23.08.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2503
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy va jamoat binolaridan foydalanishda, shuningdek ularni joriy va mukammal taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 23-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2503]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Turar joy va jamoat binolaridan foydalanishda, shuningdek ularni joriy va mukammal taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 22-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-B-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 22-iyuldagi 53-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy va jamoat binolaridan foydalanishda, shuningdek ularni joriy va mukammal taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar turar joy va jamoat binolaridan foydalanishda, shuningdek ularni joriy va mukammal taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar turar joy va jamoat binolaridan foydalanuvchi, shuningdek ularni joriy va mukammal taʼmirlovchi tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi hamda ishchilar va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarning yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratidan himoya qilish vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mexanik, kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ular uy-joy kommunal xoʻjaligini dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Uy-joy-kommunal xoʻjaligi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga (roʻyxat raqami 2275, 2011-yil 6-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 446-modda) muvofiq xodimlar yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Kasbiy tanlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiyot xizmati koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkaziladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Taʼmirlash ishlari olib borilayotgan hududlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Taʼmirlash ishlari olib borilayotgan hududda transport vositalarining va piyodalarning hududda harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Taʼmirlash ishlari olib borilayotgan hududda yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Taʼmirlash ishlari olib borilayotgan hududda har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Taʼmirlash ishlari olib borilayotgan hududdagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorongʻi paytida esa yoritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Taʼmirlash ishlari olib borilayotgan hudud butun chegara boʻylab toʻsilgan boʻlishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(9-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ichimlik suvining harorati 8° S dan 20° S gacha boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga mos boʻlishi lozim. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan toʻsib qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli meʼyorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm toʻxtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning toʻxtashi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorugʻlik signallari boʻlishi kerak. Signal elementlari (elektr qoʻngʻiroq va oʻchib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan boʻlib, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Liniya toʻxtagandan soʻng, ovozli va yorugʻlik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur toʻsiqlar, himoya va saqlovchi moslamalar hamda qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning uskunalari yaroqli boʻlishi, nazorat-oʻlchash asboblari soz, apparatlar blokirovka vositalari mavjud boʻlganda ishga tushirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Barcha tarmoqlarda texnologik jarayon xavfsiz bajarilishi, tashkiliy-texnik chora-tadbirlar koʻrilishi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Agregat mexanizmlarining normal ishidagi har qanday buzilishlar undagi barcha mexanizmlarning avtomatik tarzda toʻxtatilishi bilan yakunlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Texnologik jarayon buzilgan hollarda, xodimlarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsiri boʻlmasligi maqsadida buzilish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish uchun ish jarayonini toʻxtatilishi hamda xodimlar ish joylarini tark etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Xonalarning kirish joylarida “Yongʻindan xavfli!”, “Chekilmasin!”, “Begonlar kirishi taqiqlanadi!” degan xavfsizlik belgilari osib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Yongʻin va portlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Qoʻlda yasalgan, avtomatika tizimi nosoz boʻlgan yoki yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermaydigan maishiy isitish asboblaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatishda va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi kerak.