gazlarni soʻrib chiqaruvchi alohida moslamaga ega boʻlishi;
kameraning devorlari, polotnoni kirish va chiqish joylari xonaga issiq havoni chiqib ketmasligi uchun toʻsiqlarga ega boʻlishi;
quritish kameralarining eshiklari ishga tushirish qurilmasi bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
255. Boʻyoq, kimyoviy eritmalar va quyiltiruvchi moddalarni tayyorlovchi moslamalarga qoʻyiladigan talablar:
gul bosish uchun boʻyoqlar va quyiltiruvchi moddalar tayyorlaydigan dastgoh va uskunalar yongʻindan saqlash imkoniyatiga ega boʻlgan holatda tayyorlanishi;
avtoklav, qaynatuvchi qozonlar va reaktorlarga bugʻ yetkazuvchi trubalar issiqdan saqlanadigan qatlam bilan qoplangan boʻlishi;
qoplamalarning yuza harorati 450 S dan oshmasligi;
avtoklavlar, reaktorlar va qaynatish qozonlari qizil rangda chegaralangan belgiga ega boʻlgan manometrlar bilan jihozlangan boʻlishi;
mexanik aralashtiruvchi moslamalarning ishga tushiruvchi barcha uzatmalari mustahkam toʻsilgan boʻlishi kerak.
256. Tuklantirish uskunalariga qoʻyiladigan talablar:
tuklantirish barabani yopinchiqqa ega boʻlib, tuk chiqindilarini alohida soʻrgʻich bilan yopinchiq tagidan chiqarib tashlash moslamasiga ega boʻlishi;
tuklantirish barabanining qopqogʻi va eshigi uskunani ishga tushirish moslamasi bilan blokirovka qilingan boʻlishi;
uskunani old va orqa tomonida “STOP” knopkasi oʻrnatilgan boʻlishi;
uskunani ishga tushirish va oraliq uzatmalar mustaqil toʻsiqlar bilan berkitilgan boʻlishi kerak.
257. Nuqson aniqlovchi uskunalarga qoʻyiladigan talablar:
uskunani ishga tushirish moslamasi bir joyda oʻrnatilgan boʻlishi;
uskuna ikki tomonlama boshqaruvchi xodimlar tomonidan toʻxtatish imkoniga ega boʻlishi;
ikki nafar xodim bilan boshqariladigan uskunalar ishga tushirish haqida ogohlantiruvchi moslamaga ega boʻlishi;
valiklarning qotirilishi, ularni ish jarayonida podshipniklardan chiqib ketmasligi taʼminlangan boʻlishi;
polotnoning nuqsonlarini aniqlovchi stollar yuzasi tekis va silliq boʻlishi;
nuqson aniqlovchi uskunalar maxsus moslamaga ega boʻlib, ikkinchi xodimga polotnoni teskari tomonidan nuqsonlarni aniqlashda xavfsizlik sharoiti yaratilgan boʻlishi;
nuqson aniqlovchi uskunalar ish stoli yuzasini meʼyorda yoritish uchun alohida yoritish moslamasiga ega boʻlishi;
barcha ishga tushirish uzatmalari mustahkam toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi;
polotnoning nuqsonini aniqlovchi stol osti qoʻshimcha nurlanuvchi yoritqichga ega boʻlishi kerak.
258. Polotnoni yoyish uskunalariga qoʻyiladigan talablar:
yoyish uskunalarini ishga tushirish uzatmalari yopiq qoplama bilan toʻsilgan boʻlishi;
ishga tushiruvchi moslama polotnoni valiklar orasiga zapravka qilinayotganda uskunaning yoqilishini bartaraf etuvchi blokirovkaga ega boʻlishi;
polotnoning ortgan qismini kesib tashlaydigan lineykali kesish moslamasi toʻsiqqa ega boʻlishi;
yoyuvchi uskunani, boshqaruvchi xodimlarni ogohlantirish uchun uskuna ishga tushishdan oldin tovushli ogohlantirishga ega boʻlishi;
polotno oʻramalarini yoyish stoli ustiga koʻtarish mexanizmi yordamida bajarilishi lozim.
