Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2002-yil hosili uchun kuzgi-qishki agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
2002-yil hosili uchun kuzgi-qishki tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash, kelgusi yilda paxta, don va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlaridan moʻljaldagi hosilni olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining kuzgi-qishki dala ishlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan hajmlari hamda:
1018 ming gektar maydonni gʻoʻzapoyadan tozalashni 2001-yil 30-noyabrgacha;
dalalarni (950 ming gektar) joriy tekislashni 2002-yil 15-martgacha;
yerlarning (983,9 ming gektar) shoʻrini yuvishni 2002-yil 10-martgacha;
chigit ekish uchun pushta olishni (461 ming gektar) 2002-yil 25-martgacha tugallash boʻiicha taklifi qabul qilinsin.
Kuzgi shudgorlash grafigi va shoʻr yuvish, yaxob suvi berish hamda kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash boʻyicha topshiriq 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Oʻzbekneftgaz” va “Oʻzneftmahsulot” kompaniyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
2002-yil hosili uchun viloyatlar boʻyicha agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish hajmi va muddatlarini oʻn kun muddatda belgilasinlar;
er haydash agregatlarining ikki smenada ishlashini, yonilgʻi-moylash materiallarining uzluksiz berilishini taʼminlasinlar, koʻchma taʼmirlash brigadalari tashkil qilsinlar, dvigatellar, uzellar va agregatlar, boshqa zarur materiallarning almashuv fondlarini barpo etsinlar. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi mashina-traktor parklari va xoʻjaliklar buyurtmanomalari boʻyicha yer haydash agregatlari uchun ehtiyot qismlar tayyorlash va yetkazib berishni tashkil etsinlar;
kuzgi shudgorlashni oʻtkazishga, yerlarni tekislash va meliorativ ishlarni bajarishga, idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sanoat, qurilish hamda boshqa tashkilot va korxonalarning yer xaydash traktorlari va boshqa yer qazish texnikasini shartnoma asosida jalb etsinlar.
3. 2002-yil hosili uchun kuzgi-qishki agrotexnika tadbirlari butun kompleksini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish ishlarini tashkil etish uchun 3-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi komissiya tuzilsin.
Ana shunday komissiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va viloyatlar hokimlari rahbarligida respublikaning barcha mintaqalarida tuzilsin.
Ishchi komissiya (I.H. Joʻrabekov):
2002-yil hosili uchun kuzgi-qishki tadbirlarning bajarilishini muntazam tahlil qilib borsin;
ishchi komissiya majlislarida hududiy komissiyalar, respublika vazirliklari va idoralari rahbarlarining 2002-yil hosili uchun kuzgi-qishki tadbirlarni amalga oshirish boʻiicha bajargan ishlarini tinglashni amalda qoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Begaliyev), “Oʻzagromashservis” ugoshmasi yerlarni shudgorlash sifati ustidan nazoratni taʼminlasinlar, bunda yerlarning zarur chuqurlikda va birtekis haydalishiga, shudgorlashdan oldin fosforli, kaliyli va organik oʻgʻitlar solinishiga alohida eʼtibor bersinlar.
5. “Oʻzkimyosanoat”, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” kompaniyalari yerlarni kuzgi shudgorlash davrida foydalanish uchun fosforli va kaliyli oʻgʻitlarning respublikaning barcha mintaqalariga bir maromda, shu jumladan 2001-yil noyabr-dekabrda 60 ming tonna fosforli va 20 ming tonna kaliyli oʻgʻitlar (100 foiz foydali modda) yetkazib berilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi xoʻjaliklarga 2002-yil hosilidan paxta va don xarid qilishga avans berish uchun transhlarni yoʻnaltirishda kelgusi yil hosili uchun bajarilgan mexanizatsiyalashgan ishlarga haq toʻlash uchun mashina-traktor parklariga ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar sotib olishda maqsadli foydalanish uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsinlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda, transhlarni yoʻnaltirishda kuzgi-qishki tadbirlarni oʻtkazishda band boʻlgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash uchun mablagʻlar ajratilishini va ulardan belgilangan maqsadda foydalanilishini alohida nazoratga olsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Alliya vazirligi Prokuratura, Oliy xoʻjalik sudi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida:
shartnomalarning, eng avvalo ijara shartnomalarining toʻgʻri rasmiylashtirilishi hamda xoʻjaliklar, fermyerlar, tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning shartlariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin, tomonlarning shartnoma majburiyatlarining ogʻishmay bajarilishi yuzasidan masʼuliyatini oshirsin;