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar yonmaydigan qilib montaj qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan va elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Tok uzatilmaganligi sababli uskuna toʻxtatilgan hollarda elektr dvigatellar oʻchirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va yerga ulangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Gaz payvandlash ishlarida xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Gaz ballonlarni alohida maxsus jihozlangan xonada, tik holatda va boʻsh ballonlarni esa gaz toʻldirilgan ballonlardan alohida saqlash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Gaz ballonlarni boʻyash va ulardagi mavjud gaz nomini koʻrsatgan holda aniq yozuvlarni qayd etish lozim. Siqilgan gazli ballonlar zarblardan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Kislorodli va atsetilenli ballonlarni ishlar bajariladigan joyda toʻgʻridan-toʻgʻri tushadigan quyosh nurlari taʼsiridan himoya qilish zarur. Nosoz manometrli reduktorlar, shuningdek tekshirish muddati oʻtgan manometrlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Atsetilenli ballon joʻmragini ochish yoki unda reduktorni mustahkamlash faqat maxsus klyuch yordamida bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Portlashi (yongʻin chiqarishi) xavfi boʻlgan gazlar paydo boʻlishi mumkin boʻlgan joylarda (quduqlar, yer osti rezervuarlari, konlar va boshqalar) gaz payvandlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Materiallarga gaz alangasi bilan ishlov berish uchun 6 kg s/sm2 ga qadar bosimga moʻljallangan shlanglar yoki 10 kgs/sm2 ga qadar bosim uchun moʻljallangan shlanglar qoʻllanishi kerak. Shlangning uzunligi 30 m dan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Suyultirilgan gazli sisternalar va bochkalar uchun ularni isitishning eng yuqori harorati 50o S dan, ballonlar uchun — 45o S dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Ballonlarni faqat kislorodli va yonuvchi gazli balonlar bilan ishlash boʻyicha imtihon topshirgan xodimlargina tashishi, saqlashi, berishi va olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Suyultirilgan gazli ballonlarni tashish uchun moʻljallangan mashinalar oʻt oʻchirgichlar bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Toʻldirilgan yoki boʻsh ballonlar tokli simlarga tegib ketishdan saqlanishi kerak. Ballonlar bilan tokli sim oʻrtasidagi masofa 1 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Suyultirilgan gazli ballonlar maxsus ramkali xonalarda yoki tabiiy shamollatish boʻlgan metall javonlarda turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Kislorod uchun ilgari suyultirilgan gaz bilan ishlashda foydalanilgan reduktorlar va shlanglardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§ Tomlarni buzishda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Tomni buzishga qadar radio va televideniye antennalari, radio va telefon simlari, reklama schitlarining konstruksiya va simlari demontaj qilinishi, suv, issiqlik, gaz quvurlari va boshqa tarmoqlar uzib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Nishabi 15o dan ortiq boʻlgan tomlarni buzishda ikki tomonli koʻchma narvonlar oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Shamolning tezligi 12 m/sek (6 ball)dan yuqori boʻlganda quyuq tuman, jala va kuchli qor yogʻgan paytda tomlarni buzish ishlari amalga oshirilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Cherdak toʻsinlaridan oʻtish uchun toʻsinlarga eni kamida 0,5 m boʻlgan shit toʻshamasi joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Buzib olingan tom elementlari va materiallarini (tom yopish materiallari, novlar, asbotsement listlar, tomga yopilgan plitkalar va boshqalar) tashqi devordan kamida 1 m uzoqlikka joylashtirish lozim. Tom yopish elementlari va ularni qismlarga ajratish materiallarini toʻsinga va binodan tashqariga tashlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Qiya toʻsinlar demontaj qilinganida olib qoʻyiladigan qator taxtalar mixlardan chiqarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Tomlarni buzayotganda mahkamlagich vositalari (Skobalar, boltlar, xomutlar, buragichlar va hokazo) idishga joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Tutun chiqish quvurlari va shamollatish shaxtalarini buzishda koʻchma taxtasupalarda turib olib tashlanadi. Buzishda olinadigan gʻishtni idishga (konteyner, togʻora) joylashtirish va ishning borishiga qarab mexanizatsiyalashgan usul bilan (kran, lebedka, koʻtargichda) taxtakoʻprik yoki toʻsindan olib tashlash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Asboblarni qoʻllashda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Asboblar saqlanadigan omborlarda soz asboblar komplektlarining tegishli zaxirasi boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Asboblarni tiklash, tuzatish, charxlash, oʻrnatish va toʻldirish markazlashtirilgan tartibda tegishli vositalar va moslamalar bilan jihozlangan punktlarda bajarilishi va malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Tirgak, ikki