259. Tasmali bichuvchi uskunalarga qoʻyiladigan talablar:
tasmali kesuvchi pichoq uzunligi boʻyicha toʻsilgan boʻlib, ishchi qismi polotno yoyilishi boʻyicha ogohlantiruvchi moslamaga ega boʻlishi;
uskuna favqulodda tasmali pichoq singanda yoki uzilganda, uzilgan qismini ushlab qoluvchi elektromagnitga ega boʻlishi va zudlik bilan toʻxtatish tormozi bilan jihozlangan boʻlishi;
uskuna tasmali pichoqni mexanik usulda charxlash moslamasi bilan jihozlangan boʻlishi;
tasmali pichoq, charxlash apparati, charx joyi va ishga tushirish uzatmalari mustahkam toʻsilgan boʻlishi;
uskuna polotnoni bichishda chiqadigan chiqindilarni va changlarni bartaraf etish moslamasiga ega boʻlishi;
uskunada alohida yoritgich oʻrnatish koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
260. Koʻchirib ishlatiladigan bichish uskunalari yoyilgan polotno boʻyiga qarab sozlanuvchi saqlanish moslamasiga (yoyilgan polotnoni ostida pichoqni berkitadigan lapka yoki toʻsqichga) ega boʻlishi kerak.
261. Tikuv uskunalariga qoʻyiladigan talablar:
tikuv uskunalarini ishchi stollarini yuzasi tekis va silliq boʻlishi;
barcha tikuv uskunalari saqlovchi lapkalar (yoki boshqa), ishchini barmogʻini ignadan shikastlanishdan saqlanish moslamalarga ega boʻlishi;
tugma oʻrnatib tikuvchi, ilgak, ilmoqlar va boshqa shunga oʻxshash qoʻshimchalar tikishda igna yoki tugma singanda ishchini himoyalovchi ekran toʻsigʻiga ega boʻlishi;
uskuna tanasidan ishchi tomonga chiqib turadigan ip tortgichlar skobalar bilan toʻsilgan boʻlishi;
harakatga keltiruvchi kamar uzatmalarni biriktirib tikilishi yumshoq boʻlishi;
yakka tartibdagi elektrodvigateldan uskunani harakatga keltiruvchi uzatma toʻsilgan boʻlishi;
tikish uskunaning golovkasi ochiq holda mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi;
germetizatsiyaga ega boʻlmagan, markazlashgan yogʻlash moslamalariga ega boʻlmagan uskunalar ostida ishlab chiqqan yogʻlarni yigʻuvchi patnis bilan jihozlangan boʻlishi;
tikuv uskunalari golovkalari sanoat stollariga elastik prokladkalar orqali oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
262. Elektr dazmollarga qoʻyiladigan talablar:
elektr dazmollarning tok oʻtkazuvchi kontaktlari maxsus toʻsiqlarga ega boʻlishi;
elektr dazmolga tok uzatuvchi shnurlar rezina yoki maxsus egiluvchan shlanglar ichiga olingan boʻlishi;
elektr dazmolni ushlagichlari past, issiqlik oʻtkazmaydigan materiallardan tayyorlangan boʻlib silliqlangan boʻlishi;
elektr dazmolning temir tanasi yer bilan ulangan boʻlishi;
elektr dazmollarni pastki qismi toza va yaxshi silliqlangan boʻlishi;
elektr dazmollar haroratni avtomatik ravishda rostlash regulatoriga ega boʻlishi kerak.
263. Bugʻlovchi presslarga qoʻyiladigan talablar:
bugʻlovchi presslar ishchi xonalarni bugʻlanishini oldini olish uchun soʻrgʻich zont yopinchiqlarga ega boʻlishi;
bugʻ uzatgichlar va pressning issiq yostiqchalarining ishlamas yuzasi issiqlikdan izolyatsiyalangan qatlam bilan yopilgan boʻlishi va ushbu yopilma yuzasining harorati 45o S dan oshmasligi;
presslarda haroratni, bugʻ va havo bosimlarini oʻlchab nazorat qiluvchi asboblar oʻrnatilishi va manometrda mumkin boʻlgan bosim belgilari aks ettirilgan boʻlishi;
qoʻllar press yostiqchasi orasiga kirib qolishdan saqlanish uchun yostiqchalar ikki qoʻl bilan knopkani bosgandan soʻng yopilishi;
ishga tushirish knopkalarining orasi shunday boʻlishi kerakki, pressni bir qoʻl bilan yopilmasligi;
pressning tepa yostigʻi ochiq holda tushib ketmasligi uchun pressda saqlanish moslamasi boʻlishi;
bosim ostida ishlaydigan barcha tizimlar press stoli ostida oʻrnatilgan boʻlib, shuningdek ishga tushirish uzatmalari mustahkam toʻsilgan boʻlishi kerak.
V-bob. Taʼmirlash (tuzatish) ishlarini bajarishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
264. Ishlab chiqarish sexlaridagi taʼmirlash-montaj ishlarini bajarish vaqtida taʼmirlash ishlarining rahbari maʼmuriyat bilan birgalikda ushbu ishlarni xavfsiz bajarilishini, shuningdek ishlash uchun qoldirilgan uskunalar normal ishlashini taʼminlovchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishi zarur.