mahalliy adliya, moliya, qishloq va suv xoʻjaligi organlari tomonidan ichki xoʻjalik shartnomalari monitoringini olib borish, paydo boʻlgan masalalarni hal qilishda koʻmaklashish amaliyotini davom ettirsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi shartnoma munosabatlarini mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida pudrat faoliyatini ragʻbatlantirish, chek tizimidan foydalanish hamda fermer xoʻjaliklari va pudratchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsinlar. 4-ilovaga muvofiq bogʻ va tokzorlarni shartnoma asosida ijaraga berish 2002-yil 1-yanvargacha tugallansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Prokuraturasi qishloq xoʻjaligi ekinlari payhon qilinishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan tashkiliy-profilaktika tadbirlarini muntazam oʻtkazsinlar. Ekinlarni payhon va nobud qilishga doir aniqlangan hollar boʻiicha, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjaliklar va ularning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga nisbatan qattiq choralar koʻrilsin, shu jumladan ular jinoiy va maʼmuriy javbgarlikka tortilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 7-noyabr,
443-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 7-noyabrdagi 443-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2002-yil hosili uchun kuzgi shudgorlash boʻyicha
grafik-topshiriq
| | Topshiriq, ming gektar | Ishlatiladigan haydov traktorlari | Shudgorlashni tugallash muddatlari | |
|
hammasi |
shu jumladan “Magnum”, “Massey Fergyuson” | |||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 125,0 | 868 | 138 | 05.12.01 |
| viloyatlar: | | | | |
| Andijon | 110,0 | 569 | 136 | 25.11.01 |
| Buxoro | 118,0 | 558 | 110 | 10.12.01 |
| Jizzax | 98,4 | 319 | 199 | 10.12.01 |
| Qashqadaryo | 100,2 | 899 | 270 | 30.11.01 |
| Navoiy | 41,8 | 222 | 51 | 10.12.01 |
| Namangan | 95,0 | 417 | 104 | 10.12.01 |
| Samarqand | 118,0 | 640 | 159 | 5.12.01 |
| Surxondaryo | 103,5 | 610 | 130 | 10.12.01 |
| Sirdaryo | 128,5 | 326 | 173 | 15.12.01 |
| Toshkent | 119,0 | 493 | 168 | 10.12.01 |
| Fargʻona | 109,2 | 345 | 126 | 10.12.01 |
| Xorazm | 40,0 | 605 | 108 | 30.11.01 |
| Jami | 1306,6 | 6871 | 1872 | 15.12.01 |
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 7-noyabrdagi 443-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
2001-2002-yillar kuz-qish davrida shoʻr yuvish, yaxob suvi berish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash boʻyicha
topshiriq
| | Shoʻrlangan yerlarni yuvish, ming gektar | Yaxob suvi berish, ming gektar | Kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash, km | ||
|
hammasi |
shu jumladan | ||||
|
xoʻjaliklararo |
xoʻjalik ichidagi | ||||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 351,6 | 33,8 | 1478,1 | 232,1 | 1246 |
| viloyatlar: | | | | | |
| Andijon | 17,5 | 81,6 | 1373,0 | 350,0 | 1023 |
| Buxoro | 170,7 | 23,0 | 1198,3 | 500,3 | 698 |
| Jizzax | 47,4 | 76,3 | 193,0 | 70,0 | 123 |
| Qashqadaryo | 26,5 | 111,2 | 514,0 | 210,0 | 304 |
| Navoiy | 32,0 | 19,2 | 500,0 | 200,0 | 300 |
| Namangan | 25,2 | 35,3 | 1526,0 | 535,0 | 991 |
| Samarqand | 1,1 | 24,8 | 441,0 | 199,0 | 242 |
| Surxondaryo | 3,9 | 116,1 | 920,0 | 170,0 | 750 |
| Sirdaryo | 80,5 | 35,3 | 600,0 | 125,0 | 475 |
| Toshkent | | 21,0 | 1570,0 | 450,0 | 1120 |
| Fargʻona | 73,6 | 72,1 | 2170,0 | 302,0 | 1868 |
| Xorazm | 153,9 | | 1853,0 | 292,0 | 1561 |
| | | | | | |
| Jami | 983,9 | 649,7 | 14336,4 | 3635,4 | 10701 |
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 7-noyabrdagi 443-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
2002-yil hosili uchun kuzgi-qishki tadbirlarni uyushqoqlik bilan oʻtkazish boʻyicha ishchi komissiya
tarkibi
| Joʻrabekov I.H. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — komissiya rahbari |
| Xoltoyev T. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri — komissiya rahbarining oʻrinbosari |
| Nurmurodov M.B. | Moliya vaziri |
| Mullajonov F.M. | Markaziy bank raisi |
| Polvon-zoda A.A. | Addiya vaziri |
| Parpiyev B.R. | Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
| Bobojonov P. | Bosh prokuror oʻrinbosari |
| Bobomirzayev A.B. | Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi |
| Qalibekov I.J. | Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat kompleksi kotibiyati mudiri |
| Begaliyev S.B. | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Nishonov Sh.N. | “Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi |
| Hasanov Oʻ.H. | “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi boshqaruvi raisi |
| Ahmedov A.A. | “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi bosh direktori |
| Yusupov N.S. | “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi boshqaruvi raisi |
| Matchanov R.D. | “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi boshqaruvi raisi |
| Muhamadaliyev Sh.S. | “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Toshmatov Q.F. | “Paxta-bank” boshqaruvi raisi |
| Abdullayev S.S. | Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi direktori |
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 7-noyabrdagi 443-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Ixtisoslashtirilmagan xoʻjaliklardagi bogʻ va tokzorlarni shartnoma asosida ijaraga berish boʻyicha
topshiriq
| | |
(gektar) |
| | Bogʻlar | Tokzorlar |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | — | — |
| viloyatlar: | | |
| Andijon | 2144 | 901 |
| Buxoro | 872 | 656 |
| Jizzax | 958 | 964 |
| Qashqadaryo | 2609 | 1083 |
| Navoiy | 178 | 434 |
| Namangan | 2729 | 490 |
| Samarqand | 2413 | 3036 |
| Surxondaryo | 1498 | 1653 |
| Sirdaryo | 1234 | 579 |
| Toshkent | — | — |
| Fargʻona | 3883 | 340 |
| Xorazm | — | 147 |
| Jami | 18519 | 10283 |