tomonga suriladigan va osma narvonlarda turib mexanizatsiyalashgan (elektrlashtirilgan, pnevmatik, oʻqotar) asboblar bilan ishlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Ishdagi tanaffuslar chogʻida yoki mexanizatsiyalashgan asbobni boshqa joyga koʻchirganda dvigatelni oʻchirish lozim. Elektr tarmogʻiga yoki siqilgan havo tarmogʻiga ulangan mexanizatsiyalashgan asbobni nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Qoʻl asboblaridan foydalanganda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Qoʻl asboblarining yogʻoch dastalari qattiq va qayishqoq turdagi yogʻochlardan tayyorlanishi, silliq boʻlishi va mustahkam tarzda mahkamlanishi kerak. Dastalarning sirtida oʻyiq siniq va gʻadir-budur va oʻtkir qirrali joylari boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Zarb bilan ishlaydigan asboblarning (bolgʻalar, boltalar, choʻkichlar va boshqalar) dastalarining uchi yoʻgʻon boʻlgan ovalsimon shaklga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Gayka klyuchlarini gaykalarning oʻlchamlariga qarab tanlash kerak. Klyuchning ish sirtlarida qirqilgan qiya joylar, dastalarida esa yoriqlar va kesiklar boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Gayka klyuchi bilan ishlash paytida unga boʻlgan zoʻr berishlarni kuchaytirish uchun boshqa narsalardan foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Gayka va klyuchning qirralari oʻrtasida metall plastinkalarni qoʻygan holda gaykani katta oʻlchamlardagi gayka klyuchi bilan ochish va burash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Bolgʻacha va kulachoklar yordamida ponalar yoki zubilolar bilan ishlaganda uzunligi 0,7 m dan kam boʻlmagan dastali pona tutgichni qoʻllash kerak. Agar bu ishni ikki ishchi bajarsa, ular bir-biriga 90o burchakda joylashishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Egovlar, otvertkalar, iskanalar, dlotolar va dastalarni oʻrnatish uchun oʻtkir uchga ega boʻlgan asboblardan dastasiz foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Dastgohlar, iskanjalar va boshqa statsionar moslamalarni mahkamlab qoʻyish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Qurilish-montaj toʻpponchalaridan foydalanganda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Qurilish-montaj porshenli toʻpponchalari bilan ishlaganda KMK 3.01.02-00 “Qurilishda texnika xavfsizligi” talablariga muvofiq bajarish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Qurilish-montaj toʻpponchalari va patronlari omborlarda alohida muhrlanadigan (plombalanadigan) poʻlat javon yoki yashiklarda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Ish joyi tayyorlanganidan keyin toʻpponcha oʻqlanishi kerak. Oʻqlangan toʻpponchani saqlash, shuningdek uni joydan joyga olib oʻtish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Nosoz toʻpponcha bilan ishlash, uni nazoratsiz qoldirish yoki boshqa xodimlarga berish, shuningdek portlash va yongʻin chiqish xavfi boʻlgan xonalarda qoʻllash va saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Xodimlar silliq poʻlat himoya kaskalari, sinmaydigan shishadan yasalgan niqoblar, shovqin oʻtkazmaydigan quloqliklar (antifonlar) va charm qoʻlqoplar bilan taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Qurilish-montaj toʻpponchasi bilan otiladigan qurilish konstruksiyalarini usta yoki ishlarni olib boruvchi masʼul xodim shaxsan koʻzdan kechirishi va qoʻshni xonalardan odamlarni chiqarishi hamda ish joyini zarur anjomlar bilan taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Choʻyan, keramik va yengil teshiladigan materiallar, qurilish konstruksiyalarining tutashgan joylari va choklari, toblangan poʻlat, prujinali qismlar, toshlarning qattiq turlari va betonlarga uzunligi 40 mm dan katta dyubellarni qoqish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Dyubel bilan ishlaganda uni sachrab ketishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Oʻq otilmay qolgan taqdirda 1 daqiqa mobaynida toʻpponchani ochish va oʻqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Qurilish-montaj toʻpponchasi qoʻllanadigan ishlarda xodim toʻsiqli havozalar (taxtasupalar)da boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Qurilish-montaj toʻpponchalari va ularning patronlarini tashish, saqlash va berishda ishtirok etuvchi xodimlar taʼmirlash-qurilish va montaj ishlarini oʻtkazish chogʻida mehnatni muhofaza qilish (texnika xavfsizligi) boʻyicha tegishli yoʻl-yoʻriq olgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Qurilish mashinalaridan foydalanganda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Qurilish mashinalari, mexanizmlar va moslamalar pasport hamda inventar raqamlariga ega boʻlishlari kerak. Ularga qarab ularning texnik holatini hisobga olish jurnaliga yozuvlar qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Qurilish mashinalari va mexanizmlarini boshqarishga ularni boshqarish huquqiga ega guvohnomasi boʻlmagan ishchilarni qoʻyish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Qurilish