265. Texnologik uskunalar va boshqa mexanizmlarni taʼmirlash-montaj ishlarini boshqarish uchun taʼmirlash va montaj ishlari boʻyicha masʼul shaxs tayinlanishi lozim.
266. Taʼmirlash-montaj maydonchalari transport vositalarining yirik qismlari va detallarini, moslama, qurilma va asboblarni, shuningdek taʼmirlash ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan materiallarni joylashtirilishini taʼminlovchi oʻlchamlarga ega boʻlishi kerak.
267. Taʼmirlash maydonchalarida uskuna qismlari va detallarini joylashtirishda ular orasidagi oʻtish joylari belgilangan meʼyorlarga muvofiq boʻlishi lozim.
268. Yordamchi ishlarni bajarish vaqtida temir yoʻl transporti vositasida uskuna, detal, agregat va boshqa predmetlarni tashishda xavfsizlik texnikasi va sanitariya qoidalari talablariga rioya qilish zarur.
269. Taʼmirlash ishlarini bajarishda, agar kran mexanizmlari yoki uskuna va agregatlar tepasida ishlarni bajarish uchun moʻljallangan maxsus maydonchalar boʻlmasa, koʻtarish mexanizmlarining toʻsinlari uchun mustahkam tayanchlar oʻrnatilishi lozim.
270. Taʼmirlash ishlari bajarilayotganida saqlovchi kamarlar mahkamlanadigan joylar taʼmirlash ishlariga rahbarlik qiluvchi shaxs tomonidan oldindan belgilanishi zarur.
271. Koʻchma narvonlar mustahkam, yengil va ularning pastki qismi oʻtkir metall tish yoki rezina poynak koʻrinishidagi tayanchlar boʻlishi va ularning tepa qismlari mustahkam konstruksiyalar (havoza, toʻsin, sinch elementlari va boshqalar)ga mahkamlanishi zarur.
272. Ochiladigan qoʻsh oyoqli narvonlar oʻzidan-oʻzi serilib ketishdan saqlaydigan moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
273. Koʻchma narvonda ishlashda faqat narvonning pastki qismi yonida ikkinchi xodim turganidagina ruxsat etiladi.
274. Yaxlit qoplama toʻshalmagan yoki ishlar xavfsiz bajarilishini taʼminlaydigan boshqa chora-tadbirlar koʻrilmagan taqdirda bir vaqtning oʻzida bir vertikaldagi turli nuqtalarda taʼmirlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
275. Qurilmalarni ishga tushirish faqat ushbu qurilmaga xizmat koʻrsatuvchi va tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan xodimlarga ruxsat etiladi.
276. Uskuna taʼmirlanayotganida uni sinash uchun ishlatib koʻrish, taʼmirlash ishlari boʻyicha masʼul rahbar (mexanik, master va boshqalar) ruxsatiga koʻra shu uskunani taʼmirlayotgan xodimlarga ruxsat etiladi.
277. Konveyer tasmalarini almashtirish va ularning uchlari, elevator zanjirlari va boltlarni birlashtirishda, muvofiq yuk koʻtarish qobiliyatiga ega stellaj qurilmalaridan foydalanish kerak.
278. Taʼmirlash ishlari bajarilayotganida bunkerlarni yuklash taqiqlanadi. Yuklash konveyerlari va taʼminlagichlarning uzatmalari toʻxtatilgan, taʼmirlash ishlari olib borilayotgan uchastka tepasidagi tuynuklar va tirqishlar esa puxta va zich yopilgan boʻlishi kerak.
279. Taʼmirlash ishlaridan soʻng mexanizm va uskunalarni qabul qilishda toʻsiqlar, himoya qurilmalari, avtoblokirovka, yerga tutashtirish, tok oʻtkazuvchi qismlarning izolyatsiyasining mavjudligi, ishga yaroqliligi va texnika xavfsizligi talablariga javob berishi, shuningdek uskuna va mexanizmlarni xavfsiz ekspluatatsiyasini taʼminlovchi boshqa chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi tekshirilishi lozim.
280. Pnevmatik asboblarining havo shlanglarini oʻzaro biriktirish va ajratish faqat havo berish toʻxtatilganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
281. Devorga tirab qoʻyiluvchi narvonlarda turib mexanizatsiyalashtirilgan asboblar yordamida ishlarni bajarish taqiqlanadi.
282. Qoʻl asboblari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
yogʻoch soplar yogʻochning qattiq va qayishqoq navlaridan qilinishi, silliqlangan va mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi;
instrumentning ish qismida yoriqlar, gʻadir-budurlar va singan joylari boʻlmasligi.
