03.07.2013 yildagi PQ-1994-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarining 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiada o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorgarligi to‘g‘risida”gi PQ–1923-son qaroriga muvofiq va respublikada sport tibbiyotini yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda uning ilg‘or yutuqlarini mamlakat terma jamoalari sportchi-a’zolarining Olimpiya, Osiyo o‘yinlariga, jahon va Osiyo chempionatlariga, boshqa xalqaro musobaqalarga kompleks jismoniy va psixologik tayyorgarlik ko‘rish jarayoniga keng joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligining O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini (keyingi o‘rinlarda Sport tibbiyoti markazi deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Sport tibbiyoti markazi sportchilarning — mamlakat terma jamoalari a’zolarini musobaqalarga tibbiy-biologik va tibbiy — psixologik tayyorgarligini ta’minlovchi bosh tibbiyot muassasasi hisoblanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2018-y., 07/18/3457/0503-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Sport tibbiyoti markazining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport tibbiyoti sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, sport turining xususiyatini, yo‘l qo‘yiladigan jismoniy yuklamani, sport patologiyasini davolash va oldini olishning ilg‘or uslublarini, musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda sportchilarning tibbiy nazoratini hisobga olgan holda sportchilarning funksional ahvolini diagnostika va korreksiya qilish standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yosh va istiqbolli sportchilarni, ularning individual genetik va fenotipik imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlashning zamonaviy tibbiy-biologik uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarni sport turlari bo‘yicha tayyorlashning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqqan holda musobaqalarga tayyorlashning turli davrlarida dori vositalarining, ovqatlanish tartibi va ratsionining sportchilarning fiziologik holatiga ta’sirini tadqiq qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2018-y., 07/18/3457/0503-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musobaqa va mashg‘ulotlarni rejalashtirishni hisobga olgan holda sportchining individual sport jismoniy yuklamasini tekshirish va maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchi organizmining jismoniy tayyorgarligi o‘sishiga va mas’uliyatli xalqaro musobaqalarga eng yuqori funksional tayyorgarligini ta’minlashga qaratilgan ular salomatligi darajasining muttasil o‘sishini nazorat va korreksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning xalqaro musobaqalarda qatnashishga psixologik tayyorgarligini, shuningdek zarur psixologik korreksiyani o‘tkazishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarda sport jarohatlari, patologiyalari va sindromlarini, shu jumladan respublikaning boshqa ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari davolash-diagnostika bazalaridan foydalangan holda, oldini olish, diagnostika qilish va davolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda sport tibbiyoti va antidoping nazorat sohasidagi ilg‘or metodika va texnologiyalarni almashish va joriy qilish uchun bu sohadagi yetakchi xorijiy muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyalari, klublari va jamoalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirishga ko‘maklashish, ularga ilmiy-tashkiliy, maslahat-diagnostika, davolash-profilaktika va reabilitatsiya ishlari masalasida uslubiy yordam ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 19 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining faoliyatini tashkil etish Komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining faoliyatini tashkil etish Komissiyasi (A.I. Ikramov) bir oylik muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi to‘g‘risidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport tibbiyoti markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha, shu jumladan yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash va eng zamonaviy tibbiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, sportchilarning ular tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan kontingentini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ijro etuvchi apparati va Sport tibbiyoti markazini joylashtirish uchun yangi bino qurilishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda to‘rt oylik muddatda bino qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya qilinishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki haftalik muddatda yangi bino qurilishini moliyalashtirish va Sport tibbiyoti markazini saqlash manbalari yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimiyati ikki oylik muddatda bino qurilishi uchun zarur bo‘lgan yer maydonini belgilangan tartibda ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yangi bino qurilishi uchun respublikaga olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari va konstruksiyalari, shuningdek Sport tibbiyoti markazining moddiy-texnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash uchun tibbiyot anjomlari va jihozlari, ehtiyot qismlar va uning uchun sarflanadigan materiallar, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha 2016-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1994-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Ma’muriy-boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 19 nafar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori Markazning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, Markaz tuzilmasi va ma’muriy-boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Tibbiyot va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni Markaz direktori tomonidan belgilanadi.
(izoh qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining faoliyatini tashkil etish Komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.I. Ikramov‎ —‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri ‎o‘rinbosari, komissiya raisi‎
B.I. Zakirov‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ‎o‘rinbosari, Davlat arxitektura va qurilish ‎qo‘mitasi raisi, komissiya raisining o‘rinbosari
S.A. Arabov‎ —‎‎ Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va ‎davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi‎
M.Z. Usmanov‎ —‎‎ O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ‎prezidenti‎
A.A. Xudayarov‎ —‎‎ Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi ‎o‘rinbosari‎
J.A. Akramov‎ —‎‎ Madaniyat va sport ishlari vazirining ‎birinchi o‘rinbosari‎
S.X. Gafarov‎ —‎‎ O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirish, ‎monopoliyadan chiqarish va raqobatni ‎rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining ‎birinchi o‘rinbosari
D. R. Turdiyev‎ —‎‎ Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari‎
D.A. Qo‘chqorov‎ —‎‎ Moliya vaziri o‘rinbosari‎
Q. Tog‘ayev‎ —‎‎ Adliya vaziri o‘rinbosari‎
B.S. Rahmonov‎ —‎‎ Toshkent shahar hokimining birinchi ‎o‘rinbosari‎
D.B. Shagazatov‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni ‎saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari ‎ATD bosh mutaxassisi, komissiya kotibi‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 30-son, 383-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2018-y., 07/18/3457/0503-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)