mashinalariga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar texnika xavfsizligi talablari, signallar tizimi, mashina ishining chegaralangan yuklamalari, tezliklari, operatsiyalarni xavfsiz olib borish toʻgʻrisida yoʻriqnomadan oʻtgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Elektr qurilish mashinalari va mexanizmlarning metall qismlari (korpuslari, konstruksiyalari), minora kranlarning kran ostidagi rels yoʻllari va avtokompressorlar yerga ulanishi kerak. Himoya uchun yerga ulash, uni vaqti-vaqti bilan koʻzdan kechirishlar, yerga ulovchi qurilmaning qarshiligini tekshirish va uning natijalari maxsus jurnalga qayd etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Oʻzi yurar mashinalar ovozli yoki nurli signalizatsiya bilan jihozlanishi kerak. Mashinaga yoki uning ishlash hududiga ogohlantiruvchi yozuvlar, avtomobil va temir yoʻl belgilari, texnika xavfsizligi boʻyicha plakatlar va yoʻriqnomalar osilishi lozim. Nosoz mashinalar va mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi qoʻriqlanadigan hududda undan foydalanuvchi tashkilotning roziligini olmasdan turib qurilish ishlarini olib borish, materiallarni uyib qoʻyish, mashinalarning toʻxtash joylarini barpo etish taqiqlanadi. Qurilish maydonchasining hududida bunday qoʻriqlash zonalari kuchlanishi 20 kV gacha boʻlgan yuqori liniyalar chetdagi simlardan 10 m masofada, 35 kV gacha boʻlsa 15 m va 110 kV gacha boʻlganda 20 m masofada turgan parallel toʻgʻri liniyalar bilan belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Tirab qoʻyiladigan va machtali yuk koʻtargichlardan foydalanganda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Tirab qoʻyiladigan yuk koʻtargichlar binolarning mustahkam, pishiq qismlariga mahkamlanishi kerak. Tirab qoʻyiladigan yuk koʻtargichlarni qurilish havozalariga mahkamlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Har bir tirab qoʻyiladigan va machtali yuk koʻtargich yuk platformasi eng chetdagi yuqori holatni egallagan paytda yuritish mexanizmini avtomat tarzda oʻchiradigan koʻtarish balandligini cheklagichga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Tros uzilishini oldini olish uchun yuk koʻtargichlarning yuk platformalari avtomatik harakatlanuvchi ushlab qolgichlar bilan jihozlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Tirab qoʻyiladigan va machtali yuk koʻtargichlarning yuk platformalari har tomondan toʻsiqqa ega boʻlishlari kerak. Yukni toʻsiqdan yuqori joylashtirish taqiqlanadi. Yuk koʻtargich atrofidagi xavfli zona toʻsilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Yuk tushirish maydonchalarida yukni qabul qilish tomonidan barpo etilgan qaytarma tutqichlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Yuk koʻtargichlarning lebedkalarini (chigʻirlarini) yopiq xonalarda oʻrnatish yoki gʻilof bilan yopilishi lozim. Ishga tushirish qurilmasi qulflanadigan javonga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Vishkalar osma kajavasining devor va eshiklarining balandligi koʻpi bilan 1,1 m va yacheykasining oʻlchami 20 x 20 mm dan koʻp boʻlmagan sidirgʻa yoki toʻrli toʻsiqqa ega boʻlishi lozim. Toʻrli toʻsiqda kajavaning pasti boʻylab pol sathidan 100 mm balandda sidirgʻa qoplama boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Vishka yoʻlning yurish qismiga oʻrnatilganida transport vositasining harakat yoʻnalishiga qarshi tomonda 50 m masofada ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Balandda ishlash vaqtida vishka kajavasining eshigini ochish yoki undan strelka qismiga osilib chiqish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Boʻyoqchilik ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Boʻyoqchilik ishlarini xavfsiz bajarishda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quruq boʻyoqlarni alifmoy bilan almashtirish va sirtlarni qumqayroq yoki jilvirtosh bilan silliqlash chogʻida chang ajralib chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tepa qismlar mexanizmlar yordamida boʻyalganda boʻyoq eng mayda zarralarining atrof muhitga sochilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻyoqlar quriganda zararli moddalar va gazlarning ajralib chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eski boʻyoq qirib olinganda zararli gazlarning ajralib chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻyoqchilarning koʻpincha balandda havozalar, taxtasupalarda ishlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baʼzi materiallarning yongʻin va portlashlarga sabab boʻladigan xavfliligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Inventar havozalar, taxtasupalarning har bir turi muayyan maksimal yuklama bilan birga ishlarning muayyan turlari uchun qatʼiyan moʻljallangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Ichki boʻyoqchilik ishlari inventar taxtasupalarda turib bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Nitroboʻyoqlar va portlash xavfi boʻlgan uchuvchan bugʻlarni hosil qiladigan boshqa materiallar qoʻllanadigan