283. Qoʻl omburi va qaychilari silliq va ichki tomonida qoʻlni siqib qoʻyishdan himoyalaydigan tayanchi boʻlishi lozim.
284. Qoʻl asboblari himoya qoplamasi bilan qoplangan boʻlishi lozim.
285. Elektr taʼminoti toʻxtagan yoki tanaffus vaqtida elektr dastgoh elektr tokidan uzilgan boʻlishi lozim.
286. Elektr dastgohda nosozliklar aniqlangan taqdirda darhol ish toʻxtatilishi kerak.
287. Siqilgan havo bilan ishlaydigan elektr dastgohlari bilan ishlashda ularni chang, nam va neft mahsulotlari taʼsiridan saqlash lozim.
288. Dastgohlarni yigʻish, qayd etish, biriktirish elementlarini qisish, qotishma, flyus qoplash va boshqa yigʻma detallarni oʻrnatish maxsus qoʻllanma asosida texnologik hujjatlarda koʻrsatilgan tartibda amalga oshirilishi lozim.
289. Elektr uskunalar va jihozlarni taʼmirlashdan soʻng, asbob-uskunani ishga tushirishga, tashkilot bosh mexanigi, mehnat muhofazasi xizmati xodimi, kasaba uyushmasi vakili va bosh muhandis tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuzilib, qabul qilingandan soʻng ruxsat beriladi.
290. Taʼmirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi blokirovka moslamalari oʻz joyiga oʻrnatilishi kerak.
291. Taʼmir ishlarini oʻtkazayotganda texnik xavfsizlikni asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xodimlarni mexanizatsiya vositalari, sozlangan asbob va uskunalar va himoya vositalari bilan taʼminlash;
ishchi joylarni toʻgʻri tashkil etish va ularni tozalikda saqlash;
mexanik jihozni chegaralovchi uskunalar bilan taʼminlash.
292. Tashkilotlarning hududida ishlab chiqarishni yoki sexda qurilma, agregat, ayrim asbob-uskunalarni taʼmirlashga toʻxtatish uchun buyruq chiqarilishi kerak.
293. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi kerak.
294. Barcha asbob-uskunalar tasdiqlagan jadval boʻyicha belgilangan muddatlarda rejali taʼmirlash ishlaridan oʻtkazilishi lozim.
295. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejaviy oldini oluvchi taʼmirlashni qatʼiy bajarilishi va taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi kerak.
296. Asosiy uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida taʼmirlashni oʻtkazishga javobgar shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi choralar koʻrilgan boʻlishi kerak.
297. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilgan holda bajarilishi lozim.
298. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin quyidagilar bajarilishi lozim:
elektr energiya taʼminotidan oʻchirish;
asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va boshqa mahsulotlardan boʻshatish;
taʼmirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va oʻralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini oʻtkazish yoʻli bilan tekshirish.
299. Asbob-uskuna taʼmirlangandan soʻng sinovdan oʻtkazilishi va ishlatib koʻrilishi zarur.
300. Sinov va ishlatib koʻrish davrida taʼmirlangan asbob-uskunada aniqlangan barcha nosozliklar jumladan, elektrodvigatel va tarmoq podshipniklarini qizish darajasi hamda moy oqishi bartaraf qilinishi kerak.
301. Barcha ishchilar baxtsiz hodisa roʻy berganda birinchi yordam koʻrsatish usullari bilan tanishtirilishi kerak.
302. Taʼmir orasidagi koʻriklarda uskuna holatini tekshirib oʻrtacha va kapital taʼmir boʻyicha ish hajmini belgilaydilar, koʻrik vaqtida topilgan nosozliklar hamda koʻrikdan oʻtkazishda aniqlangan nuqsonlar texnologik jarayonni buzadigan holatlar va singan, yeyilgan qismlari esa almashtirilishi lozim.
303. Obyektda taʼmirlash, qayta jihozlash ishlarini oʻtkazish jarayonida payvandlash va boshqa olovli ishlarni bajarish uchun obyekt boshligʻining yozma ruxsatnomasi boʻlib, yongʻin chiqish xavflari bartaraf etilgandan soʻng ruxsat etiladi.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
304. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
305. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(305-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob. Yakuniy qoida
306. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “Oʻzbekyengilsanoat” DAK bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2013-yil 15-avgust
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 15-avgust
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 15-avgust
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 15-avgust
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2013-yil 15-avgust
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2013-yil 15-avgust
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. KURBANOV
2013-yil 15-avgust
“Oʻzbekyengilsanoat” DAK raisi I. XAYDAROV
2013-yil 15-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 35-son, 474-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)