xonalarda elektr simi uzib qoʻyilishi hamda chekish va ochiq olovdan foydalanish yoki uchqun hosil qilish bilan bogʻliq ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Suvli tarkiblar bilan boʻyaladigan xonalarda boʻyoqchilik ishlari vaqtida elektr sim toksizlantiradi hamda elektr simlar izolyatsiyasining qorishma taʼsirida shikastlanishi va u singishining oldini oluvchi choralar koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Perxlorvinil boʻyoqlar qoʻllanadigan ishlarda band boʻlgan xodimlar ularning sarflanish materiallarini saqlashning xavfsiz rejimi toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq olishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Deraza oʻrinlarini toʻldirishning tashqi sirtlarini deraza tokchalaridan turib, ishchini ehtiyot kamari va binoning mustahkam elementlariga mahkamlanadigan ehtiyot qilish arqoni bilan taʼminlash sharti bilan boʻyashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Peshtoqlarni ohakli tarkiblar bilan boʻyashda ishchilar himoya koʻzoynaklari bilan taʼminlanishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Taʼmirlash (tuzatish) ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi tashkilotning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Asbob-uskunalarni joriy va mukammal taʼmirlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida taʼmirlashni oʻtkazishga javobgar shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi choralar koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazishda ishlarning bajarilishi texnologik ketma-ketlikda koʻrsatilishi kerak. Bunda quyidagilar koʻrsatilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni bajarish usullari va uslublari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼmirlash uchun zarur boʻlgan asbob-uskuna va anjomlar turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼmirlangan mahsulotlar va ular qismlarining texnik talablarga javob berishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Taʼmirlash jihozlari va uskunalari ishlash uchun qulay joylashtirilishi, ish holatida oson oʻrnatilib yechilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Dastgohlar, stollar va stellajlar mustahkam oʻrnatilishi va ishlash uchun qulay balandlikka ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Dastgohlar sirti silliq material (poʻlatli va alyuminli list, linoleum) bilan qoplangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Dastgohdagi iskanja soz holatda boʻlishi va ushlab turadigan buyumni yetarli darajada ushlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Dastgohdagi iskanjalar orasidagi masofa 1 m boʻlishi va dastgohning eni 0,75 m dan kam boʻlmasligi hamda dastgohlar oraligʻiga 1 m dan kam boʻlmagan himoya toʻri oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Qoʻl asboblari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yogʻoch soplar yogʻochning qattiq va qayishqoq navlaridan qilinishi, silliqlangan va mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
instrumentning ish qismida yoriqlar, gʻadir-budurlar va singan joylari boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Qoʻl omburi va qaychilari silliq va ichki tomonida qoʻlni siqib qoʻyishdan himoyalaydigan tayanchi boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Qoʻl asboblari himoya qoplamasi bilan qoplangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Elektr taʼminoti toʻxtagan yoki tanaffus vaqtida elektr dastgoh elektr tokidan uzilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Elektr dastgohda nosozliklar aniqlangan taqdirda darhol ish toʻxtatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Siqilgan havo elektr dastgohlari bilan ishlashda ularni chang, nam va neft mahsulotlari taʼsiridan saqlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Dastgohlarni yigʻish, qayd etish, biriktirish elementlarini qisish, qotishma, flyus qoplash va boshqa yigʻma detallarni oʻrnatish maxsus qoʻllanma asosida texnologik hujjatlarda koʻrsatilgan tartibda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Kavsharlagichda ish boshlashdan oldin quyidagi ishlarni bajarish kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr toki zarar yetkazishidan himoyalashning muvofiqligi tekshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kabel va shtepsel vilkasining sozligi, himoya qoplamasi va dastasining izolyatsiyasi tashqi koʻrikdan oʻtkazilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Taʼmirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi blokirovka moslamalari oʻz joyiga oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(168-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Mazkur Qoidalar “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori U. XALMUXAMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-iyul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 16-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 34-son, 467-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)